Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet34/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

369 Фарғона тарихи. –Б.308.
370 ЎзР МДА. 715-ф., 1-р., 23-й.ж. 109-114 - вв.
175
bilan bir kundayoq Qо‗qon yoki Xо‗jandda о‗n–о‗n ikki ming kishilik
qо‗shin yig‗ilishi mumkin edi.371
Bu qо‗shinlar hamda har bir qal‘a о‗z tug‗i va bayrog‗iga ega
bо‗lgan. Masalan, Tо‗qmoq bosib olinganda, u yerdan ikkita bayroq,
chо‗yan tо‗p, 11 pilta miltiq, bir qancha pichoq, qilich, nayza hamda
500 kg porox о‗lja olingan. Chimkent bosib olinganda esa, 4 bayroq, 11
tug‗, 19 chо‗yan va 8 mis zambarak chor qо‗shinlari tomonidan о‗lja
olingan. Bu о‗ljalar orasida bayroqlar alohida ahamiyat kasb etgan.
Aliquli Amirlashkar boshchiligidagi Qо‗qon lashkarining
alambardori Mambet ponsad bо‗lganligi tarixiy manbalardan ma‘lum.372
Biroq, xonlik armiyasi bayrog‗ining qanday shakl va kо‗rinishga ega
bо‗lganligini afsuski, hozircha aniqlashning imkoni bо‗lmasada, shu
о‗rinda arxiv hujjatlarida saqlanib qolgan ma‘lumotlar e‘tiborni jalb etadi:
- «Sirdaryo chizig‗ida о‗lja olingan ikki bayroqni sizga yuborishni о‗zimga
sharaf deb bilaman. Birinchisi qizil rangli bо‗lib, Turkiston shaxridan
olingan, ikkinchisi Oqbuloqdan о‗lja olingan bо‗lib, yaltiroq tovlanuvchi
ranglardan iboratdir». Bu bayroqlar Orenburg о‗lkasi qо‗shinlari
qо‗mondoni general adyutant Bezak tomonidan 1864 yil 21noyabrda
harbiy vazirga yuborilgan. Manbalarda yana ta‘kidlanishicha,
Madalixonning Buxoro amiri Nasrulloga qarshi (1842 y) besh tug‗li
lashkar bilan jangga kirgani qayd etilgan. Unda yozilishicha, tug‗lar kо‗k,
oq, sariq, qizil ranglarda va bir bayroq qora rangda bо‗lgan.373
Qо‗qon xonligining harbiy jihatdan oldingi yillarga nisbatan
qudratga erishuvi, Rossiya imperiyasidek qudratli raqib bilan tengma –
teng kurashlar olib borishi bevosita Aliquli Amirlashkarning harbiy sohada
ham olib borgan faoliyati bilan chambarchas bog‗liqdir. Mallaxon davrida
olib borilgan harbiy islohotlarda yirik davlat amaldori sifatida Aliquli
Amirlashkarning ham xizmatlari katta bо‗lgan bо‗lsada, Sulton Sayyidxon
hukmronligi yillarida (1863 – 1865 yy) siyosiy hokimiyatni amalda qо‗lga
olgan Amirlashkar bu islohotlarni yanada faolroq olib bordi. Otliq va

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling