Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Dexqonlarning qadimgi manzilgoxlaridan biri Zarafshon daryosi xavzasidagi Zamonbobo ko'li yaqinidan topilgan. Qadimgi dexqonchilik manzilgoxlari Xorazm xududida xam topilgan. Surxondaryo vodiysida, SHerobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgoxlaridan biri bo'lgan Sopollitepani topishdi. Qazishmalar davomida bu yerdan uy-joy, maishiy va xo'jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mexnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shuningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan. Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon voxasida xozirgi SHeroboddan uncha uzoq bo'lmagan joyda Jarqo'ton manzilgoxi vujudga kelgan edi. Jarqo'ton manzilgoxi qurilishi tarxida shaxarning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi. Jarqo'ton ikki qismga ajratilgan edi: qasr (xukmdor qarorgoxi) va jamoa aьzolari, xunarmandlar va savdogarlarning arkni qurshab turgan uylari. Qasr ichida ibodatxona (ilk ibodatxona) bo'igan. Bu davrga oid manzilgoxlar Xorazm voxasida xam topilgan va o'rganilgan. Bronza davri manzilgoxlari axolisi xar xii xunarmandchiliklar, to'quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish soxasida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g'i1dirakni kashf etdilar. SHu tariqa xarakatlantirish vositalari xam vujudga keldi. Patriaxal oila-ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan oiladir. Eneolit-mis-tosh asri. Zomonbobo-Buxoro viloyati Qorako'l tumanidagi Zomonbobo ko'li bo'ylarida miloddan avvalgi 2 mingyillikda yashagan chorvadorlar va dexqonlarning qadimiy manzilgoxi. Sopollitepa O'zbekiston janubidagi bronza asri dexqonlari manzilgoxidir(mil.avv.2 mingyilik. Bronzadan yasalgan to'nog'ich va tosh munchoqlar mil.avv. 17 asr Ilonlar tasviri tushirilgan tosh tumor mil.avv. 2 mingyillik. Bronzadan yasalgan bilakuzuk mil.avv. 12 asr. Mis ko'zgular Zomonbobo manzilgoxidan topilgan. 5-§. Temir asriga o'tish davrida O'rta Osiyoning rivojlanishi Odamlar mis va bronzadan mexnat qurollari yasashni o'rgangan kezlardan beri oradan ko'p asrlar. o'tdi. Faqat miloddan avvalgi 1 mingyilIlk boshlandaglna temirdan mexnat qurollari yasash irnkoniyati paydo bo'ldi. Bu jarayon ancha sermexnat bo'lgan, negaki temir misga qaraganda ancha yuqori xaroratda eriydi (1500°C). Ammo temir mis va bronzaga nisbatan olganda ulkan afzalliklarga egadir: temir ulardan qattiqroq edi. Temirdan birinchi bo'lib Kichik Osiyoda xettlar (miloddan avvalgi 14-13 asrlar), so'ngra qo'shni mamlakatlar (Mesopotamiya, eron, Kavkazorti) xalqlar foydalana boshladi. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan. Temir kamyob va qimmatbaxo metal bo'lgani uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalanishgan. SHunday bezaklar Misr firьavni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo'rg'oni yodgorligidan topilgan. Mexnat qurollari yasash uchun temirdan foydalanilishi, eng avvalo, dexqonchilik texnikasi rivojiga taьsir o'tkazdi. Temir uchli omochlar, temir boltalar paydo bo'ldi. Su mexnat qurollari katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib berdi. O'rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar miloddan avvalgi 9-8 asrlarga oid bo'lsa-da, ulardan ko'pi miloddan avvalgi 7-6 asrlarga oiddir. Evropadan farqli o'laroq SHarqda dexqonchilik asosan sunьiy sug'orish zaminida rivojlandi. Gulga burkangan bog'lar va serxosil dalalarni suv bilan taьminlash uchun SHarqda anxorlar va ariqlar keng tarmog'i ishlab chiqilgan edi. Temir qurollarning keng tarqalishi mexnat unumdorligini oshirdi. Bu narsa yanaqda rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o'tilishiga zamin xozirladi. Urug' jamoasi o'rnini xududiy qo'shnichilik jamoasi egallay boshladi. Mil. avv. 1 mingyillik boshlarida O'rta Osiyoda axoli to'rt guruxga ajratilgan: koxinlar, jangchilar, dexqonlar, xunarmandlar. Qabila-urug' boshliqlarining nufuzi asta-sekin orta bordi. Xarbiy sardorlarning nufuzi ayniqsa ortib, xokimiyat otadan o'g'ilga o'tadigan bo'ldi. Doimiy xarbiy to'qnashuvlar sharoitida qabila sardorlarining axamiyati va nufuzi orta bordi, jamiyat esa xarbiy demokratiya qoidalariga asosan yashay boshladi. "Avesto"dan O'rta Osiyoda jamiyatning negizi "nmana" deb ataluvchi katta patriarxal oila bo'lganini bilib olamiz. bir necha "nmana"lar urug' jamoasi-"vis"ni tashkil etgan. Xududiy qo'shnichilik jamoasi esa "varzana" deb nomlangan. Sunday jamoalar qabilaga-"zantu"ga birlashgan. O'z xududini ximoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa-"daxьyu"ga uyushishgan. "Avesto"ga ko'ra, jamiyatni idora qilishning quyidagi tizimi mavjud bo'lgan: 1. oqsoqollar kengashi 2. xalq yig'ilishi 3. aloxida tumanlar xukmdorlari 4. viloyatlarning xukmdorlari. Axoli urug' va qabila bo'yicha emas, balki xududiy taomilga ko'ra guruxlarga ajratilishi mil. avv. 9-8 asrlarda O'rta Osiyoda vujudga kelayotgan ilk davlat birlashmalarining muxim alomati edi. Temir pichoq mil.avv. 7-5 asrlar. Temirdan birinchi bo'lib Kichik Osiyodagi xrttlar foydalana boshlaganlar(mil.avv. 14-13 asrlar), keyinroq ularga qo'shni bo'lgan Ikki daryo oralig'i eron, Kavkazorti mamlakatlarining axolisi xam foydalanganlar. Xarbiy demokratiya-ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga saylab qo'yilgan xarbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir. Bronzadan yasalgan qozon mil.avv. 6-5 asr. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti ibtidoiy to'da: urug'-urug' jamoasi - xududiy qo'shnichilik jamoasi - qabila - qabilalar ittifoqi - davlat. Temirdan yasalgan pichoq va qin mil.avv.1 mingyillik. BO'LIM 2 QADIMGI SHARQVA O'RTA OSIYo 6-§. Nil vodiysi va uning axolisi O'zi bilan birga xuzurbaxsh salqin xavo va mo'l-ko'l xosilni olib kelguvchi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug'vor daryo Afrika shimoli sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun maydon xozirlagan. Oxiriga borib bir qancha shoxobchalarga bo'linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O'rtaer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilishini yunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to'la-to'kis manzarasi uchburchaksimon, yьani yunoncha "delta" xarfiga o'xshash bo'lgan. Nil vodiysi-xar ikkala qirg'oq bo'ylab 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi va 6 ming kilometr uzunlikdagi sug'oriladigan yerlardir. Nil vodiysini xar ikkala tomondan tog'lar mudofaa devorlaridek muxofaza qilib turadi, adirlar ortida Saxroyi Kabir va Liviya cho'llarining ko'z ilg'amas qumliklari yotadi. Daryoning xar ikkala qirg'og'i qora tuproqli serxosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga "Misr"-"Qora tuproq" deb nom berishgan. Xarxolda, xamma vaqt xam shunday bo'lmagan. Qadim o'tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o'tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplangan, suvda son-sanoqsiz yirtqich timsoxlar kun kechirar, quruq yerlarda yovvoyi xayvonlar galasi sang'ib yurar, botqoqzorlarda esa zaxarli ilonlar yashar edi. Vaqt o'tgani sayin iqlim o'zgarib bordi, suv xam yildan yilga kamayaverdi, SHimoliy Afrika xam cho'lga aylanaverdi. odamlar Nil vodiysi va deltasini o'zlashtira boshladilar. SHu taxlit, ziroatchilik axolining asosiy mashg'ulotiga aylandi. Mil. avv. 4 mingyillik boshlarida odamlar. Nil daryosi qirg'oqlaridagi yerlarni o'zlashtirishga bel bog'ladilar. Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo'l oqqan yillarda misrlik dexqonlar xosili xam barakali bo'lar edi. Misrlik dexqonlar bug'doy va arpa, shuningdek, zig'ir ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to'qilar edi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bod ring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berilar, qo'lda urug' sepilar, so'ngra urug'likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan xaydab o'tishardi. Mexnat qurollari takomillashishi bilan omoch va xayvonlar kuchidan foydalana boshlashdi. Sigirlar, xo'kizlar, qo'ylar, echkilar, cho'chqalarni boqishar, odatda, xo'kizlarni dala ishlariga solishar edi. Misr dexqonlari urug' sochish va xosilni yig'ishtirib olish ishlarini g'ayriodatiy muddatda o'tkazishardi. Iyul-sentabr oylarida dam olishar, urug'likni ekishga xozirlashardi, negaki bu maxalda barcha dalalarni suv bosgan bo'lardi. Kuzda dalalarga urug' sochishar, sug'orish uchun kanallar va ariqlarni tozalashar, chunki yomg'ir juda kam yog'ar edi. Qishda esa xosil Yig'im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o'roqlar bilan o'rib olishar, so'ngra maxsus joyga tashib keltirishar, bug'doy yoki arpa bog'lari ustidan xayvonlarni xaydab o'tib, xosilni yanchishar edi. Xirmonjoydan chiqqan donni esa sopol xumlarda saqlashardi. Bu tadbir donni son-sanoqsiz kemiruvchilar zararkunandaligidan omon saqlardi. Qadimgi Misr xunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo'lgan. Misgariar misni entlb, undan mexnat quroli quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasashar, mustaxkam bo'lishi uchun xumdonda pishirishardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrIiklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo'shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g'ishtdan qurilgan. Xukmdor firьavnlar saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Ustalar va duradgorlar deraza va eshiklar, xar xil ro'zg'orbop mebellar yasashardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog'ochdan esa kemalar qurishardi. Ko'nchilar va to'quvchilar kiyim-kechak uchun materiallar tayyorlashar, tikuvchilar esa liboslar tikishardi. Zargarlar oltin va qimmatbaxo toshlardan tainchoqlar yasashgan. Odamlar miloddan avvalgi 4 mingyillik oxirida Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgoxlar "nom" deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Vaqt o'tishi bilan asta-sekin qabila sardorlari xukmdorlarga-podsholarga aylanishdi, oqsoqollar esa boshqaruv ishlarida ularga yordam berishardi. Koxinlar aloxida mavqei va nufuzga ega bo'lishgan. Koxinlar diniy marosimlarni bajarishar, muxim ishlar oldidan xudolardan madad so'rab iltijo qilishar edi. Misrda ikkita podsho xukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000 yilda ikkala davlat o'rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr xukmdori Menes g'alaba qozondi. U birlashgan mamlakatning birinchi xukmdori, yaьni firьavn bo'idi. Yagona va birlashgan daxlat uchun yangi poytaxt bo'lmish Menfis shaxri barpo etildi. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O'rta,Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishgan. Vaqt o'tishi bilan "nom"lar xukmdorlari o'z mol-mulkini ko'paytirib oldi, Misr tag'in mustaqil davlatlarga aylangan xolda "nom"larga parchalanib ketdi. 200 yildan so'ng mamlakatning qayta birlashuvi ro'y berdi, shu tariqa, O'rta podsholik xukmronligi davri boshlandi. Bu davlatning poytaxti Fiva shaxri edi. Nil daryosi borib-borib O'rtaer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilishini yunonlar delta deb atashgan. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O'rta,Yangi va So'nggi podsholik davrlariga ajratishganlar. 7-§. Misr va qo'shni xalqlar Misr, janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo'lgan. U mamlakatga misrliklar Nil bo'ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog'ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g'arbida, Liviya cho'lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Saxro axolisi ko'chmanchi chorvadorlar bo'igan. Arabiston saxrosida xech kim istiqomat qilmas, ammo u orqali o'tadigan yo'l Sinay yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinar edi. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgan edi. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga xamda boshqa foydali qazilmalarga boy edi. Falastin va Suriyadan misrliklar xunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaxo toshlarni xam olib kelishardi. O'rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, maxalliy qabilalar Misrga soliq to'lay boshlashdi. Firьavnlar Nubiya va Liviyaga xam yurish qilib, shaxarlarni talattirdilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O'rta podsholik firьavnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo'shib olishga muyassar bo'ldilar. Miloddan avvalgi 18 asr oxirida ko'chmanchi giksoslar qabilalari Misrga xujum qildi. Misrliklarning piyoda qo'shinlaridan farqli o'laroq giksoslarning asosiy kuchi engil aravalar otlar qo'shilgan jang aravalari bo'lgan. Bir askar otlarni boshqarib turgan maxalda ikkinchisi kamondan dushmanlarni nishonga olib o'q uzar edi. Quyi Misrni bosib olgan giksoslar misrliklar shaxarlari va qishloqlariga xujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka xaydab ketdi. Bu maxalda O'rta podsholik ko'plab mayda "nom"larga bo'linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to'lar edi. Faqat Fiva shaxri xukmdorlarigina giksoslarga itoat qilmadilar. Bosqinchilar istibdodidan xalos bo'lish taraddudiga tushib qolgan "nom"lar xukmdorlari Fiva shaxri tevaragida birlasha boshlashdi. Ko'p o'tmasdan Yuqori Misrning barcha "nom"lari Fiva "nomi" firьavni tevaragida birlashdilar. Bir qancha janglarda firьavn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan xaydab chiqardi. Itoatsiz xukmdorlarni o'ziga bo'ysundirgan Yaxmos yangi firьavnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu firьavn zamonidan Yangi podsholik davri boshlandi. Yaxmos xukmdorligi davrida Misr yuksak kuch-qudrat cho'qqisiga erishdi. Mamlakatini ozod qilgan Yangi podsholik xukmdorlari qo'shni davlatlar bilan kurashni endi bosqinchi sifatida davom ettirishdi. O'z armiyasini qilichlar va tabarzinlar dastasi uzun jangovar oyboltatar, shuningdek, jangovar aravalar bilan qurollantirgan firьavnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga xujumni boshlab yubordilar . Bir necha yurishlardan keyin firьavnlar deyarli butun Nubiyani Misrga qo'shib olishdi, Liviya qabilalarini xiroj to'lashga majbur qildilar. Mil. avv. 1500 yillar atrofida firьavn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo'idi. Falastin va Suriyani istilo qitish boshlandi, bir necha o'n yil davom etgan yurishlarda erksevar qabilalarni uzil-kesil bo'ysundirib bo'lmadi. Faqatgina firьavn Tutmos III Falastinni bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Bo'ysundirilgan xalqlar misrliklardan nafratlanar, o'zerk va ozodligi yo'lida kurashar edilar. Misr firьavnlari bir necha yil maxalliy qabilalar bilan urushdilar. Bu narsa firьavnlar sillasini quritdi, davlat zaiflashib qoldi, Yangi podsholik xam aloxida "nom"larga tarqalib ketdi. Mil. avv. 7 asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi. Ammo miloddan avvalgi 6 asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Forslardan ulkan lashkar to'plagan shaxanshox Kir II ning o'g'li Kambiz miloddan avvalgi 525 yilda Misrni bosib oldi. Firьavn Yaxmos giksoslarni tor-mor etib, bosqinchilarni Misrdan xaydab chiqardi. Yaxmos yangi firьavnlar sulolasi asoschisiga aylandi. Yangi podsholik davri boshlandi. Nubiya,Liviya,Suriya va Falastin mamlakatlari qadimgi misirliklarga qo'shni bo'lgan. 8-§. Qadimgi Misr dini Misr axolisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo'lagi xisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar xayvonlar siymosiga o'tib olib, mush uk, qo'y, xo'kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb xisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri xayvon tanasida, boshqasi esa xaykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mexrobda xudolarning xaykalchalari o'rnatilgan. Koxinlar-ibodatxona ruxoniylari, xudolarni dindorlar inьom tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb xisoblashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o'z xudosi-Ptax bo'lgan. Ptax misrliklar eьtiqodicha, olamni yaratayotganida xar bir narsaning nomini odamga o'rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko'rishning iloji yo'q. SHuning uchun xam Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis bo'lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo'lgan qora xo'kiz timsolida tasavvur etilgan. Misrliklar o'z xudolariga butunlay ishonishar, xar bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslaxat, mad ad yoki rozilik so'rashar edi. Mil. avv. 2 mingginchi yildan bosh lab esa Quyosh xudosi Amon-Ra firьavnlarning bosh iloxi va xomiysi xisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo'lgan: Fiva shaxri xomiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so'ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan . Uning ibodatxonasi Geliopolda (Baolbek) bo'lgan. Firьavnlar Quyosh xudosi o'g'illaridir, xukmdorlar xamma ishni o'zining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi, degan qarash mavjud edi. Xapi-Nil xudosi-Misrdagi xayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris-yerosti saltanati xudosi xisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo'lib, o'z xalqini dexqonchilikka o'rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o'ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O'shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo'lishi uchun barcha marxumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shaxrida xozirgacha saqlanib qolgan. Koxinlar xudolar va odamlar o'rtasida vositachi bo'lishgan Misrliklar eьtiqodicha, mabodo Yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad bermay qo'yadilar. Koxinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag'ishlar edilar. Kundalik turmushda xam koxinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Koxinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug'lik sochish va xosilni yig'ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi. Barcha "nom"larda ibodatxonalar bo'lgan, firьavnlar ularga katta-katta boylik va yerlar xadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar katta katta yer mulklariga egalik qilar edi. Xar. bir zafarli bosqinchilik yurishidan keyin firьavnlar o'ljaning bir qismini ibodatxonalarga xadya etardilar. Set - Osirisning birodari, baxtsizlik, cho'l va bo'ron xubosi. Xatxor - musiqa, go'zallik va muxabbat xudosi. Maat - xaqiqat, adolat va odillik xudosi. 9-§. Piramidalar va maqbaralar O'tgan mingyilliklar davomida ko'pdan ko'p shaxarlar va davlatlar yo'q bo'lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi, faqat piramidalar vaqtdan qo'rqmaydi, faqat piramidalargina 4 ming yildan oshiq vaqt davomida o'zgarmasdan turibdi. Eng mashxur piramidalar Memfis shaxri yaqinida uch firьavn-Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jaxonning 7 mo'jizasidan biri, boz ustiga, ular orasida xam xozirga qadar saqlanib qolgan birdan bir inshootlardir. eng katta piramida Xufu (yunonlar uni Xeops deb atashgan) uchun miloddan avvalgi 2600 yilda qurilgan edi. Uning balandligi 147 metr. Piramida xar biri 2 tonnadan og'irroq bo'igan 2,5 million dona tosh bo'laklaridan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq-rasolik bilan kesilgan va taroshlanganki, ular o'rtasidagi yoriq 0,5 millimetrdan oshmaydi. Piramida ichida daxliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalar mavjud. Ulardan birida firьavnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut-sarkofag joylashgan edi. Misrliklar inson vafot etganidan so'ng o'zga bir olamga yo'l oladi, bu xayotda foydalangan narsalarning xammasi narigi dunyoda xam kerak bo'ladi, deb xisoblashgan. Daxmalar ichi esa munojotlar va qarg'ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular firьavnni ximoya qilishi va o'zga xayotga o'tayotganida unga yordam berishi mo'ijallangan. Yirik piramidalarni o'rtacha 20 yil davomida qurishgan. Bu og'ir mexnat ekanligi sir emas. Piramidalarni sfinkslar-tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo'lgan ulkan xaykallar qo'riqlaydi. Yangi podsholik davrida boshqa exrom qurmay qo'yishdi. Firavnlarni tog'larga o'yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo'lishdi. Ularga kiraverish yo'llarini bekitib tashlashgan. Eng mashxur maqbara firьavn Tutanxamonga tegishli bo'lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig'maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin ьmarxumlar satanatiga ketadi, o'sha yerda umrini davom ettiradi, deb xisoblashgan. Ammo marxumlar saltanatidagi xayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog'liq bo'ladi. Tarozining bir pallasiga marxumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo'yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi xayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo'ladi, u vafot etganidan so'ngra ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Mabodo, yurak og'irroq kelsa, demak, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo'lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo'ladi. Osiris qarshisida go'zal qiyofada qad rostlash uchun esa misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko'pdan ko'p matolar bilan o'rab chirmashgan, qimmatbaxo taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga om ad keltiruvchi tumorlar qo'yilgan. SHu taxlit ishlov berilgan inson mayiti mumiyo deyilgan. Ammo mumiyolash faqat marxumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlargagina nasib etardi, xolos. Misrliklar diniy eьtiqodiga ko'ra, xudolar ko'pincha muqaddas xayvonlar qiyofasida gavdalanadi. Misrliklar xudolari bir talay bo'lgani tufayli deyarIi barcha xayvonlar xudo deb xisoblangan. Mushuk, qo'y, xo'kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas xayvonlar deb bilishgan. Xasharotlar orasida qo'ng'iz aloxida xurmateьtiborga sazovor edi.Misrliklar Yer shari xam qo'ng'iz dumalatib borayotgan sharcha singari osmon kengliklarida aylanib, kezib yuradi, deb xisoblashgan. SHuning uchun xam qo'ng'izlar Quyoshning yordamchilari xisoblangan. Jismida Bastet degan iloxa gavdalangan mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami axolisi ishtirok etgan. Muqaddas xayvonlarni xam xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan. 10-11-§§. Qadimgi Misr madaniyati Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga xar bir so'z rasm ko'rinishida yozilgan.Yozuvdan qarg'ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun xam uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomlь deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni "ierogliflarь deyishgan ("toshga chekilgan muqaddas bitiklar" maьnosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralar devorlariga va xudolar xaykallariga chekib yozilgan. Misrliklar alifbosi 750 ieroglifdan iborat bo'lgan. Xar bir so'z o'zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Ierogliflarni o'rganish rosa qiyin ish bo'lib, savod chiqarish ko'pchilikka nasib etavermagan. Ierogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, yaьni papirus poyasidan ishlangan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo'yoqlar siyox vazifasini o'tagan. Taьlim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki oxaktoshga yozar edilar. Xusnixat sanьatini egallagan kishilar yuksak saviyadagi maьlumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bo'lib, izzat-xurmat ko'rganlar. Qashshoq oilalar farzandlarining ko'pchiligi savodsiz bo'lib qolavergan, xunarlarni esa ota-onalaridan o'rgangan. Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua SHampolyon 1822 yilda jaxonshumul axamyatga molik kashfiyot qildi: Misr matnlarini o'qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga Qoxira shaxridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shaxri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil maьnodagi bitik sababchi bo'ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug'dirmadi, matnlarni taqqoslab ko'rib, xar bir ieroglif anglatgan maьnoni tushuntirib berish imkoni topildi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko'plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar devorlaridagi bitiklar ko'p asrlik jimjitlikdan so'ng "tilga kirdi". Tarixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini o'rganish uchun muxim va ishonchli manbaga ega bo'lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Misrliklar nazariy bilimlarining dunyoga kelishi va rivoj topishi ularnmg kundaxk xayoti bilan bog'liq bo'lgan. Ziroatchilar qachon urug'likni yerga qadash, qay maxalda xosilni yig'ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. SHu tariqa, astronomiya, yaьni yulduzlar xaqidagi fan dunyoga keldi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling