Tarixdagi eng katta epidemiya va pandemiyalar
Download 27.5 Kb.
|
maqsud tibbiyot tarixi
Kasallikka qarshi kurash
Tabiblar odamlarga kasallikdan saqlanish uchun go‘yoki Mars sayyorasidan kelayotgan nurni kuchsizlantirish uchun qizil ko‘zoynak taqib yurishni maslahat bergan. Yana xonani tez-tez shamollatishni tavsiya qilishgan, chunki sayyoralardan havo orqali kasallik tarqayapti deb hisoblashgan. Ha, tabobat u davrlarda g‘arbda shunaqa primitiv edi. Yana tabiblar faqatgina jamoat hojatxonalariga borishni tavsiya qilgan. Sabab oddiy. Bunday hojatxonalarning qo‘lansa hidi kasallikni qo‘rqitar emish. Qora o‘latni davolovchi (davolamoqchi bo‘lgan) tabiblarning o‘ziga xos niqobi bo‘lar edi. Bu niqob qushning tumshug‘i shaklida qilingan. Uning ichiga har xil giyohlar va sarimsoq piyoz solingan. Yillar o‘tib ilm-fan taraqqiy etgach, zamonaviy olimlar aniqlashdiki, qora o‘lat kasalligini Yersinia pestis deb nomlangan bakteriya qo‘zg‘atadi. “Balg‘amda bu vabo bakteriyasi 10 kungacha yashashi mumkin. Bu kasallikdan o‘lgan insonlar va hayvonlarning tanalarida kasallik erta kuzdan bahorgacha yashashi mumkin. Past harorat, muzlatish va eritish kasallik qo‘zg‘ovchi bakteriyani yo‘q qila olmaydi. Yuqori harorat, issiq havo va quritish bakteriyani yo‘qotishi mumkin. 60 gradusgacha qizdirish mikroorganizmni bir soat ichida yo‘qotsa, 100 gradusgacha qizdirish bir necha daqiqada yo‘q qilishi mumkin”. Tabiblar, albatta, davolashni chin dilidan xohlashgan, lekin ular shaharma-shahar o‘z tanalari va kiyimlarida kasallikni olib yurib, aksincha, uni kengroq tarqashiga ko‘proq hissa qo‘shishgan. Ularning bu qo‘rqinchli niqoblari esa o‘latning eng xavfli ko‘rinishi, o‘pkani egallashining oldini olgan xolos. Ammo u davrlarda g‘arbliklar gigiyena haqida umuman o‘ylamas edi. Kalamush va burgalar ularda doimiy mehmon, shunchaki uy hayvoni edi. Aynan shular asosiy o‘lim tashuvchilari edi. Qora o‘latni tabiiy tarqatuvchisi zimmasini janubiy kalamush burgasi o‘z zimmasiga olgan. Bu burga kasal hayvon yoki insonni chaqishi bilan bakteriyani o‘ziga yuqtirib oladi. Zararlanish mexanizmi esa shunday: kasallangan burganing oshqozonida qora o‘lat bakteriyalari shu darajada ko‘payib ketadiki, xuddi qopqoq kabi burganing qizilo‘ngachini to‘sib qo‘yadi. Bu esa o‘z navbatida insonni chaqib qonini so‘ra olmayotgan burgani, o‘sha bakteriyalarni inson terisidagi o‘zi ochib olgan yaraga qusib tashlashiga olib keladi. Bundan tashqari, qon so‘rishi qiyinlashgan burga o‘z ochligini qondira olmasdan ko‘proq chaqa boshlaydi. Janubiy kalamush burgasi yemishsiz olti haftagacha yashashi mumkin. Insonni kiyimiga yoki sumkasiga joylashib olib ham birga sayohat qilishi, boshqa shaharda paydo bo‘lgan burga o‘ziga yangi “xo‘jayin” topishi mumkin. Epidemiya esa sutkasiga to‘rt kilometr tezlikda tarqab, butun Yevropaga urush e’lon qildi. Burganing yagona xo‘jayini bo‘lmish kalamush ham anoyilardan emasdi. Chidamli va chaqqon bo‘lgan bu jonzot kemalarda tinmay sayohat qilardi. Natijada yana bir muhim holat: kasallangan kalamushlar tashrif buyurgan shaharlardagi kalamushlar bilan tezda til topishib ketar va o‘zlaridagi parazitlar bilan mehmon qilardi. Go‘yoki estafeta tayoqchasini topshirganday. Shunday qilib, qora o‘lat butun g‘arb dunyosini egalladi. Afrika shimolidan tortib Islandiya va Rossiyagacha. Ushbu katta hudud aholisining uchdan bir qismi qirilib ketdi. Bu 20 million odam degani. Ayrim qishloq va shahar aholisi esa butunlay qirilib bitdi. Hammasidan ko‘p yopiq joylar ko‘proq zarar ko‘rdi, masalan, cherkov va monastirlar. Bitta odam kasallansa bo‘ldi, tez orada hamma o‘ladi. Chunki o‘sha davrlarda o‘lat 99 foiz holatda o‘lim bilan yakunlanardi. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling