Tarix va madaniy meros


Download 154.57 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi154.57 Kb.
#1610512
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5217602163252926756


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TARIX VA MADANIY MEROS” FAKULTETI
“BUXORO TARIXI” KAFEDRASI

“O’ZBEKISTON TARIXI ” FANIDAN



KURS ISHI

Mavzu: “Turkiston iqtisodiyotida Rossiya kapitalining kirib kelishi va monopolistik mavqeinning kuchayib borishi”

5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)

Bajardi: -kurs -guruh talabasi
Ilmiy rahbar:
Topshirgan sana:
Himoya qilgan sana:
Baho:
Buxoro – 2022


Mavzu: “Turkiston iqtisodiyotida Rossiya kapitalining kirib kelishi va monopolistik mavqeinning kuchayib borishi”

Mundarija

Kirish………………………………………………………………………….3
II.Turkistonda Rossiya sanoat bazalarini qurilishi…………………………7
III. Rossiya tomonidan o’lkani xomashyo bazasiga aylantirilishi……........14
IV. Turkistonni iqtisodiyotining chorizm manfaatlariga bo’ysundirilishi. Temir yo’llar…………………………………………………………………..27
Xulosa.................................................................................................................39
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................................41
Ilova....................................................................................................................43

Kirish
Mavzuni dolzarbligi. Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olgach, mahalliy aholining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg‘ularini so‘ndirishni asosiy vazifa deb hisoblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o‘z hukmronligini osongina saqlab bo‘lmasligini podsho hukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat harbiy va bosqinchilik yo‘li bilan bosib olgan hududning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga harakat qiladi. Turkistonda ham xuddi shu taxlitda ish yuritilib, o‘lkani Rossiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylantirishga kirishildi. O‘lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin yo‘l ochilayotgan bo‘lsa-da, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilamadi, balki korxona xo‘jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo‘l ochib berdi. Yer-mulkning boylar va yirik savdogarlar qo‘lida to‘plana borishi kam yerli dehqonlarning, chorakorlarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Turkistonning mustamlakaga aylantirilishi nafaqat dehqonlarning, balki minglab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan hunarmand-kosiblarning ham ahvolini og‘irlashtirdi. 1Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayniqsa, to‘qimachilik mahsulotlari bilan O‘rta Osiyo bozorlarining to‘ldirilishi natijasida hunarmandchilikning ko‘plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko‘pligi, mehnat majburiyatlarining og‘irligidan mahalliy aholining ahvoli yomonlashib ketdi. Bunday holat kambag‘allar safining yanada ko‘payishiga olib keldi. Bularning barchasi o‘lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilikning yo‘qotilishi va hukmron ma'muriyat tomonidan har tomonlama kamsitilishiga sabab bo‘ldi. XIX asrning ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlarida Turkiston aholisining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va milliy-ozodlik uchun kurashlari o‘zaro birlashgan holda sodir bo‘ldi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik harakatlari o‘lka aholisining ijtimoiy holati, milliy kelib chiqishidan qat'i nazar, vatan mustaqilligi, yurt ozodligi, xalq erkinligi barchaning umumiy maqsadi ekanligini anglatadi. Qo‘zg‘olonlar xarakteriga ko‘ra milliy-ozodlik ko‘rinishida yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonlarning asosiy kuchi keng xalq ommasi bo‘lib, ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Ular yurtning haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar va jasoratlari bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar.
.Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Xalqaro munosabatlar shakllanishi asrlar davomida o`z sayqalini topib kelmoqda. Bu jarayonni tarixiy nuqtai nazardan o`rganish shuni ko`rsatadiki, o`zaro munosabatlar boshlanishi bilan shu kundagi ahvoli uzoq va murakkab davrni o`z boshidan kechirgan. Albatta, xalqaro munosabatlar turli xalqlar, mamlakatlar o`rtasida bir necha bosqichlarni bosib, rivojlanib borgan. Bunday tarixiy jarayonni O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi munosabatlarda ham kuzatish mumkin. 2Ma`lumki, O`rta Osiyo va Rossiya xalqlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tarixi, hujjatlarga asoslanganda, IX asrga borib taqaladi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlangan milliy-ozodlik harakatlari o‘lkaning turli hududlarida to‘xtovsiz tarzda davom etdi. Bu davrda bo‘lib o‘tgan milliy-ozodlik harakatlarining aksariyati ma'lum bir hududlarga tegishli bo‘lsa-da, uning aks sadosi butun o‘lka bo‘ylab tarqaldi. Har bir qo‘zg‘olon boshqa joylarda ham norozilik chiqishlarining ko‘tarilishiga hamda u yerdagi aholini ozodlik uchun mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishiga ruhan ta'sir ko‘rsatdi. Qo‘zg‘olonlar bostirilgani bilan uning ishtirokchilari o‘lkaning turli hududlariga qochib borib, o‘z harakatlarini davom ettirdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida olib borilgan milliy ozodlik harakatlari mahalliy aholining turli ko‘rinishlardagi chiqishlarida o‘z aksini topdi.Bularga asosiy sabab soliq va majburiyatlarning og‘irligi, mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma'murlariga xizmat qilishi, Rossiya o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga yangi ekin maydonlarining bo‘lib berilishi, narx-navolarning oshib ketganligi, turmush sharoitlarining yomonligi kabi holatlar tufayli ro‘y berdi. Bundan tashqari mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi, yangi ishlab chiqarish va texnologiyalarning faqat imperiya manfaatlariga xizmat qilishi ham tub joy aholi vakillarining ommaviy ravishdagi norozilik chiqishlarida ishtirok etishiga olib kelgan edi. Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar xalq turmushiga ham o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatdi. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining katta qismini boquvchisiz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga asoslangan siyosati va urush oqibatlarining salbiy ta'siri natijasida sodir bo‘ldi.

Download 154.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling