Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Из истории Кокандского ханства. С.215-21. 392
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
391 Из истории Кокандского ханства. С.215-21.
392 Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй.). 38-б. 186 yuritishni davom ettirdilar. Qо‗qon xonligi о‗zining etnik qiyofasining turli-tumanligi bilan ham xarakterlanadi. Holbuki, bunday etnik turlitumanlik vodiy aholisini о‗zaro iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlanishida muhim omillardan biri bо‗lgan 7-mavzu. Қўқон хонлигининг ташкил топиши ва сиёсий тарихи (XVIII–XIX асрнинг биринчи ярми) (3-qism)Халқ қўзғолони. Худоёрхон даврида қипчоқларнинг кучайиши ва Мусулмонқул фаолияти. Қипчоқлар қирғини. Россиянинг Қўқон хонлигига ҳужумлари арафасида Қўқон хонлигининг сиёсий аҳволи. Taxtga Sheralixonning 13 yoshli о‗g‗li Xudoyorxon о‗tkaziladi va hokimiyat amalda Musulmonqul qipchoq qо‗liga о‗tib qoladi. Yosh Xudoyorxon qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar ta‘sirida qolib, davlat boshqaruvidan butunlay chetlatilgan edi. «Shunday zamon bо‗ldiki, - deb yozadi zamondosh muarrix Avaz Muhammad, - har kim о‗zicha hukm surardi. Xon unvoni ma‘nosiz bо‗ldi. Musulmonqul va qipchoqning boshqa ashroflari о‗lkani о‗zaro bо‗lib oldilar»360. Bu holat 1850 yilning oxirigacha davom etdi. Musulmonqul-ning cheksiz hokimiyat egasi bо‗lib qolganligi va qipchoqlarning mavqei 359 Тарихи Туркистон. 12-13-бб. 360 Тарихи Туркистон. 13-14-бб. 169 oshganidan norozi bо‗lgan amaldorlar birlashib, Musulmonqulga qarshi kurashlarga tayyorlana boshladilar, 1852 yil xazinani talon-taroj qilishda ayblangan dasturxonchi va risolachi Toshkentga qochib ketganligi uchun 40 ming kishilik qо‗shin bilan Toshkentga yurish muvaffaqiyatsiz tugadi. 1852 yilning iyun oyida Musulmonqul yana 30 ming kishilik qо‗shin bilan Toshkentga yurish qiladi. Lekin shu vaqt Xudoyorxon Chirchiq bо‗yida jang bо‗layotgan vaqtda Toshkentliklar tomonga о‗tib ketadi. Musulmonqul tor-mor etiladi. 1852 yil 9 oktabrda Xudoyorxon xonlikning turli hududlarida qipchoqlar qirg‗inini uyushtiradi va natijada saroyda yuqori mavqelarni egallab turgan amaldorlar bilan bir qatorda 20 mingdan ortiq qipchoq о‗ldiriladi. Qipchoq amaldorlaridan О‗tabbiy va Normuham-mad qо‗shbegilar tirik qoladilar. Birinchisini xon, ikkinchisini Toshkent ashroflari himoya qiladilar. Endi Xudoyorxon amalda (1852 y) о‗z xokimiyatida mustaqil bо‗ldi. О‗tabbiy qо‗shbegi mingboshilik lavozimiga kо‗tarildi. Xudoyorxon qolgan qо‗shini bilan Toshkentga kiradi va uning mustaqil xonlik davri boshlanadi. Shu orada xon yо‗qligidan Abdullobek ibn Poshaxо‗ja foydalanib, Qо‗qonda hukumatni qо‗lga oladi. Ammo Toshkentdan Mirzod qо‗shbegi va mullo Karimquli dasturxonchi yetib borib, Abdullobekni о‗ldiradi. Mirzod qо‗shbegi о‗zini xon deb e‘lon qiladi. Unga qarshi Xudoyorxon Toshkent lashkari bilan yetib keladi va uni qatl etadi361. Qirg‗iz-qipchoq qо‗shini ham Bilqalama degan mavzeda jam bо‗lishadi.
Tо‗raqо‗rg‗onga hujum qilmoqchi bо‗lsalar ham mag‗lub bо‗lib orqaga qaytadilar. Ikkinchi jangda ham xon g‗alaba qozonadi. 1853 yil kuzida esa qipchoqlar о‗zaro maslahatlashib Musulmonqulni tutib xonga berishadi. Xudoyorxon uni Yо‗lchibek dodxoh himoyasida Qо‗qonga yuboradi va Musulmonqul Qо‗qonda dorga osiladi362. Xudoyorxon о‗z hokimiyatini mustahkamlaydi va mustaqil ravishda davlat boshqaruviga kirishadi. Bu vaqtda esa Rossiya imperiyasi Qо‗qon xonligiga qarshi harbiy Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling