Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. 44-б. 357
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
356 Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими. 44-б.
357 Набиев Р. Из истории Кокандского ханства (Феодальное хозяйство Худоѐрхана). –Т.: Фан, 1973. С.29. 167 xonligining mustaqilligi uchun kurash boshlagan siyosiy kuchlar tomonidan bu vaqtda Talasda bо‗lib turgan Hojibekning о‗g‗li Sheralixon xonlik taxtiga taklif etiladi. Xonlikda buxoroliklarga qarshi kurash kuchayib ketadi, Ibrohim dodxoh va uning ukasi Isxoq Xо‗jand orqali Buxoroga qochadi. Qо‗zgolonchilar tomonidan Hojibekning о‗g‗li Sheralixon Qо‗qon xoni deb e‘lon qilinadi. Sheralixon taxtga о‗tirish bilan shaharning mudofaa tizimini va mudofaa devorlarini mustahkamlashshga farmon beradi. 1842 yil kuzida Nasrullo Qо‗qonni egallash maqsadida katta qо‗shin bilan Qо‗qonga keladi. Qо‗qonliklar unga qarshi qattiq qarshilik kо‗rsatadilar va qamal chо‗zilib ketadi. Bu orada esa Xiva xonligi qо‗shinlarining Buxoro amirligi hududlariga hujum haqida habar keladi va Nasrullo qamalni tо‗xtatib ortga qaytishga majbur bо‗ladi. Qо‗qonni himoya qilishda katta jonbozlik kо‗rsatgan Musulmonqul qipchoq mingboshi unvoniga sazovor bо‗ladi. Davlat boshqaruvida astasekin qirg‗iz va qipchoqlarning mavqei ortib boradi va ayni vaqtda markaziy hokimiyat uchun ular о‗rtasidagi kurashlar ham keskinlashib boradi, shunga qaramay, 1845 yilgacha xonlikda nisbatan bir oz tinchlik hukm suradi. Xonlik tarkibidan chiqib ketgan viloyatlar va bekliklarda qaytadan xonlik hokimiyati tiklanadi. 1845 yil yozida Olimxonning о‗g‗li Murodbek Sheralini taxtdan tushirish maqsadida Buxoro amiri qо‗shinlari yordamida Qо‗qonga bostirib keladi. Musulmonqulning shaharda yо‗qligi sababli mahalliy ayonlar tomonidan qо‗llab quvvatlangan Murodbek Sheralixonni о‗ldirib, taxtni egallaydi. Kо‗proq qirg‗izlar tomonidan qо‗llab quvvatlangan Murodxonning taxtga chiqqanligidan norozi bо‗lgan Musulmonqul esa О‗shda kо‗tarilgan qirg‗izlar qо‗zg‗olonini bostirib, bu vaqtda Namangan hokimi bо‗lib turgan Sheralixonning о‗g‗illaridan biri Xudoyorxonni Andijonda Qо‗qon xoni deb e‘lon qiladi. darhol qо‗shin bilan Qо‗qonga qaytib keladi va bor - yо‗g‗i о‗n bir kun taxtda о‗tirgan Murodbekni taxtdan tushirib, qatl qiladi358. Sheralixonni taxtdan olib, о‗ldirilishiga sababchi bо‗lgan ulamolar va 358 Қаранг: Зиѐев Ҳ.З. Қўқон хонлиги (катта мақола). http://shosh.uz; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент, ―Янги аср авлоди‖, 2012. 361-б. 168 ayonlar – Zokirxо‗ja shayx ul-islom, domla Holmuhammad rais, domla Xо‗jamquli a‘lam, Sulaymonxо‗ja, shahar va zamindor ashroflardan Raxmatilla dodhox, Sotiboldi dodhox, Oxun dodhox, Muhammadkarim xalfa va boshqalar Musulmonqul tomonidan qatl ettiriladi359.
Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling