Tarix va yuridik fakulteti jahon tarixi kafedrasi


Download 61.2 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi61.2 Kb.
#1574108
1   2   3   4
Bog'liq
To\'rayeva NIgina ochiq dars Universitet (1)

III. Yakuniy bosqich
(15 daqiqa).

3.1. Guruhlarga o’zaro baholash natijalarini ma’lum qilishlarini so’raydi. Natijalarni sharhlaydi. Mashg’ulotga yakun yasaydi.
3.2. Nazorat savollariga tayrlanish vazifasini beradi
3.3.Mustaqil ish topshirig’I

O’zaro baholash natijalarini ma’lum qiladilar.

Vazifani yozib oladilar.


Jadvalni to’ldiradilar.



1-ilova

O’ylang-juftlikda ishlang- fikr almashing” texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi

1. O’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o’ylab chiqish, so’ng qisqa javoblar yozish tartibida.



2. Talabalar jufliklarga bo’linib, bir-biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.

3. O’qituvchi bir necha juftliklarga 30 sekund davomida auditoriyaga o’z ishining qisqa yakunini ifodalab berishini taklif qiladi.



2-ilova


B/BX/B jadvali

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim











Mavzu: Qadimgi Yunon va Qadimgi Rim sivilizatsiyasi.

Mavzuning maqsadi: Qadimgi sivilizatsiyalar tashkil topishidagi geografik joylashuvning ahamiyati,Yunon sivilizatsiyasining o’ziga xos tomonlari, Faylasuflar faoliyati,Rim sivilizatsiyasining tashkil topishi,aholisining asosiy mashg’uloti,rimdagi ixtirolar haqida ma’lumotlar berish.


Reja:
1.Tabiiy sharoiti iqlimi va aholisi.
2.Ilk dehqonchilik madaniyati.
3.Me’morchilik va din.

Qadimgi Yunoniston yoki Ellada (qadimgi yunoncha: Ἑλλάς) — Bolqon yarim orolining janubi, Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.


Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yunoniston hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistoning jez davri madaniyati shartli ravishda Kritmiken madaniyati yoki Egey madaniyati deb atalgan. Miloddan avvalgi 3-ming yilliqda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang (pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari — axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Miloddan avvalgi taxminan 20—17-asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, AgiaTriada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Miloddan avvalgi taxminan 1260-yil Mikena, Tirinf va boshqalar davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan (qarang Troya urushi). Doriy qabilalarining kirib kelishi (miloddan avvalgi taxminan 1200 yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Miloddan avvalgi 9-asrga kelib Shimoliy Yunoniston da — eoliylar, Oʻrta Yunoniston va Peloponnesda — doriylar, Attika va orollarda — ioniyaliklar istiqomat qilgan: 8—6-asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yunonistonda polislar (shahar davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit o.da) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi 6-asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar. 5— 4-asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunonfors urushlarida (500—449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.


Perikl hukmronligi davri (443—429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yunonistonning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yunonistonda gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404) ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi miloddan avvalgi 395—387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (miloddan avvalgi 371-yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yunonistonning shim.da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yunonistonni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yunonistonda hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Miloddan avvalgi 197-yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yunonistondagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Miloddan avvalgi 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yunoniston Rimga tobe boʻlgan (miloddan avvalgi 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy 4-asrdan Yunoniston Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Meʼmorchilik va tasviriy sanʼat[manbasini tahrirlash]


Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar osha turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada, borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon yarim oroldagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin yarim oroli, Oʻrta dengiz orollari hamda Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.

Yunoniston sanʼati Miken madaniyati negizida paydo boʻlgan; mikenlar bilan miloddan avvalgi 2—1-ming yillik sanʼatining oʻzaro bogʻliqligi kulollik va meʼmorlik boʻyama naqshlarida koʻzga aniq tashlanadi. Yunon sanʼati taraqqiyoti (miloddan avvalgi 11—1-asrlar) tarixan gomer, arxaika, klasika, ellin kabi bir necha davrlarga ajratiladi.


Homer davri (miloddan avvalgi 11—8-asrlar) da boʻyama naqshli kulollik taraqqiy etgan, geometrik uslub miloddan avvalgi 7-asrgacha hukm surgan, eng taraqqiy etgan davri (8-asr)da %abr yodgorliklari vazifasini oʻtagan roʻzgʻorga moʻljallangan dipilon koʻza va idishlar bezagi, naqsh va inson shaklining aniq ritmi, chiziqlar ifodaliligi bilan ajralib turadi. Geometrik uslubda terrakota haykallar va idishlarga haykaltaroshlik bezaklari (qopqoq, shakldor dastalar) ham yaratildi. Meʼmorlik haqida maʼlumotlar deyarli yoʻq, baʼzi bino qoldiqlari, ibodatxonalarning terrakota modeli va adabiy yozma manbalarda ayrim maʼlumotlar uchraydi.


Arxaika (miloddan avvalgi 7—6-asrlar) davrida polislar shakllandi, shaharlar yuzaga keldi, shaharsozlikning asosiy belgilari muqaddas joy (akropol) va jamoat savdo markazlari (agora) boʻlib, ular atrofida turar joy mavzelari joylashtirilgan, shaharlar bunyod etilgan. Yetakchi oʻrinni ibodatxonalar (haykallari boʻlgan „xudolar uyi“) egallagan.


Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi (qarang Meʼmorlik orderlari), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.


Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar („Fivalik Apolon“, miloddan avvalgi 7-asr 1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi („Delosli Nike“, miloddan avvalgi 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egaladi. Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shakli uslubdan qizil shakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).


Klassika (miloddan avvalgi 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar tipi shaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning oʻziga xos ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan Afina Afayi (taxminan miloddan avvalgi 500—480, Egin o.da), Gera II („Poseydon ibodatxonasi“, miloddan avvalgi 5-asr 2-choragi, Poseydoniyada), Zevs (miloddan avvalgi 468—456, Olimpiyada) ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.


Miloddan avvalgi 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi, haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan „qatʼiy uslub“ hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar (bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. „Qatʼiy uslub“ miloddan avvalgi 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi sanʼat durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Miloddan avvalgi 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati („yuksak klassika“ deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.


Miloddan avvalgi 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi davrdagi teatr, miloddan avvalgi 350—330 va boshqalar).


Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha inshootlarining keyingi taraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxminan miloddan avvalgi 353). Tasviriy sanʼatda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.


Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi bilan belgilanadi (qarang [[El[[linizm). Afina badiiy hayot markazi mavqeini yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli meʼmoriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha boʻlgan turar joy tipi shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga aylantirildi. Elin haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib bordi.


Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Miloddan avvalgi 4—1-asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).dramatik chiqishlarda xor asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri miloddan avvalgi 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yunoniston quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[linizm davrida (miloddan avvalgi 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mimlar maishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi. [[El[[linizm davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (miloddan avvalgi 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yunoniston teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol oʻynadi.


Adabiyotlar
1. Sergeyev V. S., Istoriya drevney Gretsii, 3 izd. M., 1963.
Istoriya filosofii, t. 1, N., 1957.
2.Tronskiy I. M. Istoriya antichnoy literaturi, L., 1957.
3.Vseobshaya istoriya iskusstv, t.1, M., 1956.
4.Geriman T., Antichnoye muznkalnoye mgshleniye, L., 1986.
5.Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T., 1998.
6.Sergeyev V. S., Istoriya drevney Gretsii, 3 izd. M., 1963.
7.Istoriya filosofii, t. 1, N., 1957.
8.Tronskiy I. M. Istoriya antichnoy literaturi, L., 1957.
9.Vseobshaya istoriya iskusstv, t.1, M., 1956.
10.Geriman T., Antichnoye muznkalnoye mgshleniye, L., 1986.
11.Sulaymonova F., Sharq va Gʻarb, T., 1998.
Download 61.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling