Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
288
kelishi kerakdur. Lekin u baxtli kunlarga kim yetgay, kim yetmagay. U kunlarni ko‘rgan 
baxtli mo’minlar, ko‘rolmay o‘lgan g‘arib mo’minlarni duoda yod qilgaylar. 
Tarix hijratning bir ming ikki yuz yilligida vafot topgan hadis olimlarining ustozlaridan 
Imom Shavkoniy Iso alayhissalomning osmondan tushishlari, imom Mahdiyning xuruji, 
Dajjolning chiqishi— shu uch voqea ustida bir kitob yozmishdur. Shularning chiqishlarini 
isbotlab ellik hadis Mahdiy oxirzamon haqida, yigirma to‘qqiz hadis Hazrati Iso haqlarida, 
yuz hadis Dajjol mal’un haqida shu kitobda keltirmishdur. Bu hadislarning qaysi birlari 
gumonlik bo‘lsa ham, ko‘pchiligiga qaralsa, bu voqealarning bo‘lishiga shak qilish 
musulmon kishilarga to‘g‘ri emasdur. 
Men bu kitobimni Payg‘ambarimiz aytgan, qiyomatgacha iymondan ajralmaydigan 
mo’minlar uchun yozganligimdan bu o‘rinda ochiqroq qilib gapirdim. Shundog‘ bo‘lsa 
ham, yana, ko‘p so‘zlarim qalamga kelmasdan ko‘nglimning bir chetida yashiringanicha 
qoldi. Inshaalloh, ularni ham vaqti kelgach, ko‘ngil zindonidan qalam maydoniga 
chiqazib, tilakdosh do‘stlarimiz, vatan bolalarimiz uchun esdalik qo‘llanma qilib qoldirish 
vijdoniy vazifadur. 
Yana o‘z so‘zimizga qaytdik. 
Shundog‘ bo‘lib, bu ulushsizlar Madinadan o‘z yurtiga qaytib ketayotganlarida Omir ibn 
Tufaylning bo‘g‘zida yong‘oqdek bir dona bez paydo bo‘lib, katta bo‘lgani turdi. Buning 
og‘rig‘iga chidayolmay, yo‘l ustida ko‘ringan bir chodirga kirib tushdi. Bu ersa Saluliy 
qabilasidan bir kambag‘al tul kampirning chodiri edi. Bu uyda bir necha kun betob bo‘lib 
yotdi. O‘zini butun arablarning sayidi hisoblagan kishi mundog‘ o‘rinda og‘rib yotmoqlik 
bek og‘ir edi. Chunki arablar oldida Saluliy qabilasi ersa eng olchoq, past qabiladan 
sanalur edi. 
Shulardan bo‘lgan bir qalloj kampir uyida yotib o‘lishni o‘ziga qattiq or ko‘rdi. Otimni 
keltiringlar, deb yo‘ldoshlariga buyurdi. Alar keltirishgach shijoat bilan otiga minib 
nayzasini qo‘liga oldi: 
— Ey o‘lim, ko‘zimga ko‘rinsang eding, sen bilan urishur edim, — deb jon achchig‘ida u 
yon-bu yon ot chopib, suron solib hayqirdi, oxiri ot ustida joni chiqib yerga yiqildi. Uning 
o‘ligini yo‘lda qoldirib, qolgan ikki yo‘ldoshi o‘z yurtiga yetib borishdi. 
Qabila kishilari Arbadni ko‘rgach, andin: 
— Ey Arbad, ish nima bo‘ldi? Muhammad so‘zini bizga aytgin, ahvol qanday? — deb 
undan so‘radilar.  
Anda ul: 
— Aytgudek hech gap yo‘qdur. Bordik, keldik, o‘rtada ovora bo‘lganimiz qoldi. Uning 
aytgan xudosini ko‘rar bo‘lsam, o‘q otib o‘ldirar edim, — dedi. 
Arbad bu so‘zni qilgach, bir kundan so‘ngra tuyasini minib dalaga chiqdi. Kun ochiq, 
osmonda bir parcha ham bulut yo‘q edi. Shu orada qars-qurs qilib ochiq havodan yashin 
tushib har ikkovini halok qildi. Bu voqeadin so‘ng butun qabila iymon keltirishdi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabilaning iymoniga, Omir ibn Tufaylning halok 
bo‘lishiga duo qilgan edilar. Har ikkovining haqiga qilg‘on duolari qabul bo‘ldi. Arbad ibn 
Qays ersa, til adabsizligidan o‘ziga loyiq jazoni topdi. 
ZIMOM IBN SA’LABA VOQEASI 
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan Madina masjidida o‘ltirgan 
edilar. Shu orada sahro badaviylaridan sochlari xurpaygan bir kishi kelib masjid oldida 
to‘xtadi va tuyasini cho‘ktirdi. Uning tovushi g‘o‘ng‘irlab chiqib tursa ham, nima degani 
tushuniksiz edi. U masjidga kirdi va: 
— Abdulmuttalib o‘g‘li Muhammad qimdur? — deb so‘radi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
Sahobalar Rasulullohni ko‘rsatdilar ersa, yaqin kelib o‘ltirdi. So‘ngra: 
— Ey Muhammad, men sendin bir necha so‘z so‘ramoqchidurman, so‘zimni suyakka 
yetkizib qattiqlik bilan so‘rayman, yana ko‘nglingga og‘ir olmagil, — dedi. 
Rasululloh: 
— Nima xohlasang, shuni so‘ragil, — dedilar. 
— Xudoning haqqi seni barcha insonlarga Payg‘ambar qilib Alloh yubordimi? — dedi. 
Rasululloh: 
— Shundoqdir, meni Alloh taolo butun insonlarga Payg‘ambar qilib yubordi, — dedilar. 
Yana ul aytdi: 
— Alloh haqqi, bir kecha-kunduzda besh vaqt namoz o‘qimoqqa Alloh buyurdimi? 
Rasululloh: 
— Albatta shundoqdur, Alloh buyurdi, — dedilar. 
— Yana ul Alloh haqqi-hurmati bilan so‘rayman, zakot bermakni, bir yilda bir oy ro‘za 
tutmakni va haj qilmoqni Alloh buyurdimi, — dedi ul. 
— Ha, Alloh buyurdi, — dedilar Rasululloh. 
So‘ngra u kishi darhol Rasulullohga iymon keltirib: 
— Sening Payg‘ambarligingga ishondim, La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh, — 
dedi-da, tashqariga chiqdi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Bu kishi ersa ongli ravishda iymon keltirdi, Islom dinini aniqlab yaxshi tanidi, — 
dedilar. 
So‘ngra bu kishi Rasulullohdan ruxsat olib o‘z qavmiga borib, ularni dinga undadi. 
Buning yo‘lboshchiligida ulug‘ bir qabila dinga kirdilar. 
ABDULQAYS ELCHILARI 
Abdulqays qabilasidan kelgan elchilarning soni o‘n olti kishidan iborat edi. Bular ichida 
Jorud nomli bir kishi bo‘lib, nasoro dinida edi. Tavrot, Injil o‘qib Rasulullohning sifatlarini 
ko‘rmish edi. Bu elchilar kelmasidan burun Rasululloh bulardan xabar bergan edilar. 
Shundoqkim, bir kuni sahobalar bilan Madina masjidida o‘ltirgan chog‘larida shunday 
marhamat qildilar: 
— Mana shu hozirda shu tomondan bir qancha tuya mingan kishilar chiqqaylar. Bular 
esa sharqdan kelgan kishilarning eng yaxshilaridur. Dinga kirmakka majbur emaslar, 
haqiqatni izlab yiroq yo‘ldan kelurlar. Ot-ulovlari oriqlamish, oziq-ovqatlari 
tovsilmishdur. Ular esa Abdulqays qabilasining elchilaridurlar. Ey bor Xudoyo, bu qabilani 
mag‘firat qil,— deb duo qildilar. 
So‘ngra xiyol o‘tmasdan Rasululloh aytgan tomonlaridan bir qancha kishilar ko‘rina 
boshladi. Rasulullohga ko‘zlari tushishi bilan o‘zlarini tuyadan tashlab yugurishdilar. 
Rasulullohni qo‘l va oyoqlariga yuz-ko‘zlarini surtishib, yig‘lashgan holda ko‘rishdilar. 
Bular ichida Abdulloh ibn Avf ismli bir kishi bor edi. Barchalaridan ul yoshroq bo‘lsa ham, 
ularning raislari edi. Yo‘ldoshlaridan ajrab qolib, shoshilmay tuyasidan tushib uni 
cho‘ktirdi. So‘ngra xurjunidan ikki dona oq libos olib kiydi. Bu ishlarni Rasululloh 
yiroqdan ko‘rib turdilar. So‘ngra o‘z yurishida, boshqalardek yugurmay, to‘g‘ri yurib kelib 
Rasululloh bilan ko‘rishdi. Qutlug‘ qo‘llarini o‘pib, yuz-ko‘zlariga surtdi. Abdulloh o‘zi 
xunuk yuzli, ko‘rimsiz, kishi edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga uzoqroq 
qarab qoldilar. 
Anda ul: 
— Yo Rasulalloh, inson terisi osh ichgudek idish bo‘lmas, insonning qiymati ersa, ikki 
kichik narsasi bilan bo‘lur. Birisi, tili, ikkinchisi aning dilidur,— deb aytdi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
290
Rasululloh buning so‘zini yoqtirib: 
— Ey Abdulloh, Xudo va uning Payg‘ambari yaxshi ko‘radigan ikki xislatning senda 
borligini ko‘rdim. Birinchisi, yumshoqlik ersa, ikkinchisi, shoshilmaslikdur. Bu ikki fe’lni 
Alloh yaxshi ko‘rgay, — dedilar. 
Anda u: 
— Yo Rasulalloh, bu xulq ersa o‘zimdan bo‘ldimi, yoki menda Alloh yaratganmidur? — 
dedi. 
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Dastlab yaratilishingda bu xulqni Alloh sen bilan birga yaratmishdur. 
— Xudo va Payg‘ambar yaxshi ko‘rgan ikki xulqni menda yaratgan Allohga hamdu 
sanolar bo‘lsin, — deb tashakkur qildi. 
Endi yuqorida aytilishicha, nasoro dinini tutgan, Tavrot va Injilda Rasululloh sifatlarini 
o‘qib, o‘zlarini ko‘rishga mushtoq bo‘lib yurgan Jorud bular bilan birga kelgan edi. 
O‘zining yaqin yo‘ldoshi Salama ibn Iyoz degan kishiga bir kuni shunday so‘z aytgan edi: 
— Ey Salama, Makka shahrida bir yigit payg‘ambarlik davo qilib chiqmishdur. Oxirzamon 
Payg‘ambari chiqdi. Iso alayhissalomning qilgan vasiyatlarini Tavrot, Injilda o‘qib ko‘rgan 
edim. Shu kishi bo‘lg‘aymu, deb gumon qilurman. Bani Qays elchilari bilan uning qoshiga 
boraylik, hozirdan har ikkovimiz o‘z ko‘nglimizda uch narsani yashiraylik, ularni ersa har 
qaysimiz o‘zimiz bilaylik, bir-birlarimizga ham aytmaylik. Agar ul kishi shu ko‘nglimizga 
yashiringan narsalarni to‘g‘ri topdi ersa, Alloh otig‘a ont qilurmankim, Iso Payg‘ambar 
bashorat bergan oxirzamon payg‘ambari aniq shu bo‘lur. Anda alar ikkovi ham elchilar 
bilan birgalikda Rasululloh oldilariga kirishdi. Anda Jorud: 
— Ey Muhammad, sen Allohdan qanday din keltirding, nima ishlar qilmoqqa seni 
buyurdi? — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Allohdan Islom dinini kelturdim, bu dinning asosi ersa besh nimarsadur: birinchisi, 
barcha olamni yaratguvchi yolg‘iz bir Allohdur deb inonmoq; ikkinchisi, har kuni besh 
vaqt namoz o‘tamoq; uchinchisi, boy kishilar chog‘aylarga zakot bermoq; to‘rtinchisi, 
har yili bir oy ro‘za tutmoq; beshinchisi, qudrati yetsa umr ichida bir qatim haj 
qilmoqdur, — dedilar. 
Yana Jorud: 
— Ey Muhammad, aniq Alloh yuborgan Payg‘ambar bo‘lsang, ko‘nglimizdagi yashirgan 
so‘zlarimizdan xabar bergil, — dedi. 
Rasululloh uyqu bosgandek bo‘lib, ko‘zlarini yumib ochdilar. Shu orada vahiy tushib, 
muborak manglaylaridan ter oqa boshladi. Boshlarini ko‘targach, Jorudga qarab: 
— Sen ko‘nglingda uch ishni so‘ramoqchi bo‘lding. Birinchisi, Islom kelmasdan ilgari 
arablar orasida qonlar to‘kilib, ularning o‘z vaqtida qasosi qaytarilmagan bo‘lsa, uning 
hukmi Islom shariatida qandoq bo‘lur ekan? 
Ikkinchisi, johiliyat davrida saqlanib kelgan qabilalar orasida ichilgan qasamlar 
Islomiyatda ham saqlanarmu? 
Uchinchisi, qaysi sadaqaning savobi ortiqroqdur? 
Bularning javoblari shuldurki, johiliyat qonlari islomiyatda so‘ralmag‘ay, ularning qasosi 
qaytarilmagay. Johiliyatda ichilgan qasamlar islomiyatda marduddur. Musulmonlar 
orasida birlik saqlash uchun islomiyat o‘zi qasamdur. Sadaqalarning eng yaxshirog‘i 
muhtoj kishilarga ko‘luk (ot, ho‘kiz, arava shunga o‘xshash narsalar) kuchini bermakdur 
yoki erta-kech sog‘ib ichgudek hayvonlar sutini sadaqa qilmoqdur, — dedilar. 
Rasululloh uning ikkinchi yo‘ldoshiga qarab: 
— Salama, sening ko‘nglingda yashirgan uch narsa shulardur: birinchisi, butlarga ibodat 
qilmoq to‘g‘risida; ikkinchisi, sabosab kunining hurmati xususinda; uchinchisi, asl va 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
291
zotsiz kishilarning huquq va qasosda farqlari haqida so‘ramakchisan. Mana shularni 
ko‘nglingda yashirding, — dedilar. 
Buning javobi ersa, butlarni va ularga topingan kishilarni Alloh taolo tamug‘ o‘tida 
kuydirgay. Sabosab kunlari ersa johiliyat davridagi hurmatli bayram kunlari bo‘lib, uning 
o‘rniga islomiyatda Alloh taolo Qadr kechasini ato qildi. Bu tunning qadri ersa, Xudo 
oldida ming oydan ortiqroq erur. Shu bir kecha toat-ibodat qilgan kishilar ming oylik 
toat-ibodat qilganining savobini topgaylar. Ramazon oyining eng keyingi o‘n kunidan 
boshlab, uni talab qilinglar. Qadr kechasining belgisi — tuni yorug‘ bo‘lib, boshqa 
kechalardek ortiqcha qorong‘u bo‘lmagay. Ul kechada bo‘ron-chopqun bo‘lmagay, ul tuni 
tong otguncha tinchlik-omonchilik bo‘lgay. Quyosh chiqar chog‘da shu kuni boshqa 
kunlardek yaltirab chiqmasdin xiraroq bo‘lib chiqqay. 
Asl kishilar bilan zotsiz kishilarning islomiyat oldida farqlari yo‘qdur. Har bir huquqda 
barobardurlar. Agar bir asl odam zotsiz odamni o‘ldirar bo‘lsa, uni qasos qilib o‘ldurmak 
lozimdur. 
Ammo Xudo oldida ersa insonlarning farqlari bordur. Kimning taqvosi ko‘p ersa, Alloh 
oldida uning darajasi ulug‘dur. «Inna akramakum indallohi atkakum» oyati karimasining 
mazmuni ham shuldir, — dedilar. 
Bu mo’jizani ko‘rgach, darhol ul ikki odam iymon keltirdilar. Buni ko‘rishib, 
Abdulqaysdan kelgan barcha elchilar ham iymon keltirishdilar. 
So‘ngra ulardan bir kishi turib: 
— Yo Rasulalloh, bizni yerlarimizning havosi og‘irdur. Osh-suvlarimiz singishlik emas
uzum-xurmolardan yasalgan ichimlik sharoblarimiz bo‘lur, shulardan bir kosa-yarim kosa 
ichib yurmakka ruxsat qilurmisiz, — deb so‘radi.  
Anda Rasululloh aytdilar: 
— O‘zingiz bilursizkim, hech kim bu narsadan oz ichmakka qanoat qilmagay, ko‘p ichib 
esirgandin (mastlikdan) so‘ngra aqli qochib, qilich sug‘urib o‘z yo‘ldoshining oyog‘iga 
urgay. Uning zahmidan bir kishi umr bo‘yincha oqsoq bo‘lib qolgay. 
Rasulullohdan bu so‘zni anglashlari bilan barchalari birdaniga kulishib yuborishdilar. 
Rasululloh ulardan: 
— Nega kuldinglar? — deb so‘radilar ersa: 
— Siz aytgan voqea o‘z ichimizda mana shu kishi ustida bo‘lib o‘tgandur, — deyishib, 
cho‘loq bir kishini ko‘rsatdilar. — Guvohlik berurmizkim, Alloh yuborgan aniq payg‘ambar 
ekansiz. Aroq ichmasga va’da berurmiz, — deyishdi. So‘ngra Rasulullohdan ruxsat olib 
o‘z yurtlariga qaytishdilar. 
BANI HANIFA QABILASINING ELCHILARI 
Bani Hanifa qabilasidan kelgan elchilar ichida Musaylama nomli bir kishi bor edi. Bular 
Madinaga kelgach, Rasululloh bilan ko‘rishgani keldilar. Ular ichida Musaylama o‘zi 
kelmasdan qo‘shxonada ajrab qoldi. Alar Rasulullohni ko‘rgach, dillari ochilib iymon 
kelturdilar, ammo Musaylama kazzob (yolg‘onchi) kelmasdan ilgari shunday aytur edi: 
«Muhammad meni o‘z Payg‘ambarligiga sherik qilur ersa, unga tobe bo‘lurman. Yo‘q 
ersa, unga iymon keltirmagayman». 
Ul o‘zi kelmagach, Rasululloh uning ila ko‘rishgani keldilar. Qo‘llarida tutgan bir xurmo 
butog‘i bor edi, anga qarab: 
— Ey Musaylama, agar iymon kelturmasang, senga shu xurmo shohini ham 
bermagayman, — dedilar. 
So‘ngra yo‘ldoshlari Sobit ibn Qaysga qarab aytdilarkim: 
— Bir kuni uyqumda Alloh taolo yer usti xazinalarini menga ko‘rsatdi. Shu chog‘da 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
292
qo‘limga solingan ikki oltin bilaguzuk ko‘rdim. Mundan xafalik paydo bo‘lib, dilimga 
tashvish tushdi. Shul holda menga ilhom bo‘ldi. Bu narsalarni pullab yuborgin, mundan 
qutilursen. Pulladim ersam, ikki qo‘limga solingan oltin bilaguzuklar g‘oyib bo‘ldi. Shu 
ko‘rgan tushimning yo‘rimi shuldurki, mendan keyin ko‘p o‘tmayoq ummatlarim ichidan 
ikki yolg‘onchi payg‘ambar chiqqay. 
Rasululloh aytganlaridek, u ikki yolg‘onchining birisi shu Musaylama kazzob edi. Bu ersa 
Yamomadan chiqdi. Ikkinchisi, Tulayha San’o-Yamandan xuruj qildi. Bir necha yil ilgari 
ko‘rgan tushlari ersa bu ikki kazzobga to‘g‘ri keldi. 
TAY QABILASI ELCHILARI 
Tay qabilasi elchilarning raislari ersa Zaydulhayl degan kishi edi. Shoirlik, xatiblik, 
juvonmardlik, shunga o‘xshash fazl-sharaflar bilan arablar ichida atog‘i chiqqan edi. 
Shuning uchun buning haqida Rasululloh aytdilar: 
— Ko‘rishmasdan ilgari maqtalgan ko‘p odamlarni ko‘rdim, maqtalganlaridek 
chiqmadilar. Ammo Zaydulhayl ersa maqtalgandan ortiqroq chiqdi. 
So‘ngra Rasululloh aning qo‘lini tutib: 
— Oting nimadur? — deganlarida ul: 
— Otim Zaydulhayl. Ashhadu alla ilaha illallohu va annaka abduhu va rasuluh, — deb 
darhol iymon keltirdi. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Ey Zaydulhayl, oting Zaydulhayr bo‘lsin, — dedilar. 
Boshqa elchilarga besh uqiya (bir uqiya — qirq misqol) kumushdan in’om qildilar ersa, 
bu Zaydulhayrga o‘n ikki uqiya kumush sovrun berdilar va o‘zi xohlagan joydan o‘z 
mulki uchun yer kesib olmoqqa Rasulullohdan xat oldi. Lekin umri unga vafo qilmay, shu 
yo‘lda ketayotib vafot topdi. 
ADIY IBN HOTAM (HOTIM) QISSASI 
Adiy ibn Hotam butun dunyoga nomi chiqqan mashhur Hotam Toyning o‘g‘lidur. Hotam 
Toy o‘zi Rasululloh zamonlarida tirik bo‘lgan bo‘lsa ham Payg‘ambarlik davriga 
yetmasdan vafot topdi. O‘zidan keyin uning o‘g‘li Adiyni otasi o‘rniga qabila raisi qildilar. 
Arablar ichida atog‘lik katta raislardan sanalur edi. Toy qabilasi butparastlardan bo‘lsa 
ham, Adiy oilasi bilan nasoro diniga kirmish edi. Boshqa qabilalar kabi Madinaga elchi 
yuborib, Rasululloh bilan ko‘rishmakni ham tilamadi. Balki Rasulullohga qarshi ko‘nglida 
qattiq adovat saqladi. Lekin u kunlarda butun arablar Yo o‘zlari, Yo elchi orqalik iymon 
keltirib itoatga kelganliklarini ko‘rar edi. 
So‘nggi kunlarda o‘z oldiga mundoq yashab turolmasligi bildi. Islom haybatiga qarshi 
turolmasligini tushundi. Bir kun bo‘lmasa, bir kuni Islom askari kelib bosib qolmasin deb 
o‘ziga eng yaqin ishonchlik kishisini chaqirib atrofiga yuguruk ot, yelmayon tuyalardan 
safarga yaragudek birmunchasini tayyorlab qo‘yishini buyurdi. Yo‘l-yo‘lga qorovullar 
qo‘yib, soqlik bilan kutishib turdilar. Shu orada Hazrati Ali boshliq bir bo‘luk Islom askari 
kelayotgan xabari unga anglandi. Har joyga qo‘ygan qorovullaridan birisi: 
— Ey Adiy, Muhammad askarining qorovullari yerimizga yetib keldi, — dedi. 
Darhol hozirlangan ot-tuyalarni keltirib, Shom tarafiga qarab qochdilar. Qocholmay 
qolganlari ersa askar bosqiniga qolib, asir olindilar. Bular ichida Hotam Toyning bir qizi 
ham asir tushgan edi. Asirlar Madinaga keltirilgandan so‘ngra u qizning ko‘zi 
Rasulullohga tushdi. Qilg‘on ishlarini ko‘rib, otasi Hotamni eslab: 
— Yo Rasulalloh, men ersam saxovatda olamga nomi chiqqan Hotam Toyning qizi 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
293
erurman. Eshitgandursiz, otam Hotam Toy muruvvat sohibi erdi. Ochlarni to‘yg‘izur, 
yalang‘ochlarni kiyguzur, yayov qolganlarni mingizur edi. Mazlumlarni zolimlardan 
qutqazur edi. U ersa hojatlik kishilarni hech quruq qaytarmagan edi. Mana shundoq 
kishining qizi erdim, — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Otangning bu qilg‘on ishlari ersa chin mo’minlar axloqi erur, Alloh suygan sifatlardur. 
Bunday ulug‘ axloq egasi bo‘lgan kishining qizi ekan, asirlikda yotmasin, — deb darhol 
ani bo‘shatmoqqa buyurdilar. 
Bosh-oyoq kiyintirib, yaxshi tuyaga mindirib, o‘z eliga qaytmoqqa ruxsat qildilar. 
Rasulullohdan bu yaxshilikni ko‘rgandan keyin darhol shahodat aytib, iymon keltirdi va 
akasi Adiy ibn Hotamni Islom diniga dalolat qilmoq uchun Shom shahriga qarab yo‘lga 
tushdi. Bir necha kun yo‘l yurib, akasi turgan yerga yaqin yetdi. Bular ersa ko‘chmanchi 
erdilar, chodir oldida o‘ltirgan Adiy yiroqdan kelayotgan tuya mingan bir kishining 
qorasini ko‘rdi. Sinchiklab qarab turdi va bu kelayotgan Hotam qizi Safona bo‘lg‘ay, dedi. 
Yaqinlashib keldi ersa ko‘rdilarkim, Hotam qizi Safona emishdur. Quchoqlashib yig‘lashib 
ko‘rishdilar. So‘ngra og‘asi Adiyga boqib: 
— Ey rahmsiz, zolim qarindoshim! O‘z oilang bilan qochib qutulding. Otang Hotam 
oilasini dushman qo‘lida asoratga qoldirding, — dedi. Adiy bu so‘zdin qattiq uyalib: 
— Uzr aytmoqqa tilim yo‘qdur, aytgan so‘zlaringning hammasi to‘g‘ridur. Kel endi, 
mundan ortiq meni uyaltirib xijolat qilma, — dedi. 
Har ikkovi nari-beri aytishib bo‘lgandan keyin qarindoshlik arazlari tarqaldi. So‘ngra 
o‘zaro kengashib so‘zlashgali turdilar. Og‘asi Adiy ersa, o‘zi to‘g‘risida Safonadan 
maslahat so‘radi. Bul xotun ochiq ko‘ngillik, har ishga kengash bergudek xotun bo‘lub, 
anga shunday so‘z qildi: 
— Endigi maslahat shuldurkim, bu ishga keyin qolmay tezlik bilan borib, bu kishiga 
iymon keltirgil. Agar u kishi Payg‘ambar bo‘lsa, aning diniga ilgariroq kirgan bo‘lursan. 
Agar podsho bo‘lsa boshqalardan oldinroq borganing yana yaxshiroqdur, — dedi. 
Adiyga ham shu so‘z ma’qul bo‘ldi. Shu bilan ikkovlashib yo‘lga chiqishdilar. Besh-o‘n 
kun yurib Madinaga keldilar. Shu chog‘da Rasululloh masjidda o‘ltirgan edilar. To‘g‘ri 
kelib ul zotga salom qildi. 
— Bu kishi kim bo‘lur? — deb so‘radilar. 
— Hotam o‘g‘li Adiy erurman, — dedi. 
Rasululloh o‘rinlaridan turib kelib u bilan ko‘rishgandan so‘ngra, uylariga qarab 
boshladilar. Yo‘lda ketayotganlarida bir kambag‘al kampir xotin yo‘l ustida Rasulullohni 
to‘xtatib o‘z hojatidan ancha uzoq gapirdi. Kampir so‘zini tamom qilguncha quloq solib 
turdilar. Buni ko‘rib Adiy hayron qolib: 
— Bu kishi ersa podsho bo‘lmasa kerak, — dedi. 
So‘ngra Rasululloh Adiyni boshlab qutlug‘ uylariga kirdilar, ichiga xurmo qobig‘i solingan 
bir to‘shaklari bor edi. Uni Adiyga taqdim qilib: 
— Ustiga o‘ltirgil, — dedilar. 
Anda ul: 
— Siz o‘ltiring, — dedi. 
— Yo‘q, sen o‘ltir, — deb o‘zlari quruq yer ustiga o‘ltirdilar. 
Buni ko‘rgach, Adiy aytdi: 
— Qasam qilurmankim, bu kishi podsho emasdur, bu ish payg‘ambarlar axloqi erur. 
So‘ngra Rasululloh: 
— Ey Adiy, Islom diniga kirgil, ikki dunyoda salomat bo‘lursan, — dedilar. 
Anda ul: 
— Men ersam nasroniyat dinida erurman, mening tutgan dinim bordur, — dedi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
Rasululloh aytdilar: 
— Men sening tutgan diningni sendan yaxshiroq bilurman. O‘zingga qaram bo‘lgan 
qabilalardan marba’ solig‘ini olursan, buni olmoq sening diningda haromdur. 
Adiy buni eshitgach: 
— Agar bu kishi payg‘ambar bo‘lmasa, bu din hukmini qaydan bilur edi? — deb ko‘ngli 
Islomga moyil bo‘ldi. Shularni o‘ylab turganida yana Rasululloh aytdilar: 
— Ey Adiy, ko‘rursanki, bu dinga kirguvchilar ko‘proq faqir kishilardur. O‘zlari ozchilikda 
bo‘lib ham kuchsizdurlar, dushmanlari ersa ko‘pchilikda bo‘lib, ham qurol kuchiga 
egadurlar. Shu ishlar iymon kelturmakdan seni to‘sdi. Alloh oti bilan qasamyod 
qilurman, ko‘p uzoq zamon o‘tmasdan turib bular ichida mol shundoq ko‘paygusidir, uni 
olg‘ani kishi topmagaylar, dunYo xazinalariga ega bo‘lg‘aylar. Hozircha saltanat, 
hukumat boshqalar qo‘lida turg‘onligi seni qo‘rqitmasin. Yaqin kunlarda ko‘rursan Bobil 
shahrining oq saroylari, podsholar poytaxtlari alar qo‘lida fath bo‘lg‘ay, Ko‘fa shahridan 
yo‘ldoshsiz chiqqan yolg‘iz xotun Makkaga kelib Baytullohni ziyorat qilib qaytgay. Yo‘llar 
tinchlanganlikdan Allohdan o‘zga nimarsadan bu xotunning qo‘rqinchisi bo‘lmagay. 
Bu so‘zlarni anglagach, Adiy darhol iymon keltirdi. Bu kishi keyin aytur edi: 
— YOlg‘iz xotun Ko‘fadan xavf-xatarsiz Makkaga kelib, Baytullohni ziyorat qilib 
qaytganini ko‘rdim. Qasam qilurmankim, qolgan ikkovi ham Rasululloh deganlaridek 
albatta bo‘lg‘usidur. Bu ikkovi ersa — birinchi, musulmonlar dunYo xazinalariga ega 
bo‘lishib mollari ko‘payishidur, yana biri, moldan zakot chiqarilsa, uni olgali qalo’ 
(kambag‘al) kishi topilmagay. 
Islom boshlangandan beri haligacha bu ishning bo‘lib o‘tganligi ma’lum emas, chunki 
Islomning eng kuchli davri hisoblangan Hazrati Umar zamonlarida Rum, Eron, Misr 
xazinalari Madinaga oqib turgan bo‘lsa ham, yana faqir-miskinlar har yerda ko‘p edilar. 
Biz ko‘rgan hadis kitoblarining hech birida falon zamonda mol ko‘payib, xalq boyib 
ketganligidan zakot berishga faqir kishi topilmay qoldi degan so‘zni ko‘rgan emasmiz. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan bu so‘zlariga qaralsa, albatta, bu 
ishning oldimizda bo‘lishi kerakdur. Endi qachon Mahdiy oxirzamon kelsalar, Iso 
payg‘ambar osmondan tushsalar, ana shu chog‘da butun dunYo xalqi Islom dinini qabul 
qilg‘aylar. 
Bir rivoyatda aytilishicha, qirq yilgacha bularning adolatli hukmlari ostida tinch-rohatda 
yashagaylar. Shu orqali yer xazinalari yuzaga chiqib, butun xalq boyib ketganlikdan 
kambag‘al kishi topilmagay. Mana, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlari 
shu vaqtda kelgan bo‘lur. Imom Shavqoniy rahmatullohi alayh Hazrati Iso 
alayhissalomning osmondan tushishlari, imom Mahdiyning xurujlari, Dajjolning chiqishi, 
bu mal’unni Hazrati Iso o‘ldirishlari — mana shular haqida kelgan hadislarning mazmuni 
tavoturga yetgandur, dedi. Agar hadis tavotur darajasiga yetdi ersa oyat hukmini olib, 
unga inkor qilish oyatga inkor qilgandek bo‘lur. 
Munga qaralsa, yuqorigi ishlar oldimizdagi kunlarda albatta bo‘lg‘usidur, deb ishonish 
lozimdur. Chunki hadis oyat hukmini olgach, unga gumon qilish mumkin emasdur. 
Mo’tabar ba’zi hadis kitoblarida qiyomat alomatlarini Rasulullohning aytishlaricha, yuzga 
yetkazibdurlar. Shu kunlarda ulardan sakson sakkiz kichik alomatlari tamom o‘tib 
bo‘lmishdur. Qolmishlari ersa o‘n ikki ulug‘ alomatlaridur. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: 
— Bularning eng avvali Xuruji Mahdiy bo‘lgay. Qolganlari ham ketma-ket uzilmay kelib 
tugangach, dunYo umri ham oxiriga yetib tamom bo‘lg‘ay, — dedilar. Sollallohu alayhi 
vasallam. 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling