Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet6/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Yunonistonning barcha shaxarlarida fors elchilari paydo bo'lishdi, ular: "Bizning xukmdorimiz, buyuk shaxanshox Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha odamlarning birdan bir egasi sizdan yer va suv, talab qilmoqdadir", deb baralla aytishardi. .

Yunonistondagi ayrim shaxarlar axolisi forslarga· qarshilik ko'rsatishning sira iloji yo'q deya xisoblashar, shaxanshox Doro1 ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar. Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka axd qildi. Fors elchilari Afinaga kelganda, shaxar axolisi g'azabdan ularni o'ldirib, qoyadan tashlab yubordilar. elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaxarxanda bilan: "Etarlicha suvni xam, yerni xam quduq tubidan topasiz-da!" deyishgan ekan.

Mil. avv. 6 asr oxirida Fors shoxlari Kichik Osiyodagi yunon shaxar-davlatlarini bosib oldilar. Afina xukmdori yunon polislariga yordam qo'lini cho'zdi. Bundan g'azablangan Doro1 Afinadan shafqatsiz qasos olishga axd qildi. Miloddan avvalgi 490 yilning sentabrida fors xarbiy floti egey dengizini kesib o'tdi va Attika soxilida langar tashladi. Forslarning kemalari beso'naqay va burilishi qiyin edi. Marafon tekisligida o'q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari kemadan tusha boshladilar. Bu tekislik otliq lashkar xarakatlani shi uchun qulay edi, forslar aynan shu yerda jang olib borishga qaror qilishdi. Yunonlar forslarga qaraganda ancha oz edi, shuning uchun xam fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyalarga o'rnashib oldilar

Yunonlar lashkari forslarni Attlka ichkarisiga bordigan yo'llardan to'sib qo'ydi; Ammo. ochiq janga.kirishdan cho'chir edilar. Bir xafta o'tdi. Forslar ayyorllk qilishdi Tunda ular otliq qo'shinlarni kemalarga yukladiIar, Attikani aylanib o'tib, kutilmagan zarba bilan Afinani bosib olishga qaror qildllar. Yunon qo'shlnlariga sarkardalik qilgan Miltiad ertalab bo'lib o'tgan. voqea dan xabar topganidan so'ng Marafon tekligida qolan fors qo'shinlarini tor-mor qilishga axd qildi. Yunon piyoda jangchilari falanga bo'lib safga tizildilar. Forslar uning o'rtasini yorib o'tdilar. Biroq yunon falangalarining ikkala chekkasida joylashga.kuchli otryadlar forslarni tumtaraqay qochishga majbur qlldl.

Ayni maxalda yunonlar tekislikda qolgan fors qo'shinlarining orqasidan ichkariga klnb bordllar. Asir tushishdan cho'chigan forslar o'z kemalariga. qarab chekinishga tutindilar. Yunonlar xal qlluvchl jangda forslarning yettita kemasini egallab oldliar. Forslarnlng qolgan qo'shinlarini esa tor-mor etdilar yoki asirga oldilar. Yunonlar g'alaba nashidasini surar edilar.

Miltiadning buyrug'iga ko'ra bir jangchi forslar ustidan qozonilgan g'alaba xaqida xabarni yetkazish uchun Afina shaxriga qarab yugurdi. Naq 42 kilometr yo'lni bosib o'tgan jangchi "g'alaba! g'alaba!" deya xayqirdi-da, nafasi yetmasdan o'lar xolatda yiqilib tushdi. Keyinchalik olis masofaga yugurish Marafon· yugurishi deb atala boshlandi.

Yangi urushga tayyorgarlik ketayotganda Doro1 vafot etdi. qo'shinlarni Yunonistonga uning o'g'li Kserks boshlab keldi.

Forslar qo'shinlari turli-tuman qabilalardan tashkil topgan, qurol-aslaxa va jang qilish usullari bir xil emasdi.

Kserks qo'shinlari Gellespont bo'g'oziga yetib keldi. Podsho buyrug'i bilan bir kilometrdan uzun ko'prik qurildi. Yunoniston sarxadiga kechib o'tgan Kserks lashkari shimoliy Yunonistonni bosib ola boshladi.Tog'lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo'l edi. Yunonlar o'sha joyda pistirma qo'yishga qaror qilishdi, . ammo forslarga tog'lar orqali yollni ko'rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Yunonlar qo'shinlariga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. U 300 spartalikdan boshqa barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan. Sparta qonunlariga ko'ra, spartalik askarlar jang maydonidan chekinishi mumkin emas edi. Ularning barchasi qaxramonlarcha xalok bo'ldi. Ushbu voqea "300 spartaliklar jasorati", deb tarixda mashxur bo'idi. Kserks qo'shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi. Femistoklning maslaxati bilan yunonlar 200 ta xarbiy kema triera qurishdi. Bu xarbiy kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o'tar, o'sha davr uchun katta tezlikda-soatga 18 kllometr tezlikda suza olar edi

Xal qiluvchi dengiz jangi miloddan avvalgl 480 yilda tor Salamin bo'g'ozida bo'lib o'tdi. Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning xarbiy fotldan kuchliedi.Engilganidan keyin Kserks flotnlng qoldlqlariblIanYunonistonni.tark etishga majbur bo'ldi.

Miloddan avvalgi 479 yilda forslar tag'in Afinani bosib olishga urinib ko'radilar. Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya shaxn yaqlnlda. fors qo'shinlarini tormor etdi. Bu yunon-fors urushlandagl yirik jang edi. Fors shoxi bilan tuzllgan shartnomaga muvofiq u Old Osiyodagi barcha yunon polislari mustaqilligini eьtirof etdi, yunonlarga qarshi xarbiy xarakat olib bormaslikka vaьda beredi.

SHunday qilib, yunon shaxarlari ko'pchiliglnlng birligi va ozodlik uchun jang qilgan yunonlarning qaxramonligi nixoyatda kuchli raqlb ustldan g'alaba qozonishga imkon berdi. 40 yildan. ko'proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarnlng to'liq g'alabasl bilan yakunlandi.

28-§. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi

Yunonlar bir-birlari bilan urushayotgan maxalda Makedoniya podshosi Filipp 2 elladani bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi va qo'shin yig'di. Uning qo'shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgan edi. Piyoda qo'shinlari 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muxofaza etardi. Jang maxalida butun falanga zirxlangan temir maxluqotga o'xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar ximoya qilardilar.

Yunonlar Filipp 2 tartib o'rnatadi va polislar o'rtasida tinchlikni barqarorlashtiradi deb umid qilar edi. Faqat mashxur notiq Demosfen ellada shaxarlarini kezib, ularning axolisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga daьvat etadi. Ammo faqat Fiva shaxri axolisi Filipp 2 qo'shinlariga qarshi Afina shaxarlari ittifoqiga qo'shiladi, xolos.

Demosfen Filipp 2 ni istilochi sifatida baxolqshni davom etteradi va yunon davlatlari boshliqlarini dushmanga qarshi kurashish uchun xamjixat bo'lishga daьvat qiladi. Demosfen yunon shaxar-davlatlari xukmdorlarining bir qismini ishontirish va ko'ndirishga erishadi ular bir ittifoqqa uyushadilar. Qattiq qarshilik ko'rsatilishiga qaramasdan, Filipp 2 yunon shaxarlarini birma-bir zabt eta boshladi. Miloddan avvalgi 338 yil 2-avgustda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroneya shaxri yaqinidagi Beotiyada to'qnashadilar. Qo'shinlar son jixatdan teng edi. Ammo yunonlar qarshisida Makedoniyaning erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi xarbiy taьlim ko'rgan lashkarlari turar edi. Yunonlarning qo'shinlari esa maьlum xaq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlar va fuqarolarning durust xarbiy taьlim ko'rmagan jangchilaridan iborat edi. Qattiq jang uzoq davom etadi. Xarbiy xiyla qo'llagan yunonlar ustunlikni qo'lga oladilar. Makedonlar chekina boshlaydilar. G'alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo'shinlari shunda ikki bo'lakka ajraladi. Ana shu bo'laklardan biriga Filipp 2 ning o'g'li Aleksandr qo'mondonlik qilayotgan suvoriy qo'shinlar qaqshatqich zarba beradi. Yunon qo'shinlarining boshqa bir bo'lagi chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. Jangda yunonlarning aksariyati xalok bo'lgan edi. "Xeroneya yonidagi jangda,-deb yozadi o'sha zamonda yashagan muallif, xalok bo'lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi va erki xam dafn etilgan edi". Mag'lubiyat oqibatida Yunoniston Makedoniyaga qaram bo'lib qoldi.

Yunonlar ozodligi Xeroneya ostonasidagi xalok bo'lganlar bilan birgalikda dafn qilindi deganedi Demosfen. Bu mag'lubiyatdan keyin Yunoniston axolisi o'z qismatini qo'rquv og'ushida kutib turar edi. Biroq Filipp 2 o'zini yunonlar podshosi deb eьlon qilmaydi. Filipp 2 yunonlar bilan forslarga qarshi ittifoq tuzadi. U o'zini birlashgan qo'shinlar bosh qo'mondoni deb eьlon qiladi. Yunon shaxarlariga esa Filipp 2 ozod ekanliklarini va o'z davlatining keyingi taqdiri xususida bir-birlari bilan shartnoma tuzishlari lozim ekanligi eьlon qiladi.

Miloddan avvalgi 337 yilda Spartadan tashqari barcha yunon shaxar-davlatlarining vakillari Korinfga yig'ildilar va Makedoniya xokimiyati ostida yunnon davlatlari ittifoqini tuzdilar. Ular murosada tinch-totuv yashash, o'zaro urushlar olib bormaslik va bir-birini ichki ishlariga aralashmaslik to'g'risida shartlashadilar Barcha ixtiloflarni Yunon shaxar-davlatlari kengashi xal etishi lozimligi nazarda tutilgan edi.

Fors davlatini bosib olishi rejalashtirilgan qo'shinlar asosini Yunoniston lashkari tashkil etishi lozim edi. Filipp 2 xatto yunonlarni qanoatlantiradigan urush uchun baxona xam o'ylab topadi: yunon-fors urushlar. davrida yetkazilgan zarar uchun qasos olish va shox"Kserks eronga olib ketgan yunon xudolari xaykallarini asirlikdan qutqarish

Biroq Fillip 2 forslarga qarshi salb yurishini amalga oshira olmadi. U miloddan avvalgi 336 yilda o'z saroy aьyonlari tomonidan xoinlarcha o'ldirildi. Uning o'g'li Makedoniyalik Aleksandr xukmdor bo'ldi.

29-30-§§. Qadimgi Yunoniston madaniyati

Bolalikdan yunonlar miyasiga jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to'g'risidagi dunyoqarash singdirilar edi Maktablar faol fuqarolar, davlat ximoyachilarini. tarbiylashi lozim edi Sport rivojlantirilishi va Olimpiya .o'yinlariga yalpi qiziqish xam shunga xizmat qilar edi. Bolalikdan o'g'il bolalarga sheьriyat va musiqaga muxabbatxissi singdirilardi

Arslonni enggan Gerakl xaykliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon xaykaltaroshl Geraklni barvasta paxlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan baxaybat arslon esa Geraklning. yelkasidan xam kelmaydi. Ammo nega Gerakl ,libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy sanatining o'ziga xos jixatlaridan biridir. Xaykaltarosh nazarida Geraklnlng kuch-qudratini ko'rsatish muxim edi. Bordiyu usta xaykaltarosh baxodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni engayotgan mushak va changallaridagi kuchni ko'rmagan, qudratli, mashq ko'rgan tanasl go'zalligini xis etmagan bo'lardik. Umumiy taьlimdan tashqari o'g'il .boIalar ikki yillik xarbiy taьlimni xan:, o'tashgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo'lishni o'rganishardi. Ikkinchi yil esa ayrimlari Attika chegara qaqalalarida xarbiy xizmatni o'tasa, boshqalari Pirey portida denglzchilik sanьati asoslarini o'rganishar edi.

Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to'lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog'lari va xarbiy kiyim-kechaklari, bilan ko'rikka yetib kelishi shart bo'lgan. So'ngra esa o'z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan.Vatanga muxabbat xar bir fuqaroning fidoiyligi va jasorati xisoblangan.

Yunonlarga yuksak vatanparvarlik xissi xos bo'lgan. Vatan ximoyasi yo'lida xalok bo'iganiar qaxramonlar deb eьlon qilinar edi. Qaxramonlar dafn etilgan joylarda qurbonliklar bag'ishlangan.

Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg'ulot bo'lgan edi. Miloddan avvalgi 776 yilda ilk bor o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari turli-tuman· sport musobaqalari orasida eng asosiysi xisoblangan. Ana shu sanadan boshlab xar to'rt yilda bir marta Olimp tog'ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to'rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo'lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o'yinlar o'tkazilayotgan paytda urushlar to'xtatilar edi.

Yunonistondagi Olimpiya o'yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag'ishlab o'tkazilgan. Afsonalarga ko'ra olimpiada o'yinlari asoschisi Gerakl xisoblangan. Olimpiya o'yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, shaьniga dog' tushirmagan ozod yunon ishtirok etishga xaqli edi. Musobaqalarda uch karra g'alaba qozongan sportchi Olimp tog'ida o'z xaykalini o'rnattirishga xaqli bo'lgan. Yunonlar yil xisobini xam Olimpiya o'yinlariga qarab yuritganlar.

G'oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to'qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiya o'yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar o'yinlar paytida xatto Olimp tog'i yaqiniga xam kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo'yicha aloxida musobaqalar o'tkazilar edi.

394 yilda ustma-ust sodir bo'lgan zilzila oqibatida Olimpiya vayron bo'lib ketgani sababli qadimgi Olimpiya o'yinlari xam o'tkazilmasdan qoldi. Nixoyat, 1896 yilda Olimpiya o'yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o'yinlari ochiladigan kunda qadimgi mashьala yoqish odati xozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mashьala Olimpiya musobaqalari o'tkaziladigan joyga keltiriladi.

o Miloddan avvalgi 1200 yillarda yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan.Ular mo'l-ko'l o'lja ilinjida urush boshlashgan. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni xam bayon qiladi. eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Soxibjamol Yelena edi. Troya podshosi o'g'li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Soxibjamol Yelenani Troyaga o'g'irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga axd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar 9 yil Troyani bexudaga qamal qiladilar.

"Iliada" degan mashxur yunon dostoni ana shu urushning oxirgi 10 yili . xaqida xikoya qiladi. Odisseyning maslaxati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo'm-bo'sh ulkan yog'och ot yasashadi. Ana shu yog'och ot ichiga yunon qo'shinlarining bir qismi yashiringan, qo'shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o'rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to'xtatishdi va Troya xomiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg'a qilishdi, degan to'xtamga keldilar va yo'g'och otni shaxarga olib kirdilar.

Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochdilar, Troya bosib olindi. Xozirgi tillarda "Troya oti" iborasi xosiyatsiz sovg'a-salom maьnosini anglatadi.

"lIiada" dostonining bosh qaxramoni Axillesdir. O'g'lining mangu barxayot bo'lishini istagan ona chaqalog'ini Stiks daryosiga botirib oladi. Ayni maxalda Axillesning onasi ushlagan tovoniga suv tegmasdan qoladi. Janglardan birida Axilles tovoniga tekkan o'qdan xalok bo'lgan. O'sha kezlardan beri "Axilles tovoni" iborasi nozik joyni anglatadi.

Qadimgi yunon shoiri Gomer "Iliada" va "Odisseya" poemalari muallifi xisoblanadi. Uning xayoti xaqida deyarli xech narsa saqlanib qolmagan. Afsonalarda yo'zilishicha u so'qir bo'lib yurtma-yurt kezib cholg'u asbobi jo'rligida o'z sheьrlarini kuylagan.

Troya urushi nixoyasiga yetdi. Yunonlar Troyani taladilar va mo'l-ko'l o'ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo'lishdi. Ular egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo'llardan o'tishlari kerak edi. Ammo eng ko'p mashaqqat va sarguzashtlar Odissey va uning xamroxlari chekiga tushadi. Odissey nixoyat jonajon Itaka o'lkasiga yetib kelguniga qadar dengiz va begona yurtlarda sarson bo'ladi.

19 asrning oxirida nemis olimi Genrix SHlimann Gomer xikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni xisoblab chiqdi. 1870 yilda olim Turkiyadagi Xisorlik tepaligi xarobalari xududida qazishma ishlarini boshlab yubordi, chindan xam Troya qoldiqlarini topdi.

Mabodo xozirgi olimlar ixtiyorida "Iliada" va "Odisseya" dostonlari bo'lmaganida biz bundan 3000 yil muqaddam yashagan yunonlar xayoti xaqida deyarli xech narsani bilmagan bo'lar edik.

Bundan 2.5 yil muqaddam teatr dunyoga keldi. "Teatr" so'zini yunonchadan tarjima qilganda "tomoshalar uchun joy", "tomoshaxona" degan maьnolarni anglatadi. Qadimgi yunon teatrlari maydoni o'lchamlari kattaligi bilan ajralib turgan. Afina teatri 17 ming tomoshablnga mo'jjallangan edi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. erta tongdan boshlagan tomoshalar kun bo'yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha pesalar namoyish etilar edi.

Teatrga kirish uchun arzimas tomosha xaqi yig'ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi. Oldingi qatorlardagi o'rinlar tekin bo'lib, koxinlar, strateglar, davlatga maxim xizmatlar qilgan fuqarolar kabi faxrli tomoshabinlarga mo jjallangan edi.

O'zaro kurash namoyishetilgan, odatda qatnashuvchi kishilar xalok bo'lishi bilan tugaydigan pesalar tragediya deyilgan. "SHox edip" va "Antigona" singari eng mashxur tragediyalarni Sofokl yozgan edi.

Ajoyib qochiriqlar, quvnoq saxnalar, nozik yumorga boy komediyalar esa inson nuqsonlari ustidan kuladi Aristofan komediyalar ustasi edi. "Arilar","Qushlar","Baqalar" degan mashxur komediyalarni ana shu muallif yozgan.

Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar va maqbaralar, balki xamma odamlar foydalanadigan jamoat binolari xam barpo etishgan. Xaykallar va boshqa xaykaltaroshlik asarlari faqat saoroy aьyonlari uylarini bezamasdan, ayni maxalda shaxar maydonlari, ibodatxonalar, xammaga ochlq tomoshabog'lar va stadionlarni xam bezab turar edi.

Miloddan avvalgi 7 asrdan boshlab ibodotxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etila boshladi, ayni paytda xususiy uylar g'ishtdan va paxsadan qurilar edi. Ustunlar jamoat binolari va ibodatxonalarning aloxida bezagi va ko'rki edi. Ustunlar metall o'qlar yordamida bir-biriga mustaxkamlangan bir necha tosh bo'laklaridan yasalgan.

Qadimgi Misr xaykallarida firьavnlar tasvirlangan bo'lsa, Yunoniston sanьatkor xaykaltaroshlari o'z zamondoshlari xaykallarini yasashgan. Ular xaykallarda epchillik, kuch-qudrat, salomatlik va go'zallik singari xar bir fuqaroni tarbiyalashda zarur bo'lgan fazilatlarni aloxida bo'rttirib ko'rsatishga xarakat qilishgan. SHu narsa ayniqsa, Mironning "Disk uloqtiruvchi" degan xaykaltaroshlik asarida yorqin ifoda etilgan. Yunon xaykaltaroshlari qaxramonlar, Olimpiada o'yinlari g'oliblari yoki jangda zafar quchganlar sharafiga xaykallar tiklashgan. Xaykallar shu qadar ko'p ediki, tarixchilar Afinada tirik odamlarga qaraganda jonsiz xaykallar ko'proq deb yozishgan.

Eng buyuk yunon xaykaltaroshlaridan biri Fidiy edi. U Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan. Uning mashxur asarlaridan biri, Yer yuzidagi yetti mo'jizaning biri·xisoblangan, Olimpiyalik Zevs xaykali bo'lgan. Arxitektor va xaykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashxur Labirint saroyini barpo etgan.

Akropol markazida Parfenon bunyod etildi. Parfenon Yunonistondagi eng aьlo marmar toshlardan qurilgan. Yorug'lik tushishiga qarab u o'z rangini oltin rangidan xavorang yoki kulranggacha o'zgartirib, tuslanib turgan. Baland tepalik Parfenonning poydevori bo'lib xizmat qilgan. Ibodatxona go'yo qoyaga singishib ketib, uning bir qismiga aylanib qolgandek tuyuladi. Ustunlari bilan bino oldiga chiqib turgan peshayvon Parfenonga aloxida ko'rk bag'ishlagan. Peshayvonning yuqori qismi (peshtoqi)da xudolar siymosi tasvirlangan.

31-32-§. Olimlar va mutafakkirlar

Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni donishmandlar, xayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson xayoti maьnosini tushuntirishga xarakat qilib ko'rishgan. Ular o'simliklar, xayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o'rganishgan.

Mashxur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi xamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi "Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas", "Xamma narsa oqadi, xamma narsa o'zgaruvchandir" degan mashxur xikmatlar unga mansubdir.

Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga eьtiroz bildirgan, bizni qurshab turgan xamma narsa ko'zga ko'rinmaydigan mayda-mayda zarralar atomlardan tashkil topgan degan maьnodagi fikrn; bayon etgan edi.

Yunon faylasufi Diogen "Insonda xech qanday extiyojlar bo'imasligi shart degan fikrni o'z taьlimotiga asos qilib oldi. Xayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mumkin?" deb so'raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to'sma!" deya kinoya qilgan ekan.

Miloddan avvalgi 5 asrda yashagan Gerodot "Tarix" deb nomlangan kitob yozgan. Misr, Mesopotamiya va SHimoliy Qora dengizbo'yi koloniyalari bo'ylab sayoxatini nixoyasiga yetkazganda Gerodotni xali Yunonistonda birov tanimas edi. O'z vatandoshlarini "Yunon-fors urushlari to'g'risidagi tarix" asari bilan tanishtirganidan so'ng birdaniga mashxur kishiga aylandi. Tirikligidayoq Gerodotga "tarixning otasi" degan unvon berilgan edi.

Qadimgi yunon olimi Aristotel to'plangan bilimlarni aloxida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida taьriflab berdi. Aristotelni SHarqda "Arastu" deya aytish keyinchalik odatga aylangan.

Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!". ("Topdim, topdim!") qiyqirig'ini takrorlab yurishadi. extimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to'la ishonch bilan Arximed ko'zgular tizimidan foydalanib yorug'likni bitta yo'nalishga jamlagani va yunonlar ustiga xujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani xaqida xikoya qilishgan. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashxur bo'lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o'z o'qidan chiqarib yuboraman!"

Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho'ng'igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shaxri Sirakuzani bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o'tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'l tekkizmagin!" deyishga ulgurgan, xolos: Arximedga nayza sanchilgan.

Afinalik mashxur faylasuf Sokrat (SHarqda ьkeyinchalik "Suqrot" tarzida aytilgan) o'zining dono xikmatlari tufayli shaxarning eng aqlli kishisi deb eьlon qilingan edi. Bunga javoban Suqrot shunday debdi:"Mening donishmandligim xech nimani bilmasligimni bilishimda" .

Suqrot xech maxal o'z asarlarini qog'ozga tushirmagan. Uning g'oyalari Atlantida degan xayoliy (ideal) davlat to'g'risida taьlimotni yaratgan Platon degan tag'in bir yunon faylasufining muloqotlari orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda "Aflotun" sifatida xam bilamiz. Darvoqe, bizgacha Aflotunning mashxur bir xikmati xam yetib kelgan: "Xudo bizning o'zimizdadir!"

Suqrot fuqarolarning axloqiy-maьnaviy tarbiyasiga katta axamiyat bergan. Delfiya ibodatxonasidagi bitik uning sevimli xikmati ekan: "O'z-o'zingni anglagin va bilgin!" Muxoliflari bilan dialoglarida u yaxshilik va yomonlik nima degan masalaga javob berishga xarakatь qilib ko'rgan. Yomon, aldoqchi va shafqatsiz bo'lishga qaraganda yaxshi, xalol, raxmdil bo'lish ancha yaxshiroq, deb uqtirgan faylasuf.

Suqrot, ayniqsa, ochko'zlik va molparastlik singari nuqsonlarni qattiq tanqid qilgan. Bozor bo'ylab, sayr qilib yurganida shunday degan ekan: "Bularsiz, xam kun kechirish mumkin bo'lgan shuncha narsalar borligi xam qandoq yaxshi!" Suqrot dunyoda ezgulik qonunlari mavjudligini, faqat ularni bilish va ularga rioya qilgan xolda yashash kerakligini isbotlagan,

Afinadagi baьzi tartibotlarni qo'rqmasdan tanqid qilgani sababli uni o'limga maxkum etishgan. Suqrotning boshqa bir davlatga qochib ketish imkoniyati bo'lsada, rad etgan. Suqrot tarixda odamiylik, sabr-matonat va jasurlik timsoli bo'lib qolgan.

33-34 §§-Qadimgi Yunon afsonalari

Yunon afsonalari - xudolar va baxodirlar xaqidagi rivoyatlarning qaxromonlari xar xil titanlar (xudolardan tug'ilgan qudratli paxlavonlar), yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar peshanasida bitta ko'zi bo'lgan afsonaviy mavjudotlardir. Afsonalar (yunon tilida "mif") mamlakat tarixidagi qadimgi davr xaqida ko'p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning yaratilishi, Yer yuzida xayot va odamning paydo bo'lishi, qaxramonlar jasorati va dengiz sayoxatlari xaqida xikoya qiladi.

Yunon afsonalari rang-barang va qiziqarlidir. Olam va xudolarning kelib chiqishi xaqidagi afsona xam maroqli. Avvalboshda Yer va Osmon-Geya va Uran bunyod etilgan. Ular Olamni boshqaruvchi titanlarni dunyoga keltirdilar, Olimp tog'ida yashovchi xudolar ularni taxtdan ag'darmaguncha xukmronlik qildilar.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling