Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI BADR G‘AZOTI
- DAVMATUL JANDAL G‘AZOTI Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com
- BADR JANGI G‘OZIYLARINING ISMLARI Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com
ZOTIR-RIQO’ G‘AZOTI Voqea shundog‘ erdikim, shu yilning Rabiul-oxir oyida Rasulullohga xabar yetdi. Najd ahllaridan Bani Muhorib, Bani Sa’laba boshliq bir necha qabilalar birlashib, Rasulullohga Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 146 qarshi urush ochmoqchi emishlar. Buni onglashlari bilan bularga qarshi tayyorgarlik ko‘rib, yetti yuz kishilik qo‘shin tuzib, safarga chiqdilar. Bu navbat Hazrati Usmon Madinaga voliy qo‘yilgan edilar. Bir necha kun yo‘l yurishib, dushman yeriga kirgandin so‘ng, ko‘rdilarkim, xotun- bolalardin boshqa hech kim qolmabdur. Ular askarning kelishini anglab, qo‘rqqanlaridan ulgurolmay, xotun-bolalarini qoldirib, tog‘ boshiga tarqalib qochmish edilar. Barcha qolganlari Islom askarlari tomonidan asir olindi. Buni onglashib qochganlar nomus qilg‘anliklaridan yig‘ilishib, yana urushmoqchi bo‘ldilar. Asir olingan xotunlardan birining eri bu ishga qattiq g‘azablanib, qasamyod qilib aytdikim: — Yo Muhammadni, yoki aning askarlaridan bir necha kishini o‘ldirmaguncha qaytib kelmagayman, — dedi. So‘ngra bu ishni ijro qilmoq uchun Rasululloh tushgan manzilga qarab jo‘nadi. Islom qo‘shini kelib, shu kechada bir jilg‘a og‘ziga qo‘ngan edi. Shul tun havo buzilib, qattiq bo‘ron chiqdi. Rasululloh ikki kishini qo‘shimcha qorovul qo‘ydilar. Alarning birisi Ammor ibn YOsir, ikkinchisi Ubbod ibn Bishr edi. «Bu kechani ikkiga bo‘laylik, oldingi yarmida men qorovul bo‘lib turay», deb yo‘ldoshi Ammor ibn YOsirni uxlatib, o‘zi namozga qoim bo‘ldi. Shu orada qasam qilib, dushman tarafidan chiqqan kishi jilg‘a oldiga kelganida payqab qarasa, yiroqdin bir kishi qorasi ko‘rindi. Bu esa dushman qorovuli bo‘lgay, deb darhol nishon olib sadoqdin unga o‘q otdi. Bu kishi mashhur merganlardin bo‘lganlikdan, otgan o‘qi xato qilmay, namoz o‘qib turgan Ubbod ibn Bishrga to‘g‘ri kelib tegdi. Namozni buzmay, o‘qni sug‘urib tashlab, yana namozini davom ettirdi. Dushman esa, otgan o‘qi tegmadi xayol qilib, yana ikki marotaba o‘q uzdi. Bu otilgan o‘qlar barchasi xato qilmay tekkan bo‘lsa ham, lekin jon yeriga tegmagan bo‘lgan uchun namozini buzmadi. Namozdin bo‘shagandin so‘ng ko‘rdikim, jarohat o‘rnidan qon oqishi ziyoda bo‘lmishdur. Darhol Ammor ibn YOsirni uyg‘otdi. Ul ko‘rib: — Ey birodar, birinchi o‘q tegishi bilan nechun meni uyg‘otmading, buning sababi nedur? — deb so‘radi. Anda ul aytdi: — Namozga turib, Kahf surasini boshlagan edim, lazzatlanib o‘qib yotganimda bir o‘q kelib tegdi, uning lazzatidan uch o‘q kelib tekkuncha Qur’onni to‘xtatib, namozimni buzishga ko‘nglim unamadi. Agar Rasulullohning topshirgan xizmatlariga xalal yetishidan qo‘rqmasam edi, jonim chiqib ketguncha namozimni buzmagan bo‘lur edim, — dedi. Iymon haqiqati bilan kishi ko‘ngliga o‘rnashur bo‘lsa, bandani bundin ham yuqoriga darajalarga yetkuzishida shubha yo‘qdur. Din ishlarini har kim o‘zi tatimaguncha uning lazzatini tushuna olmaydi. Ey Rabbim, Habibiming hurmatidin bizlarga ham shundoq iymonni nasib qilgaysan. Omin! Shundoq qilib, Ammor ibn Yosir uyqudin uyg‘onib turgan edi, o‘q otgan dushman ko‘ziga tun qorong‘usida tikka turgan kishi o‘ltirgan bo‘lib ko‘rindi. «Mening otgan o‘qlarim tegmaganga o‘xshaydi, endi ul meni qoraga olib, o‘q otgali o‘ltirdi», deb xayol qilib, orqaga qochdi. Shu bilan qochgan kishi o‘z qo‘shiniga qo‘shilib, asir tushgan xotun- bolalarini ajratib olish uchun Islom askarini o‘rab, urushmoqqa keldilar. Har ikkala tomon askari bir-birlariga yaqinlashib qoldilar. Mana shu holda asr namozining vaqti kirgan edi. Rasululloh ehtiyot yuzasidan Havf namozi o‘qidilar. Bu namozni o‘qish Qur’on oyati bilan sobitdur. Buni o‘qish tartiblari mas’ala kitoblarida ochiq yozilganlikdan, bu o‘rinda aytib o‘ltirishni lozim topmadik. Rasululloh namozdin bo‘shagunlaricha, dushmanlar hujum qilishga jur’at qilisholmay, qarashib turdilar. So‘ngra ko‘ngillariga qattiq qo‘rqinchlik tushib, urushmoqqa toqatlari bo‘lmay, tarqalib qochdilar. Islom askari ham urush-talashsiz bir qancha o‘lja olishib Madinaga qaytdilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 147 Shu qaytishlarida bir mo’jizalik voqea paydo bo‘ldi. Shundoq erdikim, qalin tikan daraxtlik bir manzilga kelib tushgan edilar. Yoz mavsumi bo‘lib, kun issig‘i nihoyatiga yetgan edi. Butun askar soya joy izlashib, daraxtlar tublariga tarqaldilar. Shu orada payg‘ambarimiz o‘zlari ham yolg‘iz bir daraxt ostida yotib ko‘zlari uyquga ketdi. Bir qabila mushrik arablar buni payqab turishgan edi. Rasulullohning yolg‘iz yotganlarini alardin birovi ko‘rdi. G‘avras nomlik raislari alarga aytdikim: «Bundoq ish payti kishiga kam uchragay, maslahat shul kim, bu fursatni o‘tkazmasdin, yashirincha o‘zim ul joyga borib, Muhammadni o‘ldirgayman, aning tashvishidan butun xalq qutulg‘ay», deb hech kimga sezdirmasdin tog‘din tushdi. U o‘rmalab, yashirinib yurib-o‘ltirib, Rasulullohning ustilariga kelib, qilichini sug‘urgan chog‘da, uyg‘onib qoldilar, qarasalar qilichi yalang bir kishi chopgali turibdur. G‘avras: — Ey Muhammad, endi seni mening qo‘limdan kim qutqaza oladi? — dedi. Anda Rasululloh: — Alloh qutqazgay, — deb uch qayta aytdilar. Darhol qo‘li tutmas bo‘lib, qilichi yerga tushdi. Rasululloh darhol qilichini qo‘llariga olib: — Endi seni kim qutqazgay? — dedilar. Anda ul: — Seni fazli-karaming qutqazgay, yo‘q esa boshqa meni qutqazguvchi qolmadi, — dedi. Anda Rasululloh: — Shahodat aytgil, o‘limdan qutulursan, — dedilar. Anda ul: — Shul holda shahodat aytsam, o‘limdan qo‘rqib aytgan bo‘lurman, ammo ahd qilib va’da berurmankim, ikkinchi senga qarshilik qilib, senga qarshi chiqqan qo‘shinga qo‘shilmagayman, — deb afv so‘radi. Rasululloh aning gunohini o‘tdilar. So‘ngra ul odam o‘z qabilasi borgach: — Bu dunyoda eng yaxshi odam oldidan keldim, albatta uning tutgan yo‘li yaxshi bo‘lsa kerak,— deb ular oldida iymon kalimasini aytib musulmon bo‘ldi. Buni ko‘rib butun qabilasi ham Islom diniga kirdilar. IKKINCHI BADR G‘AZOTI Bu voqea shundoq erdikim, o‘tgan Uhud urushida Quraysh mushriklari musulmonlarni yenggan edilar. Urush to‘xtab qaytar chog‘larida askar boshlig‘i Abu Sufyon: — Ey Muhammad, kelasi yili Badr mavsumida sizlar bilan yana urush qilgaymiz, deganida, Rasululloh: «Inshaalloh, u vaqtda biz ham tayyormiz», deb va’da bergan edilar. Badrda esa har yili Sha’bon oyida sakkiz kun bozor bo‘lur edi. Quraysh mushriklari Uhud urushidan qaytib, Makkaga bordilar. Rasululloh Madinaga kelib, uch oy o‘tgandan so‘ngra Sha’bon oyi kirdi. O‘tgan Uhud urushida qilgan va’dalari bo‘yicha yana urush safariga tayyorlik qildilar. Bir ming besh yuz kishidan qurilgan qo‘shin hozirlangandin so‘ngra, Abdulloh ibn Ubayni Madinaga voliy tayinlab, yo‘lga chiqdilar. Bular ichida o‘n kishi (bahodirlardan) otliq bo‘lib, qolganlari tuyalik edilar. Askar yo‘lga chiqmasdin bir kun ilgari Anjad qabilasining raisi Nuaym ibn Ma’sud Madinaga keldi. Bu kishi ersa Makkaga bormoqchi edi. U yerga borgan hamon bu xabarni vahimalik qilib Abu Sufyonga yetkazdi. Buni onglagach, u ko‘p g‘amgin bo‘ldi. Chunki chiqmay desa, o‘z va’dasiga xilof qilgan bo‘lur va ham boshqalar oldida urushdin qo‘rqib chiqmagandek ko‘rinur. Yana shulki, Rasululloh qo‘shin tortib va’dalashgan joyga Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 148 kelsalar, Quraysh mushriklari buni bilaturishib, o‘z va’dalaricha qarshi turib urusha olmasalar, arablar oldida bularni obro‘lari to‘kilur edi. Shuning uchun Abu Sufyon Nuaym ibn Ma’sudga: «Sen Madinaga borib, qo‘rqinchlik yomon xabar tarqatgin, Quraysh xalqi cheksiz askar yig‘mishdur. Ikkinchi Badr urushiga qattiq hozirlik ko‘rmakdadur. Son- sanoq, qurol-jabduq jihatdin alarga teng kelmak mumkin emas, deb shunga o‘xshash so‘zlar bilan dovrug‘ solib, alarni urushdin qo‘rqitgil. Agar shu ish bajarilib, Muhammadni bu safardan qoldirur bo‘lsang, bu xizmating uchun senga yigirma tuya berurmiz», deb va’da qildi. Ish o‘rinlaganda bu molni olib, topshirib bermakka Sahl ibn Umar kafil bo‘ldi. Shuning bilan Nuaym ibn Ma’sud Madinaga kelib, musulmonlar orasiga qo‘rqinchlik xabarlar tarqatdi. Buning so‘ziga munofiqlar, yahudlar qo‘shimcha qilib, xalq o‘rtasida shovqin ko‘tardilar. Bularning yolg‘on xabarlari, botil so‘zlari vaqtincha bo‘lsa ham ta’sirsiz qolmadi. Ko‘pchilik qora xalq ichiga qo‘rqinch tushdi. Urushga bormaslik tarafdorlari ko‘payishdi. Anda hazrati Abu Bakr, Hazrati Umar xalq og‘zidagi dovrug‘ni onglagach, Rasululloh qoshiga kelishib: — YO Rasulalloh, aniq bilurmizkim, Alloh taolo o‘z payg‘ambarining ishlarini yuzaga chiqargay, o‘zi yuborgan bu Islom dinini barcha dinlardin g‘olib qilgay, bunga ishonchimiz komildur. Lekin mal’un shayton ko‘pchilik kishilarning ko‘ngillariga qo‘rqinch solmishdur. Bularga qarab, safardin to‘xtalur bo‘lsak, bizni urushdin qo‘rqib qochdi, deb dushmanlarimiz jur’atlik bo‘lgaylar. Endigi maslahat shuldurkim, qo‘shin tortib Badr bozoriga boraylik. Agar dushmanlarimiz ham kelur bo‘lsalar, Alloh yordamiga sig‘inib, savash qilaylik. Agar ular kelmas bo‘lsalar, qilgan va’dalarini o‘zlari buzgan bo‘lsin. Shu ish biz uchun xayrlik bo‘lur, inshaalloh, — dedilar. Rasululloh o‘z o‘ylaridagi bundoq yaxshi maslahatlik so‘zni shu ikki yorlaridan eshitib, suyunganlaridan muborak yuzlari guldek ochildi va: — Alloh oti ila qasam qilurman, agar bu g‘azotga hech kim qo‘shilmay, yolg‘iz qolur bo‘lsam ham, yana borgayman, — dedilar. Musulmonlar bu so‘zni onglagandin so‘ngra, ularning ko‘ngillariga tushgan qo‘rqinch butunlay ko‘tarildi. Shuning bilan Madinadin chiqib Badr bozoriga yetdilar. Bu g‘azotda Islom tug‘ini Hazrati Ali ko‘tarmish edi. Qarasalar, bu joyga dushmanlardin hech kim kelmabdur. Ularni kutib, bu o‘rinda sakkiz kun turdilar. Rasulullohning kelgan xabarlari butun arab qabilalariga yetib ma’lum bo‘ldi. Abu Sufyonning bu to‘g‘ridagi hiylalari ko‘p foyda topmadi. Nuaym ibn Mas’udning tarqatgan yolg‘on xabaridan Muhammad askari cho‘chishib, bu safarga chiqmay qolsa ajab emas, degan uning umidi bekorga chiqdi. Ish uning o‘ylaganidek bo‘lmay qoldi. Shundoq bo‘lsa ham nomus kuchidin ikki yuz kishilik askar olib yo‘lga chiqqan edi. Majanna degan joyga kelganda Abu Sufyon askar boshliqlariga qarab: — Bu yil yomg‘ir yaxshi yog‘maganlikdan yurtimizda ocharchilik bo‘lib turadi. Bundoq ocharchilik kunlarida urush qilmoq bek og‘ir ishdur. Bundin xalqqa ko‘p ziyon bo‘lg‘ay, qachon qahatchilik ko‘tarilar ekan, ana shunda bu ishni boshlagaymiz, — dedi. Bu so‘z boshqalarga ham xush keldi. Shu bahona bo‘lib, yo‘ldan qaytdilar. Askar boshliqlaridan Safvon Ibn Umayya Abu Sufyon so‘zini onglagach, uni malomat qilgali turdi: «Bu va’dani qilmoqdin ilgariroq ham men seni qaytargan edim. Muhammad va’dani saqlab, Badr bozoriga kelmishdur, biz bo‘lsak, endi arab oldida va’dani buzib, urushdan qochgandek bo‘lib ko‘rindik. Bu ish esa biz uchun qattiq nomusdir», dedi. Shunday qilib, dushmanlarni yo‘ldan qaytgan xabari eshitilgach, bu joyda turishning hojati bo‘lmay, Rasululloh ham Madinaga qaytdilar. DAVMATUL JANDAL G‘AZOTI Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 149 Hijratning to‘rtinchi yili oxirlarida Rasulullohga xabar keldikim, Davmatul Jandal degan joyda turgan odamlar yig‘ilishibdur, bularning maqsadlari ersa Madinaga hujum qilmoqdur. Bu xabar kelgach, Rasululloh ming kishilik askar tuzib, yo‘lga tushdilar. Bu yer Madinaning Shom tarafida bo‘lib, o‘n besh kunlik yiroqlikda edi. O‘tkinchi yo‘lovchilarga to‘sqin ko‘rsatib, alarga ko‘p zulm qilmoqda edilar. Dushmanga bildirmay alarni bosish uchun, kunduzi yashirinib, kechasi yurdilar. Shundoq qilib, Islom askari dushman ustiga yetib borib, to‘satdan alarga hujum qildi. Nima qilishlarini bilisholmay, o‘z boshlarini olib qochishga arang ulgurdilar. Butun mol- chorvalarini o‘tloqda qoldirib, o‘zlari esa har qayoqqa tarqalib qochdilar. Alardin qolgan butun narsalar o‘ljaga tushdi. Dushman tomonidan hech qandoq qarshilik ko‘rilmay, Madinaga salomat qaytdilar. Shu qaytishlarida Fizor qabilasining raisi Uyayna ibn Hisn Rasulullohga uchrashib, o‘rtada kelishim bo‘ldi. U chog‘da bu qabila kishilari dinga kirmagan edilar. Rasululloh bu odamni «Ahmaqul muto’», ya’ni, «obro‘ylik ahmoq», der edilar. Xalq ichida shunday odamlar bilan ham murosani madora qilmoq lozimdur. Shuning uchun Rasululloh bu odam bilan sulh tuzib, murosa qilib, butun ummatlari uchun bir tuzuk (qonun) qoldirdilar. Bu bilan murosa qilganlikdan, chorva mollarini o‘tlatmoq uchun Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi bo‘sh yotgan yerlardan o‘tloq joy kesib berdilar. O‘z yerlarida shu yillari yomg‘ir yog‘may, quruqchilik bo‘lgan edi. Rasulullohning bu qilgan yaxshiliklarini ular bilmadilar. Bu joyga kelishib, ot-uloq, oriq tuyoqlari semirgandin keyin Rasulullohning sog‘in tuyalarini haydashib, o‘z yerlariga qochishib ketdi. Bu voqeani o‘z o‘rni kelganda yana bayon qilurmiz, inshoalloh. Shul kishi haqida bu hadisni aytganlar: «Inna sharrannasi man tarakahunnasu ittiqoa fahshihi». Ya’ni: «Odamlar ichida eng yomon kishi shulki, uning uyatsizligi, og‘zi buzuqligidan kishilar hazar qiladilar, ziyon yetmasin deb uni hurmat qiladilar. Eng yomon odam shuldur», dedilar. Endi bu joyda Payg‘ambarimizning u kishi haqida «obro‘ylik ahmoq» degan so‘zlaridan ilhom olib, bu o‘rinda, o‘qituvchilar uchun bir necha foydalik so‘zlar yozib qoldirishni lozim topdim. Albatta, shuni bilmak kerakkim, inson olamiga berilmish ne’matlar ichida eng ulug‘i aql ne’matidur. Shunga o‘xshash, olamda borliq balolar ichida eng yomoni ahmoqlik balosidur. Bunday ziyonlik yomon narsa do‘zaxda ham yo‘qdur. Agar kishi aqlini haqlik yo‘lida ishlatar ekan, u kishi farishtalik maqomiga yetib, balki payg‘ambarlar kabi ulardan o‘tib komil inson bo‘lishi shubhasizdur. Agar odam ahmoqlik yo‘liga kirib, hayvonlik sifatiga berilar ekan, shaytonga qul bo‘lib, do‘zax o‘tiga yem bo‘lishiga shak yo‘qdur. Dunyo yaratilgandan boshlab, nohaq to‘kilgan qonlar, yeru-ko‘kka gunohi sig‘maydigan insonlarning qilgan zulm-xiyonatlari barchasi shu ahmoqlik orqasidan yuzaga chiqqan ishlardur. Agar kishi birovni: «Xudo seni ahmoq qilmasun, ahmoqlarga yo‘ldosh qilmasun», der ekan, uni eng ulug‘ olqishlagan bo‘lur. Shuning uchun Jaloliddin Rumiy «Masnaviy sharif» kitobida aytmishdur: «Zi ahmaqon biguriz chun Iso go‘rixt», ya’ni: «Iso payg‘ambar ahmoqlardin qochdi, sen ham shuningdek ulardin qochgil, chunki butun dunyoda bor buzuqlik ishlar, nohaq to‘kilgan qonlarning bariga shular sababdur», degan bo‘lur. Bu baytning kitobda hikoyasi bordur. Shundoqki, bir kuni Iso alayhissalom bir necha ahmoq odamlarni ko‘rib, ulardin yuz o‘girib qochdilar. Anda shogirdlari: «YO Rasulalloh, sizning muborak nafasingizdan qancha ko‘p tug‘asi (tug‘ma) gunglar, karlar shifo topdilar. Sizning qo‘lingizda Xudo izni bilan bir necha o‘liklar ham tirildi. Shunday bo‘lgach, bu ahmoqlarga bir dam ursangiz, bular ham shu ahmoqlik balosidan qutulib qolsalar yaxshi bo‘lur edi», dedilar. Anda Iso alayhissalom «Mening nafasim Alloh izni bilan o‘liklarni tirgiza olar. Har qandoq Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 150 dardmanlarga shifo bag‘ishlar. Ammo ahmoq odamlarga ta’sir qilmas. Chunki ahmoqlik Allohning qahridur», dedilar. Mana shunga o‘xshash, hozirgi kunlarda, ya’ni hijriy 1380, melodiy 1960 yilda yer usti butunlay shu ahmoqlar qo‘liga kirdi. Dinsizlik, dahriylik balosi butun dunyoni qopladi. Islom hukumati, Islom mamlakati deyishga ikki Haramdan boshqa hech bir joy qolmadi. Alloh yuborgan payg‘ambarlar ko‘rsatgan to‘g‘ri, yorug‘ yo‘ldin dunyo xalqi butunlay chetga chiqdilar. Ko‘zlari ko‘r bo‘lgach, bu kungi madaniyatning ma’rifat nurlari yurar yo‘llarini yoritmadi. Topgan ilmu-hunarlarini xalqqa foyda berarlik qilib ishlatmadilar, balki insonlarni qirib, yo‘qotarlik, butun olamga halokat yetkazurlik eng dahshatlik qurollarini tayyorladilar. Payg‘ambarimiz aytganlaridek, dunyo ilmi kundan-kunga rivojlanib, taraqqiy topdi. Ammo din ilmini bilgan, butun mamlakatda bir-ikki, deb sanalib qoldi. Inson olamida haqiqiy madaniyatga yetish uchun bu ikki ilm arqoq o‘rish kabi bir-biriga qattiq bog‘lanishi lozim edi. Chunki Qur’onda kelgan bu oyat bizning so‘zimizga ochiq dalildur: «Rabbana atina fid-dunyo hasanatan va fil axirati hasanatan va qina azobannar», ya’ni: «Ey bor Xudoyo, bizlarga bu dunyo, u dunyo, har ikki dunyoda yaxshilik bergil va ham do‘zax azobidan asragil», degan bo‘lur. Alloh taolo bu oyatda har ikki dunyoning yaxshiligini so‘rashni bandalariga buyurdi. Bu davlatga yetish yo‘llarini ularga o‘zi ko‘rsatdi, dunyo davlatini qo‘lga kiritish uchun ilm o‘rganishga buyurdi. Oxirat yaxshiligiga yetish, do‘zax azobidan qutulish uchun dinni ushlashga amr qildi. Ilm o‘rganib, tabiat asrorini ochishga asbob (sabab) qilib, aql-idrok berdi. Dinni o‘rgatib, iymon-insof yo‘llarini bildirish uchun payg‘ambarlarini yubordi. Har ilmning, har fanning mohir olim ustozlari har shaharda yuzlab, minglab topilishlari mumkin. Ammo ular ichida xalq uchun qayg‘urgan oqil, dono odamlar kam topilur. Ilm taraqqiy qilganlikdan agar ahmoq qo‘liga tushar ekan, butun olamni xarob qilg‘udek eng dahshatlik qurollarni shu olimlar o‘ylab chiqardilar. Nodonlar qo‘liga qurol topshirmoq, mast-majnunlar qo‘liga o‘t bermoq kabidur. Bular esa bir kuni butun olamga o‘t qo‘yib yuborishdan ham toymaydilar. So‘zning xulosasi, haqiqatning to‘xtagan joyi shulki, Alloh bir bo‘lgandek, uning ko‘rsatgan yo‘li ham birdur. U esa Muhammad alayhissalom keltirgan Islom dinidur. Allohning ming bir oti bordur, aning bir ismi Ahaddur. Shuning uchun «Qul huvallohu ahad» oyati ila boshlaguvchi sura Qur’onda kelmishdur. Payg‘ambarimizning ismlari esa Ahmaddur. Alloh Ahad, o‘zi ko‘rsatgan haq yo‘liga butun insonlarni boshlash uchun habibi Ahmadni yo‘lboshchi qilib yubormishdur. Endi, insonlar Xudo yuborgan yo‘lboshchilari Muhammadga ergashib, aning yo‘liga kirar ekanlar, bu dunyoda rohatda yashab, oxiratda jannatga kirgaylar. Agar shunday bo‘lmas ekan, unday odamlar mayli, boshqa din tutsin yoki tutmasin, bu dunyoda qo‘llari ishdan bo‘shamaydi, ko‘ngillari g‘amdin chiqmaydi. Qiyomatga qolmasdanoq, o‘lishlari bilan o‘zlarini do‘zax ichida ko‘radilar. Qur’on hukmi, Islom e’tiqodi shuldur. Ahmoq odam ustida payg‘ambarimizning aytgan qutlug‘ so‘zlaridan ilhom olib o‘qiguvchilarga, shu qadar so‘zlarni aytib o‘tdim, inshaalloh, foydasiz bo‘lmas. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu safarlaridin qaytib rabiul oxirning yigirmalarida salomat Madinaga kirdilar. Safarda ekanliklarida ansorlar raisi Sa’d ibn Ubodaning onasi vafot topmish edi. Madinaga kelgach, yo Rasulalloh, onam uchun sadaqa qilsam, qaysi narsa savobi ko‘proq bo‘lg‘ay, deb so‘radi. Anda Rasululloh tashnalarga suv bermakdur, dedilar. Sa’d raziyallohu anhu bu so‘zni anglag‘ach, Madinada bir quduq qazdirdi. Savobini onasig‘a bag‘ishlab, suvini vaqf qildi. BADR JANGI G‘OZIYLARINING ISMLARI Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 151 1. Muhammad Mustafo (s.a.v.) 2. Abu Bakr Siddiq 3. Umar ibn Xattob 4. Ali ibn Abu Tolib 5. Ubay ibn Ka’b 6. Axnas ibn Habayb 7. Arqam ibn Abu Arqam 8. As’ad ibn Yazid 9. Anas ibn Muoz 10. Anasa Mavlo Rasululloh 11. Unays ibn Qatoda 12. Avs ibn Sobit 13. Avs ibn Xavliy 14. Iyos ibn Avs 15. Iyos ibn Bukayr 16. Bujayr ibn Abu Bujayr 17. Bahhos ibn Sa’laba 18. Baro ibn Ma’rur 19. Basbasa ibn Amr 20. Bishr ibn Barror 21. Bishr ibn Sa’d 22. Bilol ibn Raboh 23. Tamim mavlo Hirosh 24. Tamim mavlo Bani G‘unm 25. Tamim ibn Yaor 26. Sobit ibn Arqam 27. Sobit ibn Su’laba 28. Sobit ibn Xolid 29. Sobit ibn Amr 30. Sobit ibn Hazzol 31. Sa’laba ibn G‘anama 32. Su’laba ibn Amr 33. Saqaf ibn Amr 34. So’laba ibn Hotib 35. Jobir ibn Abdulloh 36. Jobir ibn Abdulloh ibn Amr 37. Jabbor ibn Saxr 38. Jubayr ibn Iyos 39. Jabr ibn Atik 40. Harros ibn Anas 41. Harros ibn Avs 42. Harros ibn Avs ibn Muoz 43. Horis ibn Hazma 44. Horis ibn Xotib 45. Horis ibn Abu Hamza 46. Horis ibn Arfaja 47. Horis ibn Qays 48. Horis ibn No’mon 49. Horis ibn Qays Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 152 50. Horis ibn Suroqa 51. Horisa ibn No’mon 52. Hotib ibn Abu Baltaa 53. Hotib ibn Umar 54. Habob ibn Munzir 55. Habib ibn Asvad 56. Harom ibn Milxon 57. Horis ibn Zayd 58. Husayn ibn Horis 59. Hamza ibn Humayr 60. Hamza ibn Abdul muttalib 61. Xorija ibn Zayd 62. Xolid ibn Ukayr 63. Hubob ibn Art 64. Hubob ibn Utba 65. Habib ibn Asof 66. Xarrosh ibn Qatoda 67. Xirrosh ibn Simma 68. Huraym ibn Fotika 69. Xallod ibn Rofe’ 70. Xallod ibn Amr 71. Xallod ibn Qays 72. Xallod ibn Suvayd 73. Xulayd ibn Qays 74. Xalifa ibn Adiy 75. Xunays ibn Xizofa 76. Havvon ibn Jubayr 77. Havaliy ibn Abi Havaliy 78. Zakvon ibn Ubayd 79. Zushshimolayn ibn Abd 80. Roshid ibn Muallo 81. Rofe’ ibn Horis 82. Rofe’ ibn Unjuda 83. Rofe’ ibn Molik 84. Rofe’ ibn Muallo 85. Rofe’ ibn Yazid 86. Rubaiy ibn Rofe’ 87. Rabe’ ibn Iyos 88. Rabia ibn Aksam 89. Rajila ibn Sa’laba 90. Rifoa ibn Horis 91. Rifoa ibn Rofe’ 92. Rifoa ibn Abdul Munzir 93. Rifoa ibn Amr 94. Zubayr ibn Avvom 95. Ziyod ibn Sakan 96. Ziyod ibn Amr 97. Ziyod ibn Labid 98. Zayd ibn Aslam Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 153 99. Zayd ibn Mizyan 100. Zayd ibn Horisa 101. Zayd ibn Xattob 102. Zayd ibn Vadia 103. Zayd ibn Muallo 104. Solim ibn Umayr 105. Solim Mavlo Abu Huzayfa 106. Soib ibn Usmon ibn Maz’un 107. Sabura ibn Fotik 108. Suroqa ibn Amr 109. Suroqa ibn Ka’b 110. Sa’d ibn Abu Vaqqos 111. Sa’d ibn Xavla 112. Sa’d ibn Haysama 113. Sa’d ibn Zayd Avsiy 114. Said ibn Zayd Muhojiriy 115. Sa’d ibn Rabe’ 116. Sa’d ibn Sa’d 117. Sa’d ibn Sahl 118. Sa’d ibn Uboda 119. Sa’d ibn Ubayd 120. Sa’d ibn Muoz 121. Sa’d mavlo Hotib 122. Sa’d ibn Usmon 123. Sufyon ibn Nasr 124. Salama ibn Aslam 125. Salama ibn Sobit 126. Salama ibn Saloma 127. Salit ibn Qays 128. Sulaym ibn Milhon 129. Sulaym ibn Amr 130. Sulaym ibn Qays 131. Simok ibn Sa’d 132. Sinon ibn Sayfiy 133. Sulaym ibn Horis 134. Sinon ibn Abu Sinon 135. Sahl ibn Hanif 136. Sahl ibn Rofe’ 137. Sahl ibn Atik 138. Sahl ibn Qays 139. Sahl ibn Vahb 140. Suhayl ibn Rofe’ 141. Savod ibn Razin 142. Savod ibn G‘aziyya 143. Suvaybit ibn Harmula 144. Shujo’ ibn Vahb 145. Shurayk ibn Anas 146. Shammos ibn Usmon 147. Subayh mavlo Abul Os |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling