Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
Fotimadin imom Hasan tug‘ildi. Ummu Gulsum qizlarini payg‘ambarimiz Hazrati 
Usmonga shu yili nikoh qilgan edilar. Bundin ilgari Ruqiya degan qizlarini bergan bo‘lib, 
ul vafot qilgan edi. Hazrati Usmon Rasulullohning ikki qizlari bilan nikohlandi. Shuning 
uchun laqablari «Zunnurayn» bo‘ldi. Ma’nosi — «ikki nur egasi», degan bo‘lur. 
Yana shu yili, Uhud urushidan keyin, Qur’on hukmi bilan aroq harom qilindi. Aning 
haqida ushbu oyat keldi: 
«YO ayyuhal laziyna amanu innamal xamru val maysiru val ansobu val azlamu rijsum 
min amalish-shaytoni fajtanibuv laallakum tuflihuvan, innama yuridush-shaytonu an 
yuvqia baynakumul adovata val bag‘zoa fil xamri val maysiri vayasuddakum an zikrillohi 
va anissaloti fahal antum muntahuvan». 
Ya’ni: «Ey iymon keltirguvchi mo‘minlar, hukm shuldur, bundin o‘zga emasdurkim, aroq 
ichmak, qimor o‘ynamoq, butlarga sajda qilmoq, fol o‘qlariga ishonmoq, mana shu to‘rt 
narsa shaytonning chiqargan ishlaridan eng yomon ishdur. Albatta, bu ishlardin 
saqlaninglarkim, hamma yomonliklardan qutulg‘aysizlar. Aroq ichib, qimor o‘ynamoqda 
shayton o‘rtalaringizga qattiq dushmanlik solgay va yana Allohni yod qilmoqdin, va 
namoz o‘tamakdin sizlarni qoldirgay. Endi bu narsalar insonga shundoq ziyon keltirur 
ersalar ham nechun ulardin saqlanmagaysizlar, albatta, ulardan saqlaninglar» demakdir. 
Bu oyatni onglagan barcha sahobalar, «Saqlandik» deb javob qildilar. Bunday bo‘lgach, 
endi har davrning musulmonlari ham shu javobni berib, ushbu ziyonlik narsalardan 
saqlanishlari albatta lozimdur. Yuqorigi oyatda aytilgan to‘rt narsaning birisi «azlon» 
bo‘lib, buni «fol o‘qlari» dedik. Buning ochiq ma’nosi shundoq erdikim, uchida o‘qi yo‘q 
uch dona o‘q yoylarining birinchisiga «If’al», ikkinchisiga «Lo taf’al» so‘zlari yozilgan. 
Uchinchisiga hech narsa yozilmagan, quruq mana bu uch yog‘och o‘q bir to‘rvaga solinib, 
Ka’baga osib qo‘yilgan edi. Birinchi so‘z ma’nosi «qil» degani bo‘lib, ikkinchisi qilmadir. 
Uchinchisida— so‘z yo‘q, qilish-qilmaslik o‘z ixtiyorida. Ka’baga osilgan o‘qlardin boshqa 
har qaysi arab uyida ham shundoq o‘qlar saqlanur edi. Mana endi bulardin bir kishi 
safarga chiqmoqchi yoki urushga bormoqchi, yoki biror muhim ish qilmoqchi bo‘lsa, ul 
kishi kelib shu to‘rvaga qo‘l solar edi, uning qo‘liga qaysi o‘q chiqsa, shunga qarab ish 
qilur edi. Masalan, «if’al» chiqsa, ul kishi qilgay va aksincha, yozilmagani chiqsa, qilar-
qilinmasligi o‘z ixtiyorida bo‘lgay. Mana shundoq ishlarga bog‘lanib turish Islom 
shariatida shu oyat hukmi bilan xarom bo‘ldi. Endi mo‘min odamga lozim shuldurkim, 
agar shariatga sig‘adigan bir ish qilmoqchi bo‘lsa, foyda-ziyonini avval tekshirgandin 
so‘ngra, Allohga tavakkal qilib, u ishga kirishsin, bo‘lar-bo‘lmas narsalardin shak olib, 
iymoni bo‘sh kishilardek har narsadin fol ko‘tarib, o‘ziga foydalik ishlardin quruq 
qolmasin. Chunki Alloh taolo Qur’onda aytdi: 
«Fa iza azamta fatavakkal alalloh», ya’ni: «Bir ishni qilmoqqa qasd qilsang, Allohga 
tavakkal qil», dedi. 
Bu oyatdin chiqqan Allohning buyrug‘icha, har ishning yaxshi-yomonligini tekshirib 
chiqqandin so‘ngra, ul ishni qilish-qo‘yishda, albatta, Allohga tavakkal qilmoq har bir 
mo‘min kishiga farz bo‘ldi. O‘tgan oyatda aytilgan to‘rt narsani «shayton ishlaridan eng 
yomon ishdur, albatta bundin, saqlaninglar», deb Alloh taolo bandalariga buyuradi. 
Bularning yomonligi, agar o‘ylab qarasa, har qandoq kishiga ham ma’qul bo‘lur. Ayniqsa, 
aroq bilan qimor, bularning dinga va dunyo turmushiga eng qattiq ziyon qilishini bu 
oyatda Alloh taolo ochiq ko‘rsatdi. Chunki insonlarda eng qimmatlik narsa, kishining 
aqlidur. Ichkilikka kirishgan kishilar, shundoq ulug‘ ne’matdin, bahosi yo‘q gavhardin 
ajraydilar. Chunki aroq ichib esirmak, kishi sog‘liq sotib, telba bo‘lmog‘i demakdir. 
Buning ruhoniy tarafdin qandoq ziyoni ko‘p ersa, jismoniy tomondin tan sog‘liq ishlariga 
undin ham ziyoni ko‘proqdir. 
Islom xukamolarining ustozlaridan Abu Ali ibn Sino aytibdurkim: «Ichkilikka o‘rgangan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
odamlar ko‘pincha shol yoki qaltiroq kabi qo‘rqinchlik dardga yo‘liqqaylar». Yana 
Rasululloh aytdilar: 
«Al xamru jammoul ismi va ummul habois». Ya’ni «Aroq gunohning xazinasi va barcha 
yomonlikning onasi». Agar bir kimsa o‘zi bilaturib, qiz farzandini aroqxo‘rga bersa, ul 
kishi o‘z qizini zinoga tutib berganning gunohini topgay, dedilar. Endi bundoq bo‘lgach, 
har bir mo‘min musulmonlar bu oyat-hadis mazmuniga amal qilib, bundog‘ ulug‘ 
gunohdin o‘zlarini saqlasinlar va bir necha soatlik bosh og‘rig‘ini kayf qilish xayolini xush 
ko‘rib, dunyo va oxiratlarini xarob qilmasinlar. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Makkadin Madinaga Rasululloh hijrat qilib kelganlaridan 
so‘ngra yigirma yetti qatim o‘zlari askarga bosh bo‘lib, urushga chiqdilar. Qolgan 
urushlarga o‘zlari Madinada turib askar chiqardilar. Payg‘ambarimiz boshchi bo‘lib, 
urushga chiqqan bo‘lsalar, uni g‘azot safari deb aytilur. Agar o‘zlari chiqmagan bo‘lib, 
oz-ko‘p askar yuborgan bo‘lsalar, uni ilg‘or safari deyilur. 
Uhud urushi o‘tib, bir necha oydin keyin Rasulullohga shundoq xabar keldikim, Bani Asad 
qabilasining raislaridan Talha va Salama degan kishilar bosh bo‘lib, urush qilmoqqa 
askar to‘plamoqdadurlar. Buni eshitib, darhol bir yuz ellik kishilik bir bo‘lik cherik (askar) 
chiqarib, Abu Salamani askarga boshliq qildilar. Bu safarlari esa, hijratning to‘rtinchi yili, 
Muharram oyining boshlarida edi. Bu askar ildamlik bilan dushman yeriga yetib borib, 
tuyuqsizdan ular ustiga chopul qildilar. Qarshi turmoqqa dushmanlarning qudratlari 
qolmadi. Mol boqib yurgan uch qullarini qoldirib, qolganlari esa tog‘u toshlarga tarqalib 
qochdilar. Alarning tashlab qochgani qo‘y-echki, tuyalarini haydashib, o‘n kun ichida 
salomat Islom askari Madinaga qaytib kelishdilar. 
URANA VOQEASI 
Yana shu yilning Muharram oyida ansor sahobalaridan Abdulloh ibn Unays degan kishini 
Arafot tog‘i yaqinida, Urana degan yerga yubordilar. Ul joyda Huzayl qabilasining raisi 
Sufyon ibn Xolid Rasulullohga qarshi askar to‘plab, Madina ustiga yurish qilmoqchi edi. 
Bu xabar Rasulullohga eshitilgach, Abdullohga buyurdilarkim:  
Bu xizmatga yashirincha yolg‘iz o‘zi borgay, payt topib fitna boshlig‘i bo‘lgan kishini 
o‘ldirib, qaytgay.  
Anda Abdulloh: 
— Ey Rasululloh, bu ishni bajarish ustida, agar hojat tug‘ilib qolsa, yolg‘on so‘z qilmoqqa 
ruxsat qilurmisiz? — dedi.  
Zarurat holda yolg‘on so‘zlashga Payg‘ambarimiz ruxsat qildilar. So‘ngra shu hijratning 
to‘rtinchi yili, Muharram oyining beshinchi kunida ul kishi Madinadan chiqib, bir necha 
kun ichida dushman yeriga yetib, u bilan ko‘rishdi.  
— Qaysi qabiladin erursan? — deb so‘radi,  
— Xuzoa qabilalsidan bo‘lurman, Muhammad bilan urushmoq uchun seni askar yig‘ibdi, 
deb eshitdim, unga dushman bo‘lganligimdan men ham fidoiy bo‘lib shu urushga 
qatnashmoqqa keldim — deb javob qildi Abdulloh. 
Bu so‘zni onglashi bilan uning ko‘ngli ko‘tarilib, aytdikim: 
— «Anglaganing to‘g‘ridur. Muhammad bilan urush qilmoqqa askarimiz yig‘ilib tayyor 
bo‘ldi. Bu yaqin orada Madina sari yurish qilmoqchidurmiz, xush kelding, — deb 
Abdullohni o‘z chodiriga boshladi. Kech bo‘lib, boshqalari tarqalib ketdilar. Abdulloh 
so‘zini so‘nin (yaxshi) ko‘rib, el uyquga ketgunchalik uxlamasdin, so‘zlashib o‘ltirishdi. 
Rasulullohdin so‘z ochib: 
— Muhammad shu kungachalik men kabi urush yo‘lini bilgan bir kishiga yo‘liqmagan 
bo‘lsa kerak. Urush qandoq ekanini endi unga ko‘rsatgayman, — der edi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
Shu orada uni uyqu bosib, ajal to‘shagiga kelib yotdi. Qattiq uyquga kirgan chog‘da, 
Abdulloh sekingina turib, jon chiqar uni chiqmas joyiga xanjarini botirdi. Va shu zamon 
to‘xtovsiz tun qorong‘usida Madina sari jo‘nadi. Kunduzi yashirinib, kechasi yo‘l yurar 
edi. Orqadin chiqqan quvg‘inchilarga yo‘liqmay to‘qqiz kun deganda Madinaga salomat 
qaytib keldi. Shu chog‘da Rasululloh masjidda o‘tirgan edilar. Abdullohga ko‘zlari 
tushgan hamon, arabchalab: — «Aflahal vajhu», ya’ni: «Yuz yoridimi?» dedilar. Anda 
Abdulloh: «Aflaha vajhuka», ya’ni: «Rasululloh, yuzingiz yoridi, tilagimga yetdim» dedi. 
Bo‘lgan voqeadan xabar topgach: «barakalloh» deb Payg‘ambarimiz Abdullohga bir aso 
(hassa) berdilar va: «Sen jannatda bu asoni tutib yurgaysan. Ul joyda aso tutganlar oz 
bo‘lgaylar», dedilar.  
Demishlarkim, Abdulloh bu asoni butun umri boricha saqladi. Vafoti hozir bo‘ldi ersa, 
aning vasiyati bilan asoni kafan ichiga qo‘yib, birga ko‘mdilar, raziyallohu anhu. 
AZAL VA QORRA QABILALARNING XIYONATLARI 
Yana shu yilning Safar oyida Azal va Qorra arab qabilasidan bir necha kishilar elchi 
bo‘lishib kelib: 
— YO Rasulalloh, bizlar butun qabilalarimiz bilan sizga iymon keltirdik, endi bizga olim 
kishilardin, qorilardin qo‘shib bersangiz, alar bizlarga borib dinni o‘rgatsinlar va Qur’on 
ta’limini bersinlar, — dedilar. 
Rasululloh bu xizmatga sahobalardin o‘n kishini tayin qildilar va ularga topshirdilarkim, 
Quraysh kofirlariga ko‘z-quloq bo‘lib, alarning ishlaridan xabar keltirgaylar. Bularga 
ansor sahobalaridan Osim ibn Sobitni rais qildilar. Madinadin chiqqan kundan boshlab, 
kech yurib, kunduz kishi ko‘rmas joylarda yashirinur edilar. Shuning bilan yurib-o‘tirib, 
Raji’ degan joyga yetdilar. Bu joy bo‘lsa o‘tgan voqeadagi Abdulloh o‘ldirgan Sufyonning 
qavmi Huzayl qabilasining makoni edi. Mana shu yerga kelgandin so‘ngra, din 
o‘rganmoqchi bo‘lib, bu o‘n sahobani olib kelayotgan munofiqlarning xiyonati zohir 
bo‘ldi. Shundoqkim, «Muhammadning kishilarini aldov bilan bu joyga keltirdik, sizlardin 
o‘ldirilgan bir kishi o‘rniga o‘n kishini qo‘lga tushirdik. Endi joningiz bo‘lsa, tezlikda yetib 
qasos qilgaysiz», deb alarga yashirin xabar yetkazdilar. Bu xabar yetishi bilan qabila 
kishilaridan ikki yuzga yaqin askar orqadin quvib, bularga yetib kelishdi. Sahobalar 
ko‘rdilarkim, bunchalik qalin askarga qandoq qarshi turgali bo‘lur. Darhol o‘zlarini egiz 
tog‘ ustiga olishib, alarni toqqa chiqmoqqa qo‘ymadilar. Qo‘lga tushirmakdin ojiz 
qolgach, dushmanlar hiylaga kirishib: «Agar tog‘din tushar bo‘lsanglar, sizlarni 
o‘ldirmagaymiz», deb o‘zlariga qattiq qasam bilan ishontirdilar. 
Bulardin uch kishi raislariga itoat qilmay, yolg‘on qasamga aldanib, tog‘dan tushishlari 
barobar, bularning qo‘llarini bog‘lagani turishdi. Birovlari bog‘latmasdan qarshilik 
ko‘rsatgan edilar, shu damdayoq qilich bilan chopib tashladilar. Qolgan ikkovlarini 
Makkaga eltib, musulmonlarda o‘chi bor Quraysh kofirlariga sotib, har ikkovlari ham 
dushmanlar qo‘lida shahid bo‘ldilar. Birovlari Habayb ibn Adiy degan sahoba edi. Bu 
kishini Makkada Haram tashqarisiga chiqarib, dorga osdilar. 
Din yo‘lida Xudo uchun dorga osilganlarning bu ummat ichida eng birinchisidur. O‘lim 
oldida ikki rakat namoz o‘qishni musulmonlarga shu kishi sunnat qildi. Qolganlari ham 
tog‘ ustida ochlik-chanqoqlik bilan urishib yurib, barchalari shahid bo‘ldilar, raziyallohu 
anhum. Hazrati Habayb osilur chog‘ida dor tagida turib, ushbu so‘zlarni aytdi: 
— Islom yo‘lida musulmonlik bilan o‘ldirilganligim uchun o‘limdan hech qo‘rqinchim 
yo‘qdur. Qaysi yonim bilan yiqilsam ham, Xudo uchun yiqilib o‘lurman. Dushmandin 
qo‘rqish, alarga egilish mendin zohir bo‘lmas. Bu yo‘lda o‘lsam, Alloh oldidan o‘rin 
olgayman. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Shundoq dahshatlik bir holda turib, bundoq mazmunlik she’r aytib, dushman oldida 
namoz o‘qimoq bu zotning raziyallohu anhu, qandoq haqiqiy iymonga ega ekanligini 
ko‘rsatdi.  
MAUVNA VOQEASI 
Dag‘i (yana) shu yilning Safar oyida bani Omir qabilasining raislaridan Abu Omir degan 
kishi elchi bo‘lib, Madinaga keldi. Rasululloh uni dinga da’vat qildilar. Iymon keltirmasa 
ham yaqinlashib aytdikim: 
— Ey Muhammad, men bu dinni to‘g‘ri topdim, sharofatlik yaxshi din, deb o‘ylayman. 
Lekin mening qavmim Najdda qoldilar. Agar Najd qavmiga bir necha ulamo 
kishilaringdan yuborur ersang, alarni shu dinga da’vat qilsalar, qabul qilgaylar, deb umid 
qilurman, — dedi. Anda Rasululloh: 
— Najd xalqiga ishonchim yo‘qdur, yuborilgan kishilarga yomon qasd qilgaylar deb 
qo‘rqaman, — dedilar. Anda Abu Omir: 
— Andoq ersa bu boradurgan kishilarni o‘z omonimga olurman, hech kimdan alarga 
ziyon-zahmat yetkazmaslik uchun va’da berurman, — dedi. 
Rasululloh buning so‘ziga ishonganlikdan Munzir Ibn Amr degan kishini boshchi qilib, 
sahoba qorilaridan yetmish kishini qo‘shib yubordilar. Bular necha kunlab yo‘l yurishib, 
Mauvna degan quduqqa yetishdi. Mana shu joyga kelganlarida, maslahat bilan xalqni 
dinga da’vat qilish mazmunida bir xat yozishdilar. Bu xatni sahobalardin Ibn Milhon 
degan kishi yuqoriga Abu Omirning jiyani Omir degan kishiga keltirib topshirdi. Bu esa 
qabila raislarining birisi edi. Keltirgan xatni o‘qib ko‘rmay turib, xat keltirgan ibn Milhon 
ustiga hujum qilib, ani shahid qildi. Qolgan sahobalarni ham yo‘q qilmoqqa o‘z qabilasini 
chaqirgan edi, amakisi Abu Omir bularni o‘z omonatiga olib, Rasulullohga va’da berib 
chiqqanini alarga bildirdi. Qabilasi buni onglagach: «Biz Abu Omirning va’dasini buza 
olmaymiz», deb uning chaqirig‘iga yurmadilar. Nochor bo‘lib, bir necha boshqa 
qabilalarni tashviq qilib, ular ustiga hujum boshladi. Dushmandan saqlashga va’da berib 
olib chiqqan Abu Omir bularni himoya qilishdan ojiz qoldi. Shuning bilan ko‘pchilik 
dushmanlar to‘rt tarafdin o‘rab, yetmish sahobani oraga oldi. Bular ham urusha-urusha, 
oxiri barchalari shahid bo‘ldilar.  
Bulardin ikki kishi o‘limdan omon qoldi. Birisi Ka’b ibn Zayd o‘liklar ichida yotib, keyin 
tirildi. Buni dushmanlar o‘ldi deb o‘ylashgan edi. Ikkinchisi, Amr ibn Umayya, bu kishi 
bo‘lsa, hech ishdin xabari yo‘q, askarning ot-uloqlarini o‘tloqda boqib yurgan chog‘da 
shu voqea bo‘lmish edi. So‘ngra bu musibatdin xabar topib, bo‘lgan fojiani Rasulullohga 
yetkazdi. Bundin bir kun ilgari hazrati Jabroil ham shu haqda vahiy keltirgan edi. Bu 
musibatni onglagach, Rasululloh qattiq qayg‘urdilar. Dushmanlar qo‘lida vahshiyona 
o‘ldirilgan ahboblarni eskarib, bek achindilar. Ilgari-keyin Rasululloh bularga 
achingandek hech kimga achinmagan edilar», deb Anas rivoyat qilmishdur. 
Chunki bu sahobalar urush uchun emas, balki Najd xalqiga Rasulullohning da’vatlarini 
yetkazish uchun elchi qatorida yuborilgan edilar. Arab odaticha, elchilarni o‘ldirish bu 
yoqda tursin, alarni mehmon o‘rnida ko‘rishib, hurmat qilishur edi va o‘z raislaridan 
bo‘lgan Abu Omir ularni ziyon-zahmatdin saqlamoqchi bo‘lib, Rasulullohga va’da bergan 
edi. Va’dasiga vafo qila olmaganligi uchun u kishi ham qattiq qayg‘urib, shu sababdin 
o‘zi ham vafot topdi. Chunki Rasululloh: «Men bularni iymon kelturmagan qabila ichiga 
yuborishni yaxshi ko‘rmagan edim. Bu ish ersa qo‘rqinchli edi. Bu fojianing bo‘lishiga 
Abu Omir sababchi bo‘ldi», dedilar. Arab raislariga bundoq ishlar o‘z odatlaricha o‘limdan 
ham qattiqroq ko‘rinur edi. Mana shuning uchun bu ishning or-nomusiga chiday 
olmasdin xafaligi oshib, ajaliga sabab bo‘ldi. Bundin oldinroq o‘tgan Raji’ voqeasi, bu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
aytilayotgan Mauvna fojiasi har ikki musibat xabarini Rasululloh bir kunda eshitdilar. Bu 
ikki voqeada shahodat topgan sahobalar soni saksonga yetgan edi. Uhud urushida 
o‘tgan ishlar eskirmay turib, uning ustiga bu musibatlarning bo‘lishi musulmonlarga 
qattiq ta’sir qildi. Shu adabsizlikni qilgan uch qabiladan Rasululloh qattiq ranjidilar. Qirq 
kungachalik, bomdod namozining ikkinchi rakatida rukudin yonib (qaytib) sajda oldida 
Qunut duosini o‘qib, shahidlarni duo qildilar. Shofe’y mazhabida bomdod namozida 
Qunut duosin o‘qish shundin qoldi. So‘ngra Jabroil alayhissalom Rasulullohga shu 
mazmunda vahiy keltirdikim, bu shahidlar esa rahmat nuriga cho‘mdilar. Alloh bulardin 
rozi bo‘ldi. Bular Allohdin rozidurlar. 
Imom Zarqoniy rahmatullohi alayhi aytibdur: 
— Bu xiyonatni qilguvchi uchta qabila: Ra’l, Zakvon, Asbataga bezgak vabosi paydo 
bo‘lib, xiyonatlaridan so‘ngra ko‘p o‘tmay yetti yuz kishi halok bo‘ldi. Shu musibatga 
boshchilik qilgan qabila raisiga iymon nasib bo‘lmay, kofirlik holda o‘ldi. Shuni bilmak 
kerakkim, bunday musibatlar o‘tgan payg‘ambarlarga ham ko‘p bo‘lgandir. Ammo 
bizning Payg‘ambarimizga hammadin ham ko‘p bo‘lgandir. Shuning uchun Rasululloh 
aytdilar: 
«Ashaddunosi baloan al-anbiyou summa avliyou summal laziyna yaluvnahum summal 
amsalu fal amsal», ya’ni: «Bu dunyoda baloning qattiqrog‘i payg‘ambarlarga bo‘lur, 
keyin avliyolarga, keyin bulardin tubanroq darajalik kishilarga, eng oxiri mo‘minga, 
kattaga kattaroq, kichikka kichikroq, har kimga o‘z darajasiga qarab, dunyo 
musibatlaridan yetib turadur». Shu uchunkim, alar bu musibatlarga sabr qilib, ulug‘ ajr 
topgaylar. Buning oqibati ular uchun yaxshilik bo‘lgay. Lekin shunday ishlarning aniq 
sirini Allohdin o‘zga hech kim bila olmas. Aning ne’matlariga shukr qilib, mehnatlariga 
sabr qilmoqdin o‘zga bandaning chorasi yo‘qdur. 
BANIN-NAZIR G‘AZOTI 
Madina atrofida qishloq qilib o‘ltirishgan bir toifa yahudiylar bor edi. Ular biz Horun 
alayhissalomning avlodlarimiz, deyishardi. Islom kelmasdin ilgari madinalik Xazraj 
qabilasi bilan birlashib, do‘stlik ahdini bog‘lamish edilar. Rasululloh Madinaga hijrat qilib 
kelganlaridan keyin shu yerdagi yahudiylar bilan tinchlik haqida bir shartnoma tuzgan 
edilar. Lekin yahudlar bu ahdnomani buzdilar. Ko‘ngillarida yashirinib yotgan hasadlari 
yana qo‘zg‘oldi.  
Voqea shundoq erdikim, bir kuni Rasululloh bir necha sahobalarni olib, bir ish to‘g‘risida 
shu yahudiylar bilan so‘zlashgani keldilar. Ular ham hurmat ko‘rsatib: «Ey Abul Qosim, 
xush keldingiz, sizga ziyofat tayyorladik, uni yegizaylik, so‘ngra nima hojatingiz bor 
ersa, albatta ado qilgaymiz», deyishib Rasulullohni bir uy soyasiga joy solib o‘tkazdilar. 
Keyin bularning ko‘ngillariga shayton kirib, niyatlari buzildi. Rasulullohga qasd qilmoqchi 
bo‘lib, yahudiylar o‘zaro shundoq qarorga keldilar: «Muhammadni o‘ldirmoq uchun 
bunday payt hech vaqt kelmaydi, endi bu fursatni o‘tkazmasdan, buning ishini shu yerda 
tamom qilaylik. Bir kishi yashirincha tom ustiga chiqsun va katta tosh bilan 
Muhammadni boshiga urib, o‘ldirsin. Shu bilan bundin hammamiz qutulgaymiz. Qolgan 
yo‘ldoshlarini qochirmay, barchasini asir olgaymiz. Bularni Makkaga eltib, qonlariga 
tashna bo‘lib turgan Quraysh xalqiga og‘ir baho bilan sotgaymiz», deyishib, shu 
xiyonatni qilmoqqa ahd qildilar. 
Mana shu chog‘da Jabroil alayhissalom vahiy keltirib, bu xabarni Payg‘ambarimizga 
bildirdilar. Darhol Rasululloh hojat qilmoqchi bo‘lib, tashqariga chiqqanlaricha qaytib u 
joyga kirmasdin, yo‘lga tushib Madinaga qarab jo‘nadilar. Ammo bu ishdin sahobalarning 
xabarlari yo‘q edi. Rasululloh qaytib kirmasdin kechikib qolganlari uchun tashvishlanib, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
hammalari tashqariga chiqishib, Rasulullohni ko‘rmagach, hayronlikda qoldilar. Shu 
orada Madina tomonidan kelayotgan bir odam Rasulullohning Madinaga ketayotganlarini 
yo‘lda ko‘rdim, deb xabar berdi. Buni onglashib, sahobalar chopganlaricha Rasulullohga 
yetdilar. So‘ngra aytdilarkim: 
— Siz bir ishga shoshilgandek bo‘lib u joydin chiqib, qaytib kirmadingiz. Bizlar xabarsiz 
qolib, sizdan ko‘p tashvishlandik, buning sababi nima ekanini bilmadik? — dedilar.  
Anda Rasululloh: 
— Yahudlar meni o‘ldirish uchun qasd qilmish edilar. Bu haqda Jabroil alayhissalom 
vahiy keltirib, menga bildirdilar, shu uchun alardin saqlanib qaytib kirmadim, — dedilar. 
Shunday qilib, yahudlarning qilgan xiyonatlari ma’lum bo‘ldi. O‘rtada tuzilgan ilgarigi 
ahdnoma shartlarini o‘zlari buzdilar. Rasulullohga qilgan xiyonatlarini yuzaga chiqardilar. 
Bu xiyonatlari hammaga ma’lum bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
Muhammad ibn Salamani ularga yuborib, bir necha kun ichida xoinlar arab tuprog‘idan 
chiqib ketsunlar, deb amr qildilar. Bu farmon borgandin keyin boshlariga qiyomat kelib 
ichlariga g‘ulg‘ula tushdi. Bu ishga sabab bo‘luvchilarni yomonlab, alarga ta’na 
aytishdilar. Islom ahliga qazigan chuqurlariga o‘zlari yiqildilar. YOpiq turgan ofat eshigini 
o‘zlari ochganlikdan uni yopish uchun Rasulullohga uzr aytmoqqa tillari yo‘q edi. Mana 
shunday bo‘lgach, nochor qolishib, joy-jo‘shlarini, bog‘-bo‘stonlarini tashlashib 
ketmoqchi bo‘ldilar. Mana shu chog‘da bularning do‘stlari — Madina munofiqlaridan 
yashirincha xabar keldikim: «Biz sizlar bilan birgadurmiz. Agar Muhammad bilan urushar 
bo‘lsangiz, yordamga tayyordurmiz», deb yahudlarga va’da qildilar. Bularning so‘ziga 
ishonishib, ko‘chishni kechiktirdilar. 
Buni ko‘rib Rasululloh urush jamalg‘usini qilishga buyurdilar va yetarlik askar yig‘ildi. 
Tug‘ bayroqlar bog‘lanib, bosh tug‘ni Hazrati Aliga berdilar. Madina shahriga ibn Ummu 
Maktumni voliy qilib, so‘ngra dushman ustiga yurish qildilar. Bu xabar yahudlarga 
eshitilgach, qarshi chiqib urusholmay, qo‘rqqanlaridan qochib qo‘rg‘onlariga kirishdi. 
Rasululloh olti kecha-kunduz qo‘rg‘onni qamal qildilar. Shungachalik yordamga va’da 
bergan Madina munofiqlaridan xabar bo‘lmagach, alardin umidlari uzilib, boshqa yo‘l 
topisha olmaganlaridan keyin, Rasulullohga elchi yuborib: 
— Urush qurollarimizni butunlay topshiraylik, har bir oilaga o‘zimiz xohlaganimizcha bir 
tuya yuk mol olaylik, jonimizga omonlik berilsin, shu bilan arab tuprog‘idan chiqib 
ketaylik, — dedilar. 
Rasululloh bunga rozilik bildirdilar. So‘z shunga to‘xtalgandin so‘ngra, yahudlardin bir 
qanchalari Xaybarga ko‘chishib, qolganlari esa Shom tuprog‘idagi Azru’ot degan joyga 
ketishdi. Bulardin qolgan butun mol-dunyolari xazinaga olindi. Rasululloh bu g‘animat 
mollardin faqir miskinlarga, yetim bolalarga, tul xotunlarga nasiba chiqarib, alarga 
ulashib berdilar. O‘rtada qon to‘kilib, urush bo‘lmaganlikdan askarlarga bu moldin 
berilmadi. Chunki bu voqeada o‘lja tushgan mollarni ba’zi sahobalar Islomdin ilgarigi 
arablar odatlaricha bo‘lishib olmoqni istadilar. 
Mana shu chog‘da tushgan Hashr surasidagi oyatlarning hukmiga qarab, Rasululloh bu 
mollarni xazinaga olib, shariat buyurgan o‘rniga berdilar. Shu kundan boshlab, urushda 
olingan o‘lja mollarini bo‘lish usuli arab odatlaricha bo‘lmay, balki Qur’on hukmiga 
bog‘landi. Shunday bo‘lib, bu safarda urush-talash bo‘lmasdin, bularning sharridan 
musulmonlarni Xudo qutqardi. 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling