Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Toshkent bekligining savdo-iqtisodiy aloqalari


Download 272.48 Kb.
bet30/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

Toshkent bekligining savdo-iqtisodiy aloqalari. Toshkent yirik
savdogarlar shahri edi. Ular shahar karvonsaroylarida xorijiy savdo ahli
bilan bir qatorda о‗z mollarini saqlar va ular bilan ulgurji savdoni amalga
oshirar edilar. Xususan, Isabek, Shohbek, Dasturxonchi, Abdurasul va
Mulla Omonboy rais nomi bilan mashhur saroylarda ulgurji savdo bilan
shug‗ullanuvchi toshkentlik boy savdogarlar о‗z mollarini saqlaganlar.
Toshkentda Sayidazim, Nurmuhammad Qо‗shbegi, Namangan va boshqa
bir necha karvon saroylar bо‗lib, unda turli mamlakatlardan kelgan
savdogarlar tо‗xtashgan. A.P.Xoroshxin Toshkent shahrida 29 ta
karvonsaroy borligini eslatadi. U shahar bozoridagi tovarlar sotiladigan
rastalar sonini ham qayd etgan432. Shaharning iqtisodiy aloqalari unda
432 Алимова Р.Р. Марказий Осиѐ халқлари тарихи сўнгги ўрта асрларда //http://uz.denemetr.com
211
muayyan bozor infrastrukturasining rivojlanishiga olib kelgan. Jumladan,
shaharda xorijiy savdogarlarning tо‗xtashlari uchun karvonsaroylar
mavjud edi. XIX asrning 60-yillarida shaharda ularning soni 17 ta atrofida
bо‗lgan. Turli mamlakatlar savdogarlari muayyan karvonsaroylarda
yashaganlar. Xorijiy savdogarlarning katta qismini tashkil qilgan hindlar
Shirin Xoja Rais saroyida tо‗xtaganlar. Shahar karvonsaroylaridan biri
―Yahudiylar karvon-saroyi‖ nomi bilan ma‘lum edi433.
Yunusxо‗ja Toshkent hokimligini tо‗la mustaqil davlat darajasiga
kо‗tarish uchun ichki va tashqi savdoni rivojlantirish maqsadida old
tomoniga ―Muhammad Yunusxо‗ja Umariy‖ deb yozilgan, sirtiga lochin
yoki yо‗lbars tasviri tushirilgan ikki xil mis pullar va tanga zarb
qildirgan434.
XVI–XIX asrning birinchi yarmida Toshkentning О‗rta Osiyodagi
yirik iqtisodiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyati ortib bordi. Bunga
shaharda mavjud bо‗lgan kо‗p tarmoqli hunarmandchilik, savdo asos
bо‗ldi. Bu yerda hunarmandchilikning turli sohalari – tо‗qimachilik,
kiyim-bosh ishlab chiqarish, charmgarlik va oyoq kiyimlar tayyorlash,
pо‗stindо‗zlik, kulolchilik, metallga ishlov berish va metall buyumlar
ishlab chiqarish, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, uy-rо‗zg‗or
buyumlarini tayyorlash va boshqalar keng rivojlangan edi. Asosan
mahalliy aholining ichki ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan turli
mahsulotlar tovar xarakteriga ega bо‗lgan. Bunda Toshkentning turli
karvon yо‗llarida joylashganligi muhim rol о‗ynagan. Toshkent hududidan
Sibir, Xitoy, Qozoq dashtiga olib boruvchi yо‗llarning о‗tganligi uning
iqtisodi rivojlanishiga, bu yerda aynan xorijiy iste‘molchilarning
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan hunar turlarining taraqqiyotiga
turtki bо‗lgan. Buni ayrim hunarmandchilik sohalari misolida kuzatish
mumkin. Xususan, bir xil rangdagi bо‗z (karbas)ga qolip yordamida turli
ranglardagi gullarni bosish orqali hosil qilingan mato – chit bunga misol
433 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни
(XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг
2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан».
2009. 215-б.
434 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон
пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро
илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 233-б.
212
bо‗la oladi. Chit ishlab chiqarish ancha murakkab ish jarayoni bо‗lib, u
hunarmanddan katta mahoratni talab etgan. XIX asrda Toshkent bо‗zga
gul bosishning yirik markazlaridan biriga aylangan edi. Qо‗qon xonligi
shaharlari va Qashg‗ardan Toshkentga juda katta hajmda oq bо‗z keltirilib,
chitgarlarga topshirilar edi435.
Toshkentning eng gavjum joylari uning bozorlari hisoblangan. Eski
Jо‗va, Chorsu va Kо‗kaldosh madrasasi oralig‗ida Registon, Chorsu va
Kappon (G‗alla) bozorlari joylashgan. Registon bozori О‗rta Osiyo
xonliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tо‗lgan. Bundan tashqari
Hindiston, Xitoy, Afg‗oniston, Eron va Rossiyadan kelgan mahsulotlar
ham sotilgan436.
XVII-XVIII asrlardan boshlab Toshkentning Rossiya bilan savdoiqtisodiy aloqalari rivojlana boshlaydi. Tashkent savdogarlari tez-tez Sibir
shaharlariga borib turishgan. 1739 yilda Orenburgdan Toshkentga birinchi
rus savdo karvoni kelgan. XVIII asrning 2 yarmida mustaqil Toshkent
bekligi tashkil topgan. XIX asrda Toshkent о‗z mustaqilligini yо‗qotib
Qо‗qon xonligiga bо‗ysindirilgan. XVIII asrning 2-yarmida О‗rta Osiyo
xonliklarining Rossiya va Qozog‗iston bilan savdo aloqalari rivojlangan
sari Toshkent shahri savdo aloqalari markaziga aylanib qola boshlaydi.
Shu davrda Toshkent shahri hunarmandchilik sohasiga qarab quyidagi
mahallalarga bо‗lingan: pichoqchi, misgarlik, sog‗bon-itboqar, о‗qchi,
konchi, degrizon-qozon yasovchilar. Taxtapul, Sebzor, Labzak, Qorasaroy
mahallalari aholisi bog‗dorchilik, hunarmandchilik va boshqalar bilan
shug‗ullanganlar. Oxunguzar, Parchabof, Jangoh aholisi hunarmandchilik,
tо‗quvchilik va savdo bilan shug‗illangan. Toshkentlik tо‗quvchilar bо‗z,
beqasam, olacha, bahmal tо‗qishgan va savdogarlar bu tovarlarni qо‗shni
mamlakatlarga olib borib sotishgan437.
Toshkentlik savdogarlar ham Jung‗oriya, Sharqiy Turkiston, Xitoy
hududlariga о‗z savdo karvonlari bilan borganlar. Chunonchi, XVIII asr
435 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни
(XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг
2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан».
2009. 212-б.
436 Шамсиев М.Б. XVIII аср иккинчи ярми Тошкент тарихини ўрганилиши хусусида / Ўзбекистон
пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг 2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро
илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан». 2009. 231-б.
437 Алимова Р.Р. Марказий Осиѐ халқлари тарихи сўнгги ўрта асрларда //http://uz.denemetr.com
213
о‗rtalarida ularning meva, oltin, rus buyumlari va boshqa mollar bilan
yuklangan karvonlari G‗ulja va Chuguchak shahri bozorlariga borgan.
Shuningdek, ular tomonidan Sharqiy Turkistonning Qashg‗ar va Yorkend
shaharlariga rus temiri, doka, shoyi gazlama, oltin, gilam va rо‗yan olib
borilgan. Ular о‗zlari bilan birga Toshkentga olib kelgan mollarning asosiy
qismini choy, novshadil, chinni idishlar tashkil etgan. Ular Xitoy va
Sharqiy Turkistondan kumush yombu olib kelishga harakat qilganlar. 1760
yilning 10 oyida Oqsuv orqali Qumulga ketayotgan toshkentlik
savdogarlar karvonini Xitoy nazoratchilari ushlab qolgan. Muzokaralardan
sо‗ng savdogarlar ularni Xitoy mollari va kumush yombular sotib olish
uchun ruxsatnoma berishga kо‗ndirganlar. Tarixiy manbalar toshkentlik
savdogarlarning, hatto, 1759 yilda Tibetga ham borganligini kо‗rsatadi438.
Har yili Toshkent orqali Qashg‗ar va Xitoydan Rossiyaga turli mollar
olib о‗tilgan va bu karvonlar rus va Yevropa mollarini olib Toshkent orqali
yana Xitoyga qaytgan. Toshkentlik savdogarlar Buxoro xonligining
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Kо‗lob va boshqa shaharlariga
о‗z karvonlari bilan qatnar edilar. Bunda Toshkentdan Buxoroga Qо‗qon
xonligining markaziy shaharlari – Marg‗ilon, Andijon, Namangan hamda
Toshkentning о‗zida ishlab chiqarilgan bо‗z, xom ipak, ruslarning temir,
chо‗yan va pо‗latdan yasalgan buyumlari, tamaki, ipak, ba‘zi xitoy va
mahalliy ipak gazlamalar va Xitoy mollari – kumush yombilari, choy va
chinni piyolalar olib borilgan. Bu mahsulotlar ichida Xitoy choyining turli
navlari – tuqtachoy (g‗isht choy), oqquyruq (kо‗k choy) muhim о‗rin
tutgan. XIX asrning 30-yillarida Buxoroda bо‗lgan I.V. Vitkevich
shahardagi ―Barra saroyi‖da toshkentlik va qо‗qonlik savdogarlar
tо‗xtashi, ularni choy savdogarlari, deb atalishini qayd etgan edi.
Toshkentdan keltirilgan bu mollar aksariyat holatlarda uzoq yurtlarga ham
olib ketilgan. Xususan, Qashg‗ardan Toshkent orqali Buxoroga olib
kelingan kumush yombular hind sarroflari orqali Kobulga jо‗natilgan439.
438 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни
(XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг
2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан».
2009. 213-б.
439 Агзамова Г.А. Тошкентнинг Ўрта Осиѐда кечган сиѐсий ва иқтисодий жараѐнларда тутган ўрни
(XVI-XIX асрнинг биринчи ярми). / Ўзбекистон пойтахти Тошкент 2200 ѐшда. Тошкент шаҳрининг
2200 йиллик юбилейига бағишланган Халқаро илмий конференция материаллари. Тошкент. «Фан».
2009. 213-б.
214
Toshkent aholisi tomonidan shahar va uning atrofidagi yerlarda
yetishtirilgan dehqonchilik, bog‗dorchilik mahsulotlari va ayrim chorva
mollari kо‗p hollarda tovar xarakteriga ega bо‗lgan. Bu mahsulotlar shahar
aholisining ichki ehtiyojlarini qondirish bilan birga, uzoq va yaqin
hududlarga, xususan, qо‗shni dashtga ham olib borilgan. Shuningdek, bu
mahsulotlar mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratiladigan turli
buyumlar uchun asosiy xomashyo vazifasini о‗tagan. Shaharning bu
xususiyati uning Markaziy Osiyodagi iqtisodiy mavqeini о‗sishiga xizmat
qilgan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling