Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qо‗qon xonligida iqtisodiy hayot, yer egaligi va qishloq xо‗jaligi.
361 Тарихи Туркистон. 18-б.
362 Из истории Кокандского ханства. С.44-45. 170 harakatlarni kuchaytira boshlagan edi. 8-mavzu: Қўқон хонлигининг ижтимоий-иқтисодий ҳаёти...........................Қўқон хонлигининг давлат бошқарув тизими ва маъмурий тузилиши. Ижтимоий табақалар. Ҳарбий-маъмурий амалдорлар. Иқтисодий ҳаёт: ер-мулк муносабатлари, қишлоқ хўжалиги, ҳунармандчилик ва савдо. Суғориш тизими. Солиқлар ва суд тизими. Qо‗qon xonligida iqtisodiy hayot, yer egaligi va qishloq xо‗jaligi. XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab ayrim tumanlarning sug‗orish tarmoqlari ta‘mirlangan va yangilari qazilgan. Chunki, xonlikda ip va gazlama ishlab chiqarish hajmining ortib borishi, bu mahsulotlarni Rossiya va u orqali Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida kо‗plab sotila boshlashi, ularga bо‗lgan talabning tobora kuchayib borishi sug‗orma dehqonchilik yerlarini kengaytirish hamda yangi yerlarni о‗zlashtirishni taqozo qilar edi. XIX asr Qо‗qon xonligida, xususan, Farg‗ona vodiysining sug‗orilishi tarixida yangi davrni boshlab berdiki, aynan shu davrdan boshlab, vodiyda yirik sug‗orish inshootlari, ariqlar, kanallar, tо‗g‗onlar qurila boshlangan. Masalan, Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan bо‗lgan Norin va Qoradaryolardan suv oladigan Shahrixonsoy kanali, Namangan Yangi arig‗i, Chinobod arig‗i, Ulug‗nahr, Andijonsoy kanali, Oltiariq, Mutagan arig‗i va boshqa sug‗orish tarmoqlarining kо‗payishi, sug‗oriladigan dalalarning sezilarli darajada kengayishi hamda dehqonchilik va bog‗dorchilikning rivojlanishiga olib kelgan. Qо‗qon xonligidagi yer egaligining shakllari qisman boshqa xonliklardagiga о‗xshash edi. Ammo bu yerda xonlar yer mulkining о‗ziga xos shakllari ham mavjud bо‗lganligini kо‗ramiz. Jumladan, xon va uning oila a‘zolariga taalluqli yerlar kuyidagi shakllarda bо‗lgan: 1. Xos mulk - alohida ahamiyatga ega bо‗lib, keladigan daromadlari saroy ahli va soqchilariga sarf kilinadigan yer mulklari. 2. Taqiq yerlari yoki qо‗riq yerlar. Bunday yerlar ilgari barchaga, jamoaga tegishli haydalmaydigan dalalar, о‗tloqlar, qamishzor va chakalakzorlarni xonlar о‗zlariniki qilib olishlari natijasida vujudga kelgan. 3. Chek yerlari - xon va uning oila a‘zolari tasarrufidagi yerlar393. Xonlikda yer va suv hukmron tabaqalariniki hisoblanib, yerga egalik qilishning tо‗rtta turi mavjud bо‗lib ular quyidagilar edi: Xiroj yerlar – yer 393 Муқимов Зиѐдулла. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. Т.: ―Адолат‖, 2003. 222-б. 187 egalarining xususiy yerlari. Davlat yoki amloq yerlari – xonga qarashli yerlar – о‗rmonlar, tо‗qaylar, yо‗lu-kо‗priklar. Xususiy yerlar – xonning maxsus farmoyishi bilan yirik amaldorlarga berilgan yerlar (suyurg‗ol). Vaqf yerlari – diniy muassalar, ya‘ni, masjid, madrasa va mozorlarga qarashli yerlar394. Manbalarga kо‗ra, amloq xon ixtiyoridagi yer bо‗lib, u ―zamini xos‖, deb atalgan. Bunday yerlar xon tomonidan ayrim guruh va mansabdor shaxslarga berilgan. Yerni olgan kishi unga о‗z hisobidan ishlov berib, sug‗organ. Olgan hosilidan esa xonga soliq tо‗lagan va bu soliq miqdori xirojdan kо‗proq bо‗lgan 395. Yerga egalik qilishda mulk, ijara, urg‗u, tanho shakllaridan ham foydalanilgan. Mulk – boylarga qarashli xususiy yerlar bо‗lib, ular dehqonlarga ijaraga berilgan. Ma‘lumotlarga kо‗ra, ijara – muayyan shartlar asosida beriladigan barcha kо‗chmas va kо‗chadigan mulk-yer, ariq, tegirmon, tim, rasta, ulov av boshqalarni о‗z ichiga olgan mulk shakli bо‗lsa, urg‗u – musodara qilish yо‗li bilan xon mulkiga aylantirilgan yoki gunohkorni qо‗lga olishda jonbozlik qilgan shaxslarga berilgan yer va mol-mulkdir396. Tanho – hukmdor tomonidan alohida xizmat kо‗rsatgan kishilarga amloq yerlardan ba‘zilari in‘om etilishi tufayli paydo bо‗lgan mulk shakli bо‗lib, bunday yerlarda soliq yig‗ish huquqi tanho egalari – tanhodorlarga berilgan. U о‗ziga berilgan yer, bir nechta qishloq, hatto, katta mulkning yillik yoki yarim yillik daromadini hadya sifatida olgan. Ba‘zan, amaldorlar bir umr tanhodor bо‗lgan va о‗g‗li xon marhamatiga sazovor bо‗lsa, tanhodorlik meros sifatida davom etgan. Harbiylarga tanho yoki xiroj taqdim etilsa, u tarxon deb atalgan397. Xonlik aholisi dehqonchilik, bog‗dorchilik bilan ham faol shug‗ullangan. Shaharlar va ularning atroflaridagi dalalar, polizlar va bog‗larda yetishtirilgan mahsulotlar bilan xonlik bozorlarida qizg‗in savdo amalga oshirilgan. Jumladan, Farg‗ona vodiysi qadimdan bog‗dorchilik 394 Қаранг: Зиѐев Ҳ.З. Қўқон хонлиги (катта мақола). http://shosh.uz; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент, ―Янги аср авлоди‖, 2012. 320-321-бб. 395 Хирож - ҳосилнинг 1/5 дан 1/8 қисмигача ташкил этган. 396 Қаранг: Зиѐев Ҳ.З. Қўқон хонлиги (катта мақола). http://shosh.uz; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент, ―Янги аср авлоди‖, 2012. 320-321-бб. 397 Ўша жойда. 188 mahsulotlari bilan qо‗shni hududlarda ham tanilgan. Qо‗qon xonligi davrida ham vodiy bu borada о‗z mavqeini saqlab qolgan. Namangan, Marg‗ilon, Qо‗qon bog‗lari о‗zining mо‗l-kо‗lligi, mevalarining ta‘mi va sifati bilan mashhur hisoblangan. Bu sohada Namangan yaqqol ajralib turgan. P.I.Nebolsinning yozishicha, XIX asr о‗rtalarida Namanganda meva-larning turlari kо‗p bо‗lib, xususan, о‗rik juda lazzatli bо‗ladi va Toshkentga sotish uchun kо‗plab olib boriladi, deb qayd etadi. Yana bir rus olimi N.Aristov uzumning sifati bо‗yicha eng yaxshisi Namanganniki, deb ta‘riflagan.398 Sayyoh va shifokor I.Krauze ma‘lumotlariga kо‗ra, xonlikda anjir va anor yetishtirishda Namangan mashhur bо‗lib, anjir mevasi, anor guli, ildizi, pо‗stlog‗i va yaprog‗idan mahalliy tabiblar turli kasalliklarni davolashda foydalanganlar. Shuningdek, Namangan olmalari xonlikdan tashqarida ham taniqli va xaridorgir hisoblan-gan. Bog‗dorchilik Farg‗ona vodiysining boshqa kо‗plab shaharlari, ularning atrofi va qishloqlarida ham taraqqiy etgan. Marg‗ilon-ning "Dona Kalon" nomli anori va Konibodom bodomi ham xonlik bozorlarida taniqli edi. Farg‗ona vodiysi bog‗larida yetishtirilgan mevalarga qо‗shni hududlarda talab katta bо‗lib, yil davomida bu yerdan quruq va xо‗l mevalar ortilgan karvonlar qо‗shni xonliklar, dasht hududlari va boshqa mamlakatlarga borib turgan. Xonlik shaharlari о‗zining dehqonchilik mahsulotlari bilan ham mashhur edi. Xususan, Namangan atroflarida bug‗doy yetishtirish rivojlangan bо‗lib, xonlik davrida Qо‗qon va uning atrofi bug‗doy bilan о‗zini ta‘minlay olmagan va Namangan dehqonlari yetishtirgan bug‗doy poytaxt Qо‗qon bozorlariga yil davomida yetkazib turilgan399. Namangan о‗zining tamakisi bilan ham mashhur bо‗lgan. XIX asr 30 - yillarida Qо‗qon xonligida bо‗lgan kazak Maksimov xonlikning eng boy va yirik shaharlari Qо‗qon va Toshkent bо‗lsa-da, aholi hayotining farovonligi bо‗yicha Namangan xonlikda ajralib turadi, bu yerdagi bog‗larning о‗xshashi yо‗q. Namangan tamakisining sifati yuqori bо‗lib, u sariq rangda va huddi Amerika tamakisiga о‗xshaydi, - deb yozgan edi. V.V.Velyaminov-Zernov xudsi shunday fikrni keltirib, О‗rta Osiyoda Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling