Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet1/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix


Java Books Maker Mualiflardan

5-sinfda "Tarixdan xikoyalar" bilan tanishgan edingiz. Siz endilikda odamlar nega tarixni o'rganishi va uzoq o'tmish xaqida bilimlar qanday qilib jamlanishini bilib oldingiz.

6-sinfda olis-olis zamonlarga sayoxatimizni davom ettiramiz, eng qadimgi davlatlar va xalqlar tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishib chiqamiz.

Mesopotamiya, Misr, Yunoniston, Rim davlatlari va O'rta Osiyoning ilk davlatlari xukmronligi davridan beri oradan ming yillar o'tdi. Biroq qadim zamonlarda odamlar yaratgan ko'pdan ko'p narsalardan bugun xam kundalik turmushimizda foydalanib kelmoqdamiz. Bu mexnat qurollari, sopol buyumlar, g'ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, yozuv va xokazolardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar xali-xanuz kishilarga bilim va tarbiya berayapti.

Olimlar Yer yuzida qachonlardir ro'y bergan voqealarni qaytadan tiklash uchun ancha-muncha kuch-g'ayrat sarflashdi. Ular qadimgi shaxarlarni topishdi va qazishmalar o'tkazishdi, charmga, sopolga, papirusga, shuningdek, tangalarda bitilgan sirli yozuvlarni o'qishdi. Siz endilikda arxeologik topilmalar nimalar xaqida so'zlab berishini bilasiz. Qadimgi bitiklarni o'rganish bilan epigrafika, tangalarni tadqiq etish bilan esa numizmatika degan maxsus fan shug'ullanadi.

Insoniyat o'ta oddiy mexnat qurollaridan to xunarmandchilik durdonalari yasash, jo'ngina turar joy qurib olishdan to shaxarlarni bunyod etishgacha bo'igan uzoq yo'lni bosib o'tdi. eng qadimgi shaxarlar va davlatlar tashkil topishi davrini olimlar sivilizatsiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi Qadimgi SHarqda, so'ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan edi. Qadimgi sivilizatsiyalar jaxonning ko'pgina o'ikalarida kabi, O'rta Osiyo, jumladan, O'zbekiston xududida xam vujudga keldi.

Er yuzida odam paydo bo'iganidan to milodiy 476 yilda G'arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o'rganiladi.

Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi SHarq, Yunoniston va Rim saroy aьyonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi xol) aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qalьalar qurilishi, xunarmandchilik va dexqonchilik, qadimiy fanlar va sanьat xaqida xikoya qilinadi.

Olimlar o'qigan qadimgi matnlar, masalan, "Piramidalar matnlari" va "Marxumlar kitobi" misrliklar tarixi xaqida, "Bibliya"-yaxudiylar, "Rigveda"-xindlar, "Avesto" esa O'rta Osiyo xalqlari tarixidan xikoya qiladi.

Nil vodiysidagi Misr piramidalari majmuyi, Dajla va Frot oralig'idagi Bobil, Xind vodiysidagi Moxenjodaro, erondagi Persepol, Yunoniston, Rim va O'rta Osiyoning ko'plab shaxarlari qazishmalari butun jaxonga mashxurdir.

Biroq, qadimgi dunyo tarixiga oid xali ochilmagan sirlar oz emas. Balki birortangizga ularni ochish nasib etar. Tarix bizni ko'p narsaga o'rgatadi. Sejiz uni "buyuk o'qituvchi" deb atashmaydi. SHu bois xar birimiz o'z Vatanimiz tarixini bilishimiz va boshqa mamlakatlar xalqlari tarixi xamda madaniyatiga xurmat bilan qarashimiz kerak. Ushbu darslikni o'qir ekansiz, ko'plab tushunilishi qiyin so'zlarga, tarixiy atama va iboralarga duch kelasiz. Ularni yodlash, esda saqlash kerak bo'ladi.

Ushbu maslaxatlarimizni diqqat bilan o'qing, ular o'rganilayotgan mavzuni eslab qolishingizga yordam beradi.

Uyga berilgan topshiriqlarni tayyorlashda quyidagilarga rioya qiling:

1. Darsda yozib olganlaringizni bir necha bor o'qing.

2. O'qishdan oldin mavzu sarlavxasiga diqqatqiling, darsda nimalar deyilganini eslang.

3. Xar bir mavzu oxirida berilgan savollarni o'qing. SHunda siz yozganlaringizni o'qiganingizda nimalarga eьtibor berish lozimligini va o'qiganlaringizni qay tartibda bayon etish kerakligini bilib olasiz.

4. Matnni taxminan qismlarga bo'ling va xar birining asosiy mazmunini o'z so'zlaringiz bilan ayting, keyin butun mavzuni gapirib bering. Gapira olmasangiz, qiyin joylarini qayta o'qing. Takrorlang. Darslik matnini yod olish kerak emas.

5. Matnni o'qish jarayonida unda eslatilgan rasm va jadvallarni toping, izoxlarini o'qing, matnda uchragan shaxarlar, mamlakatlar nomlarini xaritadan toping.

6. Savollarga javob bering va mavzu oxiridagi topshiriqlarni bajaring. Agar Siz xar bir paragraf oxirida berilgan tayanch konspektlari bo'yicha tarixni o'rganishga qaror qilsangiz quyidagi vazifalarni bajarishingiz lozim:

1. Darslik paragraflari matnini tayanch konspekt so'zlari bilan taqqoslab o'qing.

2. Konspektdan foydalanib paragrafni bir necha marta so'zlab bering.

3. Tayanch ishoralarni yoddan aytib berishga xarakat qiling (chuqur fikrlagandan so'nggina o'zlashtirish lozim).

4. Sir necha soatdan so'ng yana bir marta tayanch konspektini takrorlang.

Biz, darslik mualliflari Sizga uzoq o'tmishga sayoxat qilishga, madaniy yodgorliklar bilan tanishish va qadimgi dunyo tarixini o'rganishga ko'maklashamiz.

1-§. Qadimgi tarix-sivilizatsiyaning boshlanishi

Siz endilikda insoniyat qadimgi tarixini tadqiq etish ustida turli Ixtlsosdagi oxmlar Ishlayotganini yaxshi bilasiz. Arxeologlar qadim o'tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgoxlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq)ni sinchiklab tekshirib ko'rgan antropologlar ularning tashqi ko'rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro'y bergan o'zgarishlarni nazardan o'tkazishga xarakat qiladilar. etnograflar xozir xam barxayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko'pgina udumlari, xo'jalik va madaniyat anьanalarini o'rganadilar. Lingvistlar, yaьni tilshunoslar u yoki bu xozirgi zamon tili qay yo'sinda shakllanganini tushunib yetish maqsadida qadimgi tillarni tadqiq etadilar.

O'lkamiz eng qadimgi tarixining keng o'rganilgan manbalari qadimshunoslar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mexnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslaxalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo'li bilan yaratilgan xamma narsalar shular jumlasiga kiradi.

Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadim mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi. O'rta Osiyo tarixi bo'yicha eng qadimgi manba zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto"dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari-Baqtriya, So'g'diyona , Xorazm axolisi madaniyati to'g'risida xikoya qilinadi.

Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Bexistun qoyalari yozuvlaridir. Bexistun qoyalari erondagi Kirmonshox shaxri yaqinida joylashgan. Fors shoxi Dora 1 buyrug'iga ko'ra qoyaga o'yib yozilgan uch til-qadimgi fors, elam va bobil tillaridagi yozuvlarda u zabt etgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan, Xorazm, So'g'diyona, Baqtriya davlatlari sanab o'tiladi.

Miloddan avvalgi 5 asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayoxat qilib, to'qqiz kitobdan iborat "Tarix" asarini yozdi. Unda o'ikamizning qadimgi axolisi to'g'risida batafsil maьlumot beriladi.

Miloddan avvalgi 1 asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon "Geografiya" nomli asarida ko'plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar xaqida maьlumotiar keltiradi.

Miloddan avvalgi 2 asr oxiri 1 asr boshlarida qadimgi Xitoy tarixchisi Sim Syan "Tarixiy yilnomalar" nomli asar yozgan. U yurtimizning qadimgi axolisi va davlatlari to'g'risida xam maьlumot beradi.

Milodiy 1 asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf "Buyuk Aleksandr tarixi" nomli asar yozgan. Makedoniyalik Aleksandrning O'rta Osiyoga xarbiy yurishlari xaqidagi maьlumotlarni milodiy 2 asrda yashagan yunon tarixchisi Arrian xam ancha to'ldiradi. U "Aleksandrning xarbiy yurishlari" deb nomlangan asar yozgan.

Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimizning qadimiy tarixini tiklashga muvaffaq bo'ldilar.O'zbekiston geografik jixatdan qadimdan O'rta Osiyo deb atalmish xudud tarkibiga kiradi.

O'zbekiston ancha katta xududni egallagan. Amudaryo va Sirdaryo oralig'i, Farg'ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo voxasi, o'zining serxosilligi va issiq iqlimi tufayli insoxiyatning eng qadimgi makonlaridan biriga aylangan. Qulay geografik mintaqada joylashganligidan SHarq va G'arb mamlakatlarini bog'lab turgan. Bunda O'zbekistonning barcha yirik shaxarlari orqali o'tgan Buyuk Ipak Yo'lining axamiyati nixoyatda katta bo'lgan. O'zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda maxalliy axoli bir necha yuz mingyilliklar davomida yashagan. Miloddan avvalgi 4-5 asrlarda yunonlar yurtimizning axolisi, viloyatlari xaqida maьlumotiarga ega bo'lganlar. O'rta Osiyoning ikki yirik daryosi-Amudaryo va Sirdaryo, Xindikush, Pomir va Tyan SHan tog'laridan boshlanuvchi tezoqar daryo suvlari bilan to'lib dengiz tomon quyilgan. Daryolar voxalari bo'ylab muxim savdo yo'llari o'tgan.

Bundan 5-4 ming yillar avval O'zbekistonning qadimgi axolisi bilan Qadimgi SHarq elatlari o'rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Ko'xna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar Xindiston, eron va Mesopotamiya xunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.

Miloddan avvalgi 1 ming yillikda, SHarqda qadimgi yirik saltanatlar gullab-yashnagan davrda madaniy aloqalar yanada kuchaydi. Turli yozma va arxeologik manbalarda bu qadim xalqlarning xunarmandchigi, meьmorchiligi va qishloq xo'jaligi soxalarida namoyon bo'lganligi qayd etilgan.

Jaxondagi barcha xalqlar ibtidoiy jamoa tuzumini boshdan kechirgan.

Ibtidoiy jamoa tuzumi-insoniyat tarixining barcha mexnat qurollari umumiy bo'lgan, xamma baravar ishlagan bir davridir.

Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to'daga birlashuvi bo'lib, bu to'da o'zida qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan edi.

Ibtidoiy to'da-turmush va mexnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir.

Eng qadimgi to'da asta-sekin bo'linib ketdi, qarindoshlarning aloxida uyushmasiga-urug' jamoasiga aylana bordi.

Urug'-birgalikda yashagan va mexnat qilgan, umumiy mexnat qurollari va qurol-yarog'larga ega bo'lgan qarindoshlar jamoasidir.

Dastlabki urug' jamoalari ayol kishi, yaьni ona tevaragida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug'i davri-matriarxat deb ataladi.

Matriarxat-eng qadimgi tuzum rivojidagi bir bosqich bo'lib, qarindoshlik munosabatlari ona tomonga qarab belgilanib, urug' va oila boshlig'i ayol kishi bo'lgan

Ancha keyinroq, mexnat qurollari va xo'jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o'ta boshladi, endi erkak kishi urug'ga sardor bo'lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat deb atashadi, patriarxat bilan eng qadimgi urug'chilik tuzumi xam nixoyasiga yetdi.

Patriarxat-insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak kishi jamiyat xayotida yetakchi mavqega ega bo'lib, qarindoshlik munosabatlari xam ota tomonga qarab belgilangan.

Eng qadimgi odamlar dastlabki mexnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini "tosh davri" deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan va shuning uchun xam uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:

-qadimgi tosh davri-paleolit (yunoncha "paleos"-"qadimgi" va "litos"-"tosh" so'zlaridan);

-o'rta tosh davri-mezolit ("mezos"-"o'rta");

-yangi tosh davri-neolit ("neos"-"yangi");

-mis-tosh davri-eneolit (lotincha "eneus"-"mis" va yunoncha "litos"-"tosh" so'zlaridan).

Tarixiy manbalar:

1. moddiy asyoviy manbalar (mexnat qurollari, taqinchoqlar, qurol aslaxalar)

2. yozma mavbalar (Avesto, Brxistun bitiklari, Geredot, Strabon,Sim Syan,Kvint Kursiy Ruf, Arrian.)

Paleolit davri:

1. Olduvay - mil.avv.3-2 mln. yillik (Odamzod ajdodlarining qadimiy yodgorliklari topilgan SHarqiy Afrikadagi Olduvay darasi (Tanzaniya)

2. Ilk - mil.avv.1 mln. - 100 ming yillik

3. O'rta-mil.avv. 100-40 ming yillik

4. So'nggi-mil.avv. 40-12 ming yillik

2-§. Eng qadimgi odamlar rivojining ilk bosqichlari

Er yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yuradigan, mexnat qurollarini yasash ularni ishlatishni biladigan kishilar bo'lib, ana shu xususiyatlari insonlarga xayvonot dunyosidan farqlanishga imkon bergan. O'ta sodda tosh mexnat qurol yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari: qodiqlarini olimlar Janubiy Afrikadan-avstralopitek, SHarqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan-zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya)-. pitekantrop, Xitoy xududidan-sinantrop va Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgoxidan, Germaniyadan-neandertal va Fransiyadagi Kromanyon g'oridan-xozirgi qiyofadagi odam-kramanyon topib tekshirganlar.

Er yuzida iqlim iliq bo'lgan kezlarda odamlar manzilgoxlari kichkina daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan edi. Ilk paleolitning so'nggi davrlarida Buyuk muzlash boshlandi. Ibtidoiy odamlar o'ta qattiq sinovga duch keldi. Bu xol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday paytda kuchlilargina yashab qolgan.

Qadimgi odam manzilgoxlari Afnka, Osiyo va Yevropaning ko'pgina mamlakatlaridan topilgani maьlum. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mexnat qurollari Farg'ona vodiysidagi Selungur manzilgoxidan va Toshkent voxasidagi Ko'lbuloq manzilgoxidan xam topilgan. Bunday qo'pol tosh qurollarining uchi bir tomonga qaratib o'tkirlangan edi. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan.

Mexnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo'lgan. Dastavval mexnat qurollari ancha oddiy edi. Uchi o'tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam xayvonlarni ovlagan, uchi o'tkir tayoq ordamida o'simliklarning isteьmolga yaroqli ildizlari ildizmevalarini kovlab olgan. Tabiat insonga nimani inom etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan atlangan, shuning uchun xam kishilarning eng doimiy mashg'uloti bo'lgan termachilik va ovchilik - o'zlashtiruvchi xo'jalik deb ataladi.

A. P. Okladnikov tomonidan 1938 yilda Boysun tog'laridan topilgan Teshiktosh g'ori qadimgi tosh asri . madaniyatining jaxonga mashxur yodgorligi xisoblanadi. Teshiktosh g'oridan uch mingga yaqin tosh qurollari va ularning parchalari, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda. kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan.

Teshiktosh g'oridan qazib olingan, tosh asriga mansub 8-9 yashar bolaning suyak qoldiqlari eng mashxur topilmadir. Arxeologlar bunday neandertal odam suyak qoldiqlariga kamdan kam xollarda duch keladilar. Bola jasadi qabrga ko'milgan. Jasad atrofiga arxar shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy eьtiqodlar bilan bog'liq.

Mexnat faoliyati, tevarak olam xaqida to'plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o'zgartirib bordi.

Odamlar o'zlariga tushunarsiz bo'lgan xodisalar xaqida o'ylay boshladi: kun bilan tun, yil fasllari almashishi vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat xodisalari odam fikrini o'ziga tortgan.

Ana shu xodisalarni tushuntirib berish qo'lidan kelmagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg'ir kabi tabiat kuchlariga sig'ina boshladi.

Bora-bora eng qadimgi odamlarda inson vafot etganidan keyin yashashni davom ettiradigan o'zga bir olamga ketadi degan aqidaga ishonch paydo bo'ldi.

Yil fasllari almashinuvi, momaqaldiroq, bo'ronni qadimgi odamlar rux mujassamlashgan tabiat kuchlari xarakati deb tushunganlar. Odamni o'rab turgan muxitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga eьtiqod fanda animizm nomini olgan.

Eng qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni bartaraf etishiga xam eьtiqod qilganlar. Bu eьtiqod fetishizm nomini olgan.

So'nggi paleolitga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi eng qadimgi odamlarda diniy eьtiqodlar bo'lgani to'g'risidagi isbotlardan biridir. Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va Boshqirdistondagi Kapova g'orlaridan topilgan.

Odamlar rasmlar bo'lajak ovda o'zlariga yordam beradi deya ishonishgan. Rasmlar qarshisida xayvonlar xarakatlariga taqlid qilib raqsga tushishgan, ov manzaralarini tasavvurga keltirishgan, nayza uloqtirishni mashq qilishgan.

Qadimgi qoyatosh rasmlari qimmatli tarixiy xujjatlardir. Ular inson nimalar xaqida o'ylagani, tevarak dunyoni qay yo'sinda tasavvur etgani, qaysi xayvonlarni ovlagani, qanday mexnat qurollari va qurol yarog'dan foydalanganini bilib olish va tushunishga yordam beradi.

Odamning o'zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi eng qadimgi tasviriy sanьat rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi.

Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari Altamir (Ispanya), Lasko (Fransiya), Kapova (Boshqirdiston) dan topilgan.

Animizm-insonni o'rab turgan muxitda jonlar va ruxlarning mavjudligiga ishonish:

3-§. Urug'chilik jamiyati

So'nggi paleolit davrida (miloddan avvalgi 40-12 mingyilliklarda) ko'pdan ko'p voqealar ro'y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mexnat qurollari yasash usullari o'zgardi Odamning o'zi xam, tashqi qiyofasi xam o'zgarib bordi. Mazkur davrda xozirgi qiyofadagl odam-kromanyon odami yashagan edi.

So'nggi paleolit davri odami manzilgoxlari Samarqand shaxri xududidan, Toshkent viloyati Oxangaron daryosi vodiysidagi Ko'lbuloq manzilgoxining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek. Farg'ona vodiysidan topilgan.

Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mexnat qurollari yasaydigan bo'lishgan. Inson endilikda taqinchoqlar-munchoqlar, tumorlar va uzuklar xam yasay boshladi.

SHunday qilib, so'nggi paleolitda insoniyat o'z rivojida tag'in bir pog'onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruxlarga-urug' jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug'ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug' aьzolari bitta manzilgoxda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug'lar qabilani tashkil etgan.

Turar joylar qurilishi so'nggi paleolit davri odamlarining muxim ixtirosi bo'idi. Kiyim-kechak tayyorlashda xayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sunьiy tarzda (yog'ochni bir-biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir-biriga urish orqali) olov xosil qilishni xam o'rganib oldi

Mezolit davri (o'rta tosh davri) taxminan miloddan avvalgi 12-7 mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishigaьva odamlar turmushida o'zgarishlar bo'lishigaolib keldi.

Mezolit davrida inson o'q-yoy yasashni o'rganib oldi. O'q-yoy kashf etilishibilan odam ixtiyorida chopqir xayvonlar va qushiarni ovlash imkoniyati vuiudga keldi

Mezolit davri oxirida inson xayvonlarni qo'lga o'rgata boshladi. Ovchilar itni qo'iga o'rgatishdi, itlar bilan birga ov qilinganda o'ija oldingisiga qaraganda mo'l-ko'l bo'idi. Tiriklayin tutib olingan xayvontar. (qo'zichoqlar, uloqchalar, to'ng'izchalar)ni endi odamlar o'ldirmasdan, yegulik zaxirasi sifatida saqlab qo'yadigan bo'lishdi.

Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo'jalikning yangi turIari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.

Muzlik chekinishi bilan urug' jamoalari nafaqat , Osiyo va Afrika xududlarida, balki Yevropa shimolida keng joylasha boshladilar.

Bugungi kunda mezolit davriga oid yuzdan ziyod manzilgoxlar ochilgan. Farg'ona vodiysining tog'oldi, tog'lik tumanlarida, Toshkent voxasida xamda O'zbekiston janubida bunday manzilgoxlar ko'plab uchraydi. Obishir, Qo'shilish va Machay manzilgoxlari shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o'rganilgan.

Amudaryo va Sirdaryo qirg'oqlari, O'zbekiston xududidagi ko'llar va daryolar soxili mezolit davri ovchilari va baliqchilari ko'chib kelib o'rnashgan maskanlarga aylandi.

Neolit davrida-yangi tosh asrida o'zlashtiruvchi xo'jalikda tub o'zgarish sodir bo'ldi tabiatdan barcha tayyor narsalarni ola. boshlagan inson endi ishlab chiqaruvchi xo'jalikka-ziroatchilik va chorvachilikka o'tdi. O'rta Osiyoda. Meolit davri· miloddan avvalgi 6-4 mingyilliklar bilan davrlashtiriladi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini-sopol idishlaryasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar.

Mezolit va neolit davrida odam toshdan kichik mexnat qurollari - mikrolitlar yasashni, toshga ishlov berishning oldin tanish bo'imagan usullarini: silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo'llay boshladi.

Neolit davrida aksariyat qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlagan. Paxsa imoratlar qurish boshlandi. Asta-sekin urug' jamoalarining o'troq manzilgoxlari shakllanib bordi. O'troq turmush tarzi va mexnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning dexqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi. O'troq turmush tarziga o'tilishi xar xii buyumlar tayyorlash soxasi bo'lgan xunarmandchilik rivojiga zamin yaratdi.

Loydan ishlangan va olovda pishirilgan idishlar yasash soxasi-kulolchilik, tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i-to'quvchilik xunarmandchiligi neolit davrining muxim kashfiyot va ixtirolaridir.

O'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida axoli miloddan avvalgi 6-5 mingyilliklar boshlarida ziroatchilikka o'tgan bo'lsa, markaziy va shimoliy o'lkalarida ovchilik va baliqchilik davom etaverdi.

Ishlab chiqaruvchi xo'jalik - ancha vaqt urug'ni oziq ovqat bilan taminlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. Ziroatchilik termachilikdan boshlangan, chorvachilik esa ovchilik qilish va xayvonlarni qo'lga o'rgatishdan kelib chiqqan.

4-§ Enolit va bronza asri ziroatchilari.

Neolit davri oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo'idilar: birinchi metall-misdan foydalanishga, undan mexnat qurollari va qurol-yaroqlar yasashga o'tildi.

Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilish davri eneolit-mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr miloddan avvalgi 4-3 mingyillikning o'rtalariga to'g'ri keladi.

Tosh qurollarga nisbatan afzalliklariga qaramasdan, mis qurollar-unchalik keng tarqalmadi. Odamlar misni qalayi, qo'rg'oshin yoki rux bilan qo'shib, bronza olishni o'rganganlaridan keyin metall toshlarni siqib chiqara boshladi. So'ngra misga nisbatan mustaxkam sunьiy metall keng tarqaldi.

Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va maьnaviy madaniyatiga katta taьsir ko'rsatdi. Mil. avv. 4 mingyillikda qadimgi SHarqda ilk shaxarlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O'rta Osiyo janubida sug'orma dexqonchilik vujudga keldi, xom g'ishtdan ko'p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar xayvonlar, qushlar va o'simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo'idi.

Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi 3 mingyillik o'rtalaridan boshlab asta-sekin mexnat qurollari, qurol-yaroo'lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanib qoldi.

Bronza mexnat qurollariga ega bo'lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo'lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida ortiqcha qishloq xo'jalik maxsulotlari vujudga keldi. CHorvachilik asta-sekin dexqonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Odamlar termachilik va ovchilikdan dexqonchilik va chorvachilikka o'tdilar.

Ayol kishi urug'ni oziq-ovqat bilan taminlashda yetakchilik qilar ekan, matriarxat davom etib keldi. Yer xaydab ziroatchilik qilish, chorvachilik, xunarmandchilikning vujudga kelishi bilan urug'ni yetarli maxsulotlar bilan taьminlash erkaklar qo'liga o'tdi. Ayollar uy xo'jaligi xususida g'amxo'rlik qila boshladilar. endi urug'chilik oilasida erkaklar muxim o'rin tuta boshladi. Oila qurishda ayol erkak kishi oilasi urug'i ixtiyoriga o'tadi. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo'ladi. Mil.avv. 3 mingyillikka kelib, patriarxat davri boshlandi. Ota urug'iga o'tilishi patriarxal oila shakllanishi bilan barobar kechdi. Bunday oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan edi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling