Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Toshkent bekligining Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritilishi


Download 272.48 Kb.
bet31/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Toshkent bekligining Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritilishi. XIX
asrning boshlariga kelib Qо‗qon xonligining eng yirik viloyati Toshkent
bekligi hisoblanib, Qо‗qon xonligi tarkibiga XIX asrning boshlarida
Qо‗qon xonligi va Toshkent bekligi о‗rtasidagi bir nechta harbiy
tо‗qnashuvlar natijasida qо‗shib olingan. Toshkent viloyati Chorhokimlik
davridan sо‗ng mustaqil davlat bо‗lib, Yunusxо‗ja boshchiligida
markazlashgan davlat idorasi barpo etildi (1784–1809). Yunusxо‗janing
faol siyosat olib borishi natijasida Toshkent shimolidagi dashtlikda
joylashgan qal‘a, qishloq hamda karvon yо‗llari, shuningdek, Qurama va
boshqa joylar yana Toshkent tasarrufiga о‗tdi. Toshkent Rossiya
imperiyasi bilan elchilar almashib, savdo munosabatlari о‗rnatgan edi,
chunki Toshkent muhim savdo maskani sifatida qadimdan qulay geografik
о‗rinda bо‗lgan. Toshkentning Buxoro amirligi bilan munosabatlari yaxshi
edi, shuning uchun 1803 yilda Qо‗qon xonligi bilan Buxoro amirligi
о‗rtasida О‗ratepa uchun bо‗lgan jangda Toshkent Buxoro tomonida turib
qatnashgan. Qо‗qon xoni Olimxonning 1799 yilda Toshkentga qilgan
harbiy yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, Olimxon harbiy islohot
о‗tkazgan. U 10 ming kishilik maxsus otliq askarlar qо‗shinini tuzgan.
1803 yil Yunusxо‗ja Qо‗qon xonligiga yurish qilib Furumsaroy jangida
Olimxondan mag‗lubiyatga uchragan. «Tarixi Shohruxiy» asarida
keltirilishicha, Olimxon Toshkentni tasarrufiga olishga tayyorgarlik
kо‗rgan. Avval u Qurama hududini egallagan va u yerdan turib 12 ming
kishilik qо‗shinni Toshkent atrofidagi qal‘alarni ishg‗ol qilishga yuborgan,
215
natijada Tо‗ytepa va Niyozbek qal‘alari egallanib, u yerlarga Qо‗qon
garnizoni joylashtirilgan. Yunusxо‗ja о‗limidan sо‗ng Toshkentga uning
о‗g‗li Muhammadxо‗ja hokimlik qildi. Uning davrida Toshkentda
«qahatchilik va qimmatchilik» yuzaga kelib, shahar ahvoli nihoyatda
nochorlashdi. Uch yillik hukmronligidan sо‗ng u vafot etib, о‗rniga ukasi
Sultonxо‗ja о‗tirdi.
Qо‗qon xoni Toshkentdagi og‗ir vaziyatdan foydalanib, ketma-ket
tо‗rt marta hujum qildi va 1808 yili qattiq janglardan sо‗ng bosib oldi.
Olimxon Toshkentga 1809 yil Qurama orqali harbiy yurish qilib
Kerovchiga kelganda unga Qurama qо‗shini va qilquyruqlar (bosib olingan
yerlarlardagi kо‗chmanchi va о‗troq aholidan zо‗rlab harbiy majburiyatga
tortilgan kishilar) qо‗shilgan. Sо‗ngra Tо‗ytepa orqali Qо‗yliqqa va
nihoyat Salor arig‗i sohiliga yetib kelgan Qо‗qon askarlari shahar
atrofidagi muhim qal‘alarni egalladi. Toshkent yaqinidagi Niyozbek
qal‘asini egallagan Qо‗qon ishshinlarining bosqinlari tufayli
toshkentliklarning iqtisodiy ahvoli og‗irlashgan. Toshkent Qо‗qon xonligi
tomonidan uzil-kesil bо‗ysun-dirilgandan keyin shaharni 1810 yildan xon
noibi boshqara boshladi. Toshkent qiyofasi Kо‗qon xonligiga qaramlik
davrida ancha о‗zgarishlarga uchragan. Shahar hududi kengaygan,
Yunusxо‗ja о‗rdasi buzib tashlanib, Anhorning sо‗l sohilida Yangi О‗rda
qurilgan.
XIX asrning 20-yillariga kelib Toshkent hududiy jihatidan ham,
mavqe jihatidan ham Qо‗qon xonligida eng yirik viloyatga aylandi. XIX
asr boshlariga qadar xonlikda Marg‗ilon viloyatining nufuzi baland bо‗lib,
hukmdorlikka da‘vogar beklar bu viloyatda hokimlik vazifasini
bajarishgan bо‗lsa, keyinchalik xonlikda ana shu nufuz Toshkent
viloyatiga о‗tgan edi. Muhammad Alixon (1822-1842), Sheralixon (1842-
1845), Xudoyorxon (birinchi davr 1845-1858) hukmronligi yillarida
Toshkent hokimi lavozimi xonlikda yuqori mavqega kо‗tarilganligini
manbalardagi ma‘lumotlar tasdiqlaydi. Xususan, Muhammad Hakimxon
tо‗raning ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarida Muhammad Alixon о‗z ukasi
Sulton Mahmudga Toshkent viloyati hokimligini berishni va‘da qilganidan
sо‗ng aka-uka о‗rtasidagi munosabat ijobiy tomonga о‗zgaradi.
Toshkentning ma‘muriy-boshqaruv tizimi ham Qо‗qon xonligidagi boshqa
216
viloyatlarda joriy qilingan mahalliy boshqaruv tizimiga о‗xshash edi.
Mahalliy boshqaruv tizimi ijro organi bо‗lib, oliy hukmdor nomidan
berilgan, mamlakatning ichki va tashqi holatini mustahkamlashga
qaratilgan topshiriqlarni bajarardi. Jumladan, mahalliy boshqaruv
viloyatlardagi aholining turmush tarzini bir maromda ushlab turish,
ularning huquq va majburiyatlari ustidan nazoratni amalga oshirish, harbiy
kuchlarni safarbar etish, soliqlarni tо‗plash, davlat bilan aholi о‗rtasidagi
munosabatlarni amalga oshiruvchi organ sifatida faoliyat yuritishga mas‘ul
edi. Mirzaboshi (ba‘zida sarkor deyilgan) asosiy rol о‗ynagan bо‗lib, ular
bir vaqtning о‗zida moliya ishlari bilan agrar masalalarni, savdo-sotiq
munosabatlarini hamda hunarmandchilik korxonalarini ham nazorat
qilgan. Toshkentning ma‘muriy-boshqaruv tizimida Qо‗qon xonligining
markaziy boshqaruv tizimidagi kabi turli diniy mansab va amallar mavjud
edi. Qо‗qon xonlari tomonidan berilgan yorliqlardan ma‘lum bо‗lishicha,
viloyatlarda ham markaziy boshqaruv tizimidagi singari qozikalon,
xojakalon, sadr kabi bir qator mansabdorlar faoliyat yuritishgan.
Ma‘muriy-boshqaruvning eng quyi tizimi aminlik va oqsoqollikdan iborat
bо‗lib, bunday ma‘muriy birliklar aminlar va oqsoqollar tomonidan idora
etilgan. Ayrim qishloqlarni miroblar yoki imom xatiblar ham boshqargan.
Amin va oqsoqollar о‗zlari boshqarayotgan hudud fuqarolarining ijtimoiyiqtisodiy masalalari bilan bir qatorda maishiy turmushiga oid masala va
muammolar yechimi bilan mashg‗ul bо‗lgan. Toshkent tarkibidagi
qirg‗izlar va qozoqlar yashaydigan hududlarda ma‘muriy birliklarni
boshqaruv tizimi о‗ziga xos xususiyatlarga ega. Mazkur ma‘muriy
birliklarni boshqaruv qarorgohi harbiy qо‗rg‗on va qal‘alarda joylashgan
bо‗lib, ularni aksariyat holatlarda Qо‗qon xonlari tomonidan tayinlangan
dodxoh unvonidagi mansabdorlar boshqargan440.
1830-yillarda Muhammad Alixon davrida yangi О‗rda yoniga
Sharqiy Turkistonda о‗z vatanidan quvilib Qо‗qon xonligidan panoh
topgan musulmonlar kelib joylashgan, natijada qashqarliklar mahallasi
vujudga kelgan. О‗rdaning sharq tomonida yangi mahallalar, mavzelar
paydo bо‗lgan. Shahar aholisi soni ortgan, 1860-yillarga kelib Toshkentda
440 Маҳмудов Ш.Ю. XIX аср биринчи ярмида Тошкентнинг маъмурий-бошқарув тизими. http://shosh.
uz
217
60 mingdan ortiq kishi istiqomat qilgan. Shaharning me‘moriy qiyofasi
ham о‗zgargan. Kо‗plab madrasa, masjid, xonaqohlar qurilgan: Beklarbegi
madrasasi (1835), Eshonqulidodxoh madrasasi (1840), Mо‗yi Muborak
madrasasi, Balandmasjid (1875) va boshqalar.
Toshkent shahri 1865 yilgacha xonlik tarkibida bо‗lgan, 1865 yil
iyunda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, dastlab Turkiston
viloyati, 1867 yil iyuldan boshlab Turkiston general gubernatorligi
markaziga aylantirilg

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling