Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
XIX asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligida siyosiy jarayonlar
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
XIX asr ikkinchi yarmida Qо‗qon xonligida siyosiy jarayonlar.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Olimxon (1798-1810), Umarxon (1810-1822) va qisman Muhammad Alixon hukmronligi yillarida (1822- 1841) birmuncha kuchli va markazlashgan davlatga aylangan Qо‗qon xonligi XIX asr о‗rtalariga kelib, siyosiy va harbiy jihatdan inqirozga uchray boshlagan bо‗lsada, о‗zining kuch - qudratini saqlab turardi. 1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo tomonidan xonlik poytaxti Qо‗qon shahrining bosib olinishi va xon oilasining о‗ldirilishi voqealari ham xonlikning о‗z qudratini saqlab qolishiga tо‗sqinlik qila olmadi. 1842 yilning о‗zidayoq amirga qarshi kо‗tarilgan qо‗zg‗olonlar natijasida Ming sulolasi qaytadan hokimiyatni о‗z qо‗liga oldi. Taxtga qirg‗iz-qipchoq zodagonlarining qо‗llab-quvvatlashi bilan Sheralixon о‗tirdi. Uning taxtga chiqishida kо‗maklashgan qirg‗iz-qipchoq urug‗lari biylar asta-sekin davlat boshqaruvidagi asosiy mansab va lavozimlarni qо‗lga kirita boshladilar, bu esa xonlik ichki hayotida siyosiy keskinlikning kelib chiqishidagi asosiy omillardan biri bо‗lib qoldi. Bunga qarshilik kо‗rsatishga uringan Sheralixon esa 1845 yilda saroy fitnalari oqibatida о‗ldirildi. XIX asr 50-yillari xonlikdagi ichki siyosiy bо‗hronlar eng kuchaygan jarayonlar bilan boshlandi. Birinchidan, Sayyid Muhammad Xudoyorxon 1844 yildan buyon taxtga egalik qilib kelayotgan bо‗lishiga qaramay, hukmdorlik jilovini tо‗lalagicha о‗z qо‗liga ololmagan edi. Dastlabki yillarda Musulmonqul mingboshi va qipchoq amaldorlarining saroydagi kuchli ta‘siri bunga yо‗l bermagan bо‗lsa, keyingi yillarda о‗zaro taxt talashishlar bu imkoniyatlarni yо‗qqa chiqargan edi. Bu holni uning hukmronlik yillarida xonlikning turli hududlarida rо‗y bergan qо‗zg‗olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi. Ikkinchidan, 50-yillarga kelib, Rossiya imperiyasining bosqinchilik yurishlariga qarshi kurashga ham yetarli e‘tibor berilmaganligi va siyosiy ojizlik bosqinchilikning kengayib ketishi va jiddiy tus olishiga, pirovard natijada esa xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi. 171 Xudoyorxon hukmronligi yillarida yuzaga kelgan sharoitda boshboshdoqlik, taxtga bо‗ysunmaslik va markaziy hokimiyatga itoatsizlik kuchayib ketdi. Musulmonqulning о‗limi va qipchoqlarning qirg‗in qilinishi bilan vaziyat bir muncha ijobiy tus olgandek bо‗ldi, biroq, bir tomondan ichki kurashlar va ikkinchi tomondan Rossiya imperiyasining harbiy tajovuzlari tufayli xalqning iqtisodiy ahvoli og‗irlashdi va bu eng birinchi navbatda Xudoyorxondan umumiy norozilikning kuchayishiga sabab bо‗ldi. Shunday norozilik harakatlaridan biri 1858 yil Toshkent bekligiga qarashli hududlarda bо‗lib о‗tgan edi. Bu vaqtda Buxoro amiri Nasrullo О‗ratepani qamal qilib, qо‗qonliklarni mag‗lubiyatga uchratadi va Hо‗jandga yurish qiladi. Biroq, amirning yurishi shahar hokimi Yoqubbek Badavlat tomonidan tо‗xtatiladi va amir chekinishga majbur bо‗ladi. Bu voqealardan sо‗ng Mallabek xonning akasi sifatida eng nufuzli amaldorlardan Mirzo Ahmad qо‗shbegi va Dо‗stmuhammad dasturxonchilarni Xudoyorxonning yurt va fuqaro holidan bexabar va g‗ofil bо‗lishida asosiy aybdorlar hisoblab, ularni qatl qilmoqchi bо‗ladi. Biroq boshqa amaldorlarning aralashuvlaridan sо‗ng о‗z fikridan qaytib, odamlari bilan Qо‗qondan Andijonga ketadi. Bu yerda u о‗ziga yaqin tarafdorlarni tо‗plab, hokimiyatni Xudoyorxondan tortib olish uchun harakat boshlaydi. Mallaxon yurtda tartib о‗rnatish, saroydagi boshboshdoqliklarni tugatish, о‗zaro fitnalarga barham berib, ayni vaqtda kuchayib borayotgan Rossiya imperiyasining bosqinchilik tajovuzini oldini olish maqsadida hokimiyat uchun kurash olib borgan edi. Uning bu maqsadini kо‗pgina amaldorlar va davlat arboblari, din peshvolari ham qо‗llab quvvatlagan edilar. Biroq, Mallaxonning taxt uchun kurash olib borishi va taxtga kelishi voqealariga bundan avvalgi paytlarda hokimiyat egalari bо‗lgan va davlat siyosiy boshqaruviga nihoyatda katta ta‘sir о‗tkazib turgan qirg‗iz - qipchoq zodagonlarining maqsadlari asosida amalga oshirildi, deb qarash notо‗g‗ri bо‗ladi. Garchi bunda katta harbiy kuch va mavqe egalari bо‗lgan qirg‗iz - qipchoq zodagonlari Mallaxonga yaqindan yordam bergan bо‗lsalarda, bu kurash saroydagi hokimiyat uchun intilayotgan 172 kuchlarning о‗zaro tо‗qnashuvi, fitnalar, taxtga bо‗ysunmaslik va Xudoyorxonning fuqarolar barcha qatlamlari manfaatlarini kо‗zlab siyosat yuritmaganligi, qolaversa bir qancha vaqtlardan buyon taxtni qо‗lga kiritishni kо‗zlab yurgan Mallaxonning shaxsiy manfaatlari asosida yuzaga kelgan edi, deb ham qarash lozim. Mallaxon taxtga о‗tirgach, birinchi navbatda xonlikda tartib о‗rnatishga va xon hokimiyatini kuchaytirishga kirishadi. Davlatni boshqarishda Mallaxon qattiq siyosat yuritadi. Qо‗qon xonligidagi ichki siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryotgan rus harbiylari Mallaxonning taxtni egallash voqealarini ham nazardan chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Sibir korpusi qо‗mondoni general Gosford 1859 yil 4 yanvarda harbiy vazirga yuborgan maxfiy telegrammasida – ―Mallabekning xonlik taxtiga о‗tirgani tasdiqlandi. Xudoyorxon doimiy yashash uchun Hо‗jandga yuborildi va barcha xuquqlaridan mahrum qilindi. Yangi xonni xalq qо‗llab - quvvatlamoqda‖, - degan sо‗zlarni yozgan edi.363 Mallahon xonlikning harbiy salohiyatini oshirishga va Rossiya imperiyasining harbiy tajovuziga qarshi kurashga tayyorgarlik kо‗rishga kirishadi. 1859 yil bahorida Buxoro amiri Qо‗qon xonligiga qarshi yurish boshlaydi. U Mallaxon oldiga xonlikni ikki qismga bо‗lish, Qо‗qon va unga tobe viloyatlarni Madalixonning о‗g‗illaridan biriga berish,364 Mallaxonning о‗ziga esa Toshkent viloyatiga hokimlik qilish shartini qо‗yadi. Biroq, bu shart Mallaxon tomonidan qat‘iyan rad etiladi. Amir О‗ratepani bosib oladi va Nov qal‘asiga yurish qiladi. Uni egallagach, bu yerda tajribali qо‗mondonlaridan biri Qanoatshoh otaliqni qoldiradi. Biroq, amir ketishi bilanoq, Qanoatshoh Mallaxon tomoniga о‗tib, Nov qal‘asini tark etadi. Qanoatshohning qо‗qonliklar tarafiga о‗tishi kuchlar nisbatini Qо‗qon foydasiga о‗zgartirib yuboradi va Buxoro amiri uchun og‗ir oqibatlarga olib keladi va ularni chekinishga majbur qiladi. 363 З.Илхомов.Н.Расулова XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда. Мавзусидаги иккинчи Республика илмий анжумани (илмий мақолалар тўплами). 2012 йил. 157-160- бб. 364 Айнан қайси ўғли эканлиги кўрсатилмаган. 173 Oradan birmuncha vaqt о‗tgach, Buxoro amiri Shahrisabz tomondan yurish boshlaydi. Bu haqda habar kelishi bilanoq, Mallaxon va Aliquli eshikog‗asi qо‗shinga bosh bо‗lib, Zomin orqali Jizzaxga yuradi. Amirning yurishni kuchaytirganligini eshitib, qо‗qonliklar ham о‗z yurishlarini tо‗g‗ri Samarqandga qarab davom ettiradilar. Mirzo Olim Mushrifning yozishicha, amir bundan nihoyatda qattiq xavotirlanib, darhol yurishni tо‗xtatganligini va Mallaxon huzuriga elchi yuborganligini yozadi.365 Amir Muzaffar Samarqanddan qaytgach, muzokaralar boshlana-di. Bunda Mallaxon nomidan elchi Bobohо‗ja Shayxulislom muzokarlarda ishtirok etadi. Natijada ikki davlat о‗rtasida Qozoqbuloq mavzesi chegara etib belgilanadi va xonlikning Buxoro bilan munosabatlarida bir oz barqarorlik yuzaga keladi.366 1859 yil oxirlariga kelib, Qо‗qon xonligining ayrim qal‘alari Rossiya imperiyasi harbiy kuchlari tomonidan bosib olinadi. О‗lkaning musulmon aholisi bundan nihoyatda tashvishlanib, Mallaxondan kofirlarga qarshi muqaddas urush - g‗azovot boshlashni talab qiladilar. Mallaxon, agar xonlikning ichki hududlarida osoyishtalik saqlansa, shu qishda yoki erta bahorda urush boshlashga tayyor ekanligini bildiradi.367 Mallaxon Rossiya imperiyasi qо‗shinlariga qarshi kurashda Buxoro amirligi bilan birlashishga kо‗zi yetmagach, Xiva xonligi bilan harbiy ittifoq tuzishga intiladi. 1859 yil noyabr oyi boshlarida shu masalada Xiva xoniga elchilar yuboradi. 28 noyabrda har ikki xonlik о‗rtasida shartnoma tuziladi va bunga kо‗ra, qishda, daryo muzlaganda har ikki xonlikning qо‗shinlari chor bosqinchilari ustiga yurish qilishga kelishib oladilar.368 Shu bilan bir vaqtda Mallaxon 1859 yil dekbrda о‗ttiz kishidan iborat elchilikni imperator huzuriga ayrim siyosiy masalalarni hal etish, jumladan Oqmasjidni qaytarib berishni talab qilib jо‗natadi. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling