Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 272.48 Kb.
bet26/47
Sana13.02.2023
Hajmi272.48 Kb.
#1192813
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bog'liq
2 kurs o\'zb tarx majmua

SHERALIXON
Sheralixon Hojibek о‗g‗li (taxm. 1797—1845)

Qо‗qon xoni (1842—45). 1842 yil Buxoro amiri Nasrullo Qо‗qonni bosib olib
Ibrohim Xayolni noib etib tayinlab ketadi. Uning zulmidan norozi bо‗lgan
qо‗qonliklar qо‗zg‗olon kо‗taradilar va xon avlodlaridan bо‗lmish Sheralini
Qо‗qon xoni deb e‘lon qiladilar. Sherali qо‗zg‗olonga rahbarlik qiladi.
Qо‗zg‗olonchilar Qо‗qonga kiradilar va Buxoro qо‗shinini tormor keltiradilar.
Ibrohim Xayol Buxoroga qochgan. Sherali Buxoro amiri Qо‗qonga yangi yurish
uyushtirishi mumkinligini bilib, qabila va harbiy boshliqlar, aminlar, oqsoqollar
va obrо‗li, nufuzli arboblar kengashini chaqirib, unda shoshilinch ravishda
miltiq, qilich, tо‗siqlar tayyorlashga qaror qilingan. Qо‗qon atrofida tо‗siq va
qо‗rg‗onlar barpo qilishga kirishilgan, lekin qurilish nihoyasiga yetmay, Buxoro
qо‗shini Qо‗qonga yaqinlashib shaharni qamal qiladi. Buxoro qо‗shinlari
tevarak atrofdagi qishloqlarni vayron qiladi, lekin shaharni egallay olmaydi.
Qо‗qon mudofaasida ayollar ham faol ishtirok etadilar. Nasrullo 40 kunlik
qamaldan sо‗ng Buxoroga qaytib ketgan. Sherali о‗g‗li Abdurahmonbekni amiri
lashkar qilib tayinlab, uni Toshkentni zabt etish uchun yuboradi. Qо‗shinlar
Sirdaryodan о‗tib, Quramaga kelganda Xо‗jand hokimi Xudoyorboy ahvolni
aniqlab, amir Nasrulloga xoinlik qiladi va Sheralining oliy hokimiyatini tan oladi.
Qо‗qon xoni unga Xо‗jand viloyati hokimligini tortiq qiladi. Qо‗qon va Toshkent
qо‗shinlari о‗rtasidagi jangdan sо‗ng Toshkent va Dashti Qipchoq zabt etilib,
qaytadan Qо‗qon xonligi tarkibiga kiritilgan.


Toshkent bekligining tashkil topishi. Toshkent azaldan О‗rta
Osiyoning iqtisodiy va madaniy-ma‘naviy markazlaridan biri hisoblangan.
Toshkent miloddan avvalgi IV - milodiy VII asrlarda Qang‗ davlati,
eftalitlar, Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Arxeologik topilmalar,
me‘moriy obidalar mahalliy an‘analarning qо‗shni Sharq mamlakatlari
madaniyati bilan uyg‗unlashib ketganligini kо‗rsatadi. VIII asrga kelib esa
Toshkent arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Keyingi bir necha asr davomida
Toshkent Xorazmshohlar, mо‗g‗ullar, temuriylar davlati tarkibiga
kiritilgan edi. Chunki Toshkent geosiyosiy jihatdan qulay joyda joylashgan
bо‗lib, Buyuk Ipak yо‗lining markazida, Xitoy bilan g‗arb davlatlarini
birlashtiruvchi savdo tuguni sifatida juda muxim shahar edi. XIII-XIV
asrning birinchi yarmida Toshkent viloyati Chig‗atoy ulusi tarkibida, XIV
asrning ikkinchi yarmi – XV asrning 80-yillarigacha esa Amir Temur va
Temuriylar davlati tarkibida bо‗ldi. 1404 yilda Toshkent Mirzo Ulug‗bek
ixtiyoriga mulk tarzida berildi. Bu davrda shahar voha bilan dasht
chegarasidagi kuchli qal‘aga aylandi, uning hududi kengayib, ishlab
chiqarish, savdo-sotiq, madaniy hayot rivojlandi. Registon, Shayxontohur
majmualaridagi maqbaralar, Jome masjidi va boshqalar qurildi.
Toshkent qadimdan О‗rta Osiyo va Sharqiy Turkistonni Rossiya va
Yevropa davlatlari bilan bog‗laydigan muhim siyosiy-iqtisodiy
markazlardan biri edi. XVIII asr о‗rtalaridan shaharda yuz bergan siyosiy
tarqoqlik uning xо‗jaligi, tashqi va ichki savdosi rivojiga keskin tо‗sqinlik
qildi. Bu vaqtda Toshkent tо‗rt qism (daha)ga, Shayxontohur, Kо‗kcha,
Sebzor va Beshyog‗och dahalariga bо‗lingan edi. Bu haqida A.A.Divayev
ham «Turkistanskiye vedemosti» gazetasiga bergan maqolasida bir vaqtlar
Toshkent ma‘muriy-hududiy jihatdan tо‗rt dahadan iborat ekanligi va har
bir dahaning о‗z mustaqil hokimlari bо‗lganligini qayd qilib о‗tadi. Bu
davr shahar tarixida «chor hokim» nomi bilan ma‘lumdir. Shaharning har
200
bir dahasi alohida hokim tomonidan boshqarilganligini Muhammad Solih
ham «Tarixi jadidai Toshkand» asarida keltirgan415.
XV asrning ikkinchi yarmida Toshkent qо‗ldan-qо‗lga о‗tib turdi:
kо‗chmanchi о‗zbeklar xoni Abulxayr (1428 1468 yillar) tomonidan qisqa
muddatda bosib olindi. Sо‗ng turli temuriyzoda hukmdorlarga bо‗ysundi,
keyinchalik temuriylar о‗rtasida boshlangan taxt uchun kurash natijasida
Toshkent 1485 yilda Mо‗g‗uliston xoni Yunusxon ixtiyoriga о‗tdi va
uning qarorgohiga aylandi. Lekin, u kо‗p hukmronlik qilmay, 1487 yilda
Toshkentda vafot etdi. Yunusxondan keyin taxtga uning о‗g‗li Sulton
Maxmudxon о‗tirdi. Uning hukmronligi ham kо‗pga bormadi. Toshkent
1503 yilda Shayboniyxon va Kо‗chkunchixon tasarrufiga о‗tdi. XVI asrda
Toshkent kо‗chmanchi о‗zbeklar davlati tarkibiga kiritildi va shayboniylar
davlatining muxim iqtisodiy va siyosiy markazlaridan biriga aylandi.
Shahar yangi devor bilan о‗raldi. Me‘morchilik obidalari qad kо‗tardi,
ularning ayrimlari - Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, Kо‗kaldosh
madrasasi, Baroqxon madrasasi bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Hunarmandlikning taraqqiyoti savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib
keldi. 1558 yilda Toshkent qirg‗iz - qaysoklar qamaliga bardosh berdi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon va Astraxon xonliklarining Rus
davlatiga bо‗ysundirilishi natijasi-da Toshkent bilan Moskva о‗rtasida
savdo aloqasi rivojlandi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yubordi. 1579
yilda Toshkentni Buxoro xoni Abdullaxon II bosib oldi. 1588 yilda shahar
aholisi Abdullaxon II ning noibi, Toshkent viloyatining hokimi О‗zbekka
qarshi isyon kо‗targan. Lekin, kо‗p о‗tmay isyon bostirildi. 1597 yilda
shaharni qozoq xoni Tavakkalxon (1598 yilda vafot etgan) bosib oldi. Oz
fursat о‗tmay Toshkent yana Buxoro xonligiga о‗tdi. Ashtarxoniylardan
Imomqulixon qozoqlarni tormor keltirib, 1612 yilda о‗g‗li Iskandarni
Toshkentga noib qilib tayinladi. Biroq shahar aholisi isyon kо‗tarib,
qochib ketayotgan Iskandarni tutib о‗ldirdi. Bundan g‗azablangan
Imomqulixon Buxoro, Balx va Badaxshon viloyatlaridan qо‗shin yig‗ib
kelib Toshkent aholisini qirg‗in qilgan.
1642 yilda Toshkent mustaqil beklik sifatida tarkib topdi. Biroq bir
muddat qozoqlar hukronligi ostiga tushib qoladi. 1723 yilda Toshkent
415 Тайронов Ё. Тошкент шаҳрининг бошқарув тарихидан. http://uz.denemetr
201
Jung‗or xoni Galdan Siren qо‗liga о‗tdi. Bu davrda Toshkent aholisi
tokchilik, bog‗dorchilik hamda poliz ekinlari, bug‗doy, tariq, arpa, suli,
zig‗ir, kunjut yetishtirish bilan shug‗ullanardi. Shahar rastalarida ipak
mato, ip gazlama, zarbof kiyimlar kо‗p bо‗lgan. Rus savdogarlari
Toshkentga movut, qunduz terisi va turli bо‗yoklar keltirishgan. Toshkent
bilan Balx, Xiva, Buxoro, Samarqand, Kо‗lob, Shahrisabz va boshqa
shaharlar о‗rtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi bu davrda xam
hali yaxshi taraqkiy kilmagan edi. Toshkent aholisiga don va qoramol
bilan tо‗lanadigan maxsus soliq (hosilning 1/101/5 ulushi) solingan.
Toshkent Jung‗or xonligi barham topgandan keyin (1758) Katta О‗rda va
qalmoklarning hujumlari natijasida kо‗p zarar kо‗rdi.
XVIII asrda Toshkentda og‗ir siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat
yuzaga keldi. Chunonchi 1723 yilda Toshkentni qalmoq kо‗chmanchilari
egallab, qozoq xoni Jо‗lbarsni о‗z vassali sifatida shahar boshlig‗i etib
tayinladi. Bu vaqtda Chelek, Xondayliq, Xо‗jakent, Zarkent, Parkent,
Namdanaq, Qoramurt, Sayram, Chimkent va shu atrofdagi boshqa joylar
Toshkent viloyati tarkibiga kirardi. Qalmoq bosqinchilari belgilangan
soliqlarni va buyumlarni olib turganlar. Bu ishga Jо‗lbarsxon mutassadilik
qilib borgan. Ayrim ma‘lumotlarga kо‗ra, soliqlar miqdori 40 ming tilla
hisoblanib, bundan tashqari turli gazlamalar, gilamlar, oltin, kumush,
qurol-yarog‗ va boshqa qimmatli narsalar olingan. Qalmoqlar zulmi xalqni
shu qadar azobga solganki, 1739 yilda toshkentliklar Jо‗lbarsni о‗ddirdilar.
Ammo uning о‗rniga qozoq xoni Tо‗labiy kо‗tarildi va zulm 1758
yilgacha, ya‘ni Xitoy tomonidan qalmoqlar (jung‗orlar) qirib tashlangunga
qadar davom etdi. 1758 yilda Jung‗orlar davlatining Xitoy tomonidan
ag‗darilishi natijasida Toshkent Xitoyga rasman vassal shaharga, amalda
esa mustaqil davlatga aylangan edi.
XVIII asr boshlarida Toshkent qalmoqlar qо‗l ostiga о‗tishi va u
yerda qalmoqlarga qaram bо‗lgan qozoq sultonlari tomonidan 1723-1758
yillar davomida boshqarilganligi haqidagi ma‘lumotlar E.Hojiyevning
―Toshkentning Rossiya shaharlari bilan aloqasi‖, Y.Sokolovning
―Tashkent, tashkentsi i Rossiya‖, E.Xurshutning ―Shi-Chach-Tashkent‖,
R.G.Mukminova, M.I.Filanovichning ―Tashkent na perekryostke istorii‖
202
risolalarida ta‘kidlab о‗tilgan416.
Z.Muqimovning davlat va xuquq borasdagi fikrlariga kо‗ra,
davlatshunoslik nuqtai-nazaridan qaraganda, bu davrda Toshkent
shahrining boshqarilishi diqqatga sazovordir. Shahar 1784-1800 yillarda
biror davlat tarkibiga kirmay, о‗zi mustaqil mulk bо‗lib, tо‗rt qism
(daha)ga bо‗lingan. Tо‗rtala qismiga ham hokimlar boshchilik kilgan.
1784 yilda savdo faoliyati bilan shug‗ullangan Yunusxо‗ja qurultoyda
shahar hokimi etib saylanadi. U Toshkentning mustaqilligi uchun kurashib,
hatto Qо‗qon xonligining qо‗shinlariga ham zarba bergan. 1800 yilda esa
shahar Qо‗qon xonligiga qо‗shib olinadi. Bundan kо‗rinib turibdiki,
О‗zbekistonda ham xuddi G‗arbiy Yevropadagidsk, erkin shaharlar yoki
shahar –respublikalar bо‗lgan. Bunga Toshkent yaqqol misol bо‗la
oladi417.
1784 yilda Yunusxо‗ja hokimiyatni qо‗lga olib, mustaqil Toshkent
davlatini barpo etishga muvaffaq bо‗ldi418. Bu mustaqil davlatning
boshqaruvi о‗ziga xos bо‗lib, beklar tomonidan boshqarilgan va shunga
kо‗ra davlat nomi ham Toshkent bekligi deb yuritilgan.

Download 272.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling