Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgilashdi, birinchi bo'lib taqvim tuzishdi, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab, xisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi xozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va saxrolarda yulduzlarga qarab mo'ijal olishgan, yo'lni belgilashgan. Anxorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda, maydon xajmni o'ichash zarur edi, shu tariqa geometriya fani-yer yuzasini o'lchash ilmi dunyoga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik xisoblashni, qolaversakasrlar, maxrajlar va murakkab xisob-kitoblarni xam bilishgan. Matematika fani xam ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklarga tibbiyot fani yaxshi tanish bo'lgan. Mumiyolangan mayitlarni tayyorlay turib, misrliklar odamning ichki tuzilishini xam yaxshi o'rgandilar. Davolash muolajasida ko'katlar damlamasi, mineral suvlar va tuzdan keng foydalanishgan. Misr shaxarlarida tabiblarga taьlim beruvchi maxsus maktablar bo'lgan. Misrda asosiy o'ichov birligi "tirsak" bo'lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo'llar uzunligi turlicha bo'igani sababli "podsho tirsagi" degan yagona o'lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo'lgan. "Podsho tirsagi" butun mamlakat uchun andazaga aylangan. Bundan xam qisqa uzunliklarni o'ichashda kaft yoki barmoqlardan foydalangan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o'lchami bir "tirsak"ni tashkil etgan. Misrda vaqt 24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat suv soatlar yordamida o'lchangan. Bir bo'lmadan ikkinchisiga oqib o'tadigan suvning xajmi bir soat deb xisoblangan. Qadimgi yunonlar matematika, arxitektura, tibbiyot va boshqa soxalardagi ko'plab yutuqlarni misrliklardan o'zlashtirib olishgan. Misrliklar yozuvi shunchalik murakkab ediki, xar kim xam uni o'zlashtira olmasdi. Lekin asosiy yumushi matnlarni yozish va o'qish bo'lgan xatlotlar mexnati tufayli misrliklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan. Ertaklar, afsonalar, asotirlar, xudolar va podsholarga madxiya va qasidalar keng tarqalgan edi. Aksariyat asarlarda real xodisalar to'qima voqealar bilan qorishib ketgan. Odamlar xatli-xarakatiga xudolar aralashadi, ezgulik yovuzlik ustidan g'alaba qozonadi. Masalan, "Ikki aka-uka xaqida ertak", "O'lim shaxzodasi xaqida ertak" , Isida va Osiris xaqida afsona, "Sinuxet xikoyasi" kabi badia asarlar mashxur bo'igan. 12-§. Mesopotamiya sivilizatsiyalari Dajla va Frat daryolari oralig'idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig'i degan maьnoni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko'chib joylashganlar. Tabiiy sharaitiga ko'ra Mesopotamiya Misrni esga soladi daryolarning doimiy toshqini, jazirama xavo, ishlov berish uchun qulay, serunum yerlar, o'rmonlar va botqoqlar esa sira uchramaydi. Qishda surunkali yomg'ir va daryolar toshqini boshlanadi. shu sababli Mesopotamiyada jaxondagi eng qadimiy miflardan biri Yer yuzini butunlay suv bosishi to'g'risidagi To'fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya axli "xayot daraxti" deyishgan. Bir tup daraxt 50 kilogrammgacha xosil bergan. Xurmo mevasidan asalga o'xshash moy siqib olingan. Daraxt poyasi qurilish materiali va o'tin sifatida ishlatilgan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini shuningdek temirchilik ustaxonalarida o'tin o'rnida xam ishlatishgan. Yog'och beradigan o'rmonlar bo'lmagani uchun uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Miloddan avvalgi 4 mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgoxlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni SHumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb atalgan shimoliy qismiga ko'chmanchi chorvadorlar-akkadlar o'rnashdi. Mil. avv. 3 mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya axolisining asosiy mashg'uloti dexqonchilik bo'lgan. Dajla va Frot daryolari xar yilgi toshqinlari maxalida suv bilan birga dalalarga unumdor loyqa oqib kelgan. Mesopotamiyada yog'och, tosh, metall singari xo'jalik uchun zarur materiallar bo'lmagan, ammo don mo'l-ko'l yetishtirilar, chorva mollari tuyog'i ko'p edi. SHuning uchun Mesopotamiya axolisi savdo-sotiq bilan xam shug'ullanardi. Qo'shni Kavkazorti va eron o'lkalaridan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog'ochi keltirilar edi. Mesopotamiyada turli maxsulotlar va xunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog' va kulolchilik buyumlari ayniqsa qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko'rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og'irlik o'lchovi bo'lgan "mino" 550 gramm kumushga barobar edi. Mil. avv. 4 mingyillikda shumerlar eng qadimgi yozuv-mixxatni ixtiro qilishgan. SHumerlar uchi o'tkirlangan tayoqchalar bilan loytaxtalarga yozishgan. SHumerlar qo'li gul quruvchilar va xunarmandlar bo'lishgan. Zargarlik sanьati shumerliklar orasida yuksak darajaga ko'tarildi. Qo'li gul ustalar oltin va kumushdan xar xii zeb-ziynatlar yasashgan. Vaqt o'tishi bilan asta-sekin manzilgoxlar nixoyatda kengayib ketdi, miloddan avvalgi 4 mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaxarlar vujudga kela boshladi. Ular shaxar-davlatlar deb nomlangan, shaxarning o'zi va unga tutash dexqonchilik tumanlaridan iborat bo'lgan. Xar bir shaxarning xukmdori oliy xudoshaxar xomiysi xisoblangan. Xudo nomidan koxinlar xukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi xokimiyat markazi edi. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan muxtasham inshoot ko'rinishida bo'igan. Quyosh xudosi SHamash aloxida extiromga sazovor ilox bo'lgan. SHamash oliy xakam xisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. SHuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi ea, xosildorlik va sevgi, xamda ikki yuzli urush va g'alaba iloxasi Ishtar bo'lgan. SHaxar-davlatlar tepasida xukmdorlar turardi. Mil.avv.3 mingyilliklarda SHumer shaxarlari orasida eng qudratlisi Ur shaxri bo'lgan. Arxeologlar qazib ochgan podsholar maqbarasidan topilgan topilmalar xam Urning kuch-qudratidan dalolat beradi. Bular oltin buyumlar, dabdabali qurol-yarog'lar, kumush idishlardir. Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari xukmdorlar va koxinlar qo'l ostida bo'lgan. Dalalarga qullar va erkin yollanma mexnatchilar ishlov berishgan. SHaxrlar tevaragida istiqomat qiluvchi axoli kichik-kichik yer ulushlariga egalik qilar edi. O'z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida mexnat qilar edilar. Miloddan avvalgi 3 mingyillik o'rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, SHumer va· Akkadning ko'pgina shaxarlari Lagashga qo'shib olindi. SHumer shaxarlari mudofaa devorlari bilan o'rab olingan edi. SHaxarning bosh darvozasidan boshlangan ko'chalar markaziy maydonga, ibodatxona va xukmdor saroyiga borar edi. Qurilish tosh, xom va pishgan g'isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qaxramonlar xaykallari bilan xashamatli bezatilgan edi. Ibodatxonada qazilgan xovuzda baliqlar suzib yurardi, shuningdek, kaptarlar kun kechiradigan bog', xamda turli xayvonlar va qushlar yashaydigan tomoshabog' xam barpo etilgan. Urush paytida shaxar axolisi sardorni saylagan. Bora-bora ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam xukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shaxar-davlatni aslzodalar, koxinlar va xarbiy qo'shinlarga tayangan xolda amaldorlar yordamida idora qilar edi. Mesopotamiyaning eng sevimli qaxramoni Gilgamish Uruk shaxn podshosi bo'lgan. Unlng xayoti keyinchalik ko'plab afsonalarga asos bo'lgan. Afsonada aytilishicha, Gilgamish dunyoga kelgandan keyin, mamlakat xukmdori bo'lmish bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan vaximaga tushib tashvishlangani sababli Gilgamishni jarga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uchib ketayotgan Gilgamishni burgut tutib olib ko'tarib ketadi va bir bog'bonga eltib beradi. Bog'bon Gilgamishni mexr bilan parvarishlab tarbiyalaydi. Balog'atga yetgan Gilgamish bobosidan xokimiyatni tortib oladi, o'zi Uruk shaxrini boshqarishga kirishadi. Gilgamish enkidu degan paxlavon bilan do'st tutinadi. Ikkalasi bir bo'lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar enkiduni jazolaydilar va u o'ladi. Boqiy xayotga erishish uchun Gilgamish dengiz tubida o'sadigan sexrli giyoxni izlab topadi, uni o'z xalqi bilan baxam ko'rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko'ida cho'milib turganida, gulning isini ilon sezib qoladi va mexrigiyoni o'g'irlab ketadi. O'shandan beri, afsonada aytilishicha, ilonlar xar yili po'stini tashlab yasharadi. Gilgamish esa jonajon shaxri devorlari uni ximoya etishini, ezgu ishlari uni umrboqiy qilishini tushunib yetadi. SHaxar-davlatlar bir-birlari bilan tinimsiz urushar edi. Ana shu urushlar natijasida Sargon 1 butun SHumer podshosi bo'ladi. Mil. avv. 3 mingyillikning o'rtalarida u Akkadni o'z xokimiyati ostida birlashtiradi.Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon 1 barcha shaxarlar uchun yagona bo'lgan uzunlik, maydon va og'irlik o'lchovini joriy etadi. Jaxon tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo'lgan, keyin esa Sargon 1 ga ko'plab shaxarlar va mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon 1 Mesopotamiyadan Arabiston, eron va Xindistonga boradigan dengiz savdo yo'llarini egallab oldi. O'z xukmronligining so'ngida Sargon 1 "to'rt iqlim mamlakati podshosi" unvonini oldi. Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon 1 vafotidan keyin bir-biri bilan kurashni davom ettirgan ko'plab shaxar-davlatlarga bo'linib ketdi. Mil. avv. 2 mingyilIikda SHumer-Akkad davlati ko'chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi. 13-§. Bobil podsholigi Miloddan avvalgi 2 mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o'ringa ega bo'lib, Frot va Dajla daryolari o'zanlari deyarli bir-biriga qo'shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kemalarda tovarlari bilan birga suzib kelgan aksariyat savdogarlar bu shaxarga qo'nib o'tishar edi. "Bobil" so'zining o'zi esa "xudolar darvozaslь degan maьnoni anglatadi. Bobil shaxrida ajoyib saroylar, muxtasham ibodatxonalar bo'lgan. Bobilning bosh ko'chasi g'alaba iloxasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil davlatida dexqonchilik, xunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o'zaro urushlar bunga xalaqit beradi. Miloddan avvalgi 18 asrda (mil. avv. 1792-1750 yillar) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi xukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi xukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari xajmi jixatidan, xayotning xar xil tomonlarini qamrab olishi bilan ilgari mavjud bo'igan barcha qonunlardan ustunlik qiladi. Xammurapi qonunlari xamma uchun-badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo'lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaxarlarida o'rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo'yilardi. Xammurapi qonunlari qatьiyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan jarroxlik muolajasi natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning qo'llari kesib tashlanishi shart bo'lgan. Mabodo arxitektor qurgan uy to'satdan qulab, biror kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo'lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o'z oila aьzolarini qarz bergan kishiga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko'zlariga jaroxat yetkazgan bo'lsa, o'zi xam shunday jazolanishi, ko'zlariga jaroxat yetkazilishi shart bo'lgan. Yong'in maxalida o'g'rilik ustida qo'iga tushgan kimsa o'sha zaxoti olovga otilgan. Qulfbuzar o'g'ri esa bundan xam qattiqroq jazoga maxkum etilgan: u o'zganing mulkiga tajovvuz qilgan joyida o'ldirilar, o'sha yerning o'zida ko'mib yuborilar edi. Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo'lmasdan, xudolar xoxish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun xam ularni so'zsiz, og'ishmasdan bajarish talab qilinardi. Qatьiyligi va ayovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyat yaratib berdi, negaki talon-taroj, o'g'rilik va davlat mulkini o'marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli 30 yil davomida qo'shni mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirish uchun tinimsiz urushlar olib boradi. Xammurapi vafotidan kevin tog'lik kassitlar qabilasi shaxarni bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga zamin xozirladi, uzoq davom etgan yemirilish miloddan avvalgi 7 asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Navuxodonosor 2 xukmronligi davrida Bobil o'z ravnaqi cho'qqisiga erishadi. Bu xukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo'shib oladi, Ierusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustaxkam qalьaga aylantiradi. Navuxodonosor 2 turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g'isht ishlatish to'g'risida farmon beradi. U xukmronlik qilgan davrda Bobil shaxrining sakkizta darvozasi bo'lgan, ulardan xar biri mamlakat bosh xudolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloxa Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo'lgan, xayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. Eronliklar lashkari 539 yilda bostirib kiradi.Forslar Bobilni zabt etadilar.Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr xaydab chiqardi. Uning vafotidan so'ngra Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. SHumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o'choqlari edi. Jaxondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo'lmish SHumer mixxati mil. avv. 4 mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval "suv", "quyosh" va boshqa aloxida so'zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo'lgan. Xukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari taьlim oluvchi maktablar tashkil qilingan edi. O'quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog'ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so'ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo'lib, o'quvchilar asotirlar va afsonalarni ko'chirib yozishgan, o'simliklar, qushlar, xayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar, shaxarlar va qishloqlar nomlari xam sanab o'tilgan. SHumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini xam yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. SHumerlik va bobillik koxinlar munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo'lishgan. eng qadimgi rasadxonalar baland, ko'pzinali ibodatxonalar zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mil. avv. 3 mingyillikdayoq Mesopotamiyada turli tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo'yicha dasturilamal tuzilgan edi.Geografiya soxasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo'ylab suzishga imkoniyat bergan.Olam yaratilishi xaqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. 14-§. Old Osiyo davlatlari va ularning qo'shnilari Miloddan avvalgi 2 mingyillikda Old Osiyo xududida o'lkada yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shaxar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan miloddan avvalgi 18 asrda Kichik Osiyo markazida (xozirgi Turkiya xududida) xettlar degan shimollik xalq o'z davlatiga asos soladi. Xattusa shaxri ana shu davlatning poytaxti bo'lgan. Axolining asosiy mashg'uloti dexqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo'shni mamlakatlar bilan doimiy urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va qoq o'rtasiga temir uchlik o'rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaxarlarini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilganlar. Xozirgi Suriya xududida vujudga kelgan qo'shni Mitanni podsholigi xettlarning xavfli raqibiga aylandi. Urushlarda mitanniliklar otliq qo'shindan foydalanishgan, xettlar poytaxti Xattusani bosib olish chog'ida otliq qo'shin xal qiluvchi rol o'ynagan edi. SHunday bo'lsa-da, miloddan avvalgi 14 asr boshlarida Xettlar podsholigi tag'in kuchaya boshladi. Xettlar O'rtaer dengizi bo'ylarini urushib qaytarib oldilar, Mitanni podsholigini zabt etdilar. Faqat Ossuriya taxdidi xavf-xatari ostida xettlar Misr xukmdori bilan sulx tuzishga majbur bo'ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to'xtatishga muyassar bo'ladilar. Miloddan avvalgi 13 asr oxirida tarixda nomlari nomaьlum xalqlar (ularni "dengiz xalqlari" deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Qadim zamonlarda ossuriyalikliar Dajla yuqori oqimidagi kichikroq xududni egallashgan. Avval Oshshur shaxri, keyin .esa Nineviya shaxri poytaxt bo'lgan. Axolining asosiy mashg'uloti dexqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati miloddan avvalgi 20 asr atroflarida vujudga keldi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo'shni yerlarga . tez-tez xujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari xar yili yangi yerlarni zabt etishga otlanar edi. Bo'ysundirilgan xalqlar Ossuriya xukmdoriga katta miqdorda o'lpon to'lar edi. Mil.avv.13 asrda podsho Salmanasar xukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o'z ravnaqining yuqori cho'qqisiga erishadi. Mil.avv.8-7 asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi xam bosib olinadi. Quddus (Ierusalim) shaxrini bosib olgan ossuriyaliklar qalьa devorlarini,uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, axolini asirlikka xaydab ketadilar. Xukmdorlarning xaddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani "qonga botgan shaxar" yoki "sherlar darasi" deya taьriflashgan. Yurishlarda talab tortib olingan xamma narsa poytaxtga oqib kelar edi. Ulug'vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to'lib ketgan edi. Oshshurbanapal xukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan ibarat bo'lgan kutubxona jamlangan edi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bardi. Mil. avv. 627 yilda dastlab Bobil, so'ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. So'ngra Bobil va Midiya birlashib, bir xamla bilan Oshshur va Nineviyani mil. avv. 612 yilda zabt etishdi. Mil. avv. 605 yilda Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlangandan keyin bu davlat xam zavolga yuzlandi. Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko'llari oralig'ida joylashgan edi. Axolisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya xujumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtiradi. Ossuriyaliklarni tor-mar etish imkoniyati bo'lmagan Urartu qo'shinlari to'g'ridan to'g'ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardilar. Miloddan avvalgi 9-8 asr boshlarida Sardur1 va Menua xukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shaxri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar, ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo miloddan avvalgi 704 yilda ossuriyaliklar qo'shinlari urartlar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu xukmdorlari davrida jamlangan ulkan xazina g'oliblar qo'liga o'tdi. Teyshebaini shaxridagi qalьa ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. SHundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi, uni ko'chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o'ziga tobe qildi. Mil. avv. 590 yilda Urartu podsholigi xam tarix saxnasidan ketdi. Mil.avv.2 mingyillik o'rtalarida Falastinga qadimgi yaxudiy qabilalari ko'chib joylashdilar. Mil. avv.11 asrda Falastin xududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yaxudiya podsholigiga birlashtirildi. Isroil podsholigi ossuriyaliklar zarbasidan parchalanib ketdi. Mil. avv. 586 yilda Yaxudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi. Qadim zamonlarda Finikiya O'rtaer dengizining sharqiy qirg'og'i bo'ylab xozirgi Livan xududida va Suriyaning bir qismida joylashgan edi. Finikiyaliklar dexqonchilik bilan shug'ullanganlar, bog'lar va uzumzorlarni parvarishlaganlar. Finikiya ninabargli daraxt kedrli o'rmonlarga boy edi. Kedr yog'ochidan kemalar yasashardi. Kedr qatroni (smolasi) mumiyo tayyorlash uchun Misrga keltirilardi. Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Finikiyaliklar qo'shnilariga yog'och, metallar va gazlamalar sotardilar. O'rtaer dengizi soxilida Tir, Sidon, Ugarit singari:yirik dengiz bo'yi shaxarlari vujudga keldi. Finikiyaliklar dengizchilik ishini aьio darajada bilishgan. Mil. avv. 2 mingyillikdayoq ular Kipr oroli va Kichik Osiyo soxillarida koloniyalarga asos soldilar. SHundan kevin finikiyaliklar Afrika, Ispaniya soxillarida, Sardiniya va Sitsiliya orollarida xam paydo bo'lishdi. Mil. avv. 10-9 asrlarda Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudga keldi. Mil. avv.7 asrda bu davlatni Ossuriya podsholigi bosib oldi. Mil. avv.10 asrda Finikiyada 22 undosh xarfdan iborat bo'lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o'zlashtirib oldilar, ularga unli xarflarni xam qo'shib qo'ydilar. Mil.avv. 2 ming yillik o'rtalarida Falastinga qadimgi yaxudiy qabilalari ko'chib joylashdilar. Mil.avv. 11 asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yaxudiya podsholigiga birlashtirildi. Isroil podsholigi ossuriyaliklar zarbasidan parchalanib ketdi. Mil.avv. 586 yilda Yaxudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi. Qadimgi yaxudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to'plami "Bibliya"ga jamlangan, bu so'z yunoncha "kitob" degan ma'noni anglatadi. Bibliyada Olam, er yuzidagi ilk odamlar Odam ato va Momo xavo yaratilishi, Yer yuzini To'fon tutganligi xaqida va boshqa rivoyatlar mavjuddir. 15-§. Axamoniylar davlati Fors podsholigi vujudga keldi. Axamoniylar podsholigi jaxondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan Mil.avv.6 asrda xozirgi eron xududida Axamoniylar sulolasiga mansub shoxlar asos slogan. Bu xududda qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil.avv.9 asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'rnashadi. Eron o'zida katta yassitog'likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat xududi deyarli xamma tomonidan o'rmon bilan qoplangan tog'lar bilan qurshalgan. Tog'oldi vodiylarda axoli dexqonchilik bilan shug'ullangan, jazirama cho'l mintaqalarida chorvadorlar mexnat qilgan va kun kechirgan. Eron xam Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O'rta Osiyo va Xindiston mamlakatlarini bog'lab turgan karvon yo'llari chorraxasida joylashgan edi. Mil.avv.3 mingyillikda eronning g'arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shaxri bo'lgan. elamda jaxondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil.avv.9 asrda Kaspiy dengizidan janubi g'arbda joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil.avv.7 asrda podsho Kiaksar xukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil.avv.612-605 yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo'lib Ossuriyani bosib oldi. Eron janubida, Fors ko'rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati qadimgi forslar o'rnashgan o'lka joylashgan edi. Mil.avv.558 yilda Axamoniylar sulolasidan bo'lmish podsho Kir 2 barcha forslarni o'z xokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo'ysundirganidan so'ng Kir 2 ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. 539 yil). eronliklar O'rtaer dengizi soxiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir 2 ning O'rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir 2 ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Dora 1 xam davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan eron davlati xududini nixoyatda kengaytirdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling