Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Ming sulolasi hukmdorlari 1709 -1876 yillar


Download 272.48 Kb.
bet38/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Ming sulolasi hukmdorlari
1709 -1876 yillar








1.

Shohruxbiy

1709-1721 yy

2.

Abdurahimbiy

1721-1733 yy

3.

Abdukarimbiy

1733-1750 yy

4.

Abdurahmon

hukmronligi 9 oy

5.

Erdonabiy

1751-1752 yy

6.

Bobobek

1752-1753 yy

7.

Erdonabiy 2-marta

1753-1762 yy

8.

Sulaymon

1762-1763 yy

9.

Norbо‗taxon

1763-1798 yy

10.

Olimxon

1798-1810 y

11.

Umarxon

1810-1822 yy

12.

Muhammad Alixon

1822-1841 yy

13.

Sulton Mahmudxon

1841-1842 yy

14.

Sheralixon

1842-1845 yy

15.

Murodxon

1845 y 11 kun

16.

Xudoyorxon

1845-1858 yy

17.

Mallaxon

1858-1862 yy

383Мирзо Олим Мушриф .Aнсобус –салотин…-b.17
384Кун. А. Очерки Коканского ханства// Tуркестанский сборник,T:23-С.65
385 Қаранг. Махмудов. Ш. Қўқон хонлигининг маъмурий- бошкарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих
фан. ном.... дисс.- Т. 2007 й. 70-б.
183

18.

Shohmurod

1862 y

19.

Xudoyorxon 2-marta

1862-1863 yy

20.

Sulton Saidxon

1863-1865 yy

21.

Xudoyorxon 3-marta

1865-1875 yy

22.

Nasriddinxon

1875 -1876 yy

Qо‗qon xonligining aholisi va etnik tarkibi. Qо‗qon xonligining
aholisi kо‗p millatli bо‗lib, tarkibi о‗zbeklar, tojiklar, qirg‗izlar, qozoqlar,
uyg‗urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Aholi soni XIX asr о‗rtalarida 3
mln.ga yaqin bо‗lgan bо‗lsa, Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning
Toshkent bekligi va uning atroflarigacha bо‗lgan hududlari bosib
olingandan sо‗ng xonlik chegaralari asosan Farg‗ona vodiysi hududlari
bilan chegaralanadi va aholining soni ham keskin kamayib ketadi.
Ma‘lumki, Farg‗ona vodiysi va unga tutash hududlar aholisi azaldan
polietniklik xususiyati bilan О‗rta Osiyoning boshqa hududlaridan ajralib
turgan. Bunday etnik о‗ziga xoslilik, Qо‗qon xonligi davrida ham saqlanib
qolgan edi.386
Qо‗qon xonligi aholisi murakkab etnik tarkibga ega bо‗lib, aholining
asosiy qismini xonlikning turli hududlarida yashagan о‗zbeklar tashkil
qilgan. Bular asosan turkiyzabon va forsiyzabon aholining
assimilyatsiyasi natijasida shakllangan kо‗chmanchi va yarim
kо‗chmanchi ―sart‖lar, turk-mо‗g‗ul urug‗laridan tashkil topgan turkiylar
va Muhammad Shayboniyxon sabab Dashti Qipchoq hududidan kirib
kelgan urug‗lardir387.
Xerman Vamberining ―Etnograficheskiy ocherk Sredney Azii‖
asarida xonlik aholisining etnografik qiyofasi haqida ma‘lumotlar388
keltirilgan. Unga kо‗ra Vamberi ushbu hududda yashaydigan turkiy
urug‗larni 5ta guruhga ajratadi: 1) burutlar, qora yoki haqiqatda qirg‗izlar;
2) qirg‗izlar, qaysaq urug‗iga tegishli; 3) qoraqalpoqlar; 4) turkmanlar va
386 У.Абдуллаевнинг ―Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби‖ номли мақоласи материалларидан
фойдаланилди. Қаранг: http://www.e-tarix.uz.
387 Рузматова Ш.А. Қўқон хонлиги шаҳарлари ва аҳоли географиясининг ―Туркистон тўплами‖да
ѐритилиши. ―Тарих фани методологияси ва тарих таълимининг долзарб муаммолари‖.
Республикаилмий-амалий конференцияси материаллари. Навоий. 2019. 211-212-бб.
388 Этнографический очерк Средней Азии Вамбери. Санкт Петербург, 1878 г. Туркестанский сб., т. 4,
стр. 307.
184
5) о‗zbeklar389.
Qо‗qon xonligi hududida asosan о‗zbeklar, tojiklar, qirg‗izlar,
uyg‗urlar va qoraqalpoqlar istiqomat qilganlar. Bundan tashqari xonlik
hududida son jihatidan kamroq bо‗lsada yahudiylar, tatarlar va boshqa
etnik jamoa vakillari ham yashar edilar. XVI asr boshlarida vujudga
kelgan Buxoro va Xiva xonliklari hamda XVIII asrning boshlarida Qо‗qon
xonligining vujudga kelishi natijasida yagona tarixiy makonda yashagan
xalqlar siyosiy jihatdan turli davlatlar tasarrufiga tushib qolgan bо‗lsa-da,
bu holat о‗zbek elati birligiga putur yetkaza olmadi. Siyosiy chegaralar
bо‗lishiga qaramas-dan, uch davlat tarkibidagi aholi о‗zaro doimiy etnik,
iqtisodiy va maaniy aloqada bо‗lib keldi390.
О‗zbeklar. О‗zbeklar Qо‗qon xonligi aholisining asosiy qismini
tashkil qilgan. Ta‘kidlab о‗tish о‗rinliki, XX asr boshlariga qadar
о‗zbeklarning bir qismi о‗troq, qolgan qismi esa yarimо‗troq
(yarimkо‗chmanchi) holda yashaganlar. XX asr boshlariga kelib, vodiy
о‗zbeklarining 828 mingdan ziyodrog‗i о‗troq holda yashab, dehqonchilik,
hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‗ul bо‗lganlar. Turli urug‗-
qabilaviy tuzilishga ega bо‗lgan yarimо‗troq (yarim kо‗chmanchi)
о‗zbeklarning vodiydagi umumiy soni о‗sha davr ma‘lumotlariga kо‗ra
215 ming nafardan kо‗proqni tashkil etgan. Bular ichida turk, ming,
qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qо‗qon xonligi hududidagi yirik
etnografik guruhlar hisoblangan.
Tojiklar. Tojiklar Qо‗qon xonligi hududidagi aholining salmoqli
qismini tashkil qilganlar. Ular asosan vodiyning g‗arbiy va shimoli-g‗arbiy
qismida joylashganlar. Tojikistonning hozirgi Sо‗g‗d viloyati hududida
tojiklar aholining asosiy qismini tashkil etadilar. Etnografik adabiyotlarda
Farg‗ona vodiysida yashagan tojiklar shartli ravishda ikki guruhga – voha
tojiklari va tog‗lik tojiklarga ajratiladi. Voha tojiklari – bu ushbu о‗lkaning
azaliy xalqlaridan biri bо‗lib, qator etnik xususiyatlari bilan Qо‗qon
xonligi davrida va undan keyingi davrlarda ham boshqa etnoslardan ajralib
389 Рузматова Ш.А. Қўқон хонлиги шаҳарлари ва аҳоли географиясининг ―Туркистон тўплами‖да
ѐритилиши. ―Тарих фани методологияси ва тарих таълимининг долзарб муаммолари‖.
Республикаилмий-амалий конференцияси материаллари. Навоий. 2019. 211-212-бб.
390 Дониѐров А.Х., Бўриев О., Аширов А. Марказий Осиѐ халқлари этнографияси, этногенези ва этник
тарихи. Т.Янги нашр, 2011. 60-61-бб.
185
turgan. Tog‗li tojiklar Qо‗qon xonligi hududiga asosan Tojikistonning
tog‗lik hududlarida joylashgan Mastchoh, Qorate-gin, Darvoz, Kо‗lob,
Hisor kabi joylardan kо‗chib kelganlar. Qо‗qon xonligida feruza toshining
eng yaxshi navlari Sо‗x daryosining yuqori qismida qazib olinadi. Bu
feruza toshi ―tiniq va shaffof, moviy rangda bо‗lib, har qanday qо‗shimcha
aralshamalardan holi edi‖, bunday toshlar bilan ―Qо‗qon xonligi faxrlansa
arziydi‖. Bu ish bilan xonlikda tog‗lik tojiklar shug‗ullanishgan va о‗z
toshlarini Qо‗qon va Marg‗ilon bozorlaridagi savdogarlarga
pullashgan‖391. Shu о‗rinda ta‘kidlab о‗tish joizki, kо‗plab tog‗li tojiklar
Qо‗qon xonligi qо‗shinlarida xizmatda ham bо‗lganlar, aynan Olimxon
davrida amalga oshirilgan harbiy islohotlar natijasida tog‗lik tojiklardan
ikkita maxsus bо‗linma tashkil etilganligi manbalarda kо‗rsatib о‗tilgan392.
Qirg‗izlar. Tarixiy manbalarning tahlili shuni kо‗rsatadiki, XVII va
XVIII asrlarda Tyanshan tog‗ining shimolida yashovchi qirg‗izlarning
katta guruhi Farg‗ona erlariga kelib о‗rnashdilar. Turli urug‗-qabilaviy
tuzilishga ega bо‗lgan qirg‗iz etnosi ham Qо‗qon xonligi hududidagi tog‗
va tog‗oldi manzilgohlarida yashab, vodiyning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
va madaniy hayotida faol ishtirok etganlar.
Uyg‗urlar. Uyg‗urlar Sharqiy Turkistonning eng qadimgi turkiy
etnoslardan biri hisoblanadi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan e‘tiboran,
ayniqsa XIX asrda Xitoy feodallariga qarshi kо‗tarilgan musulmonlar
qо‗zg‗oloni mag‗lubiyatga uchragandan keyin Sharqiy Turkistonning
kо‗plab musulmon aholisi, xususan juda kо‗p uyg‗ur oilalari Farg‗ona
vodiysiga qochib о‗tdilar. XIX asrning о‗rtalaridayoq Qо‗qon xonligida
300 mingga yaqin uyg‗urlar yashagan.
Qoraqalpoqlar. XVIII asrdan Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy
inqiroz kо‗plab xalqlarni bu hududni tashlab ketishga majbur etdi.
Oqibatda Buxoro va Samarqand atroflarida yashagan aholining bir qismi
Qо‗qon xonligi hududiga kelib о‗rnashdi. Xususan, Sirdaryoning о‗rta
oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qо‗qon xonligi hududiga kelib
qо‗nim topdilar. Qо‗qon xonligi hududiga kо‗chib о‗tgan qoraqalpoqlar
Sirdaryo va Qoradaryo bо‗ylariga о‗rnashib, an‘anaviy xо‗jaligini

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling