Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi
Download 272.48 Kb.
|
2 kurs o\'zb tarx majmua
Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy tuzilishi va boshqaruv tizimi.
Qо‗qon xonligi tarixiga oid manbalarda xonlikning boshqaruv tizimi haqida, boshqaruvdagi unvon va mansablar va ularning boshqaruvdagi vazifalari haqida kо‗plab ma‘lumotlar yozib qoldirilgan. Muhammad Xakimxon tо‗ra, Mirzo Raxim Toshkandiy, Mullo Olim Maxdumhojalarning asarlarida bu kabi ma‘lumotlarni aniq tahliliy jihatdan kо‗rsatib berilganligini kо‗rish mumkin374. Qо‗qon honligida Qо‗qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‗ilon, Chimkent, Jizzax, О‗sh, Xо‗jand, О‗ratepa kabi aholisining soni jihatidan katta, hunarmandchilik va savdo rivojlangan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega 374 Қаранг: Воҳидов Ш.Ҳ. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. – Т.: 1996; Воҳидов Ш., Холиқова Р. Марказий Осиѐдаги давлат бошқаруви тарихидан. –Т.: Янги аср авлоди, 2006; Турсунов Б. Мансабнинг моҳияти ва маъсулияти (Қўқон хонлигидаги ҳарбий бошқарув тизимининг айрим жиҳатлари) // Таълим ватафаккур. – Тошкент, 2005. – №1. – Б. 30-31; Махмудов Ш.Ю. Қўқон хонлигининг маъмурий-бошқарув тизими (1709-1876 йй.). Тарих фан. ном .... дисс. Тошкент. 2007. 178 bо‗lgan о‗nlab shaharlar mavjud bо‗lgan. Xonlikning poytaxti Qо‗qon shahri bо‗lib, u mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazi edi. Bekliklarning ayrimlari turli davrlarda xonlik tarkibiga kirib chiqib turgan. Asosiy bekliklar sifatida Namangan, Marg‗ilon, Andijon, Tо‗raqо‗rg‗on, О‗sh, О‗ratepa, Xо‗jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent va boshqalar bо‗lgan. Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim – qо‗shbegi tomonidan boshqarilgan, kichik ma‘muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bо‗lingan. XVIII asr oxirlari - XIX asr manbalarida Qо‗qon xonligi beklik, ba‘zan viloyat va sarkorlik sifatida tilga olingan ma‘muriy – hududiy qismlarga bо‗lingan hamda ularni xon tomonidan tayinlanadigan beklar, hokimlar va sarkorlar boshqargan. Ayrim manbalarda Qо‗qon xonligidagi dastlab quyidagi 15 ta beklikning nomini keltirb о‗tiladi - Qо‗qon va uning atrofi, Marg‗ilon, Shahrixon, Andijon, Namangan, Sо‗x, Mahram, Buloqboshi, Aravon, Baliqchi, Chortoq, Navkat, Koson, Chust va Bobo darhon, keyinchalik esa ularga qо‗shimcha tarzda Asaka, Marg‗ilon, Baliqchi О‗sh, Sо‗x, Koson va О‗zgan ham sarkorlik sifatida kо‗rsatiladi375. Hokimlar va hududiy bо‗linma boshliqlari xon oilasi a‘zolari, unga yaqin guruhlar, yuqori tabaqa vakillari hamda yetakchi qabilalar sardorlari orasidan tayinlangan. Misol uchun, Xudoyorxon davrida yettita beklik xonning о‗g‗illari va yaqin qarishdoshlari tomonidan boshqarilgan. О‗z navbatida hokimlar viloyat hududlarini о‗zlarining farzandlari va qarindoshlariga bо‗lib berganlar. Qо‗qon xonligining ma‘muriy-hududiy boshqaruv tizimida bek (hokim, voliy) va uning о‗rdasi alohida о‗rin egallagan. Xon tomonidan tayinlangan hokim va qozi kо‗plab vakolatlarga ega bо‗lgan. Bek о‗rdasida ham xon saroyidagidek yuzlab amal va unvonlar joriy etilgan bо‗lib, ular mahalliy aholidan yig‗iladigan soliq hamda tо‗lovlar hisobidan kun kechirishgan. Beklar xonning itoatkor vassallari bо‗lib, mamlakatni idora etishida uni qо‗llab-quvvatlashlari, zarur bо‗lganda unga yordam berishlari, uning hurmat-izzatini joyiga qо‗yishlari, kerakli vaqtda о‗z qо‗shinlari bilan harbiy yurishlarda ishtiroq etishlari va sovg‗a-salomlar yuborib turishlari lozim bо‗lgan. 375 Қаранг: Зиѐев Ҳ.З. Қўқон хонлиги (катта мақола). http://shosh.uz; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. Тошкент, ―Янги аср авлоди‖, 2012. 314-315-бб. 179 XIX asrda xonlikning chegara hududlarini bir necha qal‘a va istehkomlar muhofaza qilgan. Ular jumlasiga Oqmasjid, Avliyoota, Pishpak, Tо‗qmoq, Qurtka, Niyozbek, Mahram kabilarni kiritish mumkin. Chu vodiysi bо‗ylab bunyod etilgan istehkomlar esa nafaqat chegara muhofazasi uchun, balki ularning atrofidagi shahar va qishloqlarni itoatda ushlab turish uchun ham hizmat qilgan. Ushbu shahar va qal‘alarda harbiy qism hamda ularga boshliq bо‗lgan botirboshilar bо‗lgan. Mudofaa maqsadlari uchun qurol va aslahalar saqlangan. Qо‗qon xonligi davlat shakli mutlaq monarxiya bо‗lib, davlat xon tomonidan boshqarilgan. Boshqaruv tizimi shariat qonun-qoidalari asosida о‗rnatilgan bо‗lib, markaziy va maxalliy boshqaruvni amalga oshiruvchi idoralar о‗z vazifalariga ega bо‗lgan. Xon huzurida Oliy maslaxat kengashi faoliyat yuritgan bо‗lib, unda davlat miqyosidagi ishlar kо‗rilgan edi. Shayxulislom Oliy kengashning doimiy a‘zosi bо‗lib, kengashda qipchoqlardan xam tо‗rt nafar a‘zo ishtirok etishlari shart hisoblangan376. ―Tarixi Turkiston‖ asarida keltirilgan ma‘lumotlarga oid tadqiqotlar olib borgan tarixchi SH.Vohidov о‗z tadqiqotlaridan birida xonlikning amaldagi mansab va unvonlarini harbiy va harbiy-ma‘muriy unvon va mansablar, saroy unvon va mansablari, diniy mansab va unvonlar, qozixona va mahkamalardagi unvon va amallarga bо‗lib kо‗rsatib beradi.377 -―Xonlikda eng oliy va markaziy unvon «xon» unvoni bо‗lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish sapohiyatlari uning qо‗lida edi. Ming qabilasidan bо‗lmish hokimlar Shahrisabz, Urgut, Mog‗iyon, Urmetan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798 y.) Ming‗ qabilasi rahbarlarining unvoni «biy» edi. Olimxon 1805 yili birinchi bо‗lib о‗zini «xon» deb e‘lon qildi. Umarxon (1810-1822 y.) о‗zini 1818 yili «amir almо‗minin» deb e‘lon qilib, diniy boshliq ham bо‗lib oldi. Uning vorisi Muhammad Alixon esa yana «xon» taxtiga kо‗tarildi. Xon avlodlarini xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, tо‗ra deb aytardilar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakkahokimlik bо‗lib, faqat ma‘lum tarixiy 376 Ахмедова М. Қўқон хонлигининг марказий ва маҳаллий бошқаруви // Фалсафа ва хуқуқ. - Тошкент, 2009. - № 2. - Б. 46-48. 377 Воҳид Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. -Т.: Фан, 1996. -49 б 180 davrlarda uning salohiyati va qudrati cheklab qо‗yilgan edi. Bunday hol Musulmonqulining mingboshi va otaliq bо‗lgan davrida (Xudoyorxon zamonida 1844-1852 yillar), Alimqulining amirlashkarlik va vazirlik davrida (Sulton Saidxon xon bо‗lgan vaqti 1863-1865 yillar) rо‗y bergan. Xonning kuchi va qudrati ma‘lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy guruhlarga tayanardi. Xon eng katta mulkdor sifatida xonlikdagi hamma yer, suv, quruqliklar, kо‗lu anhorlarga egalik qilib, ulardan zakot va xiroj shaklida daromad olib, xazinasini tо‗ldirardi. Shuning hisobidan hamda boshqa soliqlardan u о‗zining saroyi, qо‗shini va ma‘muriyat amaldorlarini tutardi.‖378 Xonlikda eng oliy va markaziy unvon «Xon» unvoni bо‗lib, uning hukumati cheklanmagan. Farmon berish va uning bajarilishini nazorat etish sapohiyatlari uning qо‗lida edi. Ming qabilasidan bо‗lmish hokimlar Shahrisabz, Urgut, Mog‗iyon, Urmetan viloyatlari va bekliklarida ham hukm surganlar. Olimxon davrigacha (1798 y.) Ming‗ qabilasi rahbarlarining unvoni «biy» edi. Olimxon 1805 yili birinchi bо‗lib о‗zini «xon» deb e‘lon qildi. Umarxon (1810-1822 y.) о‗zini 1818 yili «amir almо‗minin» deb e‘lon qilib, diniy boshliq ham bо‗lib oldi. Uning vorisi Muhammad Alixon esa yana «xon» taxtiga kо‗tarildi. Xon avlodlarini xonzoda, amirzoda, mirzoda, shahzoda, tо‗ra deb aytardilar. Xonlikdagi davlat nizomi mutlaq yakkahokimlik bо‗lib, faqat ma‘lum tarixiy davrlarda uning salohiyati va qudrati cheklab qо‗yilgan edi. Bunday hol Musulmonqulining mingboshi va otaliq bо‗lgan davrida (Xudoyorxon zamonida 1844-1852 yillar), Alimqulining amirlashkarlik va vazirlik davrida (Sulton Saidxon xon bо‗lgan vaqti 1863-1865 yillar) rо‗y bergan. Xonning kuchi va qudrati ma‘lum iqtisodiy asoslarga va ijtimoiy guruhlarga tayanardi. Xon eng katta mulkdor sifatida xonlikdagi hamma yer, suv, quruqliklar, kо‗lu anhorlarga egalik qilib, ulardan zakot va xiroj shaklida daromad olib, xazinasini tо‗ldirardi. Shuning hisobidan hamda boshqa soliqlardan u о‗zining saroyi, qо‗shini va ma‘muriyat amaldorlarini tutardi. Qо‗qon xonligida unvon va mansablar ularning ijrochilarining vaeifalari va martabalariga qarab harbiy, harbiy-ma‘muriy, saroyning unvon va mansablari, saroy ma‘muriyati vazifalariga hamda diniy va 378 Ўша жойда. 181 diniy-qozixona amallarga taqsim bо‗lardi. Qо‗qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, о‗rta va past darajalarga ajratilgan. Muhammad Hakimxon tо‗ra о‗z asarida xonlik markaziy boshqaruvida beshta vazir bо‗lganligini, bu vazirlar XIX asrning о‗ninchi yillariga qadar xonlikning boshqaruv tizimida faoliyat kо‗rsatib, davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida islohatlarni amalga oshirishga ma‘sul bо‗lganligini, vazirlardan biri devonbegi edi, deb qayd etadi379. Bunday ma‘lumot boshqa manbalarda uchramaydi. Mazkur ma‘lumotdan davlatning markaziy boshqaruv tizimida beshta asosiy vazir bо‗lganligi va ulardan biri devonbegi mansabini egallaganligi ma‘lum bо‗ladi. Xonlik markaziy boshqaruv tizimidagi besh vazirdan yana biri qо‗shbegi380 bо‗lib, bu xususida ham ―Muntaxab ut-tavorix‖ asarida ma‘lumot beriladi381. Shu о‗rinda xonlik tarixida о‗rta asrlarga xos bо‗lgan jihatlardan biri, ayniqsa uning siyosiy hayoti va davlat boshqaruvida ma‘lum darajada ta‘sirga ega bо‗lgan ayrim xonadon vakillari haqida ham ―Muntaxab ut-tavorix‖ sо‗z yuritiladi. Bunga misol tariqasida Qо‗qon xonligining tashkil topishi jarayonida Chodak xojalarining о‗rni, Olimxonning Chust va Tо‗raqо‗rg‗onni egallashida uni qо‗llab quvvatlagan Lutfulloh Chustiy avlodi bо‗lgan Buzrukxoja, Umarxonning О‗ratepani egallashida Xо‗ja Axror avlodlaridan bо‗lgan Maxmudxon tо‗ra, 1842 yilda amir Nasurolloning Qо‗qonga harbiy yurishi oldidan qо‗zg‗olon kо‗targan Muhammad Hakimxon tо‗ralarning faoliyati kо‗rsatib о‗tiladi382. Download 272.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling