Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet15/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo'lib idora etardilar. Ularni eloqxon va takin (yoki tegin) lar boshqarardilar. Xokimlari faqat qoraxoniylar xonodonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan azolaridandan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movaraunnaxr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U Samarqandda taxtga o'tirgan. Viloyat boshqaruv ma'muriyati somoniylar davridagidek vazirlar, soxibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. SHaxarlar esa shaxar xokimi, raislar tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z xukmronligini mustaxkamlab olishda musulmon ruxoniylari bilan yaqin va do'stona munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi xar qachongidan xam balandga ko'tariladi.

Qoraxoniy xukmdorlari garchi bu davrda xali o'troq xayotga ko'chgan bo'lsalar xam, dexqonchilik voxalari va shaxarlarning madaniyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog'un, Qoshg'ar Taroz, O'zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaxarlari davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaxarlar bilan aloqa bog'lashga xarakat qiladilar.

Qoraxitoylar xujumi. Siyosiy jixatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o'zining avvalgi mavqeyini yo'qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchradi va unga qaram bo'lib qoladi. 12 asrning 30 yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar ko'chmanchi qoraxitoylar (mo'g'ullarga mansub qabila) xujumiga duchor bo'ldi. Go'rxon Bolasog'un shaxrini Qoraxitoylar davlating poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o'rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning janggovar qo'shinlari avval SHosh va Farg'onaga, so'ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137 yilda ular Xo'jand shaxri yaqinida. Qoraxoniylarning Eloqxoni Maxmudga qaqshatqich zarba beradilar. O'zaro sulx tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o'z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulx uzoqqa cho'zimaydi. Oradan to'rt yil o'tgach qoraxitoylar yana Movarounnaxrga yurish qiladilar. 1141 yilda bo'lib o'tgan jangda qoraxitoylar g'alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatildi.

Saljuqiylar - o'g'uzlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat tashkil qilgan qismi

Sadr - diniy unvon. Vaqf mulklarining boshqaruvchisi

Go'rxon - qoraxitoylar davlatining xukmdori.

18-§. 11-12 asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy xayot

Qishloq xo'jaligidagi axvol. 11 asrda Movarounnaxrga kirib kelgan ko'chmanchi chorvadorlar dexqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O'tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi xisoblangan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi.

Maxalliy mulkdor dexqonlar bilin chorvador ko'chmanchilar o'rtasida ziddiyat kuchayib, dexqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dexqonlar jon saqlash maqsadida o'z yerlarini tashlab ketishga majbur bo'ladilar. Qoraxoniylar xukmronligi davrida maxalliy mulkdor dexqonlar yer-suv mulklaridan xamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat xayotida o'zining ilgarigi o'rni va axamiyatini butunlay yo'qotadilar.

Iqto' yerlarining kengayishi. 11 asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto' tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan xukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali xarbiylar, davlat ma'murlari va maxalliy zodagonlarga xam katta-katta yer maydonlari iqto' tarzida xadya qilinadi. Iqto' tartibi qoraxoniylar uchun bo'ysundirilgan mamlakatlar axolisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli xisoblangan.

SHunday qilib, 11-12 asrlarda Movarounnaxrda va Xurosonda iqto' yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi.

Bu davrga kelib musulmon ruxoniylariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta'sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari xam ancha ko'paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o'rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod xisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va xar xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug'orish tarmoqlari, to'g'onlar, yo'l va qal'alar qurish va ularni ta'mir etishda ularning ishtiroki shart edi.

SHaharlar, savdo va hunarmandchilik maxallalari. 11-12 asrlarda shaxarlar kengayadi, axolisining soni ko'payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O'zgan, Toshkent kabi shaxarlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil xunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqaradigan xamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. SHaxarlar markazida shoxona saroylar, masjid, madrasa, minora va xammom kabi ko'plab maxobatli imoratlar qad ko'taradi. 11-12 asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari o'zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi. Xunarmandchilikning taraqqiy etishi xamda ichki va tashqi savdoning kengayishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi. Natijada qoraxoniylar va ularning viloyat xokimlari eloqxonlar tomonidan kumush va misdan ko'plab chaqa va tangalar zarb qilinadi. O'sha vaqtlarda Bolasog'un, Taroz, O'zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaxarlarda pul ishlab chiqaradigan zarbxonalar bo'lgan.

11-12 asrlarda "dexqon" degan tushuncha o'zining "qishloq xokimi" deb anglatuvchi asl ma'nosini yo'qotdi.

Minorai Kalon - Buxoroda (12 asr).

19-§. Xorazm davlati va uning yuksalishi

Xorazmshoxlar davlati 9-10 asrlarda toxiriy, safforiy va somoniylar qo'l ostida bo'lgan. 10 asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jixatdan yana tez rivojlana boshlagan. 10 asrning oxiriga borganda 8 asr boshlaridagi mavjud uchta shaxarlarning soni o'ttiz ikkitaga yetgan. 10-11 asrlarda Xorazm mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. Xorazm savdogarlari chorvadorlar (xozirgi Turkmaniston va Qozog'iston) xamda Itil (Volga) bo'yidagi Xazar va Bulg'or podsholiklari, shuningdek SHarqiy Yevropaning slavyan axolisi bilan savdo-sotiq olib borganlar. Savdo aloqalarini kengayishida ayniqsa Gurganch (Urganch) shaxri muxim rol o'ynagan. Uning xokimi "Gurganch miri" nomi bilan ulug'langan.

995 yilda Gurganch miri Ma'mun ibn Muxammad Kat shaxrini ishg'ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshox unvoniga sazovor bo'ldi. SHu tariqa afrig'iylar sulolasi barxam topib, Ma'muniylar xukmronligi boshlandi. Ko'xna Urganch Xorazmshoxlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma'muniylar Xorazmshoxlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jixatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shaxar va qishloq (qal'a) larga ajratilib boshqarildi.

Xorazmshox davlatning oliy va mutlaq xokimi xisoblanardi. Gurganchda shox qarorgoxi, markaziy boshqarma devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shaxar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, xarbiy ishlar bilan shug'ullanadigan maxkamalar faoliyat ko'rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik - xo'jayi buzruk unvoniga ega bo'lgan. U devonxona ishlariga mas'ul bo'lgan. Xarbiy safarlar vaqtida xukmdor nomidan davlatni idora etgan.

Ma'muniylar davrida Xorazmda ilm-fan va madaniyat ravnaq topib, Ma'mun akademiyasi - "Dorul xikma va maorif" ("Bilimdonlik va maorif uyi") tashkil etiladi. Ushbu ilmgoxda buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar, o'z kashfiyot va asarlari bilan Xorazmshoxlar davlatining mavqeyini yuksak darajaga ko'targanlar. Biroq, bu ma'naviy yuksalish uzoq davom etmagan.

O'rta asrlarda tashkil topgan Xorazmshoxlar davlati Old va O'rta Osiyoning eng yirik davlatlaridan biri edi.

Mustaqillik uchun kurash. 1017 yilda Maxmud G'aznaviy tomonidan zabt etilib, o'z mustaqilligidan maxrum bo'lgan Xorazm ko'p vaqt o'tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo'lib qoladi. Saljuqiylar xukmdori Malikshox o'z ma'murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so'ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muxammad (1097-1127) noiblik qiladi. Garchi u "xorazmshox" unvonini tiklab, Bunday jarangdor nom bilan ulug'lansada, Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muxammadning o'g'li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog'liqdir.

Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o'ziga bo'ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jixatdan bog'liq bo'lgan Sirdaryo etaklari va Mang'ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi soxillaridan to Sirdaryoning o'rta oqimiga qadar bo'lgan yerlarda Xorazmshoxlar davlatining poydevorini barpo etadi.

Xorazmshoxlar davlatining tashkil topishi. Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar. 12 asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153 yilda Sulton Sanjarga qarshi ko'chmanchi o'g'uzlar isyon ko'taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi.

Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So'ngra fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo'lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubxasiz, Xorazmning xukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustaxkamlanadi. Xorazm viloyati ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi 1187-1193 yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaxarlarini zabt etadi. 1194 yilda esa saljuqiylar sultoni To'g'rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo'ysundiradi.

Davlat xududining kengayishi. Takashdan so'ng uning o'g'li Alovuddin Muxammad (1200-1220) xam Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206 yildan boshlab Movarounnaxrni qoraxitoylarga qaramlikdan ozod etishga kirishildi. 1210 yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag'lubiyatga uchratiladi. Yettisuvgacha bo'lgan yerlar Xorazmshoxlar davlati tasarrufiga olinadi.

13 asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli - g'arbiy va g'arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi soxillaridan janubi g'arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy xududlari G'azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o'tar edi.

SHarqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shaxri edi. Xorazmshox "Iskandari soniy" deb maqtalgan (Xorazmshox saroyida 27 xukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo'lgan va buyuk xukmdorni "Iskandari soniy" deb ulug'lagan).

Ichki ziddiyatlar. Qoraxitoylar zulmidan qutulgan bo'lsada, mexnatkash axolining axvoli yengillashmadi. Aksincha, xorazmshoxlarning xarbiy yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma'murlarning jabru zulmi mamlakat fuqarolarining moddiy axvolini g'oyat og'irlashtirdi, xalq xo'jaligini yanada zaiflashtirdi. Bu, shubxasiz, shaxar va qishloq axolisining xorazmshoxga qarshi noroziligini oshirdi. Natijada, 1210 yilda O'tror axolisi, 1212 yilda esa samarqandliklar qo'zg'olon ko'tardilar. Muxammad Xorazmshox qo'zg'olonlarni shafqatsizlik bilan bostiradi.

Viloyat xukmdorlarining isyonlari, xalqning ko'pgina tabaqalari noroziligi, qo'shin va saroyda fitnalarning avj olishi davlatning beqarorlik xolatini yaqqol ko'rsatar edi. SHuning uchun xam bu davlat ko'p yashamadi.

Xorazmshox - Xorazm xukmdorlarining unvoni.

Iskandari soniy - Ikkinchi Iskandar.

Otsiz davrida bossib olingan xududlar - Jand, Yangikent, Sig'noq (1152 yil).

Elarslon davrida bosib olingan xududlar - Niso (1165 yil).

Takash davrida bosib olingan xududlar - Buxoro, Marv (1193 yil), Nishopur (1187 yil), Ray (1194 yil), Xamadon (1194 yil).

Muxammad Xorazmshox davrida bosib olingan xududlar - Tabriz, Ozarbayjon, Fors, Kirmon (1206 yil), Makron, Sijiston, Xirot, G'azni (1215 yil), Balx (1206 yil), Samarqand (1210 yil), O'tror, G'uriylarning mulklari (1206 yil).

Muxammad Xorazmshoxning yurishlari - Bag'dod (1217 yil), Qipchoqlar (1216 yil).

Xorazmshoxlar davlatining shimoli va shimoli-g'arbida yashovchi qabilalar - qang'lilar.

Xorazmshoxlar davlatining shimoli-sharqida yashovchi qabilalar - qoraxitoylar.

Xorazmshoxlar davlatining janubi-sharqida yashovchi qabilalar - g'uriy mamlyuklar.

20-§. O'rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi

"Bayt ul-xikma". 9-12 asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda sodir bo'lgan siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar mamlakat madaniy xayotiga xam kuchli ta'sir etdi.

Movarounnaxr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan o'zga mamlakatlar qatorida, bu o'lkada xam faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi xam joriy etildi. CHunki arab tili xalifalikning xam davlat tili, xam fan tili edi. SHu boisdan arab tilining o'rni va axamiyati oshib, uni o'zlashtirishga bo'lgan intilish kuchaydi.

Arab tili va yozuvini yaxshi o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo'ldi. Bag'dod shaxri SHarqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. 9 asrda bu shaxarda "Bayt ul-xikma" tashkil etilgan edi. "Bayt ul xikma"da katta kutubxona, Bag'dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargoxiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va xind olimlarining ilmiy merosini o'rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug'ullanardilar. Al-Xorazmiy, Axmad al-Farg'oniy, Axmad al-Marvaziy, al-Abbos Javxariy va Yaxyo bin Abu Mansur kabi Movarounnaxr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o'rta asr ilmu faniga katta xissa qo'shadilar.

Al-Xorazmiy. Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 850 yillarda yashab ijod qilgan) Xorazm diyorida tug'ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli soxadagi bilimlarini u o'z ona yurti Xorazm va Movarounnaxr shaxarlarida ko'pgina ustozlardan oladi. So'ngra u xalifa Ma'mun zamonida (813-833) "Bayt ul-xikma"da mudir sifatida faoliyat ko'rsatadi. Zamonasining mashxur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan xissa qo'shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari "Al-jabr val-muqobala", "Xind xisobi xaqida"; geografiyaga oid kitoblari "Kitob surat ul-arz" ("Er surati"); astronomiyaga oid asarlari "Zij" va "Usturlob bilan ishlash xaqida kitob"; tarixga oid asarlari "Kitob at-tarix", "Yaxudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash xaqida risola" nomlari bilan atalgan. Xorazmiy "Aljabr val-muqobala" kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga asos soldi

Xorazmiy "Al-jabr val-muqobala" kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga asos soldi.

Xatto "algebra" atamasi ushbu kitobning "aljabr" deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning "Aljabr" asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli xisob va o'lchov ishlarida dasturilamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi 12 asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Xorazmiyning arifmetik risolasi xind raqamlariga asoslangan o'nlik xisoblash tizimining Yevropada, qolaversa, butun dunyoda tarqalishida buyuk axamiyat kasb etdi. SHunday qilib, vatandoshimiz Xorazmiy aljabrni mustaqil fan darajasiga ko'tarib, algebra faniga asos soldi va tarixda o'zidan o'chmas iz qoldirdi.

Axmad al-Farg'oniy. "Bayt ul-xikma"da faoliyat ko'rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Axmad ibn Muxammad ibn Kasir al-Farg'oniy (797-865). U Farg'ona vodiysidagi Quva shaxrida tavallud topgani uchun Al-Farg'oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuxrat topgan. U astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug'ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari xarakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga raxbarlik qildi. 832-833 yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig'ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o'lchashda qatnashdi.

861 yilda al-Farg'oniy raxbarligida Nil daryosi soxilida qurilgan qadimgi gidrometr daryo oqimi satxini belgilaydigan "Miqyos an-Nil" inshooti va uning darajoti qayta tiklandi.

Al-Farg'oniyning "Astronomiya asoslari" nomli kitobi bir necha asr davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo'yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi.

Bizning davrimizgacha Axmad Farg'oniyning 8 ta asari saqlangan bo'lib, ular orasida "Samoviy xarakatlar va umumiy ilmi nujum" kitobi xam bordir. Bu kitob 12 asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima qilinib, nafaqat musulmon SHarqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.

Mustaqillik yillarida Axmad al-Farg'oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. 1998 yil oktyabrda alloma Axmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg'ona shaxrida al-Farg'oniy nomi bilan bog' yaratildi va buyuk allomaga xaykal o'rnatildi.

Imom al-Buxoriy. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta'limotining omili yo'lida Movarounnaxrlik muxaddis ulamolarning xizmati katta bo'ldi. Bu borada ayniqsa, Imom al-Buxoriy (Muxammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810-870 yillarda yashab ijod qilgan) va uning zamondoshi xamda shogirdi Termiziy (Abu Iso Muxammad at-Termiziy 824-894 yillarning) xissasi nixoyatda buyukdir.

Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi. Uning birgina "Al-jome' as-saxix" asariga 7275 xadis kiritilgan. 1998 yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog'ida "Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui" barpo etildi. 4 jildlik "Al-jome' as-saxix" kitobi ilk bor o'zbek tilida nashr etilib kitobxonlarga taqdim etildi.

Abu Mansur al-Moturudiy. Kalom ilmi ravnaqiga ulkan xissa qo'shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturudiy taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog'ida tug'ildi. Al-Moturudiy islomiy odob qoidalari, ma'naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo'ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan "Kitob at-Tavxid" ("Alloxning birligi") va "Ta'vilot axl as-sunna" ("Sunniylik an'analari sharxi") nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, islomiy urfodatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishi moxiyati talqin etilgan. Al-Moturudiy 944 yilda Samarqandda vafot etgan.

Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000 yil noyabrda Imom al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturudiy xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o'zbek tilida nashr etildi.

Xadis (arabcha: rivoyat, naql) - Islom dinida Qur'ondan keyingi muqaddas manba, Muxammad payg'barning (s.v.a.) faoliyati va ko'rsatmalari xaqida rivoyatlar majmui.

Imom al-Buxoriy yorgorligi - Samarqand shaxrida.

Abu Mansul al-Moturidiy yodgorligi - Samarqandda.

Xonbandi suv ombori - 10 asrda.

21. Movarounnaxr va Xorazmning madaniy xayotida yangi davr (9-13 asr boshlari)

Madaniy va ma'naviy uyg'onish. 9 asrning ikkinchi yarmida xalifalik xukmronligi tugab, Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy xayotning rivoji uchun keng yo'l ochiladi.

Movarounnaxrning madaniy xayotida uyg'onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaxarlarda kutubxonalar, kitob do'konlari qurilgan. Movarounnaxr va Xorazm jaxon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shgan buyuk siymolarni o'z bag'rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.

1004 yil "Dorul xikma va maorif" ("Bilimdonlik va maorif uyi") "Ma'mun akademiyasi" shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (X asr-1034), Abulxayr ibn Xammor (991-1048), Abu Saxl Masixiy (970-1011), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tashkil etgan.

1017 yil Maxmud G'aznaviy Xorazmga bostirib kirgandan so'ng "Dorul xikma va maorif" faoliyati tugatilgan, olimlarning ko'pchiligi G'azna shaxriga majburan olib ketilgan.

1997 yil 11 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to'g'risida"gi farmoni chiqdi. 2006 yil kuzida Respublikamizda "Xorazm Ma'mun akademiyasi" ning 1000 yilligi nishonlandi.

Abu Nasr Farobiy. Abu Nasr Farobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shaxrida tug'ilgan. U avval ona shaxrida, so'ngra Samarqand, Buxoro va Bag'dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaxarlarida yashagan. Farobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot soxalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o'rta asr ilm-fan va madaniyatiga ulkan xissa qo'shdi. Bular orasida "Arastuning "Metafizika" asariga sharx", "Musiqa kitobi", "Baxt-saodatga erishuv xaqida", "Tirik mavjudot a'zolari xaqida", "Fozil odamlar shaxri" va boshqa ko'pgina asarlari muxum axamiyatga ega bo'lgan. Farobiy SHarqda Arastudan (Aristotel) keyingi yirik mutafakkir "Muallim us-soniy" nomi bilan shuxrat topdi.

Somoniylar davrida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko'tarilish keyinchalik Xorazmning yuksalishi, madaniy xayotning ravnaqiga imkon berdi.

Ibn Sino. Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida maxalliy amaldor oilasida dunyoga keldi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu Abdulloxdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqx ilmlarini o'rganadi. O'n olti yoshidan boshlab turli fanlar bo'yicha SHarq va G'arb olimlarining ilmiy asarlarini mustaqil o'rgandi. Ayniqsa, u tabobat ilmining qadimgi allomalari Gippokrat va Galen xamda o'rta asr SHarqining buyuk xakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy (865-925) ning asarlarini puxta o'rganadi.

Ibn Sino o'n yetti yoshidayoq e'tiborli xakim va olim bo'lib yetishadi. U amir Nux ibn Mansurni davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi. Ibn Sino taqdir xukmi bilan Gurganch (Urganch) dagi Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari qatorida ijod qiladi. U 1037 yilda vafot etadi va Xamadonda dafn etiladi.

Ibn Sino 450 dan ortiq, shu jumladan tibbiyotga doir 43 ta asar yozgan. Uning 5 jildlik "Alqonun fit-tib" ("Tib qonunlari") nomli qomusiy asarida kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari diagnostika, muolaja usullari, dorivor o'simliklar va dori-darmonlarning xususiyatlari, parxez, inson salomatligi uchun jismoniy tarbiyaning axamiyati kabi tabobatning g'oyat muxim masalalariga aloxida e'tibor berilgan. Uning "Alqonun fit-tib" asari 12 asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, to 17 asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo'llanma sifatida foydalanilgan.

Abu Ali ibn Sino SHarqda "SHayx ur-rais", G'arbda esa "Avitsenna" nomlari bilan shuxrat topdi.

Abu Rayxon Beruniy. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shaxrida tug'ilib, Urganchda ta'lim olgan. Xorazmshox Abul Abbos Ma'mun 2 saroyida to'plangan olimlar bilan birgalikda Ma'mun akademiyasida ijod qilgan. Xorazm Maxmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach, Beruniy va boshqa olimlar bilan birga G'azna shaxriga olib ketiladi va umrining oxirigacha shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048 yilda G'aznada vafot etadi.

Beruniy astronomiya, geografiya, matematika va tarix fanlari bo'yicha 160 dan ortiq asarlar yozgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Xindiston", "Mineralogiya", "Geodeziya" kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. U o'zining astronomiyaga oid asarlarida Kopernikdan qariyb besh asr muqaddam Yerning Quyosh atrofida aylanishi xaqidagi fikri o'rta asrlarda birinchi bo'lib ilgari surdi. Beruniy yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U 1029 ta yulduzning koordinatlari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini xamda dunyoning geografik kartasini tuzgan. Beruniyning ilmiy va falsafiy ulkan merosi shubxasiz jaxon fani va madaniyati xazinasiga qo'shilgan ulkan xissa bo'ldi.

Qoraqalpog'istondagi shaxar, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining SHarqshunoslik instituti, Toshkent Davlat Texnika universiteti Beruniy nomiga qo'yilgan. Beruniy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling