Tarixdagi eng katta epidemiya va pandemiyalar


Yevropa uyg‘onish davrini boshlab bergan qora o‘lat. Jahon tarixidagi ikkinchi pandemiya haqida


Download 27.5 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi27.5 Kb.
#1489453
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
maqsud tibbiyot tarixi

Yevropa uyg‘onish davrini boshlab bergan qora o‘lat. Jahon tarixidagi ikkinchi pandemiya haqida


Tarixda insoniyat turmush tarzini ostin-ustun qilib tashlashda hozirgi koronavirusdan ko‘ra ming barobar ko‘proq g‘ayrat ko‘rsatgan kasallik davrlari ham mavjud. Pandemiya sharoitida karantinda o‘tirarkanmiz, bundan dahshatliroq kechgan jahon tarixidagi ikkinchi pandemiyani eslashga qaror qildik. “Daryo” tarix mexanizmini yangidan ishga tushirgan qora o‘lat haqida hikoya qiladi.
XIV asr Yevropa... Juda bir g‘alati davrlar bo‘lgan. Ming yil davomida o‘rta asrlar davom etar va birdan ochlik, urush, o‘lat va o‘lim asri kirib kelgan edi. Qora o‘lat hamma narsani o‘zgartirib tashlagan kasallik edi. XIV asr Yevropada buyuk falokatlar asri bo‘ldi. Insoniyat tarixdagi eng uzoq davom etgan urush va eng qirg‘inbarot epidemiya davriga duch keldi. Bu falokatlardan tashqari, katolik cherkovining chuqur bo‘linishi va yemirilishi asri bo‘lib ham tarix sahifalariga kirdi. Urushlarning va diniy inqirozning sababi so‘zsiz insoniyat ahmoqligi bo‘lsa, vaboni keltirib chiqargan boshqa muammolar ham bor edi...
Qora o‘latning paydo bo‘lish sabablari
Qora o‘latning paydo bo‘lishi va tarqashi inson omiliga ko‘p ham bog‘liq bo‘lmagan. Aytishlaricha, hammasiga sabab kemiruvchilar... Ha, kichkinagina, momiqqina kemiruvchilar. Ammo kemiruvchilar, albatta, insonlarga o‘lim olib kelishni o‘zlari xohlab tanlamagan. Ayrim olimlarning fikricha, bunga sabab iqlim o‘zgarishi edi. Aynan XIV asrda Atlantik okeanidagi iliq Golfstrim oqimi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan va bu narsa global iqlim o‘zgarishlariga olib kelgan. 1310-yillarga kelib esa Yevropada haqiqiy ekologik falokat boshlandi.
1311-yildagi doimgiday issiq yoz faslidan keyin juda sovuq va yomg‘irlarga boy yoz fasli kela boshladi. Endi tasavvur qiling, o‘sha davrning yozlarida Yevropada havo harorati juda kam paytlardagina 12 gradusdan ko‘tarilar, qishlar esa aql bovar qilmas darajada juda sovuq kelardi. Hattoki iliq Italiyada ham qishda shu darajada ko‘p qor yog‘ar va sovuq bo‘lar ediki, odamlar zo‘rg‘a jon saqlardi. Francheska Petrarka va o‘sha mashhur Jovanni Bokachcho asarlaridan ham bu haqida o‘qish mumkin. Natijada iqlim o‘zgarishi misli ko‘rilmagan ocharchilikka olib keladi. Shundoq ham ofatlar yetarli, lekin tabiat jahl otiga mingan edi.
Iqlim o‘zgarishi natijasida hozirgi Mo‘g‘uliston hududida joylashgan Gobi sahrosida yashovchi yumronqoziqlar, ko‘rsichqonlar va boshqa turdagi kemiruvchilar tabiiy yemaklaridan mahrum bo‘lgan. Bu shovvozlar o‘z navbatida tabiatning mukammal kasallik tarqatuvchi mexanizmlari hisoblanadi. Bir joyga yig‘ilib qolgan haddan ortiq kemiruvchilar orasida kasallik tarqala boshlaydi.
Kasallikning keng tarqalishida madaniy faktor ham katta rol o‘ynagan, albatta. Mo‘g‘ullar orasida sug‘ur go‘shti delikates hisoblangan. Uning yungi esa juda qadrlangan. Natijada epidemiya insonlarga ilk marta yuqishni boshladi. Qora o‘lat o‘lim mashinasi 1320-yilga yaqin ishga tushdi. U Buyuk ipak yo‘li orqali Xitoy va Hindistonga yo‘l oladi va u yerda aholining katta qismini qirib yuboradi. Keyin mo‘g‘ullar bilan birga qora o‘lat 1347-yilda Qrimga kirib keladi.

Download 27.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling