Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet67/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

19 asr oxiri va 20 asr boshlarida nomlari nafaqat Buxoro amirligi balki Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda xam mashxur bo'lgan Obloqul va Ibroxim Hofizovlar, Mo'minjon Solixov, SHirin Murodov kabi ko'plab ustalar yetishib chiqdi. 20 asr boshlarida barpo etilgan Sitorai Moxi Xosa qurilishida yuqorida nomlari zikr etilgan me'morlar, ustalar faol qatnashgan edilar. Majmuaning maxsus Oqsaroy zaliga pardoz berish ishini Usta SHirin Murodov boshchiligida bir gurux usta ganchkorlar amalga oshirdilar.

Xorazm me'morchilik maktabining sarkori Odina Muxammad Murod bo'lsa, pardoz xamda naqshinkor parchinlarni joylashtirishning sir-sinoatlarini mukammal egallagan. Usta kulollar Nurmuxammad Abdujabbor, uning o'g'li So'fimuxammad Niyoz va Abdullalar edilar. Ular oddiy loydan go'zal san'at asarlari yaratish va tabiatdagi turli giyox va o'simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.

20 asr boshlarida tiklangan Islomxo'ja minorasini (1908-1910) yaratish tashabbuskori va xomiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri, ma'rifatli inson Islomxo'ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning faxriga aylandi. Qolaversa, Islomxo'ja o'z davrining yirik madaniyat va davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko'rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog'lashga intilgan, ilg'or g'oyalar bilan to'libtoshgan inson edi.

Xorazm me'morchiligi maktabining e'tiborli tomoni shunda ediki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o'ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Moxir xattotlar bu yozuvlarni o'ta moxirlik bilan bino bezagiga uyg'unlashtirib yubora olardilar. Yog'och o'ymakorligi esa eshik, darvoza va ustunlarni o'ymakor naqshlar bilan bezab, o'sha binolarning umumiy ko'rinishiga o'ziga xoslik va jilo baxsh etardi.

Farg'ona vodiysida xam o'zbek xalq me'morchiligining o'ziga xos tarmog'i mavjud edi. 19 asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me'morchiligiga Yevropa me'moriy uslubidagi binolarni qurish an'analari kirib keldi. SHunday bo'lsada, 19 asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o'z qurilishi bilan yuksak milliy me'morchilik namunasi bo'lib qoldi.

Xorazm me'morchiligi maktabining e'tiborli tomoni shuki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o'ta nozik did va nafosat go'zalligi barq urib turgan xolda xattotlik yozuvlarini o'ta moxirlik bilan uyg'unlashtirib yubora olar edi.

Bu davrda o'lkaga Yevropa uslubidagi me'morchilik an'analari xam kirib keldi. Qurilish ishlarida milliy an'anaviy uslublar bilan birga Yevropa me'morchiligiga xos uslublar qo'llanila boshlandi. Jumladan, xalq me'morchiligida an'anaviy paxsa, guvala va xom g'isht qo'llash bilan birga zamonaviy to'rtburchak yuzli g'isht, faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi.

Evropa me'morchiligiga xos bo'lgan ayrim uslublar o'sha davrda qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Moxi Xosa, Xiva xoni Muxammad Raximxon 2 tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ataluvchi saroyda (1904-1912) xam ko'zga tashlanadi. Bino qurilishida xam G'arb, xam SHarq me'morchiligi an'analaridan foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaxarlari va viloyatlarida xarbiy qo'shinlari uchun qal'alar, kazarmalar. xarbiy siyosiy amaldorlar, generallar uchun yevropacha ko'rinishdagi qarorgoxlar qurila boshlandi. Toshkentning Yangi shaxar qismida general-gubernatorlikning ma'muriy va boshqa binolari qad ko'tardi. Ular me'moriy jixatdan g'arb muxiti va uslubida qurilgan binolar edi.

19 asr oxiri - 20 asr boshlarida Turkistonda tasviriy san'at Samarqand, Qo'qon, Buxoro minatyurachilari ijodida namoyon bo'ldi (Axmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S.Siddiqov). Ular tasviriy san'atning an'anaviy rivojlangan turlarini saqlab qolishdi.

20 asr boshlarida an'anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar suzib borayotgan kema, temiryo'llar va xayvonlar tasvirlana boshlandi. O'zbek xalqi san'atida ramziylikka xos asriy an'analarga boy diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy san'atga o'tilish xolati kuzatildi.

O'zbek rassomlarining iqtidori kulolchilik buyumlarini, kiyimlarni bezashda, materiallar uchun uyg'un bo'yoqlar jilosini yaratishda, kundalik turmush buyumlariga jilo berishda va boshqa amaliy san'atda namoyon bo'ldi. Buyumlardagi yuksak did, nazokat, nafislik rasmlarda yaqqol ko'zga tashlanar edi.

Naqsh amaliy san'ati markazi Buxoro edi. Bu shaxar ustalari nafaqat asriy san'atini saqlab qolishga, balki rivojlantirishga erishdilar. Buxorolik ustalarning xar qanday asari o'z xususiyatlariga ega bo'lib, boshqa shaxarlarda yaratilgan buyumlardan ajralib turar edi. Bu asarlarga xos boy tasavvur va mukammal maxorat asosan ranglar va naqshlar uyg'unligida o'z aksini topgan. Oq rang baxt-saodat va omad ramzi, qizil rang quvonch va salomatlikni anglatar edi. Ranglar va naqshlar ramzi zargarlikda, liboslarda, nodir toshlardan ishlangan zeb-ziynat shodalarida ustuvorlik qilgan.

X U L O S A

18 asrda uch xonlikdagi o'zaro urushlar, ichki nizolar va parokandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi. Natijada 19 asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho xukumati o'lkani siyosiy-xududiy jixatdan zabt etibgina qolmay, balki, erksevar, zaxmatkash xalqini ma'naviy-ruxiy bo'ysundirishga xarakat qildi. Podsho xukumati tomonidan joriy qilingan siyosiy tuzum o'lkada mustamlakachilik xukmronligini qaror toptirishga va o'zbek milliy davlatchiligini yo'q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Bu xususda Prezident Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asarida shunday deydi: "Bu xayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya'ni, tarixiy murakkab va xal qiluvchi burilish pallasida xar qanday millat va elat o'z axilligi va birdamligini saqlab, o'z milliy manfaatlari yo'lida qat'iyat bilan turmasa, mas'uliyat va xushyorligini yo'qotadigan bo'lsa, oxir-oqibatda o'zining eng katta, tengsiz boyligi bo'lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo'lishi shubxasizdir".

Darxaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko'pgina sabablar bilan bir qatorda o'sha davrda mavjud bo'lgan xarbiy-siyosiy boshboshdoqlik, davlat xukmdorlarining uzoqni ko'rishga qodir emasligi. ma'naviyruxiy ojizligi oqibatida ro'y berganini ko'plab tarixiy misollar asoslab turibdi. Bu achchiq bo'lgan xaqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun xayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz yosh avlodga doimo saboq bo'lishi lozim.

Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog'kon sanoati, paxtachilik sanoati, temiryo'l transport va boshqa tarmoqlar Rossiya imperiyasi sanoati extiyojlarini ta'minlashga mo'ljallangan edi. Ana shu korxona maxsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko'rish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi.

Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkiston xunarmandchilikkustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa o'z navbatida o'lkaning iqtisodiy jixatdan Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi.

Yurtboshimiz 1998 yil bir gurux ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya imperiyasi o'tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko'ndalang qo'ygan edi: "... har tomonlama mudxish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urfodatlari. turmush tarzi, xech bir mubolag'asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo'q bo'lib ketishi kerak bo'lgan sharoitda baribir, qator yo'qotishlar bilan bo'lsa xam, millatimiz o'zligini saqlab qoldimi yo yo'qmi?"

Albatta, davlatimiz raxbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchilar darsliklarda tarixiy ma'lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining jabr-zulmi sharoitida xam xalqimiz o'zligini, milliy qadriyatlarini, madaniyatini, urfodatlari va turmush tarzini saqlab qolganliklarini o'quvchilarga yetkazib bermoqdalar.

Darxaqiqat, mustamlakachilik sharoitida xam otabobolarimizning erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo'lgan azaliy intiqlik kayfiyati so'nmadi. Xalqimizning yurak-bag'riga teran o'rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg'usi tobora qudratli kiichga aylana bordi va pirovard natijada O'zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustaxkam zamin xozirladi.

19 asr ikkinchi yarmi - 20 asr boshlarida O'zbekiston tarixidagi muhim sanalar

1847-1864 yillar - Rossiya imperiyasi O'rta Osiyo xududini bosib olishining birinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

1847 yil Raim (Orol) qal'asi qurildi.

1851-1855 yillar - Muxammad Aminxon madrasasi bunyod etildi.

1851-1914 yillar - jadid ma'rifatparvari Ismoil G'aspirali yashagan yillar.

1853 yil - Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy tomonidan Oqmachit qal'asi bosib olindi (bugungi kunda Qizilo'rda).

1855-1856 yillar - Ernazarbiy boshchiligida qoraqalpoqlar qo'zg'oloni bo'ldi.

1859 yil - Aleksandr 2 Qo'qon xonligini bosib olish to'g'risida qaror qabul qildi.

1860-1885 yillar - Amir Muzaffar xukmronlik yillari.

1863 yil - Qo'qonda Xudoyorxon saroyining qurilishi boshlandi.

1864-1910 yillar - Feruz taxallusi bilan shoir sifatida tanilgan Sayid Muxammad Raximxon 2 ning Xiva xonligida xukmronlik qilgan davr.

1864 yil - Avliyoota qal'asi, Turkiston, CHimkent shaxarlari bosib olindi.

1864 yil - Toshkent axlining shaxarni bosib olishga urinib ko'rgan general CHernyaev qo'shinlariga qarshi kurashi bo'lib o'tdi.

1865-1868 yillar - Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

1865 yil - podsho Rossiyasi bosib olgan xududlarda Turkiston viloyati tuzildi.

1865 yil - "Turkiston viloyatini idora qilish to'g'risidagi Muvaqqat Nizom" e'lon qilindi.

1865 yil - podsho qo'shinlari Toshkentni bosib oldi.

1865 yil - Axmad Donish "Manozir ul-kavokib" asarini yozdi.

1866 yil - Erjar to'qayida (Sirdaryo bo'yida) Buxoro amirining lashkari podsho qo'shinlari tomonidan tor-mor etildi.

1866 yil - podsho qo'shinlari O'ratepaga xujum qilib, uni bosib oldi.

1866 yil - podsho qo'shinlari Jizzax shaxrini egalladi.

1867 yil - Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston xarbiy okrugi tashkil etildi. Aleksandr 2 tomonidan tayinlangan birinchi general-gubernator fon Kaufman Turkistonni 1881 yilga qadar idora qildi. Keyin G.A. Kolpakovskiy (1881-1882), M.G.CHernyaev (1882-1884), G.O.Rozenbax (1884-1889), A.B.Vrevskiy (1889-1898), S.Duxovskoy (1898-1901), N.A.Ivanov (1901-1904), P.N.Tevyashov (1904-1905), D.I.Subbotich (1905-1906), N.I.Grodekov (1906-1908), P.I.Mishchenko (1908-1909), A.V.Samsonov (1909-1913), Plug (1913-1915), Martson (1915-1916), A.N.Kuropatkin (1916-1917) general-gubernator bo'lganlar.

1867 yil - Toshkentda O'rta Osiyoda birinchi meteorologiya stansiyasi ochildi.

1868 yil - Buxoro amirining o'g'li Abdulmalik to'ra raxbarligida Samarqand mustamlakachi xukumatga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi.

1868 yil - podsho qo'shinlari CHo'ponota yonida Buxoro amiri qo'shinlarini tor-mor etib, Samarqand shaxrini egalladi.

1868 yil - Kaufman qo'shinlari Kattaqo'rg'onni bosib oldi.

1868 yil - Zirabuloq jangi.

1868 yil 1 iyul - Rossiya va Buxoro o'rtasida sulx shartnomasi imzolandi.

1868 yil - yangi bosib olingan yerlarda Zarafshon okrugi tashkil etildi.

1871 yil - Xivada Muxammad Raximxon madrasasi qurildi.

1872 yil - Qo'qonda Sulton Murodbek madrasasi qurildi.

1873-1879 yil - Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olinishining uchinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

1873 yil iyun - podsho qo'shinlari Xivani bosib oldi.

1873 yil 12 avgust - Rossiya va Xiva xonligi o'rtasida sulx shartnomasi imzolandi.

1873 yil - Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kirgan Amudaryo bo'limi tashkil qilindi.

1873 yil - Buxoro amiri va Rossiya imperiyasi o'rtasida yangi shartnoma imzolandi.

1875 yil - O'rta Osiyoda dastlabki rus qishloqlari paydo bo'la boshladi.

1876 yil - Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg'ona viloyati tashkil etildi.

1877 yil - Toshkentda "SHaxar nizomi" joriy qilindi.

1878 yil - Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo'zg'olon bo'ldi.

1880-1885 yillar - Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyo xududini bosib olinishining to'rtinchi bosqichi bo'ldi.

1881-1891 yillar - Bobo Go'klan boshchiligida qoraqalpoqlar qo'zg'oloni bo'ldi.

1884 yil - Turkistonda Amerika paxta navi ekila boshlandi.

1885 yil - Andijon, O'sh va Marg'ilon uezdlarida axolining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo'lib o'tdi.

1886 yil - Rossiya imperatori Aleksandr 2 "Turkiston o'lkasini idora qilish to'g'risidagi Nizom"ga imzo chekdi.

1888 yil - O'rta Osiyo temiryo'li bilan dastlabki poezd Buxoroga yetib keldi.

1888 yil 15 may - Kaspiyorti temiryo'li bilan dastlabki poezd Samarqandga yetib keldi.

1892 yil - Turkistonda "Davlat tartibotini va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo'riqlash to'g'risida"gi Nizom qabul qilindi.

1892 yil 24 iyun Toshkentda "vabo isyoni" bo'lib o'tdi.

1893 yil - Buxoroda birinchi jadid maktabi ochildi.

1898 yil may - Muxammad Ali (Dukchi eshon) raxbarligida qo'zg'olon bo'lib o'tdi.

1899 yil - Andijongacha Toshkent orqali temiryo'l qurildi.

1906 yil 27 iyun - Ismoil Obidov muxarrirligida ilk o'zbek milliy gazetasi "Taraqqiy" chiqdi.

1908-1910 yillar - Hukumat senatori K. Palen Turkiston o'lkasini taftish qildi.

1909 yil - Munavvar Qori boshchiligida "Jamiyati xayriya" tuzildi.

1910-1918 yillar - Asfandiyorxon xukmronlik yillari.

1914 yil- Buxoro amirining Sitorai Moxi Xosa saroyi qurilishi nixoyasigaetdi.

1914 yil 1 avgust Birinchi jaxon urushi boshlandi.

1916 yil 25 iyun - Nikolay 2 maxalliy axolini front ortidagi ishlar, ya'ni mardikorlikka olish to'g'risidagi Farmonga imzo chekdi.

1916 yil iyul - Jizzax qo'zg'oloni.

1916 yil 4 iyul - Xo'jandda qo'zg'olon boshlanishi.

1917 yil 17 mart - Buxoro amiri Sayid Olimxon isloxotlar to'g'risidagi manifestni imzoladi.

1918 yil - Junaidxon Xivani bosib oldi.

1920 yil 2 fevral Xiva Qizil armiya tomonidan bosib olindi va Said Abdullaxon taxtdan voz kechdi.

1920 yil - xalq vakillari 1 Umumxorazm qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) e'lon qilindi.

1920 yil 2 sentabr Turkfront qo'shinlari Buxoroni egalladi.

1920 yil - xalq vakillarining 1 Umumbuxoro qurultoyi Buxoro Xalq Sovet Respublikasini(BXSR) e'lon qildi.

Java Books Maker

K I R I SH

Aziz o'quvchilar!

Qo'lingizdagi darslik Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli, og'ir yo'qotishlar va talafotlar, fojeali voqealarga boy, shuningdek, ajdodlarimizning yurt ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan qahramonona kurashlari, mag'lubiyatlari va zafarlari, fidokorona mehnatlaridan iborat sovet davri tarixini o'z ichiga oladi.

1917 yili Turkistonda muhim siyosiy o'zgarishlar yuz berdi. Mintaqa xalqlari mustamlakachhikning 50 yillik zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashini avj oldirib yubordilar. Ma'rifatparvarlik harakati sifatida vujudga kelgan jadidchilik Turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda o'zbek xalqini g'oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida maydonga chiqdi. Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev (Ubaydulla Xo'jayev), Mustafo Cho'qayev, Ahmad Zaki Validiy To'g'on kabi jadid taraqqiyparvarlari Turkistonga muxtoriyat maqomi berish uchun kurashdilar va siyosiy jarayonlarga faol aralashdilar. O'lka xalqlarining dastlabki ijtimoiy-siyosiy jamiyati-"Sho'roi Islomiya" tuzilib, u muxtoriyatchilik harakatining tepasida turdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar partiyasi a'zolari demokratik islohotlar o'tkazish uchun o'z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jayev, Polvonniyoz Hoji Yusupov ularning rahbarlari edi. Afsuski, 1917 yil noyabrda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyati hukumati-xalqimiz tarixidagi dastlabki demokratik hukumat oradan ko'p o'tmay mustabid sovet tuzumi va bosqinchi qizil askarlar tomonidan qonga botirildi. Hukumat faoliyat ko'rsatgan Qo'qon shahri vayron qilindi, tinch aholi qirg'inga duchor etildi. 1918 yil fevral oyida dastlab Qo'qon atroflarida boshlangan istiqlolchilik harakati tez orada butun Turkiston mintaqasiga tarqaldi. Farg'ona vodiysida Kichik va Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Pahlavon, Yormat Mahsum, Buxoroda Ibrohimbek, Anvar Posho, Mulla Abdulqahhor, Xorazmda Junaidxon kabi qo'rboshilar harakatga qo'mondonlik qilishdi. Biroq Turkistonning mustaqilligi va ozodligi uchun kurashgan istiqlolchilar sovet davrida "bosmachi" va "xalq dushmani" sifatida ko'rsatilib, jamoatchilik fikri shu yo'nalishda shakllantirildi. Aslini olganda, istiqlolchilik harakatining boshidan oxirigacha bir buyuk g'oya ustunlik qilgan edi. Bu g'oya butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g'oyasi bo'lib, u harakatning asosiy maqsadi bo'lib qolaverdi. Istiqlolchilik harakati tarixi o'zbek xalqining sovet davri tarixiga uning eng shonli va zafarli, shuningdek, qayg'uli va dardalamli sahifalari bo'lib yozildi.

Mustabid sovet rejimi qaror topgan O'zbekiston iqtisodiyoti Markaz manfaatlariga bo'ysundirildi. Hosildor o'zbek tuprog'ida ungan noz-ne'matlar, turli mevalar, paxta, pilla, qorako'l teri va boshqa xom ashyo mahsulotlari, zaminimiz ostidan topilgan tabiiy boyliklar: oltin, uran, tabiiy gaz, neft va boshqalar doimiy ravishda Markazga tashib ketildi. SSSRning agrar respublikalaridan biriga aylangan O'zbekiston SSRda paxta yakka-hokimligi o'rnatildi. 60 yillarga kelganda Oral dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi. Natijada xalq salomatligiga har tomonlama jiddiy putur yetdi, uning turmush darajasi pasaydi.

(Sovet davrining eng katta fojeasi xalqimizning mustamlakachilik zulmi ostida azob chekkanligi bo'ldi. Kommunistik mafkuraning bahaybat mashinasi xalq ongiga "kommunizm jannati" haqidagi cho'pchaklarni doimiy ravishda tiqishtirishga urindi. So'z bilan ish birligining yo'qligi, poraxo'rlik, sansalorlik, kommunistik manmansirash sovet rejimining eng katta illatlari edi.

Qariyb 75 yil davom etgan mustabid sovet tuzumi yillarida xalqimiz yuragida doimo bosqinchilarga nisbatan nafrat va qahr-g'azab jo'sh urdi.

Sovet tuzumiga qarshi kurash goh oshkora, goh pinhona shaklda davom etib, 1991 yil 31 avgustda vulqon kabi portladi. Yovuzlik imperiyasi bo'lgan qizil saltanat-SSSR quladi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e'lon qilinishi o'tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan o'zbek xalqi va davlatchiligi tarixida muhim voqea boldi.

Xalqimizning 125 yillik orzusi ushaldi, u o'z mustaqil milliy davlatchiligini qayta tikladi. O'zbekiston mustamlakachilik zanjirini uloqtirib tashlab, mustaqil taraqqiyot yo'lini tanladi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyati davlatlari qatoridan o'z munosib o'rnini egalladi.

Muhtaram o'quvchilar! Siz ushbu 10-sinf darsligini mutolaa qilish jarayonida sovet davrida yuz bergan murakkab voqealarning xilma-xil talqiniga duch kelasiz. Totalitar tuzum davrida o'zbek xalqi asl farzandlarining qatag'on qilinishi, yuz minglab kishilarning begunoh o'ldirilishi, muqaddas dinimiz islomning taqiqlanishi, mulkdorlar tabaqasining tugatilishi, ma'naviy qadriyatlarimizning toptalishi, o'zbek tilining kamsitilishi va tahqirlanishi, ulug' davlatchilik shovinizmi va ruslashtirish siyosati to'g'risidagi mavzularni o'qib, chuqur o'yga botasiz. Biroq, Siz-millatning kenja bo'g'ini, O'zbekistonning 20I asrdagi bunyodkorlari, shuni unutmangki, Vatanimizning aynan sovet davri kechgan qariyb 75 yillik tarixi ham bizning tariximiz, ajdodlarimiz tarixidir. Bu davrda xalqimiz o'zining fidokorona mehnati bilan O'zbekistonni Sharqdagi zamonaviy qishloq xo'jalik respublikasiga aylantirgan edi. Madaniyat, maorif, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot sohalarida ayrim yutuqlarga erishildi. Bu yillarni xalqimiz hayotidan o'chirib tashlash mutlaqo mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda ta'kidlaganidek, "Bu yillar tarixi-bu bizning tariximiz, xalq tarixidir. Tarixdan esa voz kechib bo'lmaydi."

I b o b. O'zbekiston xalqining 1917-1924 yillarda mustaqillik uchun kurashi. Respublikaning tuzilishi

1-§. Turkistonda istiqlol uchun kurashning g'oyaviy asoslari

1. Turkiston jadidlarining milliy manfaat uchun kurash go'ya va mafkurasi to'g'risida. Milliy g'oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin. Ular o'zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bolib, milliy g'oya uning o'zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g'oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma'naviy yo'nalishlaridan tortib, to siyosiy qarashlargacha bo'lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy mafkura milliy g'oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda qanday qadriyatlar asosida o'z davlati va hayotini ko'rmoqchi, buni qanday tasavvur etadi va o'z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustamlaka etish mafkurasiga qaysi g'oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan, degan savolga milliy taraqqiyparvarlar harakatlari g'oyalari deb javob berish mumkin.

Jadidlarning boy tarixiy merosida milliy g'oya va milliy mafkura alohida o'rin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo'lib qolmasdan, u avvalo siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o'z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo'lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.

Jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo'yilgan edi: a) xalqimizni dunyoning ma'rifatli millatlari darajasiga ko'tarish; b) Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish.

Jadidlarning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun o'z yo'li bilan o'zgalarga tobe bo'lmay rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatni puxta egallashi kerak edi.

Jadidlar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash Jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi.

Ota yurt-Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg'usi, uning kelajagi haqida o'ylar, Vatan-ning taraqqiyot yo'llari rejasini tuzish, Sharq va G'arb an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo'lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy "Oyna" jurnalida quyidagicha yozgan edi: "Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg'onlarni "qul-marquq" derlar". Bu so'z keyinchalik mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov tomonidan "manqurt" nomi bilan qayta kashf etildi.

Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munawar Qori va bosh-qa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g'oya-ning asosiy bo'g'ini-Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g'oyasi qizil ip bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi: "Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlashib, din va nillat, vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz".

Milliy taraqqiyparvarlar g'oyasining muhim tarkibiy qismlaridan yana bin tarixiy ongni rivojlantirish, tarix-dan saboq chiqarish bo'lgan. Abdurauf Fitrat 1917 yilda bu haqda shunday yozgan edi: "Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablari-ni o'rganaturg'on ilmdir".

Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar. Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar partiyalari, "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", "Turon" va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan edi. Bu jadidchilikning allaqachon ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun fcurash boshlanganligini ham anglatar edi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling