Tarixdagi eng katta epidemiya va pandemiyalar
Kasallikning keng yoyilib ketishi
Download 27.5 Kb.
|
maqsud tibbiyot tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘latning Yevropaga safari
Kasallikning keng yoyilib ketishi
Bunda ham madaniy faktorlar yana katta sahnaga chiqadi. Gap shundaki, genuyalik savdogarlar Qrimda bir nechta qishloqlarga ega bo‘lgan. Ular nafaqat sharob, bug‘doy va boshqa mahsulotlar, yana qullar bilan ham savdo qilgan. Bu yerda mo‘g‘ul o‘g‘il-qizlarining savdosi chaqqon bo‘lgan. Bundan xabar topgan mo‘g‘ul xoni Jonibekxonga o‘z navbatida bu holat yoqmaydi. Shuning uchun u bezbet yevropaliklarni aqlini kiritib qo‘yish maqsadida ularning Kaffa shahrini qamal qiladi. Qamal davomida Jonibekxonning oldida bir qator muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Birinchidan, genuyaliklarning juda kuchli floti bor edi. Ikkinchidan, qal’alarining devorlari juda baland va mo‘g‘ullarda jiddiyroq qamal qurollari yo‘q edi. Bundan tashqari, xonning qo‘shinlari ichida qora o‘lat kasalligi avjiga chiqa boshlaydi. Jonibekxonda hamma narsani tashlab ortga qaytish imkoni yo‘q edi, chunki obro‘si o‘rtaga tikilgandi. Shunda u g‘alati bir ishga qo‘l uradi. O‘z askarlari ichida qora o‘latdan o‘lganlarning hammasini palaxmonlarga ortib, o‘liklarni yevropaliklarning qal’asi ichiga otishni buyuradi. Qamalni to‘xtatib ortga qaytadi. Rostini aytganda, mo‘g‘ullarda tabobat uncha rivojlanmagan edi. Qal’a ichiga otilgan o‘liklar birmuncha vaqt davomida chirib yotgan, keyin ularni ko‘mib yuborishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lib ulgurgan edi... Bir necha kunlardan keyin yevropaliklar orasida kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘la boshlaydi. Bir necha haftalardan keyin esa ajal sharpasi butun shaharni kezib yurardi. Aholi bu la’nati shahardan qochishga tushadi. Kemalarda jonajon Yevropa sari talpinishardi. Ammo ular o‘zlari bilan o‘lim sharpasin birga olib ketishayotganlarini bilmasdi. 1347-yilning oktabr oyida birinchi guruhdagi odamlar Sitsiliya orolining Messina portiga kelib tushadi. O‘latning Yevropaga safari Shu yerda tarixchilarning ma’lumotlari bir-biridan farq qiladi. Ayrimlari 12 ta kema, boshqalari to‘rtta kema kelgani haqida yozadi. Lekin bu yerda eng muhimi shundaki, Qrimdan kemalarda ziravorlar va donlardan tashqari kasallangan odamlar ham kelgan edi. Butun Yevropani qamrab olgan Buyuk o‘lat epidemiyasining boshlanishi shunday ro‘y bergandi. Mikelle de Piassi Messina shahridagi qora o‘lat haqida shunday yozadi: “Uylar o‘liklar bilan to‘lgan edi, hech kimni qarindoshi, oila a’zolar va hatto ruhoniylar ham u uylarga kirishga botinmas, ularni olib chiqib ko‘mib berishlari uchun go‘rkovlarga katta pullar va’da qilishar, uylar esa ichidagi bor boylig-u pullari bilan qulflanmagan holatda yotardi. Kimdir o‘lik chiqqan uyga kirmoqchi bo‘lsa, hech kim uning yo‘lini to‘smas edi”. Tez orada tirik qolgan genuyaliklarni shahardan haydab solishadi, lekin bu endi hech narsani o‘zgartira olmas edi. Epidemiya tezda butun Sitsiliyani qamrab olgandi. Tirik qolgan dengizchilar o‘z ona yurti Genuyaga bormoqchi bo‘ladi, ammo ularni Messina shahriga qora o‘lat olib kelishganini bilgan shahar hukumati kemalarni portga kirgazmay, olovli o‘qlar yordamida ularni dengizga qayta haydashni buyuradi. Bu o‘z navbatida Genuyada qora o‘lat tarqalishini vaqtinchalik oldini oladi. 1347-yil noyabr oyining boshlarida 20 ga yaqin qora o‘lat bilan kasallangan kemalar Adriatika va O‘rtayer dengizi qirg‘oqlarida, to‘xtaganki portlarida kasallik tarqatib izg‘ib yuradi. Genuya eskadrasining bir qismi Marsel shahrida qo‘nim topadi. Natijada Fransiyaning bu mehmondo‘st shahriga qora o‘lat kirib keladi. Genuyaliklarni bu yerdan ham haydashadi, ammo kech edi. Marsel shahrining teng yarmi qirilib ketadi. Bu yerdan qora o‘lat Fransiyaning janubiga, keyin esa shimoliga “sayohat” qiladi. Uning harakati juda tez edi. “Bu o‘limga olib keluvchi kasallikning paydo bo‘lish sababi 1345-yil 20-mart kuni Mars, Yupiter va Saturn sayyoralarining Qovg‘a yulduzi ostida uch karra bir-biriga bog‘lanishi edi”, deb yozilgan edi o‘sha davr tabiblari qaydnomalarida. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling