Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Qutayba fatxidan so'ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga ajralib ketgan. Uning shimoliy qismi Gurganj (Ko'xna Urganch) miri, janubiy qismi esa Xorazmshox tomomdan boshqarilgan. Ularning xar ikkisi xam xalifalikka bevosita bo'ysunib, xar qaysisi aloxida-aloxida xiroj to'lagan. So'g'd yurishi. 712 yilda Qutayba qo'shinlari Samarqandga tashlanadi. Bu davrda ixshid Tarxun taxtdan tushirilib, uning o'rniga G'urak (710-737) So'g'dga podsho qilib ko'tarilgan edi. G'urak arablarga qarshi kurash olib bordi. Kuchlar teng bo'lmaganligi oqibatida Samarqand taslim bo'ladi. G'urak bilan Qutayba o'rtasida sulx tuzilib, arablarga bir yo'la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam xisobida boj to'lash, 30 ming nafar odam berish, shaxarda birorta xam askar saqlamaslik, ichki shaxarni arablarga bo'shatib berish, masjid bino qilish kabi shartlarni bajarishga majbur etiladi. Bularning evaziga Qutayba G'urakni Samarqand, Kesh va Naxshabga xokim qilib tayin etadi. SHunday qilib u xalifalikka qaram bo'lib qoladi. CHoch va Farg'onaning zabt etilishi. 713 yilda Qutayba qo'shinining bir qismi CHoch viloyatiga, o'zi boshliq asosiy kuch esa Farg'ona vodiysi tomon yo'l oladi. CHoch voxasi bosib olinib, uning bosh shaxri Madinat ash-SHosh, juda ko'p qal'a va qo'rg'onlar xamda qishloqlarga o't qo'yilib vayron etiladi. 715 yilning boshida esa Farg'ona vodiysini uzil-kesil egallab, Qoshg'argacha kirib boradi. Xamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlanadi. Lekin Qutayba xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko'targani oqibatida Farg'onada arab askarlari tomonidan o'ldiriladi. Arab xalifaligi - barcha xokimiyat Muxammad (s.a.v. ning o'rinbosari (xalifa) qo'lida to'plangan davlat. Muzofoti - xududi, yerlari. 9-§. Movarounnaxr fatx etilishining iqtisodiy va ma'naviy oqibatlari Iqtisodiy oqibatlar. Xalifalik o'lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dexqonchilik voxalarini oyoqosti qilib, juda ko'p shaxar va qishloqlarga o't qo'yib vayron etdi. Suv inshootlari buzib tashlandi. ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shaxar va qishloq axolisidan oltin, kumush, qimmatbaxo buyumlar va ko'plab qurol-yarog'lar tortib olindi. Sulx tuzishga majbur bo'lgan Buxoro, Poykand, So'g'd xukmdorlaridan katta miqdorda boju tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo'shinlariga minglab nafar maxalliy yigitlarni jalb etdilar. Istilochilar xarbiy kuchga tayanib, axolidan turli soliqlar undirib, axolini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar. Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaxarlarda shaxriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (Eronliklar)ga bo'shatib beriladi. "Xiroj", "ushr", "zakot", "jiz'ya" kabi soliqlar joriy etiladi. Islomga da'vat etish. Arablar Movarounnaxrda o'rnatilgan siyosiy xokimiyatni mustaxkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun islom dinini da'vat etishga, axoli o'rtasida islomni yoyishga aloxida axamiyat berdilar. SHu boisdan ular Movarounnaxr axolisining asosiy dini xisoblangan zardushtiylik (otashparastlik) va boshqa dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o'rniga jome masjidlari bino qilinadi. Axolini islomlashtirish yo'llari. Islom dinini qabul qilib, musulmon bo'lgan maxalliy axoli vakillari dastlabki yillarda xiroj va jiz'ya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilishdan bosh tortgan kimsalardan esa jon solig'i - jiz'ya undirilib olingan. Soliqlarni o'z vaqtida to'lamagan kishilar tutib olinib, bo'yinlariga "qarzdor" deb yozilgan taxtacha osib qo'yilardi. Bunday amaliy tadbir va choralar, shubxasiz, Movarounnaxr axolisi o'rtasida islom dinining tarqalishiga yordam beradi. Biroq, shunday bo'lsada, islomni qabul qilgan axolining ko'pchiligi nomigagina musulmon bo'lib, uzoq vaqtlargacha pinxona o'z dini va e'tiqodlariga sodiqligicha qolavergan. Maxalliy madaniyatning poymol etilishi. Xalifalik tomonidan Movarounnaxrning bosib olinishi oqibatida maxalliy xalqning urfodati, dini va e'tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyati poymol etildi. Maxalliy so'g'd yozuvida bitilgan diniy va ma'rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli xujjatlarni xamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo'q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasiga o'rnatilgan turli-tuman xaykallarning parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlarning, ayniqsa, odam rasmlarining ko'zlari o'yilib, bo'yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir. Xalifalik istilochilari axolidan xiroj, ushr, zakot, juz'ya soliqlarini undirganlar. Jiz'ya - Islomni qabul qilmagan axolidan olinadigan jon solig'i. Zakot - mol-mulkning 1/40 qismi xajmida olinadigan soliq. Xiroj - xosilning 1/3 qismi xajmida olinadigan yer solig'i. Ushr - idora ishlari uchun daromadning 1/10 xajmi xisobida olinadigan soliq. SHoxizinda (Samarqand) - Qussam ibn Abbos qabrtoshi. Mazdak ibn Xamadoniy - (470-529) - Eronning bosh koxini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'lgan va buni zo'rlik yo'li bilan amalga oshirishni yoqlab chiqqan. Marv - Oq kiyimlilarga qarshi zarba markazi. Narshax, Samarqand, Kesh - Oq kiyimlilar qo'zg'oloni markazlari. Narshax, Buxoro, Samarqand, Naxshab, Kesh, Termiz - Oq kiyimlilar qo'liga o'tgan xududlar. Baxri Xorazm - Oq kiyimlilar qo'zg'oloni davrida Orol dengizi. Sayxun - Oq kiyimlilar qo'zg'oloni davrida Sirdaryo. Jayxun - Oq kiyimlilar qo'zg'oloni davrida Amudaryo. 10-§. Xalifalikka qarshi xalq xarakatlari Qo'zg'olonning sabablari. Xalifalikning talonchilik siyosati maxalliy xalqni barcha xaq-xuquqlardan maxrum etdi. Madaniyatning oyoqosti qilinishi, zulm xamda arab tili, yozuvi va xalifalik qonun-qoidalarining zo'rlik bilan joriy etilishi natijasida maxalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo'zg'olonlar ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) murakkab vaziyatni xisobga olib, bo'ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo'ldi. U yangi yerlarni bundan buyon zabt etishni to'xtatish xamda moliyaviy isloxot o'tkazish to'g'risida farmon berdi. Bunga binoan musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan maxalliy xalqlardan xiroj va jiz'ya soliqlarini olish bekor qilindi. Biroq Movarounnaxr zodagonlarining ko'pchiligi o'zini xaqiqiy musulmon deb xisoblab, soliq to'lamay qo'yadi. So'ngra xalifalik ma'muriyati bir yo'la xammadan jiz'ya olish xaqida buyruq beradi. Natijada Movarounnaxrda yoppasiga islomdan chiqish va eski dinlarga qaytish boshlanadi. Buning oqibatida maxalliy mulkdorlar bilan arab ma'muriyati o'rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamlakatda bosqinchilarga qarshi xalq qo'zg'olonlari ko'tariladi. Qo'zg'olonning boshlanishi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 720 yilda So'g'dda boshlandi. Qo'zg'olonga So'g'd ixshidi G'urak va Panjikent xokimi Divashtich boshchilik qiladilar. So'g'dliklarga yordam berish uchun Yettisuvdan turkt lashkarlari keladi. So'g'ddagi barcha xokimliklar axolisi ko'tariladi. Qo'zg'onchilarning birlashgan kuchlari arablarga qattiq zarba beradilar. Faqat ayrim shaxar va qal'alar ichida qurshovda qolgan arab istilochilari katta o'lpon va e'tiborli vakillarini qo'zg'olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar. 721 yilda Said Xaroshiy Xurosonga noib qilib tayin etiladi. U Iroqda xalq qo'zg'olonini bostirishda shafqatsizligi bilan dong qozongan edi. Unga so'g'dliklar qo'zg'olonini bostirish va ularni islomga qaytarish vazifasi topshiriladi. Xo'jandda bo'lib o'tgan jangda qo'zg'olonchilar yengiladi. Said Xaroshiy Movarounnaxr shaxar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Biroq, qo'zg'olonni to'la bostirishga erisha olmaydi. Qo'zg'lonchilarga yon berish. Movarounnaxr axolisini tinchlantirish va arablar xokimiyatini mustaxkamlash maqsadida Xuroson noibi Ashros islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jiz'ya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi. Bu axolini tinchlantirishga qaratilgan vaqtinchalik tadbir edi. Zodagon dexqonlarning ko'pi o'z chokarlari va kadivarlari bilan islomni qaytadan qabul qilib, arablar tomoniga o'tadilar. Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738-748) mamlakatda o'z mavqeyini mustaxkamlab olish maqsadida moliya isloxoti o'tkazadi. Islomni yangi qabul qilgan kishilar jiz'yadan ozod etildi. Barcha musulmonlar xuquq jixatdan tenglashtiriladi, yer egasining e'tiqodidan qat'iy nazar ularning xiroj to'lashi shart qilib qo'yiladi. Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dexqonlar o'rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o'rnatiladi. Ayni vaqtda o'zi xam namuna ko'rsatib, Buxorxudotning qiziga uylanadi. Bunday siyosat natijasida, shubxasiz, arablar bilan maxalliy zodagonlar o'rtasida ma'lum darajada ittifoq yuzaga kela boshladi. Ammo bu ozodlik yo'lida olib borilayotgan xalq xarakatlariga barxam bera olmaydi. Movarounnaxr xalifalikdagi eng notinch va isyonkor o'lkalardan biri bo'lib qolaveradi. 8 asrning 40 yillarida xalifalikda toju taxt uchun kurash kuchayadi. Muxammad payg'ambarning amakisi Abbosning evarasi Muxammad ibn Ali xalifalik uchun kurash boshlaydi. Ummaviylar Muxammad (s.a.v.) avlodini qirib tashlashda ayblandi. Xokimiyatni abbosiylarga topshirish kerak degan da'vo ilgari surildi. SHu tariqa xalifalikda ummaviylar xukmronligini ag'darib tashlash uchun keskin xarakat boshlanib ketdi. Isloxot - mavjud tartibni o'zgartirish. Farmon - qonun kuchiga ega bo'lgan buyruq. 11-§. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnaxr. Abu Muslim qo'zg'oloni Xalq noroziligining kuchayishi. Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik, ayniqsa, xalifa Marvon 2 (744-750) xukmronlik qilgan davrda nixoyatda kuchaydi. Bunga xiroj solig'i miqdorining oshirib yuborilgani xamda axolining muttasil xasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo'ladi. Ummaviylarga qarshi kurashga da'vat qilish uchun abbosiylar turli viloyatlarga ko'plab targ'ibotchilar yuboradilar. SHunday targ'ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi. 746 yilda u Xurosonga keladi. U Xuroson axolisiga murojaat qilib, payg'ambar avlodlarini quvvatlashga chaqiradi. Qo'zg'olonchilarning to'planishi. Dastlab arab zodagonlari, so'ngra maxalliy dexqonlar Abu Muslimni qo'llab-quvvatlaydilar. Ummaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnaxr va Toxariston viloyatlariga keng tarqaladi. Go'yo mamlakat axolisining barcha katta-kichigi xalifalikka qarshi qo'zg'algandek bo'ladi. Qo'shin avval Abu Muslim qarorgoxi Moxuvon qal'asida to'planadi. Abu Muslim qo'shiniga kelib qo'shilgan kishilar ro'yxatga olinib, ularga avval uch, so'ngra esa besh dirxamdan maosh to'lanadi. Qizig'i shundaki, ro'yxatdan o'tgan kishilarning katta qismi xar tomondan kelgan qullardan iborat edi. Bu davrda xam qullar axoli o'rtasida eng quyi tabaqa xisoblanib, ular bilan bir safda turish boshqa tabaqa vakillariga or tuyulganligi xisobga olinib, Abu Muslim qullar uchun SHavval qishlog'ida maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ'ibotchini boshliq qilib tayinlaydi. 750 yilda Arab xalifaligida xokimiyat ummaviylardan abbosiylar qo'liga o'tadi. Qo'zg'olonchilarning maqsadi. Qo'zg'olonchilar safida arab zodagonlari, Movarounnaxr va Xurosonning maxalliy mulkdor dexqonlari, xalifalik sharqidagi mazlum axoli, shaxar xunarmandlari va qishloq kadivarlari xamda qullar bor edi. Bularning maqsadlari xam xar xil edi. Arab zodagonlari xokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o'z mavqelarini ko'tarmoqchi edilar. Maxalliy mulkdorlar siyosiy jixatdan arablar bilan tenglashish va iloji topilsa, mamlakatni xalifalikdan ajratib, uni mustaqil idora qilishni maqsad qilib olgan edilar. Mexnat axli ummaviylarning zulmi, og'ir soliqlar va uzluksiz majburiy xasharlardan, qullar esa qullik kishanlaridan qutulish orzusida edilar. Bu ezgu umidni ro'yobga chiqarish uchun zulmkorlarga qarshi kurashish yo'liga astoydil otlangan edilar. Qo'zg'olonchilarning deyarli barchasi qora libos kiyib olgan edilar. Avvalo, qora kiyim motam ramzi, qolaversa, zabardast kuch bayrog'i xamda shiddatli janglarda qo'zg'olonchilarni ummaviy xarbiylardan ajratib turadigan belgini anglatgan. Qo'zg'olonning boshlanishi. 748 yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shaxrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha xarbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safarbar qilsada, ammo ummaviylar xokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749 yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon 2 taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffox (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. SHunday qilib, Arab xalifaligida davlat xokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. Abbosiylar davrida Movarounnaxr. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mexnatkash axoliga xech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi xam amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va xarbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixox emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnaxrga noib qilib yuboriladi. Mexnatkash axoli o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750 yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim maxalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi. Movarounnaxrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan Ziyod ibn Solix boshchiligida yuborilgan arab va so'g'd, shuningdek, turklardan iborat xarbiy kuch 751 yilda Talos vodiysida Xitoy qo'shinlariga zarba berib, ularni mamlakat xududidan quvib chiqaradi. Abu Muslim sidqidildan xizmat qilgan bo'lsada, ammo abbosiy xukmdorlar unga ishonmas edilar. 755 yilda qurolsiz va yolg'iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug'iga binoan o'ldiriladi. Abu Muslimning o'ldirilishi xalifalik sharqida, ayniqsa Xuroson va Movarounnaxrda abbosiylarga qarshi xalq xarakatlarining avj olib ketishiga baxona bo'ladi. Ummaviylar - Arab xalifaligini 661-750 yillarda boshqargan sulola. Abbosiylar - Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub, 750-1258 yillarda Arab xalifaligini boshqargan sulola 12-§. "Oq kiyimlilar" qo'zg'oloni "Oq kiyimlilar". 769-783 yillarda Movarounnaxrda juda katta xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Qo'zg'olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u "Oq kiyimlilar" qo'zg'oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu xarakatning raxbari Muqanna deb atalmish Xoshim ibn Xakim ismli xunarmand bo'lgan. U Marv shaxri yaqinidagi Koza qishlog'ida tug'ilgan. U boshi va yuziga ko'k parda tutib yurgan. SHuning uchun xam uni "Muqanna", ya'ni "Niqobdor" laqabi bilan atashgan. Muqanna yoshlik chog'ida kudungarlik (matolarga oxor beruvchi) kasbi bilan shug'ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo'lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko'tarilgan. U Mazdak g'oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin xayotga da'vat etuvchi ta'limotni targ'ib etgan. Muqanna Xuroson amirining isyonida qatnashib, payg'ambarlik da'vosini qilgani uchun zindonga tashlangan, so'ngra qochib Mavrga kelgach, atrofiga o'z tarafdorlarini to'plagan. Ajnabiylar xukmronligi va zulmiga qarshi qo'zg'alishga da'vat qilib, Movarounnaxr viloyatlariga targ'ibotchilarni yuborgan. Uning targ'iboti Naxshab va Kesh shaxarlarida yaxshi samara beradi. "Oq kiyimlilar"ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita raxbarlik qilish maqsadida Muqanna So'g'd tomon otlanadi. Uni Marvdan So'g'dga o'tkazmaslik uchun arab ma'murlari ta'qibni kuchaytiradilar. Amudaryo soxilini suvoriylardan iborat katta xarbiy kuch kechayu kunduz muttasil qo'riqlab turadi. Qo'zg'olonning boshlanishi. Muqanna Movarounnaxrga yo'l oladi va o'z yaqinlari bilan Amudaryoning o'ng qirg'og'iga o'tib, Naxshab va Kesh shaxriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog' tepasiga bino qilingan Som qal'asini o'z qarorgoxiga aylantiradi. Ko'pgina qishloqlarning kadivarlari, shaxar xunarmandlari va ayrim mulkdor dexqonlar unga ergashadilar. Tez orada butun Qashqadaryo voxasi "Oq kiyimlilar" qo'liga o'tadi. Natijada "Oq kiyimlilar" xarakati kengayib, katta xalq qo'zg'oloniga aylanadi. U ayniqsa Movarounnaxrning markazi So'g'dda avj olib, Eloq (Oxangaron) vodiysi va SHoshga xam o'zining ta'sirini o'tkazadi. Qo'zg'olonda turli tabaqalar qatnashadi. Qo'zg'olonning borishi. "Oq kiyimlilar" qo'zg'oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775 yilda Jabroil ibn Yaxyo boshliq katta xarbiy kuchni Movarounnaxrga safarbar qiladi. Ammo Jabroil qo'zg'olonchilardan yengiladi. U katta talafotlar berib, zo'rg'a Samarqanddagi arab qo'shinlariga kelib qo'shiladi. Qo'zg'olonchilar Termiz yaqinida qo'shimcha yordamga kelayotgan arab qo'shinlariga to'satdan xujum qilib, ularni tor-mor qiladilar. Naxshab va CHag'oniyon voxalari qo'zg'olonchilar qo'liga o'tadi. Qo'zg'olon 776 yildan boshlab Buxoro voxasida kuchayib ketadi. Narshax qal'asi qo'zg'olonchilarning qo'rg'oniga aylantirilib, unda "Oq kiyimlilar"ning, kattagina qismi to'plangan edi. To'rt oy davom etgan kurashdan so'ng qo'zg'olonchilar mag'lubiyatga uchraydi. "Oq kiyimlilar" va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi ikki yil jang qiladilar. Nixoyat qo'zg'olonchilar yengilib, Samarqand taslim bo'ladi. "Oq kiyimlilar"ning yengilishi. Narshax va Samarqandda "Oq kiyimlilar" yengilgach, maxalliy mulkdor tabaqa vakillari arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida bo'lib o'tadi. 783 yilda Muqannaning Som qal'asidagi qarorgoxi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so'ng kurashdan tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo'ladilar. Istilochilarga taslim bo'lishni istamagan Muqanna o'zini yonib turgan tandirga tashlab xalok bo'ladi. Qo'zg'olonning yengilish sabablari. "Oq kiyimlilar" uyushqoqlik bilan xarakatqila olmaganlar. Bu omil qo'zg'olon yengilishining asosiy sababi bo'ldi. Ikkinchidan, xalq xarakatining ommalashib ketishidan cho'chigan maxalliy mulkdorlar birin-ketin arablar tomoniga o'tib ketganlar. Uchinchidan, qo'zg'olonning uzoq davom etganligi mexnatkashlarni xoldan toydirgan. Qo'zg'olon bostirilgan bo'lsada, istilochilarga qarshi maxalliy xalq xarakati uzil-kesil to'xtab qolmadi. 806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo'zg'olon ko'tariladi. Qo'zg'olon Samarqanddan boshlanib SHosh, Farg'ona, Buxoro, Naxshab va Xorazm viloyatlariga tarqalgan. Tez orada mazkur viloyatlar xalifalik qo'lidan ketadi. Xuroson noibi Ma'mun dexqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Axmad va Yaxyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so'raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo'lga olib, uni xalifaga taslim bo'lishga majbur qiladilar. SHu tariqa navbatdagi xalq xarakati xam bostiriladi. Maxalliy xalqlarning istilochilarga qarshi kurashlari bexuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning xukmronligi zaiflasha bordi. Bu xol Movarounnaxr axolisining ozodlikka erishuvini tezlashtirdi. Mazdak ibn Xamdodon (476-529 yy.) - Eronning bosh koxini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo'igan va buni zo'rlik yo'li bilan amalga oshirishni yoqlab chiqqan Kudungar - matoga oxor beruvchi. Muqanna - niqobli kishi Sarxang - kichik lashkarboshi 13-§. Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi 8 asr oxiri - 9 asr boshlarida Arab xalifaligi og'ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo'ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo'lib qoldi. Movarounnaxr va Xuroson axolisining tez-tez qo'zg'olon ko'tarib turishi, uzluksiz davom etgan o'zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi xokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Movarounnaxrning shimoliy va shimoli sharqiy xududlaridagi xali xalifalikka bo'ysundirilmagan chegaradosh el-yurtlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir. Qorluqlar davlati. Qadimda Oltoyning g'arbida, so'ngra Irtish daryosining o'rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan xisoblangan. 6-7 asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 8 asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti CHu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shaxri edi. Qarluqlar davlati xukmdori "yabg'u" yoki "jabg'u" deb yuritilgan. 10 asr o'rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo'lgan. Bu davrda bir nechta shaxarlarda jome masjidlar bino qilingan. Qarluqlar turkiy qabilalardan biri. Dastlabki Oltoyning g'arbiy qismidagi Irtish daryosi bo'yida yashaganlar. 8 asr o'rtalari - qorluqlar davlati tashkil topdi. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chig'il qabilasi yaylovlarigacha, g'arbdan o'g'uz yurti va Farg'ona vodiysi; janubda esa yag'molar voxasi va SHarqiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo'l, Navkat, Karmankat, Yor kabi shaxarlar va qator qishloqlar qad ko'targan. Axoli qo'ychilik, tog' jilg'alari bo'ylarida esa dexqonchilik bilan shug'ullangan. SHarqiy Turkiston va Movarounnaxr bilan savdo-sotiq olib borilgan. CHetga asosan jun va junli maxsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. 10 asrda qarluqlar Movarounnaxrning shimoliy xududlarini egallagach, SHosh atrofi va Farg'ona xamda Zarafshon vodiylariga kelib o'rnashganlar. Keyinchalik o'troq tarzda yashaydigan maxalliy axoliga singib ketganlar. O'g'uzlar. 6 asrning ikkinchi yarmi va 7 asrda o'g'uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi yemirilgach, o'g'uzlarning kattagina qismi Sirdaryo xavzasi xamda Orol dengizi bo'yida muqim o'rnashib olganlar. Ular 9 asr oxiri va 10 asr boshida O'g'uzlar davlatiga asos soladilar. Sirdaryo quyi oqimi bo'yidagi Yangikent shaxri O'g'uzlar davlatining poytaxti bo'lgan. 10 asrdan boshlab o'g'uzlar islom dinini qabul qiladilar. 10 asrning birinchi choragida O'g'uzlar davlati shimoli sharqdan qo'zg'algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo'linib ketadilar. Ular o'z yurtini tark etib, bir qismi g'arbga, SHimoliy Kavkaz dashtlariga borib o'rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnaxrga kirib boradi va undan janubi g'arbga siljib, yangi sulola saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnaxrgina emas, balki butun O'rta SHarq xamda Old Osiyo axolisining siyosiy xayotiga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Bu davlatlarning axolisi shu xududda yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta'sir qildi. Masalan: qarluqlar o'zbek va tojiklarning, o'g'uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muxim rol o'ynadi. Toxiriylar davlati. 8 asr oxiri 9 asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og'ir siyosiy vaziyat Abbosiylarni Movarounnaxr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o'zgartirishga majbur etdi. Maxalliy zodagonlar Movarounnaxr va Xurosonni nafaqat o'z tasarruflariga o'tkazib oldilar, balki xalifalik markazida xam xokimiyatni boshqarishga tobora ko'proq rol o'ynaydigan bo'lib qoladilar. Bunga, ayniqsa, xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun bilan Amin o'rtasida 809-813 yillarda taxt uchun bo'lgan kurash katta yo'l ochib berdi. Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko'taradilar. Bundan norozi bo'lgan Ma'mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Xirot viloyatining zodagonlaridan Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnaxr mulkdorlari unga yordam beradilar. 813 yilda ular Bag'dodga yurish qiladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, Ma'mun xalifalik taxtiga o'tiradi. Buning evaziga Toxir 821 yilda Xuroson va Movarounnaxr noibi etib tayinlanadi. SHuningdek, Ma'mun Movarounnaxr zodagonlarining xam yordamini unutmadi. Somonxudotning nabiralarini ayrim shaxar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuxga Samarqand, Axmadga Farg'ona, Yaxyoga SHosh va Ustrushona, Ilyosga esa Xirot tegadi. Buning evaziga aka-uka somoniylar Movarounnaxrning xar yilgi xirojidan juda katta mablag'ini toxiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling