Tarixi muhammadiy


HORIS IBN ABI SHIMRGA YUBORGAN NOMALARI


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


HORIS IBN ABI SHIMRGA YUBORGAN NOMALARI 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Min Muhammadin rasulillohi ila Horis ibni Abi Shimr. Salamun ala manit-taba’al xuda, va 
amana billahi va saddaqa. Fainniy ad’uka ila an tu’mina billahi vahdahu la sharika lahu 
yabqo laka mulkuka». 
Ma’nosi: «Allohning payg‘ambari Muhammaddan Horis ibn Abu Shumurga. Hidoyat 
topganlarga salom. O‘xshashi, sherigi yo‘q yolg‘iz Allohga seni chaqiraman. Agar iymon 
keltirsang, Islom diniga kirsang, podsholiging o‘zingga qolg‘ay, davlating zavol 
topmagay». 
Bu nomani sahobalardan Shujo’ ibn Vahbga berdilar. Bu kishi ersa Horis ibn Abu 
Shumurga yetkazdi. Rum podshosi Qaysar butun Shom o‘lkasiga buni voliy qilib 
qo‘ymish edi. U zamondagi arablar nomiga bo‘lsa ham yarmi Rum, yarmi Eronga tobe 
edilar. Butun Shom viloyatiga hokim bo‘lg‘onlikdan bu ham o‘zini podshohlardek chog‘lar 
edi. 
Aning o‘rda saroyidagi soqchilar hazrati Shujo’ni ichkari kirgani qo‘ymadilar. Bu joyda 
fursat kutib uch kun turib qoldi. 
Bularga Rum nasorolaridan Mavriy otliq kishi boshliq edi. Rasulullohdan noma 
keltirganini bilgach, hazrati Shujo’dan Payg‘ambarimizning sifatlarini, Islom asoslarini 
so‘radi. Rasulullohning sifatlarini eshitib, ko‘ngli bo‘shab yig‘lagani turdi:  

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
— Injilda oxirzamon payg‘ambarining sifatlarini ko‘p o‘qigan edim, uning haqida sening 
aytgan so‘zlaring menim o‘qig‘onlarimga to‘g‘ri chiqadur. Men bu payg‘ambarni Shom 
tuprog‘idan chiqarmikan, deb o‘ylagan edim. Uning arab cho‘llaridan chiqib qolishi hech 
kimning ko‘ngliga kelgan emas. Sening aytganingga qaraganda oxirzamon payg‘ambari 
albatta shul kishi bo‘lishi kerak. Uning haq payg‘ambarligiga ishondim, unga iymon 
keltirdim, lekin bu so‘zni ochiq aytishga qo‘rqaman. Agar buni bilib qolsalar, meni 
o‘ldirgaylar,—dedi. 
Shunday bo‘lib uch-to‘rt kun o‘tgandan keyin Hazrati Shujo’ Horis ibn Abu Shumurga 
nomani topshirdi. Uni o‘qib ko‘rgach, g‘azabi kelib Horis qo‘lidagi nomani yerga tashladi:  
— Meni podsholigimni qo‘limdan kim olar ekan? Agar musulmon bo‘lsang, podsholiging 
o‘zingda qolar demish. Qarab tur, uning ustiga askar tortib borgayman. Yamanda bo‘lsa 
ham mendan qutila olmag‘ay,— deb elga jar chaqirib, har tomonga kishi yuborib, askar 
yig‘ishga kirishdi. Urush asboblarini tayyorlatib, askar otlarini taqalatmoqqa buyurdi. 
So‘ngra hazrati Shujo’ga qarab: 
— Mana bo‘lg‘ulik ishlarni ko‘zing ko‘rdi. Bor endi nima ko‘rgan, bilgan bo‘lsang seni 
yuborgan kishiga xabarini bergil, — dedi. 
Darhol bu voqeani bayon qilib, Qaysarga xat yozdi, u esa Quddus ziyorati uchun 
Shomga kelmish edi. Rasululloh Qaysarga yuborgan nomalarining kelishi ham shu 
kunlarga to‘g‘ri keldi. Uning xatini o‘qib ko‘rgach, bundan ruxsatsiz qilgan ishini anglab, 
Qaysar uni yoqtirmay javob yozdi. To‘planmish askarlaringni tezdan tarqatib o‘zing bu 
yerga kelgil, deb ani chaqirdi.  
Bu chog‘da hazrati Shujo’ yo‘lga chiqmagan edi. Darrov chaqirtirib yo‘lga qachon 
chiqishini so‘rab, Shujo’ga yuz oltin bersin, deb xazinachisiga buyurdi. Shu chog‘da 
soqchilar boshlig‘i Mavriy yetib keldi. Yo‘lchiga atagan yo‘l ozug‘idan boshqa 
Rasulullohga sovg‘a yo‘sinda bir qancha tansuq narsalar keltirib, hazrati Shujo’ga: 
— Mening salomimni Rasulullohga yetkazgil. Men unga iymon keltirib, Islom diniga 
kirdim. O‘lmay bora olsam, aning yuzini albatta ko‘rurman, yo‘q ersa o‘lgunimcha aning 
dinida bo‘lurman, — dedi. 
Shu bilan hazrati Shujo’ u yerdan qaytib, salomat Madinaga keldi. Bu safarda o‘tgan 
ishlarni gapirib, Mavriyning salomini aytgan edi, Rasululloh: 
— U rost aytmishdur. Ammo Horis ibn Abu Shumur ersa o‘zini halok, mulkini xarob 
qilmishdur, — dedilar. 
NAJRON ELCHILARI 
Hijratning o‘ninchi yili Ashur oyida Najron shahridan oltmish kishi elchi bo‘lib Madinaga 
keldilar. Bu yerning xalqi ersa, ilgaridan beri nasoro dinida yashagan arablar edi. Qur’oni 
karimda Buruj surasida qissasi aytilgan, tiriklay o‘tga tashlasalar ham o‘z dinlaridan 
qaytmagan kishilar shu kelgan elchilarning ilgarigi o‘tgan bobolari edi. Bu elchilar 
Madinaga kelgach, Rasulullohni so‘rashib masjidga kirdilar. Kiygan kiyimlari butunlay 
ipakdan bo‘lib, qo‘llariga oltindan uzuk taqishgan edi. O‘sha zamonning qo‘l ishlaridan 
turli raxtlar, har xil rasm-surat solingan to‘shaklar, kishi ko‘rsa qiziqarlik narsalardan 
Rasulullohga ko‘pgina hadya keltirgan edilar. 
Bu narsalar ilgari ko‘p ko‘rilmaganlikdan xalq ko‘ziga qiziq bo‘lib, undagi suratlarni 
qayta-qaytadan tomosha qilardilar. Bu elchilarning ziynatlik kiygan kiyimlariga, sovg‘a 
qilib keltirgan qimmatbaholik mollariga qarashib, qay bir kishilarning ko‘ngli dunYo 
havasiga moyil bo‘ldi. Hadyalarini Rasululloh qoshlariga keltirgach, suratlik narsalarini 
o‘zlariga qaytarib, qolganlarini qabul qildilar. DunYo ziynatlarini ko‘rib qiziqishgan 
kishilar haqida ushbu oyat nozil bo‘ldi: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
283
«Qul aunnabbiukum bixoyrin min zalikum, lil-lazinat-taqav inda robbihim jannatun tajriy 
min tahtihal anharu». Ma’nosi: «Aytgil, (ey Muhammad,) mo’minlar uchun u dunyoda 
tayyorlangan narsalar ersa bular ko‘rib qiziqqan bu dunyoning ziynatlaridan, albatta, 
yaxshidur. Ichida asal, sharob anhorlari oqib turgan jannatlar mo’minlarnikidur». 
Shu kuni asr namozi o‘qilgandan keyin ularning ham ibodat vaqti kirgach, o‘z odatlaricha 
kun chiqishga qarashib masjid ichida namozlarini o‘qishmoqchi bo‘ldi. Sahobalar bularni 
to‘smoqchi edilar, Rasululloh ularni qaytarib, o‘qishga ruxsat qildilar. Namoz o‘qishib 
bo‘lishgandan so‘ngra o‘ltirib edilar, Islom haqida kelgan Qur’on oyatlaridan Rasululloh 
o‘qib, ularga iymon arz qildilar ersa, qabul qilishmay: 
— Ilgaridan beri biz musulmon erurmiz, — dedilar.  
Anda Rasululloh: 
— Bu so‘zinglar yolg‘ondur, chunki sizlarda uch ish bordurkim, uni qilgan kishilar 
musulmon bo‘la olmagaylar: birinchisi, butga topinasiz. Butga topinmoq iymondan 
chiqmoqdur. Ikkinchisi, to‘ng‘iz eti yeysiz, halol deb to‘ng‘iz yemak kufrdir. Uchinchisi, 
Iso Xudoning o‘g‘li deydursizlar. Xudo bu ishdan pokdur. Mana shu narsalar sizlarni 
Islomdan yiroq qilur. Iso Allohning qulidur. Alloh qudrati bilan uni otasiz yaratgandur. 
«Paydo bo‘l!» degan so‘zini Alloh Maryamga tashlamish, so‘ngra Isoni tug‘mishdur. Alloh 
qudrati bilan otamiz Odamni yaratgandek Isoni shundoq yaratibdur. Iso otasiz tug‘ilmish 
ersa, Odam alayhissalomni qudrat qo‘li bilan ota-onasiz yaratmishdur,— dedilar. 
Ular bu so‘zni anglagach, ichlaridan birovlari turib: 
— Iso Xudoning o‘g‘lidur, — dedi. 
Yana birovi: 
— Yo‘q, undog‘ emas, Iso Xudoning o‘zidur, — dedi. 
Iso alayhissalom haqida nasorolarning aniq ishongan so‘zlari bo‘lmagach, Rasululloh 
oldida dovdirashib, bir-birlariga qarama-qarshi so‘zlashganlaridan xijolat bo‘lishdi. 
Ularning raislari Rasulullohga qarab: 
— Nega Isoni so‘kadursan, uni Alloh quli demak, unga haqoratdur, — dedi. 
Yana Rasululloh: 
— Iso Allohning qulidur. Uni Alloh yaratib, xalqqa payg‘ambar qilib yubormishdur, — 
dedilar. 
Bu so‘zga ularning g‘azablari kelib: 
— Iso nechun banda bo‘lg‘ay, ul necha o‘liklarni tiriltirdi, shifosi topilmagan pes-
moxovlarga dam urib sog‘lantirdi. Onadan tug‘ma tilsiz kasallarga, ko‘zi ochilmagan 
ko‘rlarga, shollarga shifo berdi. Qora balchiqdan qush suratini yasab, unga dam solib 
erdi, jon kirib, qo‘lidan uchdi. Bu ishlar ersa, maxluq qo‘lidan kelmagay, balki Xoliqning 
qudratidur, — dedi. 
Mana shu chog‘da Rasulullohga vahiy kelib, ushbu oyat tushdi: 
«Laqad kafaral-laziyna qolu innalloha huval Masih ibnu Maryama». Ya’ni, «Maryam o‘g‘li 
Isoni Alloh degan kishilar, albatta, kofirdurlar». 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Agar men keltirgan Islom diniga kirmasdan meni yolg‘onchi qilsanglar, kelinglar, 
hammamiz bir yerga yig‘ilaylik, so‘ngra duoga qo‘l ko‘tarib, kim yolg‘onchi bo‘lsa, uni 
Alloh la’nat qilsun, deb qarg‘ashaylik. Menga ishonmaganlarga shundog‘ qilgil, deb Alloh 
meni buyurdi. 
Bu so‘zni eshitgach, qo‘rqishib: 
— Ey Abul Qosim, bu kuncha bizga ruxsat qilgil, qaytaylik, bu ish to‘g‘risida o‘zaro 
kengashaylik, so‘ngra kelib javobini berurmiz, — dedilar. 
Shu bilan Rasululloh oldilaridan qaytib chiqishib o‘zaro maslahat qilganlarida, ulardan 
birovi dedi: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
— Xudo haqqi, bilamiz bu kishi Iso xabar bergan oxirzamon payg‘ambaridur. Buning 
payg‘ambarligini o‘z ko‘nglimizda bilib turamiz. Qaysi bir kishi payg‘ambar bilan 
la’natlanur bo‘lsa, o‘zi halok bo‘lib, uning nasli yer ustidan yo‘qolur. Endigi maslahat 
shulki, ul aytgan dinga kirmasak ham, u bilan kelishib tinch-omon o‘z elimizga qaytaylik, 
— deyishib shu so‘zga to‘xtashdilar. 
Ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelishlarida Hazrati Ali, Fotima, imom 
Hasan, imom Husaynlarni birga keltirdilar. Nasorolar Rasulullohning avlodlari bilan birga 
kelganlarini ko‘rib hayron qolishdi. 
Anda raislari: 
— Mundog‘ nur yuzlik kishilar Xudodan nima narsa so‘rasalar, qabul qilur. Alarni quruq 
qaytarmag‘ay. Agar shu tog‘ni o‘rnidan qo‘zg‘alsin deb duo qilsalar, darhol qo‘zg‘alur. 
Agar bular bilan la’natlanur bo‘lsak, nasoro naslidan yer ustida hech kishi qolmagay, — 
dedi. 
So‘zlari nohaqligidan qo‘rqishib, bu ishga jur’at qilisha olmadilar. Har yili ikki ming uqiya 
kumush berib turishga o‘zlari rozi bo‘lishib, sulh qildilar. Chunki Qur’onda agar kofirlar 
sen bilan kelishishni so‘rasalar uni qabul qil, degan mazmunda oyat bor edi. 
Bu soliqning yarmini har yili Safar oyida, qolgan yarmini Rajab oyida to‘lab tugatmoq 
shart qilindi. Ish bitgandan so‘ngra bular o‘z yurtiga qaytmoqchi bo‘ldilar. To‘lov molni 
topshirish uchun bir amin (ishonimli) odamni qo‘shib berishni Rasulullohdan so‘radilar. 
Mana bu kishi esa Islom ummati ichida amini erur deb, Abu Ubayda ibn Jarrohni ularga 
qo‘shdilar. Shu kundan boshlab Abu Ubayda «Aminul umma» laqabini oldi. Arablar 
«amin» deb to‘g‘ri so‘zli, ishonchli kishini ayturlar. Rasululloh laqablari, Jabroil 
alayhissalom laqablari ham Al-amin erur. Ular ketgandan keyin Rasululloh aytdilar: 
— Ul ulug‘ qudratli Alloh haqida qasam qilurmanki, ahli Najron ustiga osmondan azob 
tushib, tayyor bo‘lib turdi. Agar men bilan la’natlashib, kim yolg‘onchi bo‘lsa, Allohning 
la’natiga qolsin deyishsalar edi, o‘sha onda Xudoning la’nati ularga tushib, hammalari 
maymun, to‘ng‘iz suratiga kirib qolishur edi. Yana osmondan azob o‘ti tushib, Najron 
shahrini butun xalqi bilan kuydirur edi. Yil o‘tmay turib, yer ustida nasoro kofirlaridan bir 
kishi ham qolmas erdi. 
DORIYUNLAR VOQEASI 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratdan ilgari Makkada turgan vaqtlarida Shom 
tarafida yashaydigan Doriyun arablaridan bir necha kishilar kelib iymon keltirishgan edi. 
Bular ichida Tamimud-doriy, Abu Hindud-doriy, Naimud-doriy degan kishilar bor edi. Bu 
doriyunlar qaytar vaqtlarida: 
— Yo Rasulalloh, vaqti kelib Xudo sizga olam atrofidan ko‘p yerlar bersa, bizga ham shu 
yerlardan ato qilg‘aysiz, — dedilar. 
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Xohlagan yerni aytinglar, shu hozirdayoq xat qilib berayin. 
Rasululloh oldilaridan chiqishib o‘zaro kelishgandan keyin Baytul maqdis shahrini atrof 
qishloqlari bilan so‘ramoqchi bo‘ldilar. Anda Abu Hind aytdi: 
— Bu shahar ilgari Ajam podsholariga markaz bo‘lib kelgandur. Bu so‘nggi kunlarda esa 
arablarga poytaxt bo‘lishi kutilmoqda. Buni qo‘yib boshqaroq joydan ko‘rsataylik, — 
deyishib, oxiri Shom tuprog‘ida Bayt Jayrum degan joyni so‘radilar. 
Rasululloh buni ma’qul ko‘rib, bir parcha kiyik terisiga hujjat xati yozdirib berdilar. 
Nusxasi bu erur: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. Haza kitobun zukira fihi ma vaxab Muhammadun 
rasulullohi lid-doriyyina iza a’tohullohu lahularza vahabalahum Bayta Aynuna va Jayruna 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
val Martum va Bayta Ibrohima ilal abadalabad. Shahida bizalika Abbas ibnu 
Abdulmuttalib va Xuzaymatu ibni Qays va Shurahbil ibni Hasanax». 
Tarjimasi: «Allohning Payg‘ambari Muhammad Doriyunlarga shu joylarini hiba qilib 
berdi: Bayti Aynun, Jayrun, Martum, Bayti Ibrohim. Alloh o‘z Payg‘ambari Muhammadni 
shu joylarga qachon ega qilsa, ul kishilar shu yerlarni olsinlar. Bularga doimiy mulk 
bo‘lsin. Abdulmuttalib o‘g‘li Abbos, Qays o‘g‘li Xuzayma, Hasana o‘g‘li Shurahbil 
guvohdur». 
So‘ngra bu xatni ularga berib: 
— Endi o‘z yeringlarga qaytganinglar yaxshidur. U yerga borgach, menim Madinaga 
hijrat qilib kelishimni kutib turinglar, — deb ruxsat qildilar. 
Ular ham o‘z joylariga qaytishdi. Qachonki Rasululloh hijrat qilib Madinaga keldilar ersa, 
Doriyunlar uni anglashib Madinaga kelib, Rasululloh bilan ko‘rishgandan so‘ngra 
Makkada yozilgan burungi hujjat xatni yangilab berishni talab qilishdi. Ikkinchi hujjat 
xatni yozishga buyurdilar. Nusxasi ushbudir: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. Haza ma anto Muhammadur Rasululloh litamimid-doriy va 
ashobihi. Inniy antaytukum Bayta Aynuna va Jayruna val Martum va Bayta Ibrohima, 
birummatihim va jamiy’a ma fiyhim natiyyata battin va nafadtu va sallamtu zolika lahum 
valia’qobihim min ba’dihim abadal abad. Faman azahum fihi azahumulloh. Shahida 
bizalika Abu Bakr ibni Quhofa va Umar ibni Abi Xattob va Usmon ibni Affon va Ali ibni 
Abi Tolib». 
Tarjimasi: «Allohning elchisi Muhammad Tamimud-doriy va aning yo‘ldoshlariga Bayti 
Aynun va Jayrun va Martum va Bayti Ibrohim — shu joylarni ichidagi borliq narsalari 
bilan hiba qilib berdim. O‘zlariga, keyin bolalariga doim mulk bo‘lsin. Bu to‘g‘rilik ularga 
kim aziyat yetkazsa, Alloh unga aziyat yetkizsin. Abu Bakr ibn Quhofa, Umar ibn Xattob, 
Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib bu ishga guvohdurlar». 
BANI OMIR ELCHILARI 
Bular ichida Omir ibn Tufayl, Arbad ibn Qays, Jabbor ibn Salamiy degan qabila 
boshliqlari, elchilar raislari edi. Butun qabila ustidan raislar boshlig‘i qilib Omir ibn 
Tufaylni saylamish erdilar. Muning ko‘rinishi ko‘rkam, egiz bo‘ylik, yuzi chiroylik, 
chechan tillik kishi erdi. Islomiyatdan ilgari arablar o‘z odatlaricha har yili Ukoz, 
Zulmajoz degan mashhur bozorlarga yig‘ilishib mushoira-mufohara (muzokara) qilishur 
edi. Ya’ni, arab shoirlari, xatiblari oralarida so‘z musobaqasi bo‘lur edi. Qaysi qabila 
shoirining she’ri fasohat, balog‘at to‘g‘risida boshqalarnikidan ustunlik qilar ekan, uni 
keltirib hurmatini ko‘tarish uchun Ka’ba devoriga osib qo‘yishar edi. Mundog‘ she’r 
egalarining xalq ichida qadri ko‘tarilib, ularga ulug‘ shoirlik unvoni berilur edi. Bu ish 
ersa o‘shal zamon arablari oldida ulug‘ sharafga ega bo‘lgani uchun she’r sifati eng oliy 
darajaga yetmaguncha Baytulloh devoriga osishga yo‘l qo‘ymas edilar. Mana shundoq 
joylarda xalq yig‘ilib to‘lganida shu Omir ibn Tufaylning amri bilan uning jarchilari xalq 
ichini oralab: «Kim piyoda ersa ot mindiramiz, kim och bo‘lsa to‘yg‘izamiz, dushmandan 
qo‘rqqan bo‘lsa qutqazamiz», deb qichqirishur edi. Lekin Omirning ko‘nglida hasadi 
bo‘lg‘onlikdan Rasulullohga qattiq dushmanligi bor edi. Qabila ichidagi yaxshi kishilar: 
— Ey Omir, Makkani Muhammad fath qildi, Quraysh unga iymon keltirdi, butun arab 
xalqi Islom diniga kirgani turdilar. Endi sen ham ko‘p qatorida iymon keltirgin, — dedilar. 
Anda ul: 
— Hoy, men unga qanday iymon keltiraman? Butun arab xalqini o‘zimga qarataman deb 
ont ichgan edim. Endi Qurayshdan chiqqan bir kishiga bo‘ysunmoqni o‘zimga or 
ko‘rurman, — dedi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
286
Shundog‘ bo‘lsa ham elchilarga bosh bo‘lib Madinaga keldi. Eng yaqin ko‘rgan yo‘ldoshi 
yana qabila raislaridan Arbad ibn Qays degan kishi bo‘lub, muning ham yomonligi undan 
qolishmas edi. Rasulullohga yo‘liqish oldida Omir unga: 
— Qachon Muhammad oldig‘a kirduk ersa, men uni so‘z bilan alahsitib turgayman, ul 
chog‘da sen payt poylab chaqqonlik bilan unga qilich solur bo‘lsang o‘zimizni va butun 
arab xalqini undan qutqazgan bo‘lurmiz, — dedi. 
Bu xiyonatni qilishga qattiq va’dalashdilar. Shu bilan Rasululloh ustiga kirib 
ko‘rishgandan so‘ngra Omir so‘z boshlab: 
— Ey Muhammad, ikkovimiz do‘stlashib ish qilsak yaxshi bo‘lur. Shahar xalqi senga 
bo‘lsin, dala xalqi, ko‘chmanchilar menga bo‘lsin, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Allohga iymon keltirur bo‘lsang, do‘st bo‘lurmiz, — dedilar. 
— Agar iymon keltirsam, sendan so‘ngra hukumat ishi bizda bo‘lg‘aymu? — dedi. 
Rasululloh aytdilar: 
— Uni Alloh bilur, ul ersa Alloh xohlaganicha bo‘lur. 
Ul yana so‘radi: 
— Agar iymon keltirsam, boshqalardan ortiqcha nima topqayman? 
— Foyda-ziyonni musulmonlar bilan teng ko‘rursan, senga ulardan ortiqcha ish yo‘qdur, 
— dedilar. 
Bu so‘zni anglagach, Omirning shaytoni kelib bo‘yniga mindi. G‘azabi qo‘zg‘alib: 
— Ey Muhammad, sening ustingga otliq, yayov yigitlardan sonsiz askarni keltirurman. 
Madinaning xurmoli bog‘larini askarga to‘lg‘izib har tup xurmoga bittadan ot 
bog‘laturman. Xudo haqqi, shundoq qilurman,— deb do‘q urib qo‘rqitmoqchi bo‘ldi. 
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Seni bu ishdan Alloh qaytargay, bu so‘zning uddasidan chiqolmagaysan. Ichgan 
qasamingga yolg‘onchi bo‘lursan. 
Ansor sahobalarning raislaridan Usayd ibn Huzayr ham shu yerda edi. Rasululloh oldida 
bularning shundog‘ adabdan tashqari aytgan so‘zlarini anglab, aning achchig‘i kelib: 
— Ey maymunlar, Rasululloh oldilaridan chiqinglar, — deb Omirning boshiga bir urdi. 
— Hoy bizga shunday jur’at qilgan sen kim eding?— dedi. 
— Usayd ibn Huzayr erurman. 
— Otang Huzayrni ko‘rgan edim, ul kishi sendan yaxshi edi, — deyishdi. 
— Otamdan va sendan albatta men yaxshi erurman, chunki otam mushrik edi, sen dag‘i 
mushriksan. Mo’min kishi Xudo oldida albatta mushrikdan yaxshidur, — dedi. 
Alarning achchiqlari haddin oshib, qahr-g‘azablari to‘lib toshib, Rasululloh oldidan 
chiqishlari bilan o‘z yurtlariga jo‘nadilar. Qilchalik bo‘lsa ham Islom muhabbati dillariga 
kirmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bularning iymonidan umid uzdilar. Bani 
Omir qabilasi ersa arablar ichida atoqli katta qabila atalur edi. Raislari iymon keltirmay 
ketganlari uchun Rasululloh qayg‘urib qoldilar. Raislari iymon keltirur bo‘lsalar, bularni 
yuborgan qabila xalqining ham Islomga diniga kirishlari aniq edi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam alar haqiga duo qilib: 
— Ey bor Xudoyo, Bani Omir qabilasini haq yo‘lga boshlagil, Omir ibn Tufaylning yomon 
qasdidan bizni saqlagil, davosiz dardga yo‘liqsin, o‘zini qutqarolmay, bizni unutsin, — 
deb qarg‘adilar. 
Rasululloh qoshlaridan chiqishganda Omir ibn Tufayl yo‘ldoshi Arbadga aytdi: 
— Ey Arbad, senga nima ish buyurgan edim, menim aytgan so‘zim qayon qoldi? Arablar 
ichida sendan boshqa birorta kishidan qo‘rqinchim yo‘q edi. Sinovdan o‘tkach endi 
bildim, eng qo‘rqoq kishi ermishsan, bu kundin boshlab ko‘nglim tinchidi. Endi sendan 
qo‘rqmas bo‘ldim, — dedi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
Anda ul: 
— Ey Omir! Bu so‘zda ko‘p shoshqinlik qilma. Sen buyurgan ishni qilmoqchi bo‘lib uch 
qayta qasd qildim. Birinchi marta qilichga qo‘l urdim ersa, uning o‘rnida seni ko‘rdim. 
Seni chopgali bo‘lurmi? Ikkinchida oramizga temir qo‘rg‘on qurildi. Uchinchida qilich 
sopiga qo‘lim qadaldi, na ersa bu ishlarni ko‘rdim. Bo‘lg‘on ish shudir. Endi qolganini 
o‘zing bilursan, — deb to‘xtadi. 
Ey rabbim Alloh, bu nima sir, bu qanday yo‘riqdurkim, shunchalik ulug‘ mo’jizalik, ulug‘ 
qudratni ko‘zlari ko‘raturib bu kishilarning ko‘ngillari yana ochilmadi-ya? Mundog‘ 
bo‘lishning sababi ersa, ularga Alloh tavfiq bermadi. Chunki Allohning tavfiq berishiga 
bandaning talabi shartdur. Alloh insonni o‘z hikmati bilan yaxshi-yomonni, buzuq-
tuzuqni ajratishga aql berib, bu ikki yo‘lning qaysi biriga bo‘lsin, o‘z ixtiyoricha yurishga 
erklik qilib yaratmishdur. 
Munday bo‘lgach, yaxshi-yomon ishlarni banda o‘z erki bilan qila olur. Savob ishlarni 
qilib jannatga kirmak, gunoh ishlarni qilib do‘zaxga tushmak bandaning ixtiyoriga 
bog‘liqdur. Shayton yo‘lida yo‘qotgan kuchni rahmon yo‘lida ishlatish bandaning o‘z 
qo‘lidadur. Inson aqli yetmaydirgan diniy ishlarda yo‘lboshchilik qilish uchun Alloh taolo 
payg‘ambarlar yubordi. Bularning birinchisi Otamiz Odam Safiyulloh, eng so‘nggisi 
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Bu ikki orada 
o‘tganlar bir rivoyatda bir yuz yigirma to‘rt ming, ikkinchi rivoyatda ikki yuz yigirma to‘rt 
ming payg‘ambardurlar. Bularning keltirgan dinlari zamonlariga yarasha turlicha bo‘lsa 
ham barchalarining diniy asoslari shu uch narsaga qaralmish edi: 
Birinchisi, Allohning borligiga va birligiga iymon keltirish;  
Ikkinchisi, o‘lgandan keyin yana qaytadan tirilishga ishonmoq; 
Uchinchisi, qiyomat kunining bo‘lishiga inonmoqdur. 
Mana shu xabarlarni butun insonlarga yetkizmoq uchun Alloh taolo shuncha ko‘p 
payg‘ambarlarni yubormishdur. Alloh o‘z rahmatini ayamadi. Bularning har qaysilari o‘z 
ustlariga yuklangan xizmatlarini o‘z vaqtida o‘rinlatdilar. Bu to‘g‘rida chiqqan har turli 
og‘irliklar bo‘lsa, sabr qildilar. 
Ayniqsa, Rasulullohga bu haqda bo‘lgan qiyinchiliklar, o‘tgan payg‘ambarlarning hech 
biriga bo‘lmagan edi. Endi ishlar tugab, Xudo va uning Payg‘ambari o‘z vazifalarini ado 
qilgandurlar. Rasulullohga Qur’on tushgan kunidan boshlaboq yuzaga chiqqan haqiqat 
ersa Islom dinidur. Inson davri tugaguncha dunYo xalqiga moslashgudek bundan boshqa 
din yo‘qdir. Rasululloh marhamat qildilar: 
«Bir kun kelurkim, men keltirgan shu Islom dini yer yuzini butunlay qoplab, kirmagan 
uyi qolmagay, bu dinga bo‘ysunganlar esa hurmat ko‘rgaylar. Qarshilik qilganlar xorlikka 
qolgay», dedilar. 
Agar bu so‘zni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan bo‘lsalar, albatta, bu ish 
bo‘lg‘usidur. Muning belgi va alomatlari bo‘layotganini uzun yillardan beri payqab 
kelamiz. Rasululloh aytishlaricha, har yuz yilning boshida Islom dinini yangilovchilar 
chiqib turishlari lozimdur. Birinchi yuzidan boshlab o‘n uchinchi yuzga yetguncha uzilmay 
ulardan chiqib turganligi mo’tabar kitoblarda yozilgan ekan, o‘qib ko‘rdim. Endi 
oldimizdagi o‘n to‘rtinchi yuzni kutib turmoqdamiz. 
Ehtimol, bu yuzga yetguncha katta hodisalar, zo‘r voqealar bo‘lib, ulug‘ o‘zgarishlar 
ko‘rilgusidur. Chunki har ishning kamolga yetishi ul ishga zavol kelishi demakdur. Islom 
diniga qarshi ziyonlik narsa ko‘rilmish esa, shu asr madaniyatining diniy halokatimiz 
uchun tayyorlamish og‘uli oshlari, zaharli sharbatlaridur. Islom dini yer ustiga 
tarqalgandan beri, hech davrda bunday xorlikka qolgan emas edi. Endi ko‘p uzoq emas, 
ustimizdagi yillarni yuzga to‘ldirsak din yangilaydiganlarning davriga yetishgan bo‘lamiz. 
Rasulullohning xabar berishlaricha, albatta musulmonlar uchun ko‘p yaxshilik kunlar 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling