Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Toxir davlat ishlarini mustaqil idora etish maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlatadi. Bu amalda Bag'dod bilan aloqani uzish va o'zini mustaqil deb e'lon qilish edi. Biroq ko'p vaqt o'tmay u to'satdan vafot etadi. Toxirning o'g'illari Talxa va Abul Abbos Abdullox otasining o'rniga birin-ketin noiblik qiladilar. SHunday qilib, Xuroson va Movarounnaxr boshqaruvi toxiriylar xonadoniga meros bo'lib qoladi. Abul Abbos Abdullox noibligi (830-844) davrida poytaxt Marvdan Nishopur shaxriga ko'chiriladi. Movarounnaxr shaxarlarida noiblik qilayotgan Somonxudot avlodlarining maxalliy noibligi toxiriylar tomonidan tan olinadi. Somoniylar esa, o'z navbatida, toxiriylarga tobe sifatida Movaraunnaxrni idora etadilar. Bu, shubxasiz, Xuroson va Movarounnaxrda bir asrdan oshiqroq xukm surgan xalifalik xukmronligining tugaganligini bildirardi. Toxiriylar xokimiyatining barxam topishi. Toxiriylar zamonida xam mexnat axlining axvoli nixoyatda og'irligicha qolaverdi. Mulkdor dexqonlarning jabr-zulmidan, davlatning og'ir soliqlaridan bezor bo'lgan xalq qo'zg'olon ko'taradi. Ularga "g'oziylar" xam qo'shiladilar. Qo'zg'olonga safforiylar aka-uka Ya'qub va Amr ibn Layslar boshchilik qiladilar. 873 yilda Xuroson poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada toxiriylar xukmronligi tugatilib, xokimiyat Safforiylar qo'liga o'tadi. G'oziy - xaq din uchun kurashuvchi jangchi. Etnogonez - xalqlarning nasl-nasabi, kelib chiqishi. Safforiylik - miskar xunarmandlar. Xutba - juma namozida xukmdor nomini aytib, uning xaqiga duo o'qish, olqishlash. Qarluqlar - turkiy qabilalaridan biri. Dastlab Oltoyning g'arbiy qismidagi Irtish daryosi bo'yicha yashagan. O'g'uzlar - O'rta Osiyoda yashagan turkiy qabila. 14-§. Somoniylar Somoniylar xukmronligi. 9 asrda Movarounnaxrning siyosiy xayotida xam o'zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nux, so'ngra Axmad boshchilik qiladi. Xar biri xukmronligi davrida o'z nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Axmad vafotidan (865 yil) keyin uning o'g'li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. U Movarounnaxrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko'radi. Somoniylar Buxoro voxasining yirik mulkdor xukmdorlarining sulolaviy nomi. 9 asrning oxirgi choragida Movarounnaxrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnaxrning xukmdoriga aylanadi. U kumush dirxam zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888 yilda butun Movarounnaxrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi. Ismoil Somoniy. Ismoil Somoniy o'rta asrlarning qobiliyatli, serg'ayrat va nixoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnaxrni birlashtirib, mustaxkam davlat tuzishga intildi. SHimoli-sharqiy xududlarga yurish qiladi. 893 yilda Taroz shaxrini fatx etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnaxr axolisining mustaqillikka erishishi, shubxasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, Movarounnaxrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan maxrum bo'lishi nixoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho'chitar xam edi. SHu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to'qnashtirishga va ularning xar ikkisini xam zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o'z ta'sirini qayta tiklashga xarakat qiladi. Xalifa Mu'tazid (892-902) safforiylar xukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Movarounnaxr ustidan xam xukm yuritish xuquqi berilgani xaqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Natijada 900 yilda ular o'rtasida urush boshlanadi. Urush Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga xukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ladi. 9 asr oxirlarida Movarounnaxr xalqi Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos bo'idi. Ismoil Somoniy butun Movarounnaxr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtirdi. Buxoro shaxri bu ikki diyorning poytaxtiga aylandi. Somoniylarda boshqaruv tizimi. Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargoxi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargoxda amir qarorgoxi va xarami xamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo'lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, soxibi shurat kabi o'nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv maxkamasi xisoblanardi. Nasr 2 (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, maxkama mana shu maxsus binoga joylashgan edi. Maxkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan birmuncha xabardor bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Islom dini rivoji. Movarounnaxrning ravnaqida islom dini ruxoniylarining xissasi katta bo'ldi. SHu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro SHarqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. SHaxarlarda ko'plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqox va namozgoxlar bino qilindi. SHu davrda Buxoro shaxrida musulmon SHarqidagi ilk ilmgox madrasa bunyod etiladi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi 10 asrda shaxarning kavushdo'zlar maxallasi yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritilgan. Mamlakat ma'naviy xayotining asosi xisoblangan islom mafkurasiga bu davrda "ustod" deb atalgan din va ilm peshvolari raxnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom ("shayxulislom" nomi bilan yanada ulug'landi. Ustoddan keyin Xatiblar turardi. Somoniylar masjid, madrasa va xonaqoxlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarfu xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratib berganlar. Islom dini ravnaqi, shubxasiz, O'rta Osiyo axolisining mustaqil xalq bo'lib shakllanishida muxim axamiyat kasb etdi. Mudofaa ishlari. Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan xarbiy qo'shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar "xojib" lavozimiga ko'tarilgan. Xojiblarning boshlig'i "xojib ul-xujob" yoki "xojibi buzruk" deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon xisoblanardi. I.Somoniy maqbarasi - Buxoroda. Amid ul-mulk - davlat xujjatlari va elchilik aloqalari vaziri. Vazir - devonxona boshlig'i, bosh vazir. Mustovfiy - moliya vaziri. Soxibi shurat - xarbiy ishlar vaziri. Ulamo - din olimlari. Xojib - xarbiy unvon. Xonaqoh - g'aribxona, musofirxona. 15-§. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy xayot Qishloq xo'jaligi. 9-10 asrlarda Movarounnaxr va Xorazm axolisining asosiy qismi sug'orma dexqonchilik bilan shug'ullanar edi. Sug'orish tarmoqlari vositasida sug'orilib obod etilgan serunum voxalarda g'allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog'dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Axoli arpa, bug'doy, tariq, mosh, yasmiq, kunjut, no'xat, zig'ir va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig'ir, kunjut va kanakunjutdan moy olinardi. Voxalarda paxtachilik kattagina o'rinni egallagan edi. Bog'dorchilik. Bog'dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog' va chorbog'larda uzum, anor, anjir, olma, nok, bexi, o'rik, shaftox, olxo'ri, olcha, tut, jiyda kabi ko'pgina mevalar yetishtirilar edi. Movarounnaxr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo'lib, qovunlari nixoyatda shirali bo'lardi. Dexqonchilik solig'i xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. SHuning uchun xam somoniylar mamlakatda dexqonchilik xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar. CHorvachilik. 9-10 asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo'lgan. Mamlakatning dasht va tog'oldi yaylovlarida qo'y va echkilar, yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa qoramollar bexisob bo'lgan. CHorvachilik mamlakat axolisini chorva maxsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo'jalikning xamma soxalari uchun ot-ulovlar xam yetkazib bergan. Ayniqsa, davlatning xarbiy qo'shinlari, xususan, suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta'min etish muxim axamiyat kasb etgan. Hunarmandchilik. Movarounnaxr va Xorazm shaxarlarida to'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb-xunarlar rivoj topadi. Natijada shaxarlarning umumiy qiyofasi tubdan o'zgaradi. Unda katta-katta gumbazli toqu ravoqli va peshtoqli imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqox va karvonsaroylar qad ko'tardi. Endilikda shaxarlar o'ndan ortiq darvozali kattagina xunarmandchilik markaziga aylanadi. SHaxarning do'nglik yerida joylashgan arkda odatdagidek podshoning qarorgoxi dargox, xazina, chaqa-tangalar so'qiladigan zarbxona va qamoqxona bo'lardi. Uning markazida registon maydoni, devonlar, maxkama saroyi, shuningdek, amirzodalar, saroy a'yonlari, ruxoniylar, mulkdor dexqonzodalar va davlatmand savdogarlarning xashamatli qasrlari, qurol-yarog', asbob, egar-jabduq yasaydigan ustaxonalar, xunarmandchilik do'konlari va savdo rastalari joylashgan. Samarqandda yuqori navli qog'oz ishlab chiqarilar edi. SHosh o'zining ko'nchilik maxsulotlari va charm mollari bilan, Eloq esa kumush va qo'rg'oshin konlari xamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashxur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlar Amudaryo bo'ylab to Orol dengizigacha muttasil mol tashib savdogarlarning yukini yengil, uzog'ini yaqin qilgan. Bu davrda shaxarlar bilan bir qatorda qishloqlar xam mamlakatning iqtisodiy xayotida katta o'ringa ega edi. Buxoroning Zandana qishlog'ida to'qilgan mallarang bo'z "zandanachi", Samarqandning Vador qishlog'ida tayyorlangan mato "vadoriy" nomlari bilan SHarqda mashxur edi. Konchilik. Movarounnaxrning tog'li mintaqalarida konchilik qadimdan davom qilib kelayotgan konchilik 9-10 asrlarda nixoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog'larida temir, mis, qo'rg'oshin, oltin, kumush, jeruza va boshqa qimmatbaxo toshlar, ma'danlar qazib olinardi. Eloq viloyati kumush va qo'rg'oshinlarni qazib olishning yirik markazlaridan biri edi. Farg'ona vodiysi tog'laridan temir, qo'rg'oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Xatto Farg'onadan o'sha vaqtlardayoq toshko'mir va neft topilib ishlatilgan. Konlarning yaqinida rudalarni eritib ma'dan oluvchi oxangarlar va konchilarning qishloqlari bo'lardi. Ichki va tashqi savdo. 9-10 asrlarda mamlakatda ichki va tashqi savdo kengaydi. Qadimgi karvon yo'li bo'ylab quduqlar qazilib, xar bir bekatda rabotlar bino qilinadi. Karvonlar o'tadigan shaxar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. SHimoliy yo'l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnaxrning shaxar va qishloqlaridan bo'z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o'q-yoy, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut va zig'ir moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaxo mo'ynalar, chorva mollari va chorvachilik maxsulotlari keltirilgan. Xitoyshunos A. Xo'jaevning ta'kidlashicha, 7-9 asrlarda Xitoy bilan bo'lgan savdoda choy, ipak mato, tuz va ot asosiy o'rinda turgan. Xar bir ot Xitoy bozorida (to'pi 12-8 metrli) 50 o'ram ipak matoga ayirbosh (barter) qilingan. CHoy baxosida xar bir otning baxosi 5-6 kg oliy navli choyga teng bo'lgan. Bir necha "jin" (600 g) choyga bir bosh qo'y almashtirilgan. 7-8 asrlarda choy asosiy import maxsulotlaridan biriga aylangan. Xitoycha "cha" yoki "ming" deb yuritilgan xushbo'y choy o'simligi va uning seleksiyasi bu davrda SHarqiy Turkiston orqali Turkiston diyoriga, so'ngra esa boshqa mamlakatlarga keng tarqalib axolining maishiy xayotida kundalik iste'mol etiladigan chanqov bosdi benazir ichimlikka aylangan. Itil, Xazar va Bulg'orga Movarounnaxr va Xorazmdan guruch, quruq mevalar, shirinliklar, tuzlangan baliq, paxta, shoyi matolar, movut, kimxob va gilamlar olib borib sotilgan. Bulg'or va Xazardan qimmatbaxo mo'ynalar, shamlar, cho'qqi qalpoqlar keltirilgan. Pul. Ichki bozorlarda "fals" deb atalgan mis chaqa, xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga dirxamlar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy xukumat xam, shuningdek, sulola a'zolaridan bo'lgan ba'zi viloyat xokimlari xam chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat xukumat boshlig'i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va SHoshda davlat zarbxonalarida so'qilar edi. Somoniylar "ismoiliy", "muxammadiy" nomlari bilan yuritilgan bir necha kumush dirxamlar chiqargan edilar. Ular orasida "ismoiliy" tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, u asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan. Ishtaxriy - O'rta Osiyo xaritasini tuzgan. Somoniylardan Abdulmalik ibn Nux tangasi. Samarqand. 961-962 yillar. 16-§. 9-10 asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasining inqirozi. Er egaligi turlari. Somoniylar xukmronlig davrida yer egaligining "mulki sultoniy" "mulk yerlari" "vaqf yerlari" "mulki xos" va "jamoa yerlari" deb ataluvchi 5 turi mavjud bo'lgan Oliy martabali ruxoniylar va sayyidlar qo'l ostidagi yerlar "mulki xos" deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo'lgan davlatga ko'pincha xosilning 1/10 xisobida ushr solig'ini to'lagan, xolos. Xukmron sulola xamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga xadya qilingan yerlar mulklar yerlari (iqto' yerlari) deb yuritilgan. Iqto' mulki. 10 asrda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulk "iqto'", unga ega bo'lgan mulkdorlar "muqto'" yoki "iqto'dor" deb yuritilardi. Iqto' tarzida esa ayrim viloyat yo shaxarlar va tumanlar xadya etilgan. Iqto' dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulola a'zolari, amirzodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto' mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan naslga o'tkazilmagan. Iqto'dorlar o'ziga in'om qilingan xududlarda yashovchi axolidan olinadigan soliqlarning ma'lum qismini yig'ib olish xuquqiga ega bo'lganlar. Bulardan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida xam ma'lum xajmda yer maydonlari saqlanib, ular "jamoa yerlari" xisoblanar edi. Ular asosan lalmikor va tog'oldi yerlaridan iborat bo'lgan. Barzikor-qo'shchilar. Aziz o'quvchi! Siz ilk o'rta asrlardan barzikor qo'shchilar boshlab zodagonlarga tegishli. yerlarda ishlagan mutlaqo yersiz, mulksiz qishloq axolisi kadivarlar xayotini eslang. 9-10 asrlarda esa katta yer egalari kadivarlarni ishlatishdan ko'ra, o'z yerlarini qishloq jamoalarining kam yerli a'zolariga ijaraga berishni afzal ko'radilar. O'sha zamonda ijarachilar "barzikor" yoki "qo'shchilar" deb atalardi. Barzikor qo'shchilarning sheriklikka ekkan yerlardan oladigan xissasi turlicha edi. Agar barzikor o'z urug'i va qo'shi bilan dexqonchlik qilsa, uning xissasi xosilning 1/3, 1/4 yoki 1/5 miqdorida bog'lanardi. Na qo'shga va na urug'likka ega bo'lmagan qoshchi xosllning 1/10 yoki 1/12 ulushiga ega bo'lardi. Davlat soliqlari (xiroj va ushr) yer egasidan xam, qo'shchilardan xam aloxida-aloxida olinar edi. Somoniylar hokimiyatining inqirozi. Somoniylar xarbiy yurishlari, xukmron sulolaning ichki nizolari, maxalliy xokimlarning bosh-boshdoqlik xarakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo'ldi. Xatto xarbiylar, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari qo'shiniga maosh to'lash uchun mablag' topilmaydi. Bunday og'ir axvoldan chiqish uchun 942 yilda axolidan ikki marta soliq undirib olinadi. 10 asrga kelib tarix saxnasida yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo'ldi. U ijarachi qo'shchi yoki barzikor deb yuritilgan. Bexad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, axoli turli tabaqalarining xokimiyatga qarshi qo'zg'alishiga sabab bo'ladi. Siyosiy vaziyat Nux (943-954) va uning nabirasi Nux 2 (976-997) xukmronlik qilgan davrda nixoyatda keskin tus oladi. 947 yilda Nux ibn Nasrning amakisi Ibroxim isyon ko'taradi. Saroy sarbozlari va CHag'oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali CHag'oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi. Ko'p vaqt o'tmay Abu Ali CHag'oniyning o'zi xam xukmdorga qarshi isyon ko'taradi. Nux qo'zg'olonni kuch bilan bostira olmaydi. 952 yilda Abu Ali CHag'oniyni u avval CHag'oniyonga, so'ngra Xurosonga xokim qilib tayinlashga majbur bo'ladi. 961 yilda Buxoro xarbiy askarlarining g'alayoni ko'tariladi. Qo'zg'olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o't qo'yib yuboradilar. Bunday voqealarning tez-tez qaytarilib turishi, shubxasiz, markaziy xokimiyatning zaiflashib qolganidan dalolat berardi. G'aznaviylar davlati. Mamlakatda sodir bo'lgan og'ir davrda Somoniylar davlatining turk xojiblari saroy gvardiyasining siyosiy nufuzi nixoyatda kuchaydi. CHunki xarbiy va mudofaa ishlari to'la ular qo'lida edi. Turli sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni Xojib-ul-xojib yolki Xojib-ul-buzruk kabi oliy xarbiy mansablarga tayinlab, ularga xatto ayrim viloyatlarni boshqarish xuquqini berganlar 962-963 yillarda G'azna viloyatini Alptegin noib va lashkar amiri sifatida boshqargan. G'azna va Kobul viloyatlarini u mustaqil idora etishga intilib, G'aznaviylar davlatiga asos solgan. Mazkur yosh turkiy davlatning poytaxti G'azna shaxrida qaror topgan. G'aznaviylarning siyosiy nufuzi Sobuqtegin davrida (977-997) ortib, somoniylar tomonidan e'tirof etilgan. Maxmud G'aznaviy davrida (997-1030) esa uning xududi kengayib, SHarqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Davlat chegarasi g'arbda Ray va Isfaxon sarxadlari, Kaspiy dengizi, shimoli-g'arbda Xorazm va Orol dengizigacha cho'zilgan. SHarqda esa SHimoliy Xindistonning kattagina qismini o'z ichiga olgan va Janubiy Balujistongacha yetgan edi. Somoniylar sulolalari barxam topgach, Maxmud G'aznaviy ularning Xurosondagi xududini, so'ng Xorazm davlatini (1017) xam o'z saltanatiga qo'shib olgan: Ammo Mas'ud G'aznaviy davrida (1030-1041) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo'ldan chiqarilib, tanazzulga yuz tutgan. Oqibat 1186 yilda G'aznaviylar davlati butunlay tugatilgan. G'aznaviylar davlat tuzumi va boshqaruv tizimlari azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy davlatchilik asosida qurilgan bo'lsada, biroq u o'ziga xos maxkamachilik xususiyatiga ega edi. Bosh vazir tizimida xarbiy, elchilik va rasmiy tadbirlar, moliya va xabar pochta-devonlar faoliyat ko'rsatgan. Viloyat xukmdori voliy, shaxar xokimi rais deb yuritilgan. Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shaxarlarda esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlat qudratli qo'shinga ega edi. Bosh qo'mondon sipoxsolor, Lashkarboshi solor, xarbiy qismlar esa sarxang deb atalgan. Qo'shinda xarbiy kemalar (daryo va dengiz floti) xam mavjud bo'igan. G'aznaviylar davlatida ilm-fan va madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. Maxmud G'aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va paxlaviy tillarini xam mukammal bilgan, she'r bitgan. Poytaxt saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va sanatkorlar ijod qilgan. Abu Rayxon Beruniy, Nosir Xusrov, Gardiyziy va Bayxaqiy kabi buyuk mutafakkirlar G'aznada yashaganlar. Beruniy "Qonuni Mas'udiy", Bayxaqiy "Tarixi Mas'udiy" asarlarini sulton Mas'udga bag'ishlaganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashxur "SHoxnoma" dostonini Maxmud G'aznaviyga taqdim etgan. G'aznaviylar davlatida qurilish va me'morchilikka xam jiddiy e'tibor berilgan. G'azna, Balx, Nishopur, Loxur va boshqa shaxarlarda ko'plab madrasalar, masjid, xonaqo va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan. Bog'u chorbog'lar barpo etilib, xususan poytaxt G'azna shaxri gullab yashnagan. 10 asrga kelib tarix saxnasida yangi ijtimoiy tabaqa paydo bo'ldi. U ijarachi qo'shchi yoki barzikor deb yuritilgan. Vaqf yerlar - masjid, madrasa, xonaqox va maqbaralarga vaqtincha yoki abadiy foydalanish uchun berilgan yer. Mulk sultoniy - xukmdorga qarashli davlat yeri Mulk yerlari - xukmron sulola vakillari mulkdor dexqon va aslzodalar, shuningdek qishloq axolisiga qarashli xususiy yerlar Mulki xos - davlat soligidan qisman yoki butunlay ozod etilgan oliy martabali ruxoniylar va sayyidlarga qarashli yerlar Sayyidlar - Muxammad (s.a.v.)ning nabirasi Xusayn avlodlari Ushr - xosilning 10% miqdorida olinadigan soliq Sayyid - oqsoqol 9-12 asrlarda Movarounnaxr: Xazar dengizi - Kaspiy dengiz. Xorazm ko'li - Orol dengiz. Ko'xcha dengiz - Balxash ko'li. Sirdaryo - Sayxun. Amudaryo - Jayxun. Elsuvi - Ili daryosi. G'aznaviylar davlat tomonidan bosib olingan Somoniylar davlat xududlari - Niso, Urganch, Xiva, Xazorasp, Marv, Balx, Qobul, Toxariston, Badaxshon, G'azna, Marvirid, Xirot, Sabzavor, Duvayn, Seiston, Nishopur, Gurgon, Tus, Faroba. 17-§. Qoraxoniylar davlati va Movarounnaxr Aziz o'quvchi! Siz 8 asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida tashkil topgan Qarluqlar davlatini eslang. 9 asr o'rtalarida Qarluqlar Issiqko'lning janubiy soxili va Qoshg'arda yashagan yag'mo qabilasi xamda o'zlaridan shimoli sharqda yashovchi chikil sharqroqda qaror topgan o'g'uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan xududda dastavval "Xoqoniya" o'lkasi deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat xukmdorlari "jabg'u" deb yuritilgan unvonning o'rniga o'zlarini "qoraxon", ya'ni "buyukxon" deb ataydilar. 11-12 asrlarda "Xoqoniya" rivoj topib kuchaygach, u "Qarluq-Qoraxoniylar" davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois xukmdorlari "arslonxon", "bug'roxon" va "tavg'achxon" unvonlari bilan yuritilgan. Bu uchta atama oliy darajali xukmdor ma'nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug'lik esa qadimda turkiy xalqlarda "qora" so'zi bilan sifatlangan. SHu boisdan taxtda o'tirgan arslonxon, bug'roxon va tavg'ochxonlar "qoraxon" deya e'tirof etilgan. Ular boshqargan davlat esa tarixda keyinchalik ramziy ravishda "Qoraxoniylar davlati" nomi bilan shuxrat topgan. Qoraxoniylarning Movarounnaxrga xujumi. 992 yilda Xorun Bug'roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnaxrga tomon xujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Nux ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G'aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma mingli qo'shin bilan Movarounnaxrga yetib keladi. Nux bilan birlashib, bir necha janglardan so'ng qoraxoniylar noibi qo'shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nux Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtegin va o'g'li Maxmudning siyosiy xukmronligi mustaxkamlanadi. 996 yilda qoraxoniylar Movarounnaxr tomon yana xujum boshlaydilar. SHunday og'ir bir sharoitda xiyonat ro'y beradi. Ya'ni Sobuqtegin qo'shini Buxoroni egallaydi. So'ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo xavzasi qoraxoniylar qo'liga o'tadi. 10 asr oxirida Somoniylar xukmronlik qilgan xudud o'rnida Qoraxoniylar va G'aznaviylar davlati tashkil topdi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonda xukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnaxrning markaziy qismida beriladi xolos. Biroq ko'p vaqt o'tmay, 999 yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar xukmronligi barxam topdi. Qoraxoniylar davlatining ikkiga ajralishi. Qoraxoniylar endi Xurosonni xam o'z davlatiga qo'shib olish uchun xarakat qidilar. Oradan ko'p vaqt, o'tmay qoraxoylar va g'aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Lekin Maxmud G'aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. Bu davrda Saljuqiylar G'aznaviylarga xavf sola boshlaydi. Saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi. Bundan foydalangan qoraxoniylarning maxalliy xukmdori Ibroxim Bo'ritegin 1038 yilda Amudaryo bo'yi viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh va CHag'oniyonni g'aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay u Movarounnaxrni va Farg'onani o'ziga bo'ysudirib mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog'unda bo'lgan SHarqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo'lgan Movarounnaxrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Ibroxim Bo'ritegin "bug'roxon" unvonini olgan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling