Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Maxalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug'i o'zg.a yurtlarga xam tarqalgan edi.shaxxarlarda savdo-sotiq rivojlangan. Xorazmliklar moxir quruvchi, xunarmand va dexqon bo'lganar. ,SHunday qilib, miloddan avvalgi 9-8 asrlarda O'zbekiston xududida ilk temir asriga o'tish boshlangan.Miloddan avvalgi 7-6 asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo'lgan. SHaxarlarda xunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatilgan.Qadimgi davrda O'zbekiston xududida davlatchilik taraqqiyoti maxaIliy axolining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi 22-§§. Zardushtiylik Miloddan avvalgi 1 mingyilliklar O'rta Osiyoda zardushtlik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din xali odamlar tabiatni iloxiylashttirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig'inishgan,ularni muqaddas xisoblashgan. Zardushtlyllk so'zi xam Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Bu mil. avv. 1 mingyilikning birinchi yarmida yashab o'tgan tarixiy shaxs. . Keyinroq Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi"Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron".-yulduz so'zidan), negaki Yunonistonda uni birinchiь galda donishmand, yulduzshunos, muanajjim sifatlda billshar edi. Zardushtning ismidan kelib chlqqan .xolda uning taьlimoti xam zardushtiylik dini deb yuntlla boshladi. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar xam, odamlar duo matnlarini o'rganishi uchun xam maxsus kitoblar xam bo'lmaganDiniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o'choq olovi atrofida o'tkazilgan. Miloddan avvalgi 1 mingyillik boshlarida turli qabilalarni istilochilar bilan kurashda birlashtirish zaruryati tug'ildi. Zardusht o'z vaьzlarida birlikka chorlagan ed!. Zardushtning so'nggi vaьzlari din xizmatchilari bo'lmish koxinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik koxinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o'qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o'tgach, barcha diniy marosimlar, madxiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo'lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" bo'lib, "qatьiy belgilangan qonun-qoidalar" degan maьnoni anglatadi. Zardushtiylikning zo'rextiromga sazovor sazovor xudolari Axuramazda, Mitra va Anaxitadir. Axuramazda zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy xudosi xisoblanadi. Mitra-Quyosh va yorug'lik xudosi, dexqonlar va chorvadorlarning xosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi xomiysidir. Mitra Axuramazda va odamlar o'rtasida bosh vositachi bo'lgan. Mitra o'spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan. O'tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o'lim xudosi bo'lmish Axriman bilan jang qiladi. Yomg'irdan keyin xosil bo'ladigan kamalak Mitraning o'q uzayotgan yoyidek egilgandir. Anaxita zardushtiylikda xosildorlik va suv iloxasi xisoblangan. Zardushtiylik dini taьlimoti insoniyatning ezgulik va Yovuzlik xaqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta taьsir ko'rsatdi. Olimlarning izlanishlari tufayli Zardushtiylik bugungi kunda biz zardushtiylarning marosimlarilarning muqaddas kitobi "Aveso" matnlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldik. Fransuz olimi A. Dyuperron ilk marotaba "Avesto"ning aloxida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo'lgan. Zardushtiylik dunyoga kelishi xaqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo'yiga boribdi. Zilol suvda u Axuramazda elchilaridan birining siymosini ko'rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo'l ko'rsatibdi. Zardusht sexrli nur izidan ergashibdi, ko'p o'tmay oliy ilox qarshisiga borib qolibdi. Axuramazda unga Zardushtni xudo Axuramazda va uning ezgu amallari xaqidagi bilimlarni tarqatish uchun tanlaganini maьlum qilibdi. SHu alfozda Zardusht 30 yoshida yangi diniy taьlimot payg'ambariga aylangan. "Payg'ambar" so'zining o'zi esa "ezgu amallar xaqida mujda beruvchi" maьnosini anglatadi. "Avesto"ning ilk qismi mil. avv.9-8 asrlarda paydo bo'lgan. Zardusht vaьzlari matnlarining xammasi miloddan avvalgi 3 asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar "Avesto" asosini tashkil etgan edi. "Avesto" matnlariga sharx esa "Zand" deb yuritiladi. Zardushtiylik taьlimotiga ko'ra, butun Borliq va bizni qurshab turgan xamma narsa ikki ibtidodan yani ezgullk va Yovuzlikdan tashkil topgan. ezgulik va Yovuzlik o'rtasida doimiy kurash boradi. Masalan, yorug'lik zulmat bilan, xayot o'lim bilan, yaxshilik yomonlik bilan, xaq-xuquq esa xaqsizlik bilan kurashadi. Zardushtiylar umnnrng tub maьnosi ezgu amal, ezgu so'z va ezgu fikrdan iborat bo'lishi lozim. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi xisoblangan. Yovuzlik bilan kurashda ezgulikka yordam berish lozim: yolg'on so'zlamaslik, aldamaslik, vaьdaga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish. Zardushtiylik taьlimotiga ko'ra, inson o'z yo'lini o'zi tanlaydi kimning yonini olish, kimni ximoya qilishni xam o'zi xal qiladi. Olov, tuproq, suv va xavoni zardushtiylar muqaddas xisoblashgan. Ularni Yovuzlikni ifoda etuvchi buyumlar bilan qorishtirib yubormaslik kerak. Er yuzidagi eng qo'rqinchli yovuzlik o'limdir. SHuning uchun xam zardushtiylarda vafot etgan kimsalarni dafn etish borasida aloxida marosim yuzaga kelgan. Inson vafot etganida bu xol unga yovuz ibtido-o'lim ko'chib kirganini anglatadi, yovuzlik bilan ezgulik ramzi bo'imish tuproqni bulg'amaslik kerak. Marxumning jasadini yerga ko'mish xam, olovda kudirish xam, suvga tashlab yuborish xam mumkin emas. SHuning .uchun xam murdani qushlar va xayvonlar yeb ketishi uchun maxsus moslama (qurilma)da qoldirishgan. Yomg'irlar poklagan va oftob qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar-ossuariylar(suyakdonlar)da dafn etishgan. 23-§. Antik tarixning boshlanishi Qadimgi Yunoniston-Bolqon yarimoroli va O'rtaer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi. SHimol tarafidan tashqari Qadimgi Yunonistonni O'rtaer dengizi o'rab turadi. Yunoniston xududining uchdan bir qismini tog'lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog'i Olimpdir. Bu tog' mamlakatning shimoli sharqiy qismida joylashgan. Serunum dalalar faqat vodiylarda bo'lgan. O'rmonlar kam. Tog'lar o't-o'lanlar va butalar bilan qoplangan. Yunonlar uchun nixoyatda qadrli bo'lgan ninabargli o'rmonlar Yunonistonning shimolida va Peloponnesda o'sgan. Butasimon daraxtlardan o'tin sifatida foydalanilgan, ularning po'stlog'i va barglari echkilar va qo'ylarga yemish o'rnida berilgan. Qadim zamonlarda Yunoniston tog'larida to'ng'iz, ayiq, bo'ri va xatto arslon yashar edi. Yunonlar qadim o'tgan zamonlarda dexqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishgan Dexqonchilik mexnat quroli esa omoch edi. Qo'y echkilarni boqib ko'paytirishgan. O'q-yoydan qurol sifatida foydalanishgan. Miloddan avvalgi 2 mingyillikda ilk shaxar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Knoss, Miken, Tirinf, Pilos. Mil. avv. 2 mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo'lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo'idi. Ko'p· o'tmay qayta tiklangan. Mil. avv. 1450 yillarda qitьadagi Yunoniston xududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim axolisini axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo'lishini nixoyasiga yetkazdilar. Mil. avv. 1200 yilda doriylar janubiy Yunonistonga bostirib kirdilar, Miken davlatini yakson qilib, Sparta davlatiga asos soldilar. Egey dengizidagi ko'p sonli katta-kichik orollar qulay dengiz qirg'oqlari va qo'ltig'lari yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo'imagan, kichkina eshkakli qayiqlarda esa soxildan yiroqqa suzib borish ancha xatarli edi. Bundan tashqari, yunonlarda xali kompas bo'lmagan, adashib qolishdan xavfsirab, ular ko'z ilg'aydigan qisqa masofalarga-oroldan orolga yoki soxil yaqinida suzishardi. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib olis sayoxatlarga-Misrga xamda O'rtaer va Qora dengiz soxillaridagi shaxarlarga suzib borishgan. Odamlar yashaydigan xududlarni yunonlar Oykumena deb atashgan. 24-25-§§. Qadimgi Yunoniston ravnaqi. Miloddan avvalgi 9-7 asrlarda dexqonchilik va xunarmandchilik rivoj topishi bilan manzllgoxlar va shaxarlar soni xam ortib boradi. Yunon shaxarlarining ko'pchiligi bir qancha manzigoxlar birlashishi. yo'li bilan tashkil topadi. Bunday shaxarlar va ularning tevaragida joylashgan qishloqlar. shaxar-davlatlarni vujudga keltiradi. Alina va Sparta davlatlari eng yiriklari bo'lgan. ьььPolisьь deb atalgan barcha shaxar-davlatlar o'z armiyaslga ega bo'lgan (yunoncha "polis" so'zi "shaxar". maьnosini anglatadi). Polislar bir-birlari bilan tez-tez. jang qilib turar, shuning uchun xam askarlarga talim-tarbiya. berish va durust qurollantirishga intilar edi.armiyaning asosini og'ir qurollangan askarlar goplitIar tashkil etgan. Ular to'rtburchak shaklini yuzaga keltlruvchi, bir-biriga zich joylashgan qatorlar bilan jang qilishgan. Jangovar safga shu tariqa tizilish esa falanga deb atalgan. Mabodo oldinda borayotgan goplit o'ldirilsa, uning ortida turgan jangchi xalok bo'lgan askar o'rnini egallagan. Askarlar qilichlar va nayzalar bilan qurollangan, ularni bronza va teridan yasalgan ko'krak sovuti va teri qoplangan yog'ochdan yasalgan qalqon ximoya qilar edi..Boshni esa bronzadan yasalgan qattiq dubulg'a muxofaza qilgan.O'rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog'lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil.avv.2 mingyillikda Attikaning g'arbiy qismida yunonlar Akropol, yaьni "Yuqori shaxar" deb. atalgan qalьa quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko'chib kelib o'rnasha boshladilar, shu tariqa Afina shaxri dunyoga keldi. Attika axolisi 3 katta guruxga bo'lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo'la olar edi. Afina davlati fuqarosi bo'lish nafaqat faxrli, qolaversa foydali edi, negaki miloddan avvalgi 5 asrdan boshlab davlat orginlarida ishlashga muayyan xaq to'lana boshladi. Faqat fuqarolar barcha xuquqlardan foydalanardilar. Fuqarolar shuningdek og'ir mexnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar. Forslar ustidan g'alaba qozonilganidan keyin quldorlar qullar xayotini qadrlamay qo'yishdi, chunki ular shu qadar ko'payib ketganki, arzimas pulga sotilar edi. Kumush konlari maxsuloti va tuz qazib olish Afina davlatiga katta daromad keltirar edi. Bundan tashqari Afina dengiz ittifoqi mustaxkamlanishi bilan dengiz savdosi xam rivoj topdi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargoxidan mamlakatga minglab qullar va xilma-xil tovarlar keltirilar edi. Afina dengiz ittifoqi g'aznasi Afina shaxrida joylashgan, shaxar xukmdorlari undan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanar edi. Afinada davlat maktablari bo'lmagan Ota-onalar o'z bolalarini o'qitish uchun pedagokka xaq to'lashar edi (yunonchadan pedagog so'zi "bolani yo'lda kuzatib boruvchi" maьnosini anglatadi).Qonun bo'yicha faqat o'g'il bolalar uchun talim olish majburiy edi. Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va xisob o'rgatilgan. Metall tayoqcha-stil bilan mum surkalgan taxtachalarga xarflarni yozishardi. Aksariyat fuqarolar uchun taьlim shundangina iborat edi. Puldor ota-onalarning farzandlari esa palestrlarda taxsilni davom ettirishardi. Palestrda adabiyot o'qitilar, sheьr yozish va musiqa o'rgatilar edi. O'g'il bolalar 14 yoshdan gimnastika bilan shug'ullanardilar. Ayni maxalda ularga kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash xamda yugurish xam o'rgatilardi. O'spirinlar, shuningdek, mushtlashuv janglari, xarbiy ishlar va otda salt yurishni o'rganishgan. Palestrlarda mashxur xaykaltaroshlar ishlagan xaykallar turgan. Masalan, palestrlardan birida Mironning "Diskobol" (Disk uloqtiruvchi) va Polikletning "Nayzabardor" degan xaykallari o'rnatilgan. Xaykal vositasida yigit kishi qanday bo'lishi kuchli, jismonan barkamol va o'z vatani ximoyasiga shay turishi kerakligi uqtirilgan. Afinada oliy maьlumot beradigan o'quv yurtlari xam bo'lgan. Ammo, ularda faqat o'ta boy ota-onalarning farzandlarigina o'qish imkoniyatiga ega bo'lishgan. Sunday taьlim muassasalarida astronomiya, geometriya, geografiya, tarix o'qitilardi. Taьlim olish muddati 3-4 yil davom etgan. Ana shundan keyin davlat ishlarida maьlum bir lavozimni egallash imkoniyati vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 12 asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika)xududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular maxalliy qabilalarni bo'ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan maxalliy axoli illotlar xam aslida yunonlar bo'lib, ular bilan bir tilda so'zlashar edi. " Miloddan avvalgi 8-7 asrlarda qullar soni uncha ko'p bo'lmagan Afinadan farqli o'laroq Spartada qulga aylantirilgan axoli ko'pchilikni tashkil etar, ular xam spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. SHunday sharoitda o'z xukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin bo'lgan. SHuning uchun xam spartaliklar o'z davlatida aloxida shart-sharoitlar yaratdilar: jumladan, xamma amal qilishi lozim bo'gan qatьiy intizom, aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi xamda engilganlarga qarshi shafqatsiz bo'lish. Sparta urushga tayyorgarlik ko'rayotgan bir shaxarga o'xshab qolgan. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, sanьat asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari xam yo'q edi. Xamma uylar bir-biriga o'xshash edi. Spartada faylasuflar xam, rassomlar xam, olimlar xam yo'q edi lIotlar mamlakat bo'ylab joylashgan kichik-kichik qishloqlarda yashar edilar. Ular aloxida spartaliklarni emas, balki butun boshli davlatning mulki xisoblanardilar. Ilotlar aloxida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar, chorvani boqar va boshqa ko'plab majburiyatlarni bajarar edilar. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dexqonchilik bilan xam, chorvachilik bilan xam shug'ullanmas, qurolni xech qachon qo'ldan qo'ymasdilar. lIotlardan tashqari, Spartada to'la-to'kis xuquqlarga ega bo'lmagan fuqarolar-perieklar xam yashardi. Ular shaxsan ozod kishilar bo'lsa-da, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar. Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Boshidan mustaqillikka o'rgatish maqsadida ularni deyarli boqishmasdi. Bolalar o'zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o'g'rilik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi. Sparta maktablarida bolalarni xarbiy ishlarga o'rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Spartalik ayollarni xam jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan .Qadimgi Yunonistonda zodagonlar qarzdor bo'lib qolgan o'z yer va mulkiga ega bo'imagan ko'plab kishilar, shuningdek, boshpanasiz, yunon va och odamlar paydo bo'la boshladi. Ulardan. ko'pchiligi vatanni tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko'rishga majbur bo'igan edi. Yunon savdogarlari kemalarda dengiz ortidagi ь o'ikalarga tez-tez borib turardilar. Ular O'rtaer dengizi soxillarida egasiz yotgan serunum yerlar xaqida zavq-shavq bilan xikoya qilib berardilar. Kasodga uchragan dexqonlar safarga chiqishga xozirlana boshlaydilar. Boy quldorlar ketayotganlarga yordam berdilar. Ketayotganlar yo'lga dudlama baliq, un, zaytun yog'i, mexnat qurollari va zaxira yelkanlar olishgan. SHuningdek, dengiz yo'llarini yaxshi biladigan va ko'chib ketayotganlar boradigan joylarda bo'lib qaytgan yo'l ko'rsatuvchi xam ajratildi. Jo'nab ketish oldidan yunonlar xudolarga qurbonliklar bag'ishlashgan. O'zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to'qilgan vatchalarda olov xam olishgan edi. Olov ayni maxalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi edi. Yunonistondan ko'chib kelganlar Sitsiliya oroli soxili va Apenin tashkil janubiga o'rnashdilar. Ularning manzilgoxlari O'rtaer va Qora dengiz bo'ylarida xam vujudga keldi. Yunonlarning manzilgoxlari sekin-asta shaxar davlatlarga aylana bordi. Ular o'z xarbiy kuchlarini tashkil qildilar va o'z qonunlarini chiqardilar. Ularda savdo-sotiq va xunarmandchilik rivojlandi. Deyarli barcha koloniyalar mustaqil quldorlik davlati bo'lgan. Ularning axolisi Yunoniston shaxarlari-polislari bilan doimiy aloqada bo'lgan. Yunonlar o'zini yagona xalq-ellinlar deya xis etishar, o'z vatanini esa ellada deya atashar edi. Yunonlar o'zlarini "varvarlar"ga qarshi qo'yishardi, ular o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni shunday nom bilan atashardi. Ommaviy ko'chib joylashish va koloniyalar tashkil etish miloddan avvalgi 8 asrdan to 6 asrlargacha davom etdi. Bu davr tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz soxillarida. Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalarvujudga keldi. O'rtaerdengizi soxillarida yuzdan ziyod yunon koloniyalari tashkil topdi.Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatini boyitdi. Masalan, miloddan avvalgi 8 asrda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta xarfdan iborat bo'igan. Ular orasida unli xarflar paydo bo'idi. Koloniyalar va yunon shaxarlari o'rtasidagi maxsulot ayirboshlash, savdo-sotiq va xunarmandchilik ravnaq topishiga asos yaratdi. elladaga g'alla, metallar va qullar keltirilar edi. Koloniyalarga esa sotish uchun vino, zaytun yog'i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlarni 26-§. Afinada demokratiya Afina shaxrida markaziy maydon bo'lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. SHaxar axolisining ko'pchiligini xunarmandlar va savdogarlar tashkll etar edi. Afina shaxrida barcha erkak fugarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o'z fikr-muloxazalarini bayon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muxokama qilish uchun xar oyda to'rt marta Akropolga yig'ilardilar. Barcha qarorlar ovoz berish yo'li bilan qabul qilingan. Boshqaruvning bu shakli demokratiya deb ataladi, yaьni bu atama "xalq xokimiyati" degan maьnoni anglatadi ("demos" xalq + "kratos"-xokimiyat). Yunonistonning boshqa shaxar laridagi singari Afinada xam axolining bir qismi zodagonlar (aristokratiya) mol-mulk va boylikning deyarli xammasiga egalik qilar, boshqa bir qismi ("xalq" demos) ularning foydasiga ishlashga majbur edi. Aynan shu narsa mamlakat axolisi o'rtasidagi. doimiy kelishmovchilik va nizolar manbayi bo'lgan. Adolat qaror topishini xoxlagan xar ikkala tomon Drakont degan xukmdorga murojaat etishadi. Ular Drakontdan xuquq va majburiyatlar borasida xammani tenglashtiruvchi qonunlar yozishni iltimos qilishadi. Mil.avv.621 yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga "siyox qolib, qon bilan yozilgan" deya taьrif berishgan. Qonunni arzimas darajada buzganlik uchun xam Drakont bitta jazo o'lim jazosi belgilagan. Masalan, Drakont qonunlariga ko'ra, o'zga kishinillg bog'idan olma o'g'irlagan odam qatl etilardi, qarzdorlar esa qullikka maxkum qilinar edi. Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan so'ngra norozi bo'la boshlashgan va qonunchi Drakontni shaxardan xaydab yuborishgan. Xalqning axvoli tobora yomonlashaverdi, shunda odamlar o'z xaq-xuquqlari uchun kurashga bel bog'ladilar. Tayoqlar,gavronlar,cho'kichlar va omoch bilan qurollanib olgan eng qashshoqlar taniqli zodagonlar qo'rg'onchalariga xamla qila boshladilar. O'z yer va jonidan xavotirlangan zodagonlar yon berishga va xalq talablarining bir qismini bajarishga qaror qilishdi. Solon degan aqlli va tajribali zodagon, ayniqsa, xalqqa yon berishning qattiq tarafdori edi. Solon aslzodalarga shunday degan: "Yunonistonning ko'pgina shaxarlarida bo'ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Kambg'allarga qulIar kelib qo'shilmasdan turib, xalq talablannlng blr qismlni bajarish ·kerak" zodagonlar Solonga ishonishdi va Uni Afina xukmdori etib saylashdi. Mil. avv. 594 yilda Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o'zgartirdl. Avvalgl boshqaruv tizimi aristokratiya (aslzoda odamlar xokimiyati)ni Solon demokratiya (xalq xoklmlyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat fuqarolar ishtirok eta olardi. Ayollar va ajnabiylar (ularni meteklar deyishgan) qabul qilinayotgan qonunlar muxokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdllar. Solon isloxotlari dexqonlar qarzlarini va qullikni bekor qilishdan iborat bo'lgan. Zodagonlar xonadonidan bo'lgan Solon aslzodalarni xafa qilshni istamas, faqat xalq qo'zg'olonlari oldini olishga .intllardl.Davlat boshqaruvidagi isloxotlar Xalq majxsi faolyati tlklanishi va nasl-nasabidan qatьi nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko'zda tutar edi. Solon isloxatlaridan keyin Attika axolisi fuqarolar va qullarga ajratlladlgan bo'ldi. erkak jlnsiga mansub barcha erkak fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar.Xalq majlisining katta qismi badavlat bo'lmagan xunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dexqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo'Igan qarorlar qabul qilinar edi. Navbatdagi majlis bo'ladigan kun oldlndan eьlon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt. tayinlanar, negaki mexnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olishmasdi. Qorinni to'yg'azishga yegulik ishlab topish kerak edi. Podsho tomonidan lavozimga tayinlanuvchi amaldorlardan farqli o'laroq Afinada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylanar va majllsga xisobot berishar edi. Mabodo mansabdor shaxs o'z majburiyatlari ijrosini uddalay olmasa Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo'shatar edi. Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, eski qonunlarni bekor qilar, boshqa qarorlar, masalan, yangi Inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag' ajratish to'g'risida qaror qabul qilar edi. Xar yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi kundalik.joriy masalalarni xal qilardi. Uning qarorlari Xalq majlislda tasdlqlanardi. Beshyuzlar kengashiga strateg raxbarlik qilgan. Xalq sudi xam Afinada muxim davlat organi bo'Igan. 30 yoshga to'lgan fuqarolar uning faoliyatida Ishtlrok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o'zini o'zi ximoya qila bilishi yoki chiroyli so'zlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi shart edi. Miloddan avvalgi 443-429 yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl xukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo'ldi mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun xam. "Perikl asri" deb atalgan. Ajoyib yunon yozuvchilari, olimlari va rassomlari Periklning dostlari . bo'lishgan. Perikl tarixchi. Gerodot, xaykaltarosh Fidiy bilan do'st tutingan edl. Perikl katta obro' va nufuzga ega bo'lgan. U xech maxal xalqni o'ziga kerakli qaror qabul qilishga majbur qilmadi, balki Ishontlnsh kuchiga tayanib ish yuritdi. Perikl xech maxal o'zining siyosiy muxoliflari va uning xatti-xarakatlarini tanqid qilgan kishilarni taьqib etmagan Perikl Xalq majlisidagi lavozimlarga ish xaqi to'lashni joriy qildi. endi kambag'al fuqarolar xam davlat ishIari bilan shug'ullana oladlgan bo'ldi. Perikl xukmronligi davrida Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi. Akropoldagi Parfenon-iloxa Afina ibodatxonasi eng mashxur inshoot edi. Forslar tor-mor etilganidan keyin Sparta Afinaning asosiy raqibiga aylandi. SHaxarni xavf-xatardan asrash uchun Perikl Afinadan to Pirey dengiz bandargoxiga mudofaa devorlari qurish to'g'risida buyruq berdi. Periklning faoliyati badavlat shaxarliklarga yoqmasdi, u zodagonlarning xamlalarini qaytarib turishga majbur bo'lar edi. Vaboga chalingan Perikl vafot etganidan keyin u joriy etgan ko'pgina yangiliklar bekor qilindi 27-§ Yunon-fors urushlari Miloddan avvalgi 5 asr boshlarida Yunonistonga forslar taxdid sola boshladi. Doro1 xukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. Forslarning' Yunonistonga xarbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular miloddan avvalgi 490 yildan boshlanib 449 yilga qadar davom etgan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling