Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet28/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

YUNUSXО‗JA
(1784 — 1801)

Toshkent davlati hokimi (1784 — 1801). Yunusxо‗ja Toshkentdagi 4 dahaning biri -
Shayxontohur hokimi Ulug‗xо‗janing о‗g‗li bо‗lgan. Yunusxо‗jani «ishbilarmon», «jasur va
taraqqiyparvar» shaxs sifatida ta‘riflaydilar. Darhaqiqat, Yunusxо‗ja о‗z davrining mohir
hukmdori hisoblangan. Aks holda mustaqil davlat tuzib, xarobaga aylanayotgan Toshkent
qaddini kо‗tarishga bel bog‗lamas edi. U tabiiy boyliklardan foydalanish davlat va xalq
manfaati uchun о‗ta foydali ekanini anglagan zukko hukmdor edi. Bunday shaxslar tariximizda
kamdan-kam uchraydi. Shunisi diqqatga sazovorki, Yunusxо‗ja Toshkent tarixida birinchi
bо‗lib, tо‗pdan foydalanishni joriy etdi. U shahar devorlarini hashar yо‗li bilan tuzattirgan,
mustahkamlagan. 1800 yilgi ma‘lumotlarga kо‗ra, devor quyi qismining qalinligi 1,8 m, ustki
qismi 0,9 m atrofida bо‗lib, aylanma uzunligi 18 chaqirimdan ortiq, devor balandligi 7,9 m
bо‗lgan. Yunusxо‗ja 6 ming kishidan iborat qо‗shin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nayza,
qalqon bilan qurollantirgan. Yunusxо‗ja davrida belgilangan tartibga kо‗ra, har bir jondan bir
oyda daromadiga qarab 5 tangadan 10 tangagacha, yerdan olingan hosilning qirqdan bir qismi
olingan. Qoraqozonlar soliqlardan ozod qilingan. Shaharda dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik va savdo-sotiq izga tushgan. Yunusxо‗ja ichki va tashqi savdoning о‗sishiga
e‘tibor bergan.


Yunusxо‗ja shahardagi о‗zaro kurashlarni bartaraf qilib, Shayhontoh
ur, Beshyog‗och, Sebzor va Kо‗kcha dahalarini о‗z qо‗li ostida
birlashtirgan. Yunusxо‗ja 6000 kishidan iborat qо‗shin tuzib, askarlarni
pilta miltiq, qilich, nayza, qalqon va tо‗plar bilan qurollantirdi. Bu qо‗shin
«qora-qozon» deb atalib, unda asosan turli shaharlardan kelgan musofir
kishilar va asirlar xizmat qilgan. Ular Yunusxо‗ja va boshqa hukumat
amaldorlari о‗rtasida taqsimlangan bо‗lib, tinchlik paytlarida о‗z yerlari
hamda uylarida dehqonchilik, hunarmandchilik qilib, о‗z xо‗jayinlaridan
424 Султонов Ў. Муҳаммад Солиҳхўжанинг ―Тарихи жадидаи Тошканд‖ асари муҳим тарихий манба
сифатида (XIX аср). Тарих фан ном ... дисс. Тошкент, 2007. 96-б.
206
haq olmay ishlaganlar. Shuning uchun bо‗sh vaqtlarida boshqa joylarda
ishlab, tirikchilik о‗tkazganlar. Toshkentning yangi hokimi urush
vaqtlarida о‗troq va kо‗chmanchi aholidan 50 -60 ming askar yig‗ish
imkoniga ega bо‗lgan. Qо‗shin turli rangdagi bayroqlar, nog‗ora, karnay
va surnaylar bilan ta‘minlangan. Urush borishiga qarab, har bir
xonadondan bir-ikki kishi qо‗shinga jalb etilgan. Yunusxо‗ja 1794 yilda
Chimkent va Sayramni, 1799 yilda esa Turkiston shahrini bosib oldi. 1800
yilda Yunusxо‗ja Chirchiq daryosining chap qirg‗og‗ini va Qurama
mavzeini qо‗lga kiritdi. Shuningdek, Parkent, Namdanoq, Adanak,
Tо‗ytepa, Qoraucha, Ohangaron daryosi qirg‗og‗idagi Matin va
Qahronqal‘a, Chordora, Niyozbek, Dо‗rmancha va Turbat singari joylar
mustaqil Toshkent davlati tarkibiga kirgan edi.
1796 yilga kelib, Chimkent, Sayram, Oltintepa, Qorabuloq, Sarapan
shaharlari hamda Niyozbek va Temir mavzelari Yunusxо‗ja qо‗l ostida
birlashtiriladi. Turkiston va uning atrofidagi to Chu daryosigacha bо‗lgan
yerlarni ham о‗z tasarrufiga oladi. 1800 yilga kelib, Toshkent
hokimligining chegarasi janub va g‗arbdan Sirdaryo bо‗ylab, shimoldan
Turkiston va Qoratog‗ yonbag‗irlari orqali о‗tgan. Sharqda Sayram tizmasi
va Ugom daryolarining о‗ng sohili, janubi-sharqda Chotqol-Qurama tog‗
tizmalari yoqalab Sangir qishlog‗igacha borgan. 1800 yilgi ma‘lumotlarga
qaraganda, Toshkent shahrida 80 mingga yaqin kishi yashagan425.
Toshkentni boshqarishda Bosh xо‗ja lavozimi bо‗lib, Bosh xо‗ja
davlatda Yunusxо‗jadan keyin ikkinchi shaxs hisoblangan. Undan keyingi
ma‘muriy pog‗onalarni mingboshi, yuzboshi, о‗nboshi va oqsoqollik
martabasiga erishgan odamlar egallaganlar. Ular о‗z ishlari haqida
bevosita Yunusxо‗jaga hisobot berib turganlar426.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Yunusxо‗ja (1784-1803) tomonidan
Toshkentda tо‗rt hokimlik tugatilib, kuchli ichki va tashqi siyosat
о‗rnatilishga erishilgan bо‗lsada, lekin bu mustaqil boshqaruv uzoq davom
etmadi. XVIII asrning boshlarida Farg‗ona vodiysida vujudga kelgan
Qо‗qon xonligi о‗z hududini kengaytirishga urinib kelayotgan edi. Qо‗qon
425 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон
пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро
илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 233-б.
426 Зиѐев Х.З. Юнусхўжа. http://e-tarix.uz
207
xonligi hukmdorlari uchun Toshkentni xonlik tarkibiga kiritish davlatning
tashqi savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega edi. Shu
sababli ham Qо‗qon xonlari Norbо‗tabiy (1763-1798) va uning о‗g‗li
Olimxon (1798-1810) bilan Toshkent hokimi Yunusxо‗ja о‗rtalarida
harbiy tо‗qnashuvlar bо‗lib turgan. Olimxonning 1809 yilda Toshkent
uchun olib borgan harbiy harakati natijasida bu hudud Qо‗qon xonligi
tarkibiga kiritildi. Natijada Toshkentda Yunusxо‗ja hukmronligi davrida
joriy etilgan boshqaruv tizimi 1809 yildan barham topib, Qо‗qon
xonligidagi boshqaruv tizimiga о‗zgartirildi427. XIX asr boshlaridan
Toshkent Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritildi va xonlikning eng yirik
viloyatiga aylandi.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling