Tarixdagi eng katta epidemiya va pandemiyalar
Bilimsizlik va ahmoqlik tiz cho‘ktirgan Yevropa
Download 27.5 Kb.
|
maqsud tibbiyot tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm-fan ravnaqiga hissa qo‘shgan kasallik
Bilimsizlik va ahmoqlik tiz cho‘ktirgan Yevropa
O‘lim darajasi shu darajada yuqori va insoniyat bilim darajasi shu darajada past ediki, kasallikning kelib chiqishi faqat fantastik hodisalar bilan bog‘lanardi. Natijada Yevropada butun boshli flagelantlar sektalari paydo bo‘la boshladi. Ular guruh bo‘lib shaharlar bo‘ylab izg‘ib yurishar va o‘zlarini uchiga temir bog‘langan qamchilar bilan urishar edi. Shunday qilib ular Xudo oldida butun dunyo gunohlarini yuvishga harakat qilishardi. Aslida kasallikni yanayam uzoqlarga tarqatishardi. Qora o‘latga qarshi dori yo‘q edi. Tabiblar tanadan qon chiqarishardi, tanadagi porsildoq yaralarni yorishar, kiyik shoxidan kukunlar surtishardi. Boy mijozlarga esa maydalangan dur yoki maydalangan zumrad toshini ichirishardi. Bunaqa dorining narxi kasallikni qo‘rqitib yuboradi deb o‘ylashgandir, balki. Bundan tashqari, odamlar pushtirang suvda yuvinishar, xonalarni shamollatar, xushbo‘y anbarlar surtishardi. Lekin hech narsa yordam bermasdi. Faqat olov yordam berdi. Skandinavlar “Qora xonim” deb nomlagan bu kasallikka qarshi olovdan kuchli dori yo‘q edi. Birinchi marta bu qarorga Milan arxiyepiskopi Jovanni Viskonti kelgan. U hamma kasal chiqqan uylarni kasallari bilan ustidan qulflab yoqib yuborishni buyurgan. Hamma qora o‘latdan o‘lganlarni umumiy qabrga ko‘mib, ustidan ohak tashlashgan. Balki, aynan shu sabablarga ko‘ra Milan shahri epidemiyadan deyarli omon chiqqandir. Ilm-fan ravnaqiga hissa qo‘shgan kasallik Qora o‘lat besh yil davomida o‘z ajal o‘yinini o‘ynadi. Ba’zan yo‘qolar, lekin hamisha qaytar edi. Natija esa bo‘shab qolgan qishloqlar, sukunat qariga cho‘mgan shaharlar... Omon qolganlar o‘zlarini tanlanganlar deb his qila boshlagan. Kasallikni yengish maqsadida hukmdorlar ilm-fanga ko‘proq e’tibor qaratgan, yangi-yangi universitetlar ochilgan, ularga katta mablag‘lar ajratilgan. Shunday qilib, tibbiyot traktatlari boshqa tillardan o‘girildi, ko‘p ilmiy izlanishlar qilindi. Savodsiz O‘rta asr tirik qolish maqsadida o‘qiy boshladi. Atrofidagi olamni o‘rgandi, qadimiy qo‘l yozmalar zamonaviy tillarga o‘girildi, o‘qib o‘rganildi. Oqibatda yangi davr — Uyg‘onish davri boshlandi. Hammasiga sabab esa shunchaki Golfstrim oqimining o‘zgarishi va cho‘ldagi kemiruvchilarning hayot sharoiti yomonlashishi edi xolos. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling