Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Partiya rahbariyati o'z siyosatida eski uslubini-demokratik harakatlarni kuch bilan bostirish, siyosiy muxolifat kuchlarni chetga surib chiqarish yo'liga o'tdi. KPSS MKning 1987-yil-oktabr plenumida B.Yelsin o'z ma'ruzasida M.Gorbachev yuritayotgan siyosat noizchil, chala ekanligini keskin tanqid qildi. Buning uchun u o'z lavozimidan chetlashtirildi. Siyosiy byuro a'zoligidan chiqarib yuborildi. 1989-yilda demokratik kuchlar yordamida B.Yelsin SSSR xalq deputati etib saylandi. 1990-yil 17--martda Litva "Oliy Soveti Litva davlati mustaqilligini tiklash to'g'risida qonun", may oyida esa davlat suvereniteti to'g'risida Deklaratsiya qabul qidi. Boitiqbo'yi respublikalari SSSR tarkibidan chiqib ketdi. 1990-yil mayda Rossiya Federatsiyasi xalq deputatlariga saylovlar bo'lib o'tdi. Birinchi syezdda uch ovoz ortiq bilan B.Yelsin Oliy Sovet raisi etib saylandi. 1990-yil 12--iyunda Rossiya Federatsiyasi davlat suverenitetligi e'lon qilindi. Bu paytda SSSR amalda faqat rasmiy jihatdangina mavjud edi. SSSRning birinchi prezidenti etib e'lon qilingan M.Gorbachev hokimiyat vakolatini yo'qotgan edi. 1991-yil mayda Rossiya Federatsiyasining prezidenti lavozimi ta'sis etildi va umumxalq saylovda B.Yelsin g'alaba qozongan va RF prezidenti etib e'lon qiindi. 1991-yil-avgustda kommunistlar hokimiyatini saqlab qolish, eski tuzumga qaytish, SSSR parchalanishi jarayonining oldini olishga qaratilgan davlat to'ntarishiga urinish bo'ldi. Favqulodda holat bo'yicha davlat komiteti (GKChP) tuzildi. Unga partiya MK rahbarlari, mudofaa, ichki va tashqi ishlar ministrliklari kirgan edi. M.Gorbachev Qrimda uy qamog'ida deb e'lon qilindi, Moskvaga qo'shin kiritildi. Bunga javoban Moskvada Rossiya Federatsiyasi hukumat uyi oldida ko'pming kishilik namoyish bo'lib o'tdi. B.Yelsin demokratiya uchun kurashga boshchilik qildi. Harbiy bo'linmalar xalqqa qarshi o't ochishdan bosh tortdi va putch amalga oshmadi. 29--avgustda Rossiya parlamenti KPSS faoliyatini man etdi. SSSR hukumati iste'foga chiqdi. Milliy respublikalar 1991-yil-avgusti va-sentabrida birin-ketin o'z suverenitetlari va Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqishlarini e'lon qilishdi. 1991-yil 8--dekabrda Belovej pushasida (Belorussiya) Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini (MDH) tuzish haqida qaror qabul qildi. O'sha yilning 21--dekabrida bu bitimni SSSRning boshqa to'qqiz sobiq respublikasi imzoladi. (Litva, Latviya, Estoniya bunga qo'shilmadi.(v) 25--dekabrda SSSR Prezidenti M.Gorbachev iste'foga chiqdi. SSSR rasman o'z mavjudligini tugatdi. Rossiyada demokratiya davri boshiandi. Demokratlar eski ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni buzishga faol kirishdilar va demokratiya hamda bozor iqtisodi yotiga o'tishga yo'naltiriigan islohotlarni amalga oshirish yo'lidan bordilar. 1992-yil-yanvarda iqtisodiyotda "Narxni erkinlashtirish va xususiylashtirish dasturi" e'lon qilindi. Narx-navo keskin oshdi, ijtimoiy ehtiyojiarga xarajatiar kamaydi. Rossiya Federatsiyasidagi iqtisodiy islohotlarning asosi ishlab chiqarish korxonalarini ommaviy xususiylashtirish edi. Sovet Ittifoqida sanoat korxonalarining katta qismi daromadsiz, zarar keltirib ishlayotgani uchun qoloq asbob-uskunalarga ega bo'lganidan maxsus korxonalarni sotib olishni istovchilar kam bo'ldi va ular arzimas narxga sotildi. Mamlakatda shosha-pisha korxonalarni sotib olib asbob-uskunalar va xomashyoni tashib ketish, ko'plab moddiy boyliklarni xorijga arzimas narxga sotish jarayoni boshlandi. Ko'plab korxonalar mablag', xomashyo yetishmasligidan yopildi, son-sanoqsiz ishchilar ishsiz qolishdi. Bu to's-to'polonda Rossiya tadbirkorlarining asosiy qismini tashkil etgan, "yangi ruslar" deb atalgan o'n minglab chayqovchilar boylik orttirdi. Foydaga qolgan pullar iqtisodiyotni rivojlantirishga emas, balki shaxsiy boyishga xizmat qildi. Rossiyada iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni "Buyukjinoiy inqilob" nomini oldi. Ko'pgina "yangi ruslar" o'zlarining noqonuniy orttirgan daromadlarini bo'linib kelgan ulkan mafiya tizimining ijtimoiy asosiga aylantirdilar. Siyosiy arboblar, tadbirkorlar, bo'ysunmas tijoratchilarni o'ldirish Rossiyada oddiy hodisaga aylandi. Mamlakatda iqtisodiyot asoslarining yemirilish jarayoni bordi. Real sektorga investitsiyalar 90-yillarda 5 martaga qisqardi. Korrupsiya misli ko'rilmagan miqyoslarga yetdi. Boshqaruvning samarasizligi barcha darajalarda jamiyatni rivojlantirishning tormozi bo'ldi. Neft va energetikadan tashqari sanoatdagi mehnat samaradorligi AQSHdagidan 5 marta past edi. Raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish keskin kamaydi. Rossiyada 1992-yilda boshlangan erkin islohotlar mag'lubiyatga uchradi. Sovet davridan keyingi yillarda Rossiyada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning biror-bir dasturi bajarilmadi. Islohotlar natijasida ishlab chiqarish vositalariga yuz foizli davlat mulkchiligiga ega bo'lgan ma'muriy buyruqbozlik tizimi o'tmish davrda qoldi. Turmush darajasi keskin pasaydi. Sotsializmni qayta tiklash kayfiyatlari kommunistik partiyaning tiklanishiga olib keldi. U Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (RFKP) deb nomlandi. Ayni paytda Rossiyadagi iqtisodiy islohotlar mulkchilar sinfining tug'ilishiga olib keldi, ular bozor iqtisodiyotining barpo etilishi va g'arb tipidagi demokratiyaning tarkib topishiga yo'naltirilgan islohotlarning davom etishi tarafdorlari bo'lib chiqishdi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy moddiy hayotning uch asosi bo'lib, salomatlik holati esa jamiyat yangilanishi darajasining asosiy ko'rsatkichidir. Bu sohalarda Rossiyada o'tgan o'n yillikda ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Aholining katta qismi to'yib ovqat yemaslikdan qiynalmadi. Maishiy turmush va ijtimoiy farovonlikka oid buyumlar doirasi kengaydi. Kundalik turmushda foydalaniladigan predmetlar soni oshdi. Turar joy qurilishi sohasida, ayniqsa, katta siljishlar kuzatildi. Rossiyada 1991-2000-yillar ichida 1945-1990-yillar oralig'idagi ulkan davrdagidan ham ko'proq uy-joy quridi. Odamlar bepul yoki arzimas narxlarda millionlab yangi yer uchastkalarini olishdi, 1999-yilda mamlakatda 40 mln. yer mulki egalari bor edi. Endilikda kishilar ancha keng-mo'1 va shinam uy-joylar qurishga o'rgandi. Bu yangi yer mulk egalari 1991-yildan so'ng hosil bo'lgan yangi Rossiya hokimiyatining asosiy tayanchini tashkil etdi. Yangi hokimiyat amalda chegaralarni ochdi va xorijga chiqishni soddalashtirdi. Har yili (ishga, ta'tilga, xususiy safarga, sayyohllk yo'llanmalari bilan) 10 millionga yaqin kishi o'z mablag'lari hisobiga xorijga chiqadi. Rossiyada "madaniy ishlab chiqarish" kuchaydi. Matbaa mahsulotlari ishlab chiqarish eng ilg'or mamlakatlar darajasiga yetdi. Ta'limning mavqei oshdi. Oliy o'quv yurtlari soni 1990-yii 502 tadan 1997-yilda 880 taga, talabalar soni 2,9 milliondan 3,2 mln. kishiga yetdi. Rossiyada murakkab vaziyat yuzaga keldi. Katta avlod orqaga, 1985-yilgacha bo'lgan davrga qaytgisi kelardi. Biroq yosh avlod yangi hokimiyatni qo'llab-quvvatladi. Rossiya Federatsiyasida 1992-1999-yillarda avj olgan siyosiy kurash, asosan, ijtimoiy kurashni emas, balki avlodlar qarama-qarshiligini aks ettirdi. Rossiya tarixida birinchi marta siyosiy kurash parlament usullarida olib borildi. Rossiya Federatsiyasi Oliy Sovetida ko'pchilik kommunistlar tarafiga o'tdi,kom-munistlar xususiylashtirish, erkinlashtirish va bundan keyingi demokratiyalashtirishga qarshi chiqdilar. Prezident B.N.Yelsin boshchiligidagi islohotchilar kamchilikda qolishdi, ularda jamlangan tashkilot bo'lmadi. So'llarda ham (kommunistlar), o'nglarda ham (islohotchilar) muayyan dastur yo'q edi. So'llaning xulq atvori tobora tajovuzkorona, parlamentga mos bo'lmagan qiyofaga kirdi. Ular o'z kuchini his etgan holda Yelsinning ushbu tuzumini tezroq bartaraf etish va yana yagona partiya-Kommunistik partiya zug'umiga qaytishga intildilar. Kommunistlar kuchini his etgan ayrim islohotchilar ularga qo'shildilar. B.Yelsinning yaqinginada safdoshi bo'lib kelgan spiker R.Xasbulatov boshchigidagi Oliy Sovet prezidentga qarshi ochiq kompaniyani boshlab yubordi. Kommunistlar yo'lboshchilari 1993-yil 28--martida prezident mamlakatni boshqarishga qodir emas degan asos bilan uni prezidentlik lavozimidan olib tashlash, ya'ni impichment haqidagi masalani qo'ydi. Biroq impichment yetarli miqdorda ovoz olmadi va so'l muxolifat birinchi ochiq mag'lubiyatga uchradi. 1993-yil 25--aprelda prezidentga ishonch haqida umumxalq referendumi o'tkazildi, Rossiya ko'pchilik ovoz bilan unga ishonch bildiradi. 1993-yil 21--sentabrda B.Yelsin Oliy Sovetni tarqatib yubordi va yangi saylovlarni tayyorladi. Bunga javoban parlament uni ishdan tushirilgan deb e'lon qildi. Prezidentga qarshi kuchlar Oq uy binosida jamlandi va barrikada to'siqlarini qo'ydi. Ular umumxalq qo'zg'oloni va fuqarolar urushidan umid qilishgan edi. Biroq ularni hech kim qo'llamadi. 1993-yil 3--oktabrda ular Ostankinodagi telemarkazni egallashga harakat qilishdi. Otishmada dastlabki qurbonlar paydo bo'ldi. Bunga javoban B.Yelsin farmoyishi bilan Oq uyni zabt etishga kirishildi. Deputatlar taslim bo'ldi. Bu voqealar chog'ida 140 ga yaqin kishi halok bo'ldi. 1993-yil 12--dekabrda yangi konstitutsiyani ma'qullagan referendum o'tkazildi. Mamlakatda kuchli prezident hokimiyati qaror topdi. Qonunchilik hokimiyati ikki palata-deputatlar har besh yilda to'g'ridan to'g'ri va yashirin ovoz berish orqali saylanadigan Davlat Dumasi va viloyatlar vakillaridan iborat Federatsiya Sovetidan iborat bo'ldi. Barcha hokimiyat organlari saylanadigan bo'ldi. 1996-yilgi prezidentlik saylovlarida yana B.Yelsin g'alaba qozondi. Rossiyaliklar nafaqat B.Yelsin uchun, balki kommunistlarga qarshi va o'tmishga qaytmaslik uchun ovoz berishdi. 1999-yil-martda Dumada yana impichment haqidagi masala qo'yildi va B.Yelsin qonunchilik yo'li bilan hokimiyatdan chetlashtirishdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1999-yil-dekabrida Rossiya Federatsiyasida mamlakatda siyosiy ahvolni tubdan o'zgartirgan Davlat Dumasiga yangi saylovlar bo'lib o'tdi. Kommunistlar mavqei pasaydi, prezident yo'lining tarafdori bo'lgan "Yedinstvo" ijtimoiy-siyosiy birlashmasi katta g'alaba qozondi. B.Yelsin tarafdori bo'lgan o'ng partiyalar ham muvaffaqiyatga erishdi. Dumada ilk marta qonun yaratuvchilik ishlari uchun me'yordagi sharoit yuzaga keldi. 1999-yil 31--dekabrda B.Yelsin iste'foga chiqishini e'lon qildi va o'z o'rniga Federal xavfsizlik xizmatining (FXX) sobiq raisi V.Putin tayinlanishini bildirdi. 2000 yil 26--martda Muqobil sayloviar natijasida V.Putin Rossiya prezidenti etib saylandi. 1999-yilda Rossiyada iqtisodiy ko'tarilish boshlandi. 1999-yilda I.Y.M (ichki yalpi mahsulot) o'sishi 2 %ni, sanoat mahsulotining umumiy hajmi o'sishi 8% ni tashkil etdi. Mamlakatga ulkan valyutani jalb etishga yordam bergan faol tashqi savdo balansi Rossiya iqtisodiyoti uchun juda muhim bo'ldi. 1999-yilda Rossiya xorijga $.78 mlrd.lik tovarlarni chiqardi va $.32 mlrd.lik mahsulotlarni olib kirdi, demak, 46 mlrd sof foyda oldiki, bu iqtisodiyotga qo'shimcha investitsiyalarni ta'minladi. Tashqi savdo aylanmasi geografiyasida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. 1999-yilda Rossiyaning G'arbiy YYevropa va Amerika bilan savdo sotig'i o'sdi va MDH mamlakatlari bilan savdo-sotiq ulushi kamaydi. Rossiyanmg MDHga eksporti bu davrda 19% ga kamaydi, MDH mamlakatlaridan import esa 25% ga tushib ketdi. Rossiyaning 90-yillar-Sovet Ittifoqining parchalanishi tufayli tashqi siyosati Rossiya ulug' davlat maqomini yo'qotmadi. U yadro quroli, qudratli harbiy havo kuchlari va harbiy-dengiz flotiga ega. U o'z harbiy siyosiy va harbiy-strategik pozitsiyalarini saqlagan bo'lsa ham, ta'siri va obro'si pasaygan. U BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi bo'lib qoldi va sobiq Sovet Ittifoqi davridan mustahkamlanib qolgan barcha muhim o'rinlarni saqlab qoldi. AQSH B.Yelsinda Rossiyada demokratik islohotlarning ishonchli kafolatini ko'rdi va uni qo'llab-quvvatladi. U bir qator Rossiya tovarlari uchun o'z bozorini ochib berdi va bu bilan Rossiya iqtisodiyotining to'liq mqirozga uchramay qolishiga yordam berdi. Rossiyaning G'arbiy YYevropa bilan munosabatlari yaxshilandi. 1994-yil 31--avgustda Rossiya Germaniyadan o'z qo'shinlarini olib chiqishni tugatdi. Bu YYevropadagi vaziyatni o'zgartirdi. Germaniya o'z an'anaviy poytaxti-Berlinni qaytarib olib, eng yirik davlatlardan biriga aylandi. Garchi Germaniyada amerika, fransuz, ingliz qo'shinlari hali-hanuz qolayotgan bo'lsa-da, u shunga qaramay o'z suverenitetini tikladi va endilikda jahon siyosatida Fransiya va Angliya bilan teng holda ishtirok etishi mumkin. Rossiya tashqi siyosatidagi muhim yo'nalishlardan biri uch davlat-Rossiya, Xitoy va Hindiston ittifoqi g'oyasidirki, u Hind okeani va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikning ishonchli kafolati bo'lishi mumkin. 1999-yil Rossiyaning AQSH va NATO bilan munosabatlari uchun og'ir sinovlar yili bo'ldi. AQSH va NATO Serbiyadan Kosovoni ajratib olishga urinishi Serbiyanning qarshiligiga uchradi, uni Rossiya qo'llab-quvvatladi. Rossiyaning fikrini hisobga olmaslikka urinish va Kosovo bo'yicha biryoqlama qaror qabul qilish Rossiyaning diplomatik faolligini kuchaytirdi,u Serbiya va Kosovoda bombardimonlarni to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. Bosniya va Gersegovinada jamlangan Rossiya tank brigadasi kutilmagan zarba bilan Kosovo-Prishtinoda xalqaro aeroport bilan birgalikda muhim aholi yashaydigan joyni egalladi va u yerda o'z nazoratini o'rnatdi. Bu xatti-harakat bilan Rossiya Bolqondagi o'z pozitsiyalarini mustahkamlashda muhim yutuqqa erishdi. Belorus-Rossiya munosabatlari ham muvaffaqiyatli rivojlandi va Belorus rahbariyati Rossiya va Belorus Ittifoq davlatini tuzish haqidagi bitimga erishdi, bu bitim ikkala davlatlar parlamentlari tomonidan tasdiqlandi. 1991-yil 8--dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya va Ukraina rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini (MDH) tuzish haqidagi Bitimni imzoladi. Unda SSSR chuqur inqiroz va parchalanish sharoitlarida o'z mavjudligini tugatgani qayd etildi va siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilish haqida bayonot berildi. 1991-yil 21--dekabrda bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston qo'shildilar. Ular Almatida MDHning maqsad va tamoyillari haqidagi Bayonotnomani Rossiya, Ukraina va Belorusiya bilan birgalikda imzoladi. 1993-yilda MDHga Gruziya qo'shildi. Shu yili MDH Nizomi qabul qilindi, u davlatlarning birgalikdagi faoliyati sohalarmi ko'zda tutdi. Bu sohalar inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, tashqi siyosat faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni shakllantirish, transport va aloqa tizimini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik, aholi sog'lig'ini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, emmigratsiya va ijtimoiy-siyosiy masalalar, uyushgan jmoyatchilik bilan kurash, tashqi chegaralarni mudofaa va muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni o'z ichiga oldi. MDH organlari tashkil etildi. Ular ichida eng muhimlari Davlat boshliqlari soveti, Hukumat boshliqlari soveti, Tashqi ishlar vazirlari soveti, Davlatlararo iqtisodiy sovet, Parlamentlararo assambleya (markazi Sankt-Peterburgda). MDHning doimiy ijroiya organi Muvofiqlashtiruvchi-maslahat qo'mitasi bo'lib, tezkor faoliyatni amalga oshiradi. MDH mavjud bo'lgan muddat mobaynida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda biron-bir jiddiy siljishlarga erishmadi. 1200 ga yaqin hujjatlar, qarorlar qabul qilindi, mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilash rejalari ko'zda tutildi, biroq ulardan yuzdan ziyodrog'i bajarildi, xolos. Qorabog' va Abxaziya, Sevastopol va Qora dengiz floti muammolari hal etilmadi. Davlatlar o'rtasida o'zaro da'volar yuzaga keldiki, ular bu davlatlarni bir-biridan uzoqlashtirdi. Umuman, MDH davlatlari biron-bir umumiy maslak asosida birlasha olmadi va ularning har biri o'z muammolanini o'z kuchiga suyanib hal qildi. MDH mamlakatlanining asosiy muammosi 1989-yilda boshlangan iqtisodiy pasayish edi. MDH 12 mamlakatdan 9 tasida yalpi milliy mahsulot (YMM) ishlab chiqarish o'n yil mobaynida 40% dan ziyodroqqa tushib ketdi. Gruziya, Ukraina va Moldovada eng qiyin ahvol yuzaga keldi. MDH mamlakatlari jahon moliya tashkilotlari va iqtisodiy islohotlar bo'yicha xalqaro ekspertlarning barcha tamoyillarini bajarishdi. Ular davlat konxonalarini xususiylashtirdi, barcha rahbar va rejalashtiruvchi muassasalarni bartaraf etib, iqtisodiy tuzumni qayta tuzilmalashni amalga oshirdi, narx-navo va savdoni erkinlashtirishdi, bank tizimini isloh qilishdi. Barpo etilgan bozor iqtisodiyoti bu davlatlarga qimmatga tushdi, biroq olingan samara salbiy bo'ldi. Faqat O'zbekistongina iqtisodiyotning butkul inqirozidan qutulishga muvaffaq bo'ldi. Bu davlatlar G'arb kreditlari va investitsiyalarini olishni mo'ljallashgan edi, biroq bu umidlar o'zini oqlamadi. G'arb nafaqat iqtisodiy, balki inson huquqlari, demokratizatsiyalash, siyosiy erkinlashtirish bilan bog'liq bo'lgan siyosiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish haqida so'zladiki, bular albatta iqtisodiy o'pirilishdan siyosiy beboshlikka olib kelgan bo'lardi. MDH davlatlan uchun o'tish davri bunday uzoq va qiyin kechganining asosiy sababi shunda edi. Biroq MDH mamlakatlaridagi iqtisodiy inqirozning boshqa sabablari ham bor edi. Davlat mulkini xususiylashtirish sanoat korxonalarini yangilashni ta'minlamadi, balki mulklarini taqsimlashga olib keldi. Nihoyat kommunistik partiya diktaturasining ag'darilishi, uning yakkahokim kuchlari va qatag'on organlarining tugatilishi bilan ayrim davlatlarda hokimiyatni egallagan millatchilik kuchlari faollashdi. Iqtisodiyot sohasida yomon tayyorgarlikka ega bo'lgan holda o'z faoliyatini millatchilik da'volarini amalga oshirishga bag'ishlashdi va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish o'rniga millatchilik kompaniyalarini o'tkazish va soxta vatanparvarlikni namoyish etish bilan shug'ullandilar. Ayni paytda MDH davlatlari qiyinchilildarni yengish uchun katta imkoniyatlarga ega. 1. Bu davlatlarda demokratiya tamoyilariga asoslangan siyosiy barqarorlik qaror topgan. Bu hol barcha siyosiy kuchlarni o'z mamlakatlarini inqiroziy ahvoldan olib chiqish maqsadlarida konstruktiv va amaliy hamkorlik uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaratishga imkon beradi. 2. MDH davlatlari yuqori madaniy va intellektual iinkoniyatga ega. Bunda o'z milliy ziyolilari shakllangan va rivojlanishning o'z modelini ishlab chiqish uning qo'lidan keladiki, buni O'zbekiston misolida ko'rish mumkin. Mazkur davlatlar hozirgi rahbarlarining ko'pi tajribali siyosiy arboblar bo'lib, milliy cheklanganlik va milliy da'volar qanchalik zararli ekanligini yaxshi tushunishadi. 3. Tabiat bu davlatlarga tabiiy boylikiarni mo'1-ko'1 ato etgan. Ularda zamonaviy rivojlangan davlatlarni barpo etish uchun hamma narsa mavjud. Yetarli energiya zaxiralari, zamonaviy infratuzilma, transport va yaxshi darajadagi aloqa tizimi borki, ular eng murakkab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishni ta'minlashi mumkin. 4. MDH davlatlari qulay geopolitik holatga ega. O'rta Osiyo quruqlikda London va Singapur oralig'idagi yo'lning o'rtasida joylashgan. Kelgusida Mashhaddan Zohidongacha (Eron) bo'lgan temir yo'l qurilishi markazlar o'rtasidagi to'g'ri aloqani ta'minlaydi va YYevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo savdo oqimi aynan mana shu yo'ldan o'tadi. U asosiy jahon iqtisodiy yo'llaridan biriga aylanishi mumkin. Kavkazorti respublikalari, Ukraina, Belorus ham yaxshi geosiyosiy imkoniyatlarga ega. Hozirgi paytda MDH mamlakatlari oldida uch muammo-suverenitetni mustahkamlash, davlatlar o'rtasida mintaqaviy integratsiya asosida mustahkam iqtisodiy aloqalarni barpo etish va o'z rivojlanish yo'llarini shakllantirish turibdi. 1998-yilda imzolangan GUAM loyihasi (Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova) transport hamkorligi integratsiyaviy jarayonlarni amalga oshirishdagi yorqin misoldir. O'rta Osiyo respublikalarini Gruziyaning Qora dengiz portlariga, ular orqali esa jahon bozoriga chiqishiga imkon beruvchi TRASEKA loyihasi o'zlashtirish bosqichida turibdi. FAN va MADANIYAT XX asr ikkinchi yarmida insoniyat ma'naviy hayoti yuqori ko'tarinkilikka erishdi. Ikkinchi jahon urushi fundamental va amaliy fanlarning rivojlanishiga qudratli turtki berdi. Bu bilan yangi tizimli qurol-aslaha, qo'shinlarni transportda tashish, elektron aloqa vositalariga ehtiyojni oshirib yubordi. Fan va texnoligiya XX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy hayot uzra ustuvorlik qildi. Yadro quroliga ega bo'lgan texnologiya katta davlatlar o'rtasidagi mojaroni xavfli darajaga yetkazdi. Biroq texnologiya ayni paytda mo'l-ko'lchilikni ham yaratadi. Texnologiya tibbiyotda, uchinchi dunyoda bolalar tug'ilishi, "portlashi"ni ta'minladi va umr davomiyligini oshirdi, ko'plab xavfli kasalliklardan qutqardi. Texnologiya "yashil inqilob" ko'rinishida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirdi. Dunyoni hozirgi paytda uchinchi sanoat inqilobi qamrab olganki, u uch jihatdan ulkan global ta'sir ko'rsatmoqda: 1) fizika fanlari, unda yadro energiyasidan foydalanish va kosmosni tadqiq etishda katta yutuqlarga erishildi; 2) biologiya fanlari, unda genetika va tibbiyotda yirik kashfiyotlar qilindi; 3) kommunikatsiya va axborotlar sohasi, unda kompyuter texnologiyalari va telekommunikatsiyalarga beqiyos yo'l ochildi. Yadro fizikasi yadro texnologiyasini rivojlantirish uchun asos yaratdi. Lazer ta'sirining asosiy tamoyillari A.Eynshteyn tomonidan 1916-yilda bayon etib berilgan edi, biroq birinchi ishlovchi lazer generator amerikalik muhandis Teodor Mayman tomonidan 1960-yilda yaratildi. Lazer texnikasi fan va texnikaning barcha sohalariga kirib bormoqda. Kosmosni amaliy tadqiq etish 1957-yilda boshlandi, o'shanda qudratli sovet raketasi kosmik orbitaga yerning birinchi sun'iy yo'ldoshini olib chiqdi. 1961-yilda sovet uchuvchisi Yuriy Gagarin kosmosga 1-bor parvoz qildi. 1960-yildan Amerika va sovet olimlari o'rtasida kosmosni o'zlashtirishda beqiyos musobaqa boshlandi. 1969-yil 20--iyulda amerikaliklar birinchi bo'lib Oyga qo'ndi. 1970-yilda kosmik orbitaga yuzlab yo'ldoshlar va aloqa stansiyalani, yo'ldosh-josuslar va meteorologik yo'ldoshlari chiqarildi. Biologiya fanining genetika sohasida inqilobiy kashfiyotlar amalga oshirildi. 50-yillar boshlarida olimlar xromosomalar eng avvalo DNK kislotalaridan iboratligini va aynan DNK genetik axborot tashuvchi ekanligini aniqlashdi. 1953-yilda amerikalik olim Jeyms Vatson va ingliz olimi Frensis Krin Kembrij universitetida birga ishlagan chog'ida ilk bor DNK tuzilishi formulasini ma'lum qilishdi. 1962-yilda olimlar bu kashfiyot uchun Nobel mukofoti olishdi. Biroq, bu genetika sohasidagi buyuk kashfiyotlarning faqatgina boshlanishi edi. 60-yillar o'rtalarida genetik kodning ishlashi tizimi ochildi. 90-yillarda esa yangi fan-gen injeneriyasi paydo bo'ldi, u bir organizm hujayralanini boshqasiga o'tkazish va irsiyatiga ta'sir etish, sun'iy urug'lantinishni amalga oshirishga qodir edi. 1998-yida ilk bor sun'iy yo'l bilan yaratilgan hayvon paydo bo'ldi. Genetika muvaffaqiyatlari natijasida yuzaga kelgan yangi tibbiy dori-darmonlar qizamiq, chechak, poliomiyelitni tugatishga yordam berdi. 60-70-yillarda buyrak ko'chirib o'tqazildi va sun'iy yurak yaratidi. Fan va texnologiya jahon aloqa va axborot yig'ish vositalarini to'liq o'zgartirib yubordi. XX asr texnologik mo'jizalari ichida kompyuter eng buyugi bo'lsa ajab emas. 30-yillarda oddiy kompyuterlar mustaqil holda Germaniya, AQSh va Buyuk Britaniyada yaratildi. Inglizlar o'z kompyuterlarini Ikkinchi jahon urushi paytida nemis harbiy kodlarini o'qish uchun foydalanishdi. Birinchi haqiqiy kompyuter (elektron) 1946-yilda Pensilvaniya universiteti olimlari J.Moshli va J.Ekkert tomonidan yaratildi. Biroq, u nisbatan kam samarali ulkan mashina edi. Tranzistorlarning kashf etiishi bilan ishlar butunlay o'zgardi, chunki ular kompyuterlarni kichik apparatlarga aylantirib qo'ydi. 80-yillar boshlarida kompyuterlar endi hayotmng barcha sohalarida foydalaniladigan bo'ldi. Tez orada odam uchun hamma ishlarni qiladigan kompyuter-robotlar yaratildi. 80-yillar o'rtalarida 20 ming kompyuter robotlar ishladi. Kompyuterlar shaxmat o'ynash, she'r yozishga o'rgandi. Ular inson aqliy rivojlanishining muhim qismi bo'lib qoldi. Insoniyat hayotiga telekommunikatsiyalar-radio va televideniye yanada katta ta'sir ko'rsatdi. Birinchi tajriba tarzidagi teleeshittirishlar 20-yillar oxirlarida (birinchi lardan biri-Toshkentda) namoyish etildi. 70-yillarga kelib televideniye endi butun dunyoga tarqaldi. Aloqa yo'ldoshlari yangiliklar va boshqa radio va teleeshittirishlarni butun dunyoga sanoqli soniyalarda uzata boshladi. Televideniye odamlar bo'sh vaqtini o'tkazishning hukmron shakliga aylandi. U siyosat va siyosiy targ'ibotga ham ta'sir ko'rsatdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling