Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
sababdan Rasulullohga buning hasadi qo‘zg‘almish edi. Hasaddin chiqmish dushmanlik 
o‘ti o‘z egasini kuydirib, kul qilmaguncha undan qutulish yo‘qdur. Bu baxtsiz kishi Xudo 
yondirgan chirog‘ni o‘chirmoqchi bo‘lib, Rasulullohga doim dushmanlik qilur edi. 
Shundog‘ bo‘lsa ham ulug‘ axloqqa ega bo‘lgan Rahmatan lilolamin unga Allohdan tavfiq 
tilar edilar. Azaliy baxtsizlik uni o‘rab olgan ekan, yillab oldida yonib turgan, yer-ko‘kni 
yoritgan nuri Muhammadiydan bu bechora zarrachalik ham foyda ololmay, eng oxiri 
dunyodan iymonsiz o‘tdi. Bu sirning tagiga kim yetdi? 
Haqiqat sirriga hech kimsa yetmas, 
Shariat ushlaganlar yo‘lda qolmas. 
Hasaddin saqla o‘zni ey birodar, 
Bu so‘zni aytdilar barcha Payg‘ambar. 
Hasad o‘ti jahannam o‘tidur bil, 
Ani ko‘rmay desang mundin hazar qil. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buning zohiriga qarab janozasini o‘qidilar. 
Xudodan gunohini tilab, qabri ustida duo qildilar. Bundan maqsadlari ersa, uning o‘g‘li 
Abdullohning ko‘nglini ko‘tarish, urug‘i Xazraj qabilasini xush qilish edi. Rasulullohning 
bu ulug‘ axloqlari sharofatidan bir necha munofiqlar ko‘ngillariga iymon nuri kirib 
gumonsirash balosidan qutuldilar. Shundog‘ bo‘lsa ham bundan keyin munofiqlikda yurib 
tavbasiz o‘lgan kishilarga janoza o‘qilsa, qabrlari ustida turib duo qilma degan amr 
bo‘lib, Tavba surasida shu oyat keldi: 
«Va la tusalli ala ahadin mota abadan va la taqum ala qobrihi». Ma’nosi: «Munofiqlardan 
o‘lganlar bo‘lsa, ularning hech biriga janoza o‘qima, qabri ustiga kelib turma», 
demakdur. 
Shu oyat tushgandan so‘ngra munofiqlardan kim o‘lsa, unga Rasululloh janoza o‘qimas 
bo‘ldilar. 
Quraysh qabilasi yengilib, Makka shahri fath bo‘lgandan keyinoq Arabiston o‘lkasida 
Islom dini rivojlana boshlagan edi. Uning ustiga Tavba surasida kelgan Allohning farmoni 
bo‘yincha bu yildan keyin Islom diniga kirmagan Arabiston mushriklari hajga kela 
olmaydigan, johiliyat odatlaricha Baytullohni ziyorat qila olmaydigan bo‘ldilar. Bu yorliq 
butun Arabistonga anglangach, arablar Islomdan boshqa to‘g‘ri din yo‘qligini tushunib, 
sel oqqandek bo‘lishib, Madinaga kelgani turdilar. Uzoq-yaqin Arabiston o‘lkasida 
yashaydigan ko‘chmanchi qabilalardan raislari boshliq elchilar kelishga boshladi. Shu 
bois bu yilni hadis, tarix kitoblarida elchilar yili deb atadilar. 
 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
PAYG'AMBARIMIZNING NOMALARI VA ELCHILAR 
 
PAYG‘AMBARIMIZNING PODSHOLARGA YOZGAN  
NOMALARI 
Yuqorida bayoni o‘tgan Hudaybiya sulhi hijratning oltinchi yilida bo‘lmish edi. Bu sulh 
tuzilgandan so‘ngra, orada aloqalar boshlanib, Arabiston yo‘llari tinchlandi. So‘ngra 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh amri bilan chegaradosh mamlakatlarning 
podsholariga noma yozmoqchi bo‘ldilar. 
Anda odamlar: 
— Yo Rasululloh, podsholar odati, muhrsiz xatni qabul qilmag‘aylar. O‘z nomingizga 
muhr o‘ydirmoq kerak, — dedilar. 
Anda Rasululloh oltindan muhr o‘ydirdilar. Buni ko‘rib sahoba boylari ham oltindan muhr 
yasatdilar. Rasululloh muhr uzuklarini qo‘llariga taqib edilar, shunga qarab boshqa 
sahobalar ham uzuklarin qo‘llariga taqishdi. Shu chog‘da Allohdan vahiy yetib: 
«Ey Muhammad, oltin taqinmoq, ipak kiyim kiymoq erkak ummatlaringga haromdur, 
ammo xotinlarga haloldur», dedi. 
Darhol hammalari oltin uzuklarini qo‘llaridan chiqazib tashladilar. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam muhrlariga uch kalima: birinchi «Muhammad», buning ustiga «Rasul», 
buning ustiga «Alloh» yozilgan edi. Uchovi qo‘shilib «Muhammadur Rasululloh» bo‘ldi. 
Bu muborak muhr uzuk hamisha qo‘llarida taqilgan holda turar edi. Yuqoridagi vahiy 
kelishi bilan, erkaklarga oltin taqinchoq harom bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bu muhrni kumushdan yasatdilar. Vafotlaridan keyin Hazrati Abu Bakr Siddiq 
taqdilar. Bu kishidan keyin Hazrati Umar, so‘ngra Hazrati Usmon taqmish edilar. Lekin 
eng oxirgi umri yetib, vafot bo‘lar yilida bu muhr Aris qudug‘iga tushib ketib yo‘qoldi. 
Buni ko‘p izlashib topisha olmadilar. Shu yili Hazrati Usmon raziallohu anhu ham 
fitnachilar tomonidan shahid bo‘ldi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhr uzuklarini so‘l qo‘lga solish odatlari bor edi. 
O‘rta barmoq bilan jimjiloq o‘rtasidagi barmoqlariga taqar edilar. Arabiston tuprog‘iga 
chegaradosh bo‘lgan podshohlarga noma yuborish oldida bir kuni sahobalarni yig‘ib: 
— Ey odamlar! Yer ustidagi barcha insonlarning baxt-saodati uchun alarga meni Alloh 
payg‘ambar qilib yubordi. Ko‘rishgan kishilarga bu xabarni o‘zim bayon qildim. 
Ko‘rishmaganlarga ersa o‘lgunimcha o‘zim ko‘rishsam, Alloh amrini ayturman, 
uzoqdagilarga noma yozib yuborurman. Butun odam avlodini Islom diniga da’vat qilish 
Alloh tomonidan buyurilgan mening vazifamdur. Bu nomalarni mening tarafimdan 
yozilgan joylarga yetkuringlar. Alloh sizlarni rahmat qilsin, bu xizmatni qiluvchilardan 
Xudo rozi bo‘lsin. Iso payg‘ambarning shogirdlariga o‘xshab yo‘lning uzoq-yaqinini sizlar 
talashmanglar. Bu xizmat ustida alar qilgandek ixtilof qilmanglar, — dedilar. 
Anda sahobalar: 
— Yo Rasulalloh, Iso alayhissalomning shogirdlari xavoriylar qanday ixtilof qilmish 
edilar?— deb so‘rashdilar. 
Rasululloh aytdilar: 
— Iso payg‘ambar ham Alloh amri bilan podshohlarga shu yanglig‘ noma yozmish edi. 
Nomalarni atrofga yetkazish xizmatini xavoriylar shogirdlariga (eng yaqin shogirdlariga) 
topshirdilar. Yaqinroq joyga yozilgan nomani olgan shogirdlari rozi bo‘lib, bu xizmatni 
darhol bajarishga kirishdilar yiroq yerlarga yozilgan nomani olganlar og‘ir ko‘rib, 
bormasga bahona izlashdilar. Bunday bo‘lgach, hazrati Iso Alloh taologa bu ishni arz 
qildilar. Ertasi qarasalar, Xudoning qudrati bilan noma ko‘targan kishilarning tillari noma 
yuborilgan xalq tilidan bo‘lmishdur. O‘z tillari esa butunlay unutilmishdur. Bu mo‘jiza 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
ko‘rilgandan so‘ngra noiloj bo‘lishib, uzoq-yaqin demay, nomani olib yo‘lga tushdilar. 
Endi sizlardan ersa, alar qilgandek ish bo‘lmasin, — dedilar. 
RUM PODSHOSI QAYSARGA YUBORILGAN NOMA 
Rum podshosining oti Hiraql, laqabi Qaysar edi. Rasululloh aytdilar: 
— Bu nomani Rum podshosi Qaysarga kim yetkazib topshirur, unga Alloh taolo jannat 
ato qilg‘ay. 
Buni anglagach, sahobalardan Dihyatil Kalbiy degan kishi: 
— Yo Rasulalloh, men topshirurman, — deb o‘rnidan turdi. 
Nomani olib hazrati Dihya yo‘lga tushdi. Arab yeridan o‘tib Shom tuprog‘idagi Busro 
shahriga yetdi. Bu shaharning hokimi ersa G‘asson qabilasining raisi Horis degan kishi 
edi. Nomani ko‘rib, maqsadga tushungandan keyin, hazrati Dihyaga yo‘lboshchi qilib 
Adiy ibn Hotamni qo‘shdi. Bular birgalashib Shom shahriga keldilar. Shu kunlarda 
Qaysar o‘z poytaxti Qunstantiniya shahridan Damashq shahriga kelmish edi. Bu yerdin 
Quddusi sharif ziyoratiga bormoqchi edi. Mana shu kunda nomani yetkurib keldi. 
Qarasalar, Qaysar arkon davlatlari bilan ibodat marosimlarini o‘tkazish uchun Shom 
shahrining katta kalisosiga (cherkoviga) shu kuni kelmoqchi ekandur. Buni anglab 
hazrati Dihya darhol shu joyga hozir bo‘ldi. Lekin u joydagi kishilar Dihyaga aytdilar: 
— Podshoga noma berishning tartibi bordur. Qachon Qaysarga ko‘zing tushdi ersa, 
darhol yerga bosh qo‘yib, unga sajda qilursan. Qachon u bosh ko‘tarishga ruxsat qilur 
ekan, bosh ko‘tarib nomani topshirursan. Agar shundoq bo‘lmas ekan, nomang qabul 
qilinmagay. 
Anda hazrati Dihya: 
— Men bu ishni hech vaqt qila olmagayman, chunki Allohdan o‘zgaga sajda qilmoq Islom 
dinida yo‘qdur,— dedi. 
Shu bilan hayron bo‘lib turgan chog‘da bir kishi kelib aytdi: 
— Senga bir tadbir o‘rgatay, bu shuldurki, qaysi joyga Qaysar keldi esa, shu joyga bir 
minbar keltirib qurgaylar, ul minbar ustida Injil o‘qib, va’z aytgay. Agar nomani shu 
minbar zinasiga chiqarib qo‘ya olsang, u joyga qo‘yilgan nomaga hech kim tega 
olmagay, Qaysar minbarga chiqar chog‘ida nomani o‘zi olib o‘qigay, o‘qigandan so‘ngra, 
noma keltirgan kishini o‘zi chaqirgay, bu to‘g‘rida odat shuldur, — dedi. 
Hazrati Dihya bu maslahatni xush ko‘rib, qurilgan minbar ustiga nomani chiqarib qo‘ydi. 
So‘ngra Qaysar kelib va’z aytmoq uchun minbarga chiqar vaqtida zinaga qo‘yilgan 
nomaga ko‘zi tushdi. Nomani olib, ochib qarasa, arabcha xat bilan yozilmish ekandur. 
Darhol tilmoch chaqirib, buyurdikim: «Noma yuboruvchining o‘z qavmidan kelgan 
kishilar bor ersa, darhol ularni keltiringlar. Bu to‘g‘rida alar og‘zidan so‘z so‘rab 
eshitgayman», dedi. 
Shu kunlarda Abu Sufyon boshliq bir necha Quraysh raislari tijorat uchun Shom shahriga 
kelishgan edi. Darhol alarni Qaysar huzuriga keltirdilar. Qarasalar, Qaysar boshiga toj 
kiygan, shon-shavkati bilan arkon davlatlari atrofini o‘ragan holda o‘ltiribdur. O‘z odatlari 
bo‘yincha unga ta’zim qildilar. So‘ngra Qaysar tarjimon orqalik «Payg‘ambarlik da’vosini 
qilgan kishiga sizlardan kimning nasabi yaqinroq?» deb so‘radi. 
Anda Abu Sufyon: 
— Bu o‘ltirgan kishilar ichida Muhammadga menim nasabim hammadan yaqinroqdur. 
Chunki Abdul Manof degan kishi har ikkovimizning to‘rtinchi bobomizdur. U bilan biz bir 
otaning bolalaridurmiz, — dedi. 
Qaysar bu so‘zni anglagandan so‘ngra Abu Sufyonni chorlab, o‘zining oldiga yaqin 
o‘ltirg‘izdi, qolganlarini ersa uning orqasiga turg‘izdi. So‘ngra: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
— Abu Sufyonni oldimga keltirib, uning ortiga sizlarni qo‘yishimning sababi shuldurki, 
men bu kishidan payg‘ambarlik da’vosini qilib, noma yuborgan odam to‘g‘risida so‘z 
so‘ramoqchiman. Agar Abu Sufyon rost gapirsa, ani tasdiq qilursiz, agar bu haqda 
yolg‘onchilik qilsa, orqadan turib yolg‘onligini ishorat bilan bildirursiz, — dedi. 
Shu tadbir bilan Abu Sufyonni rost so‘zlatmoqchi bo‘ldi. Agar shunday qilmay, uni 
boshqalar bilan birga o‘tqizib, Rasululloh haqida undan so‘z so‘rar bo‘lsa, u yolg‘on 
aytganda ham, aning yo‘ldoshlari yolg‘on aytding deyishdan uyalur edilar. Agar orqada 
tursalar, ishorat bilan bildirishlari mumkin edi. Chunki u zamon arablari ham yolg‘on 
gapirishni katta ayblardan hisoblar edi. Ayniqsa, bularning raislari obro‘ylariga zarba 
yetishidan saqlanishib, yolg‘ondan juda qo‘rqar edilar. Shuning uchun Abu Sufyon: «Xalq 
ichida mening yolg‘on so‘zlaganim tarqalib ketishidan qo‘rqmasam edi, Qaysar 
Muhammad haqida mendan so‘z so‘raganida, bir necha yolg‘on so‘zlarni aytmoqchi 
edim. Lekin yolg‘on aytishdan uyalganim uchun, aning haqida nima so‘rasa, rostini 
gapirdim», dedi. Shu bilan Qaysar Abu Sufyondan Rasululloh to‘g‘risida tubandagi 
so‘zlarni so‘rashga kirishdi. 
Qaysar: 
— Arab ichida bu kishining nasabi qandaydur? 
Abu Sufyon: 
— Ul bizning oliy nasablik kishimizdir. 
Qaysar: 
— Mundin boshqa ichinglarda ilgari o‘tganlardan payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqqan 
kishi bo‘lganmidi? 
Abu Sufyon: 
— Shu kungacha arablardan bunday da’vo qilgan kishi chiqmagan edi. 
Qaysar: 
— Bu so‘zni aytmasdan ilgari kishilarga uning yolg‘on gapirganini bilganmisiz? 
Abu Sufyon: 
— Kishiga yolg‘on gapirganini ko‘rmagan edik, ilgaridan chin so‘zlik edi. 
Qaysar: 
— O‘tgan ota-bobolari ichida birortasi podshoh bo‘lganmidi? 
Abu Sufyon: 
— Yo‘q, uning otalari ichida podshoh bo‘lgan kishi yo‘qdur. 
Qaysar: 
— Uning aqli qandaydur? 
Abu Sufyon: 
— Aqli ayb qilg‘udek emas, yetarlikdur. 
Qaysar: 
— Uning dinini qabul qilguvchilar ko‘pincha qaysi xildagi odamlardur? 
Abu Sufyon: 
— Uning tobelari esa ko‘proq faqir-miskin, kambag‘al kishilardur. Ammo yurt boshliqlari, 
qabila raislari, obro‘lik boy kishilarimiz unga ergashmadilar. 
Qaysar: 
— Uning diniga kiruvchilar ko‘payayotirmilar, ularning rivojlari qandaydur? 
Abu Sufyon: 
— Kundan-kunga o‘sib, rivojlanayotir. 
Qaysar: 
— Aning diniga kirgandan so‘ngra, uni yoqtirmasdan dindan qaytgan kishilar ham 
bormi? 
Abu Sufyon: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
— Yo‘qdur, mundoq kishini ko‘rmadik. 
Qaysar: 
— Qilg‘on ahdiga vafo qilg‘aymu yoki xiyonati bormu? 
Abu Sufyon: 
— Ahdini buzmas, va’daga vafo qilur. 
Qaysar: 
— Oralaringda urush bo‘ldimi? Agar bo‘lgan bo‘lsa, qandoq bo‘ldi? 
Abu Sufyon: 
— Urushlarimiz gezaklashdi. Badr so‘qishida alar yengdilar. Uhud urushida biz yengdik. 
Qaysar: 
— Muhammad xalqni qaysi ishga buyuradi? 
Abu Sufyon: 
— Yolg‘iz Allohga ibodat qilmoqqa, hech ishda unga sherik qo‘shmasga buyurib, ota-
bobolarimiz ibodat qilib kelgan butlardan qaytaradi. Sadaqa, zakot bermakka, namoz 
o‘qimoqqa, va’daga vafo qilmoqqa, omonatga xiyonat qilmasga, yolg‘on so‘zlamaslikka, 
buzuq ishlardan saqlanishga amr etadur, — dedi. 
Shu bilan Qaysar so‘rashni to‘xtatib, yana so‘zning boshidan tushdi. Tilmoch orqali Abu 
Sufyonga qarab aytdi: 
— Uning nasabini sandin so‘ragan erdim, o‘zing nasablik kishidur deb iqror bo‘lding. 
O‘tgan payg‘ambarlar ham shunga o‘xshash nasablik kishilardan chiqqanlar. 
Yana sendan, ilgari keyin ichinglardan shundoq so‘zni aytgan kishi chiqqan edimi, deb 
so‘rasam, mundoq odam chiqmagan deb javob berding. Agar shunday so‘z aytgan 
boshqa birov ham sizlardin chiqqan bo‘lsa edi, o‘tmishdagi birov so‘ziga ergashib yurgan 
bir kishiga o‘xshaydi, deb o‘ylar edim. Kishiga yolg‘on so‘zlaganmu desam, sen yo‘q 
deding. Endi, odamga yolg‘on so‘zlamagan kishi, Allohga qanday yolg‘on so‘zlaydi? 
O‘tgan ota-bobolarining ichida podshoh bo‘lgan kishi bor edimi, deb so‘rasam, sen yo‘q 
deb javob berding. Agar bobolaridan podshoh o‘tgan biror kishi bo‘lsa edi, anda men ota 
mulkini qaytarmoqqa hiyla qilib yurgan kishiga o‘xshaydi, deb aytar edim. Yana men, 
unga ergashganlar yuqori daraja kishilarmi yoki kambag‘al, faqirlarmi, deb so‘rasam, 
ko‘pincha uning tobelari faqir kishilardur, deding. 
O‘tgan payg‘ambarlarga ham dastlab tobe bo‘lguvchilar faqirlardan bo‘lgan. Davlatlik 
kishilar ersa takabbur bo‘lib, haqlikni alar tezdan qabul qilmagaylar. Yana sendan unga 
iymon keltirguvchilar kundan-kunga ko‘paymoqdalarmi, deb so‘radim, ko‘paymoqdalar, 
deding. Shunga o‘xshash iymon boshlangandan keyin ko‘payish ustida bo‘lib, oxiri 
tamomiga yetib to‘xtagay. Unga iymon keltirib dinga kiruvchilardan qaytgan kishilar 
bormi, deb so‘radim. Uning dinidan qaytgan kishini ko‘rmadim, deding. Ha, shundoq 
bo‘lur. Agar iymon nuri kishi ko‘ngliga kirib uni yoritur ersa, aning muhabbati yurak 
ichidan joy olgay. Undoq dindan qaytib hech kishi chiqmagay. 
O‘rtanglarda bo‘lgan urush qanday o‘tdi, deb so‘radim. Birinchida u yengdi, ikkinchisida 
biz yengdik, deding. Shunga o‘xshash payg‘ambarlarga ham sinash uchun bu kabi 
voqealar bo‘ladi. Dushmanlarni gohida yengadilar, gohida alardan yengilgaylar, lekin 
oxiri haq yuzaga chiqqay. Chin mo’minlar yolg‘on mo’minlardan ajralib turgaylar. 
U kishi xalqni nima ish qilishga buyuradi, deb so‘radim. Ul kishi namoz o‘qimoqqa, zakot 
bermoqqa, va’daga vafo qilmoqqa, yolg‘on gapirmaslikka, buzuqchilikdin saqlanishga 
buyuradi, deding. Mana bu ishlar ersa payg‘ambarlik sifatlaridur. 
Endi bildim, u kishi Alloh yuborgan payg‘ambardur. Shunday payg‘ambarning chiqishini 
o‘zim avvaldan ham bilar edim. Lekin arab xalqi — sizlardan bo‘lishini gumon qilmagan 
edim. Shu aytgan so‘zlaring agar rost bo‘lur ekan, qadam bosib turgan shu joylarimga 
ham bir kuni ega bo‘lg‘usidir. Agar unga iymon keltirganimda omon qolishimga ko‘zim 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
yetsa edi, hozirdayoq iymon keltirgan bo‘lur edim. 
Endi shu ishni qilur bo‘lsam, podshohligimni olib, o‘zimni o‘ldirgaylar. Koshki u kishi 
oldiga salomat yeta olsam, tahorat suvi quyib, oyoqlarini yuvgay edim,— dedi. 
Ammo Rum podshosi ochiq ravishda iymon keltirishga jur’at qila olmadi. So‘ngra nomani 
olib o‘qimoqqa buyurdi. Bu noma esa shunday yozilmish edi: 
Bismillohir rahmanir rohiym. 
«Min Muhammadin Abdilloh va rasulihi ila Xiraqla aziymir Rum. Salomun ala manit-
taba’al Xudo. Ammo ba’du fainniy ad’uka bidi’ayatil islom. Aslim taslam. Yu’tikallohu 
ajraka marratayni. Fain tavallayta fainnama a’layka ismul arisiyyina. Va ya ahlal Kitobi 
ta’alav ila kalimatin savain baynana va baynakum alla na’buda illalloha vala nushrika 
bihi shay’an vala yattaxiza ba’zuna ba’zan arbaban min dunillahi, fain tavallav 
faqulushhadu bianna muslimuna». 
Ma’nosi: «Allohning quli va aning payg‘ambari Muhammaddan Rumning ulug‘ Hiraqliga, 
haq yo‘l topganlarga salom. Mundin so‘ngra shulki, men seni Islom dinini qabul qilmoqqa 
chaqiraman. Musulmon bo‘l, salomat bo‘lursan. Ikki qavat ajr olursan. Agar qabul qilmas 
ekansan, senga qarashlik butun xalqning gunohi ustingga tushadi. 
Ey Kitob ahllari, kelinglar, bu yaxshi so‘zga, Allohdan o‘zgaga ibodat qilmaylik. Boshqa 
narsani unga sherik etmaylik, Allohdan o‘zgani tangri deb tanimaylik. Agar bu so‘zdan 
yuz o‘girsanglar, guvoh bo‘linglar, bizlar Islom dinini qabul qildik». 
Qaysar tarjimoni bu muborak nomani boshlab o‘qigan chog‘da, uning inisi oldida qilich 
tutib turgan edi. Birdaniga uning g‘azabi qo‘zg‘alib, nomani yirtib tashlamoqqa qo‘l soldi. 
Tarjimon qo‘lidan nomani tortib olib, yirtmoqchi bo‘ldi. Qaysar inisini bu ishdan qaytarib 
to‘xtatdi. So‘ngra: 
— Nega sening g‘azabing keldi? — deb undan so‘radi. 
Anda ul aytdi: 
— Birinchisi shuldirki, ul kishi o‘z nomini sening nomingdan ilgari yozmishdir. Ikkinchisi 
ersa, Hiraql deb otingni aytib, Rum podshosi demabdur. 
Anda Hiraql: 
— Hoy majnun, ahmoq! Shundoq ahamiyatlik nomani o‘qib tushunmasdan turib, yirtib 
tashlar ersang, holing na bo‘lgay erdi? Bu so‘zda g‘azab qilg‘udek ish yo‘qdur. Agar ul 
Xudo tarafidan yuborilmish payg‘ambar bo‘lsa, otini oldin yozmoqqa haqlidur. Agar 
nomada meni Rum podshosi demagan bo‘lsa, yana to‘g‘ri yozmishdir. Chunki barchaning 
podshosi alarni yaratguvchi bir Allohdir. Men ersam, Rum xalqining boshchisi erurman. 
Alloh xohlar ekan, alarni menga bo‘ysundirur. Agar xohlamasa, butun xalq menga qarshi 
chiqqaylar. Fors xalqining podshosiga xalqni musallat qilgan edi, o‘z podshosini 
o‘ldirdilar. Agar menga ham alarni Alloh musallat qilsa, o‘z fuqarolarim meni ham 
o‘ldirgaylar, — deb shu yanglig‘ so‘zlar bilan inisini qaytardi. 
So‘ngra o‘z qavmiga qarab aytdi: 
— Barchalaringiz bilurmisiz, qiyomat oldida oxirzamon payg‘ambari chiqqay deb, Iso 
alayhissalom bashorat bermish edi. Bu so‘z ersa muqaddas kitoblarimizda yozilmishdir. 
Bu payg‘ambar Shom tuprog‘idan chiqqaymu deb umid qilgan edik, nachoradurki, Alloh 
taolo bu davlatni boshqalarga bermishdur. 
Rasululloh zamonlarida Rum bilan Eron orasida ikki marta urush bo‘ldi. Birinchisida 
rumliklar yengishib, ikkinchisida eroniylar yengdilar. Rum tuprog‘idan alarni haydab 
chiqazdilar. Mana shuning shukronasi uchun Quddussharifni piyoda borib ziyorat 
qilg‘ayman deb ahd qildi. Shu ahdiga vafo qilmoq uchun Hims shahridan chiqmoqchi 
bo‘ldi. Ora yo‘lga gilamlar to‘shab, guli rayhonlar sochib ani ziynatladilar. Qaysar davlat 
arboblari bilan piyoda yurganicha Quddus shahriga yetdi. Ziyoratlari ado topgach, 
barchalari yana Hims shahriga keldi. Bu joyda Qaysarning ulug‘ bir saroyi bor edi. Davlat 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
arboblari, askar boshliqlari shu joyga hozir bo‘lsinlar, deb buyurdi. Barchalari saroyga 
kirib o‘lturgandan keyin uning eshigini qulflatdi. So‘ngra Qaysar bu yig‘ilgan xalqqa 
qarab: 
— Ey Rum elining ulug‘lari! Men ersam ushbu noma yuborgan kishi Muhammadga iymon 
keltirib, aning diniga kirdim. Kelajakda bizning yaxshiligimizni bu ishda ko‘rdim. Endi 
sizlar ham iymon keltirib, shu payg‘ambarning diniga kiringlar. Agar shunday qilar 
ekansiz, hukumatimiz qo‘ldan ketmagay. Va Iso alayhissalom ahdini buzmagan 
bo‘lurmiz, — dedi. 
Bu so‘zni Qaysar aytishi bilan yo‘lbarsni ko‘rganda qo‘rqib qochgan hayvonlar kabi butun 
xalq saroy eshigiga kelib tiqildilar. Qarasalar, eshiklarga qulf solinmishdir. Yana 
orqalariga qaytib Qaysarni o‘ldirish qasdida uning saroyini o‘rab olib: 
Bizni nasroniyat dinidan chiqarib, vahshiy arabiylarga qul qilmoqchi bo‘libdur, buni 
o‘ldirib tezroq qutilaylik, — deb unga qattiq norozilik bildirdilar. 
Bu holni ko‘rib Qaysarning umidi alardin uzildi. So‘zni o‘zgartirib, darhol ularga kishi 
yubordi: 
Men sizlarni sinab ko‘rmak uchun bu so‘zlarni aytgan edim. Dininglarda qanday 
turishinglarni tajriba qildim. Nasroniyat dinini saqlashda sizlarga endi aniq ishondim, — 
dedi. 
Aning bu so‘ziga rozilik bildirib, hammalari unga sajda qilib qaytdilar. So‘ngra alardan 
umidi uzilgach, Rasululloh nomalariga javob yozib, birmuncha hadyalar bilan yubordi. 
Nomaning mazmuni shuldur: «Men Islom dinini qabul qildim, lekin buni izhor qilmoqqa 
ojizdurman». Buning nomasi Rasululloh oldilarida o‘qildi. Anda Rasululloh: «Dunyo 
davlatini qizg‘anib oxirat davlatidan quruq qolmishdur. Islomni qabul qildim, degan so‘zi 
yolg‘ondur», dedilar. 
Lekin Rasulullohning nomalarini hurmatlab saqladi. Elchilari hazrati Dihyani bek izzat 
qilib, ko‘p hadyalar berib uzatdi. Shuning barakotidurki, Rum podshohligining qoldiqlari 
uzoq yillar davom etib kelmoqdadur. 
Sharqiy Rum o‘lkasidan hukumatlari uzilgan bo‘lsa ham, G‘arbiy Rum Italiyada shu 
kungacha saqlanib keldi. Lekin Qaysar o‘z og‘zidan Islom dinini qabul qildim degan 
bo‘lsa ham, Rasululloh uni yolg‘onchi qildilar. Shundoq bo‘lib, bu ulug‘ ne’matdan 
benasib qoldi. O‘z gunohining ustiga, nomada yozilgandek butun Rum xalqining gunohini 
ko‘tardi. Baqosi yo‘q foniy dunyoning podsholigini ayab, abadiy saodatdan ajradi. 
ERON SHOHI XISRAVGA YUBORILGAN NOMA 
Eron podshosi Xisravga quyidagi noma yozilmishdir: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Min Muhammadin rasulillohi ila Kisro aziymi Fors. Salomun ala manit-taba’al xuda. Va 
amana billahi va rasulihi va shahida anla ilaha illallohu vahdahu la sharika lahu va 
Muhammadan abduhu va rasuluhu, ad’uka bidiayatillahi, Fainniy ana rasulullohi ilan nosi 
kaffatan liunzira man kana hayyan va yahiqqul qovlu alal kafiriyna. Aslim taslam, Fain 
abayta faalayka ismul majusi ayillazina hum atba’ukum». 
Ma’nosi: «Allohning elchisi Muhammaddan Fors ulug‘i Kisroga. Haq yo‘lini qabul qilib, 
Allohga va payg‘ambariga iymon keltirgan kishiga salom. Seni Allohning chaqirig‘i Islom 
diniga chaqirurman. Butun insonlarga Tangri tomonidan yuborilgan haq 
payg‘ambardurman. Allohning azobi kofirlarga bo‘lur. Islom dinini qabul qil, salomat 
qolursan. Agar qabul qilmas ersang, butun fors xalqining gunohini ko‘tarursan». 
Bu nomani Kisroga (Xisravga) yetkazmoqni Abdulloh ibn Huzayfaga topshirdilar. Bu kishi 
podshoning poytaxtiga keltirib, nomani Xisravga topshurdilar. Uni o‘qitib eshitmoqchi 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling