Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
yozmishdir. Har ikki dunyoga yetarlik nasihat so‘z izlagan mo’minlar agar shu oyat 
hukmiga amal qilsalar, kifoyadur. Yana maqsadga kelaylik. 
Payg‘ambarlik bilan so‘zlashmoqda bo‘lgan Mafruq ibn Amr yuqorigi oyatlarni eshitib, 
hayron bo‘lib turdi. So‘ngra: «Ey Muhammad, sening bu o‘qiganlaring yer usti so‘zlariga 
o‘xshamaydur. Chunki inson so‘zlarining shevalari bizga ma’lumdur», deb taajjubda 
qoldi. Bu kishi shunchalik hidoyatga yaqinlashib kelgan chog‘ida, qabila raislaridin Honi’ 
ibn Qubaysa nomlik kishi Payg‘ambarimizga qarab: «Ey Quraysh sayyidi, sening bu 
so‘zlaringni yaxshi ongladik, biroq buning javobini bu joyda bergani bo‘lmaydi. Chunki 
bosh-oyog‘i bilinmagan shu o‘tirishimizda o‘z dinimizni tashlab, sening diningni qabul 
qilar bo‘lsak, oldi-orqani o‘ylamagan shoshqin kishilardin hisoblanib qolurmiz» deb so‘zni 
to‘xtatdi. 
So‘ngra Rasululloh bulardin foyda chiqmasligini bilib, boshqa qabilalarga o‘tdilar. 
Qabiladin qabilaga yurib, shundoq der edilar: «Bilinglarki, men Tangri tarafidin 
yuborilgan elchidurman, ul meni butun xalqiga haq dinni o‘rgatish uchun yubordi. Aning 
tarafidin kechaligi kunduzgidek yorug‘ bir din kelturdim, har kim o‘z ixtiyori ila iymon 
keltirur bo‘lsa, qandoq yaxshi saodatdur. Yo‘q esa, mening ilgimda (qo‘limda) hech 
qandoq majburiyat yo‘qdur. Ma’lumdurki, elchilar vazifasi keltirmush xabarlarini xalqqa 
yetkazishdur. Endi shu xizmatni ado qilgunimcha dushmanlar hujumidin meni saqlar 
bo‘lsangiz, Alloh amrini bandalariga yetkazur edim, Xudo tarafidin ustimga yuklangan 
shu xizmatni ado qilishimda yordam qilgan bo‘lur edingiz». 
Shunchalik ko‘p qabilalardin birortasi ham so‘zlarini qabul qilmadi. Balki, «o‘z qavmini 
tuzata olmagan bir kishi boshqalarni nechuk tuzata olsin?» degan so‘zlar bilan ta’na 
qildilar. Bu ulug‘ davlatni Alloh taolo ularga nasib qilmadi. Shuning bilan Payg‘ambarimiz 
Mino tog‘i ostida Jamratul Aqaba degan joyga keldilar. Bu yerda madinalik Xazraj 
qabilasidan bir to‘p kishilar o‘tirishgan edi. Qaysi qabila ekanlarini alardin so‘radilar. 
Birovlari turib: «Xazrajdin bo‘lurmiz» dedi. Endi bilmak kerakkim, Madina shahrida 
burundin beri makon tutib kelgan ikki urug‘ arab qabilasi bor edi. Birini, Avs, ikkinchisini, 
Xazraj, der edilar. Bu ikki qabila aslida bir otadin tug‘ilgan og‘a-inilar bo‘lsalar ham, 
bulardin tarqalgan bolalari ikkiga ayrilib, hamisha urush-talash o‘rtadan uzilmas edi. 
Yana, Madina atrofida o‘tirgan yahud toifasidin Bani Qaynuqo’, Bani Qurayza, Bani Nazir 
qabilalari bor edi. Bular ittifoqda, arablar esa ixtilofda bo‘lganlikdin, ko‘pincha urushlarda 
alar g‘olib kelur edilar. Payg‘ambarimizning vujudi shariflari tufaylidin, eng so‘ngi 
urushlarida arablardin yengila boshladilar. Shu chog‘da aytur edilarkim: «Qarab 
turinglar, bu yaqinda oxir zamon payg‘ambari chiqadi. Hammadin ilgari biz unga iymon 
keltirgaymiz, ana shu vaqtda sizlardin hech kishini qoldirmay o‘ldirgaymiz», deb. Mana 
ularning shu so‘zlari Madina arablarining yodidin chiqmagan edi. Yuqorida aytilgan joyda 
Payg‘ambarimizga yo‘liqishib, o‘zlarining madinalik Xazraj qabilasidin ekanliklarini 
bildirdilar. Anda Rasululloh alar oldida o‘tirib, o‘zlarini tanitgandin keyin, dinga da’vat 
etdilar. So‘zlariga hujjat keltirib, Qur’oni karimdin bir necha oyat o‘qidilar. Buni 
onglashlari bilan, iymon nuri dillarini yoritdi, bir-birlariga qarab aytdilarkim, «yahudlar 
aytgan oxir zamon payg‘ambari shul bo‘lgay erdi, yana ular bizdin bu ishda o‘zg‘unlik 
qilib ketmasunlar, bu erning aytgan so‘zlari, ko‘rsatgan yo‘llari barchasi to‘g‘rilik 
ekandur», deyishib hammalari iymonga barobar musharraf bo‘ldilar. Islom tarixida eng 
ulug‘ o‘rin tutgan, birinchi navbatda iymon keltirguvchi madinalik sahobalar quyida 
nomlari yozilmish zotlar edi: 
1. As’ad ibn Zurora 
2. Avf ibn Horis 
3. Rofi’ ibn Molik 
4. Qutba ibn Omir 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
5. Uqba ibn Omir 
6. Jobir ibn Abdulloh 
Payg‘ambarimizning ansor sahobalaridin eng avval iymon keltirguvchilar shu olti 
kishidur. Bu zotlar tarix yuzasida ulug‘ ahamiyatga ega bo‘lganlikdin har joyda otlari 
yozilmishdur. So‘ngra alar: «YO Rasulalloh, biz Madina xalqi — Avs, Xazraj nomida ikki 
qabiladurmiz. Yuz yildin beri o‘zaro adovatimiz uzilmay, o‘rtamizda urush-talashlar 
bo‘lib, ko‘p qonlar to‘kilmoqdadur. Agar sizning sharofatingizdin oramiz ittifoqqa kelib, 
barobar xizmatingizda bo‘lsak, arab ichida sizdin azizroq kishi bo‘lmagay», dedilar. 
Shuning bilan bu olti nafar odam Madinaga borgandin so‘ngra o‘z qavm-qarindoshlarini 
Islom diniga da’vat qilmoqchi bo‘ldilar. Va kelasi yili haj mavsumi bahonasi bilan 
Madinadan chiqib, yana shu joyda ko‘rishmakka va’da berib qaytdilar. Shundog‘ bo‘lib, 
Madina arablari shu yildan boshlab, ya’ni Nubuvvatning o‘n uchinchi yilidan Islom diniga 
kirishga boshladi. Va’dalari bo‘yicha ikkinchi yili o‘n kishi Xazrajdin, ikki kishi Avsdin 
bo‘lib, ja’mi o‘n ikki odam hajga keldilar. Bularning nomlari quyidagilardur. 
1. As’ad ibn Zurora 
2. Avf ibn Horis 
3. Muoz ibn Horis 
4. Rofi’ ibn Molik 
5. Zakvon ibn Qays 
6. Uboda ibn Somit 
7. Yazid ibn Sa’laba 
8. Abbos ibn Uboda 
9. Uqba ibn Omir 
10. Qutba ibn Omir — bular Xazraj qabilasidan edilar. 
11. Abul Haysam ibn Tayyihon 
12. Uvaym ibn Soida — bu ikkovlari Avs qabilasidan edilar. Bu kishilar ham Minoga kelib, 
Aqaba degan avvalgi o‘rinda iymonga musharraf bo‘lib, barchalari Payg‘ambarimizga 
bay’at berdilar. Alarning bergan ahd-paymonlari shulardin iborat edi: 
1. Alloh taologa hech narsani sherik qilmaslik. 
2. Zinodin, o‘g‘rilikdin, yolg‘on so‘zlamoqdin, bo‘hton qilishdin o‘zini saqlashlik, gunohsiz 
go‘dak bolalarni o‘ldirish odatini tashlashlik, Payg‘ambarimizning buyruqlariga qarshi 
chiqmaslik. 
Agar o‘z ahdlariga vafo qilsalar, Xudo roziligi bilan jannat davlatini topgaylar. YOki 
ahdlarini buzar bo‘lsalar, ishlari Xudoga topshirilur. Avf qilsa yoki azob aylasa, aning 
ixtiyoridur. Payg‘ambarimiz yuqorigi o‘n ikki odamdin shu ravishda bay’at olgandin 
so‘ngra, alarga Qur’on ta’lim berish, Islom asoslarini o‘rgatish uchun makkalik 
sahobalardin ikki kishi qo‘shdilar. Birisi Mus’ab ibn Umayr, yana biri Abdulloh ibn Ummi 
Maktum edi. Lekin bu ishlarning barchasi Makka mushriklaridin yashirincha ishlanmoqda 
edi. Mus’ab ibn Umayr Madinada As’ad ibn Zurora uyiga tushdi. Bu zot bo‘lsa, birinchi 
navbatda borgan olti kishining biri bo‘lgandek, ikkinchi safarda borgan, bay’at 
topshirgan o‘n ikki sahobaning biri edi. Madinaga kelgandin keyin Mus’ab ibn Umayr 
Payg‘ambarimizning topshiriqlaricha, Avs, Xazraj qolmishlarini dinga da’vat qilishga 
kirishdi. Bir kuni Madina bo‘stonlarining birida As’ad ibn Zurora boshliq bir necha 
mo’minlar birga o‘tirib edilar, yiroqdin kelayotgan ikki odam ko‘rindi. Alar Avs 
qabilasining raislaridin, biri Sa’d ibn Mu’oz, ikkinchisi esa Usayd ibn Xuzayr bo‘lib, shu 
yoqqa qarab kelmoqda edilar. Bu kelishlariga sabab shu edikim, bu ikkovi o‘zaro o‘tirib 
gapirishdilar: 
— Xabaring bormi, payg‘ambarlik da’vosi ila Qurayshdin chiqqan kishi tomonidin ikki 
odam kelmishdur. Agar buni qo‘yaversak, sodda ko‘ngillik go‘l kishilarimiz va yosh 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
bolalarimizni yo‘ldan chiqargaylar. Endi bu ish ulg‘aymasdin ilgari, albatta, oldini 
olishimiz kerak, — deb Usayd ibn Xuzayr qurol taqinib yo‘lga chiqqan edi. Kelayotib, alar 
o‘tirgan bo‘stonga qarab burildi. As’ad ibn Zurora ko‘rdikim, Usayd ibn Xuzayr qurollik 
holda kelayotir, anda Mus’ab ibn Umayrga qarab: 
— Bu kelguvchi kishi o‘z qavmining raisidur, buning Islomga kirishi ko‘p kishilarga sabab 
bo‘lur, Xudo yo‘lida tortinmay, haqiqatni ochiq bayon qiling,— dedi. Shungachalik, u 
ham yetib keldi. Alarga qarab g‘azab bilan: 
— Bu qanday ishdurkim, sizlar kelib yosh-yalanglarimizni buzdinglar, bir necha soddadil 
kishilarni yo‘ldan chiqardinglar. Agar sizlarga bosh kerak bo‘lsa, bu ishdan qo‘l tortib, o‘z 
yeringlarga ketinglar, — dedi. Anda Mus’ab: 
— Biroz sabr etib o‘tiring, siz ila bu haqda so‘zlashaylik, eshitib ko‘ring, agar rozi 
bo‘lgudek ish bo‘lsa, qabul qilursiz. Yo‘q ersa, siz degandek qilaylik, — dedi. 
So‘ngra Mus’ab ibn Umayr Islom asosini unga bayon qilib, Qur’oni karimdan bir necha 
oyat o‘qidi. Buni eshitgan hamon hidoyat topib, iymon nuri ko‘nglini yoritdi. Bu ham shu 
holda shahodat aytib, Islomga musharraf bo‘ldi. So‘ngra u kishi: 
— Yana bir kishi bordur, agar ul iymon keltirar bo‘lsa, u chog‘da bu ishga hech kim 
qarshilik qila olmas edi. U ham bo‘lsa Sa’d ibn Mu’ozdur, — dedi. Bu kishi esa Usayd ibn 
Xuzayrni oldinroq yuborib, o‘zi qolib, xabar kutmoqda edi. Yuborgan yo‘ldoshi yo‘l 
topganligini onglab, achchig‘i ila alar ustiga keldi. Biroz o‘tirib, achchig‘i bosilgandin 
so‘ngra Mus’ab bir necha oyat Qur’on o‘qib, Alloh amrini unga anglatdi. Tavfiq yor bo‘lib, 
bu ham darhol iymon keltirdi. So‘ngra bu kishi o‘z qabilasiga qaytib borib, katta-kichik 
bari xalqni bir joyga yig‘di. Alarga qarab, so‘radi: «Sizlar meni kim deb bilursiz?» Har 
tomondin: «Siz bizning raisimiz, sayidimiz» degan tovushlar ko‘tarildi. «Shundog‘ bo‘lsa, 
bilinglar, men Muhammadga iymon kelturdim, u keltirgan Islom dinini qabul qildim. Bu 
dinga kirmagan kishilar bilan so‘zlashmakni o‘zimga harom qildim», dedi. Bu so‘zni 
onglagach butun qabila xalqi: «Sen qaysi dinga kirgan bo‘lsang, biz ham shu 
dindadurmiz», deb qichqirdilar. Shuning bilan butun shahar ichida Islom nuri kirmagan 
uy qolmadi. Ikki odam bosh qo‘shgan joyda Islom so‘zi bo‘lur edi. 
Shunday bo‘lib, birinchi bay’at yili o‘tdi. Kelasi haj mavsumida Madina arablaridin 
muslim, mushrik aralash hajga bormoqchi bo‘lib, Madinadan ko‘p kishilar chiqdi. Ular 
ichida din o‘rgatish uchun Makkadin borgan Mus’ab ibn Umayr ham bor edi. Hammalari 
Makkaga keldilar. O‘tgan yili bay’at bergan mo’minlardin bir nechalari maxfiy ravishda 
Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishdilar va: «Yo Rasulalloh, Madina shahrida Islom dini 
kirmagan uy qolmadi, siz bilan ko‘rishmagan ko‘pchilik mo’minlar bilan ikkinchi bay’at 
berishga keldik» dedilar. Rasululloh bu so‘zni onglab, suyunganlaridan muborak yuzlari 
yarqirab ketdi. O‘tgan yili bay’at qilgan joylari «Jamratul Aqaba»da shu kechalab 
ko‘rishmakka va’da berdilar. Bay’at uchun chiqar chog‘larida: «Uyquda yotganlarni 
uyg‘otmanglar, g‘oyiblarni kutmanglar», deb alarga tanbeh berdilar. Negakim, bu 
ishlarning barchasi u vaqtning oqimiga qarab, yashirin ravishda ishlanmoqda edi. 
Quraysh mushriklari agar bu ishdin xabar topsalar, bor kuchlari bilan qarshi turishlarida 
hech shak-shubha yo‘q edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz: «Dunyodagi eng ulug‘ 
ishlarni bajarish uchun sir saqlash kerak», dedilar. YOlg‘on, aldov bu ikkovi ersa, Islom 
shariatida harom qilingan bo‘lsa ham, urush kunlarida o‘rni kelar ekan, dushmanga 
qarshi qo‘llanishiga ruxsat qildilar. Hatto ba’zi joylarda unga buyurdilar. «Maslahat 
kutilgan yolg‘on so‘z, fitna chiqargan rost so‘zdin yaxshidur». Payg‘ambarimiz o‘zlari 
bosh bo‘lib dushmanga qarshi chiqqan safarlari — yigirma yettita edi. Tabuk safaridin 
boshqa hech birida qaysi tomonga yurishlarini, kimlar ustiga borishlarini ochiq 
aytmadilar. Balki dushmanni g‘aflatda qoldirish uchun maqsadni yashirib, aksini shuhrat 
qildilar. Buning ustiga «Al harbu xud’a», ya’ni «urushda hiyla kerak», degan so‘zlari ila 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
ummatlariga siyosat sirini anglatdilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. 
Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz topshiriqlaricha, kechadin bir hissa o‘tib, el uyquga 
kirganda, Xudo, payg‘ambar oshiqlari — mo’minlar birlab, ikkilab, yotgan o‘rinlaridin 
yashirin ravishda chiqdilar. Chunki bularning ichida hali iymonga kelmagan mushriklar 
ko‘p edi. Bu ishlarni ulardin sir saqlashga buyurilgan edilar. Shuning bilan ilgari-keyin 
bo‘lib, yetmish uch kishi, tayin topgan o‘ringa yig‘ildilar. Bularning oltmish ikkisi 
Xazrajdin, qolgani Avsdin edilar. Bulardan boshqa Asmo, Nusayba nomlik ikki ayol kishi 
ham bor edi. Bular yig‘ilishib, biroz xayol o‘tgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz amakilari 
Abbos bilan shu joyga keldilar. Amakilari hali dinga kirmagan bo‘lsa ham, bu ishlardin 
xabardor edi. Og‘asining o‘g‘li Payg‘ambarimizga alarning bergan bay’atlarini, qilgan 
ahd-paymonlarini aniq bilish uchun kelgan edi. Shuning uchun Abbos so‘z boshlab: 
— Bu o‘tirgan qarindoshim o‘g‘li Muhammaddur, biz uni bu kungacha qasd qilgan 
dushmanlaridin asrab keldik, bu haqda har qancha og‘irchiliklar bo‘lsa, ko‘tardik. Endi 
kelajak kunlarimizda ham eng so‘ngi kuchimiz boricha uni himoyat qilmoqchi bo‘ldik. Biz 
har qancha qilsak, yana buni ko‘ngli sizlarni suyub, sizlar bilan bo‘lishni tilaydi. Buni 
yaxshi o‘ylanglar, agar bu ishning uddasidin chiqar bo‘lsanglar, ul chog‘da sizlar bilan 
bo‘lsin, yo‘q ersa, qavmi qarindoshlik yeri, o‘z ichimizdan qo‘zg‘olmasin, aning hurmati 
o‘z qavmi oldida bek ulug‘dir, — dedi. Anda bu so‘z javobiga bay’atchilar vakili Xazraj 
qabilasi sayidlaridin Baro ibn Ma’rur turib: 
— Allohning oti ila ont eturman, bu o‘ltirganlardan ko‘nglimizda to‘g‘rilikdin, 
vafodorlikdin o‘zga hech narsa yo‘qdur. Tilimiz, dinimiz birlikda turib, berajak va’damiz 
shuldurkim, molimiz, jonimizni yo‘lingizda fido qilmoqqa barimiz tayyormiz, — degan 
edi, qolganlari ham: «Tayyormiz, yo Rasulalloh, o‘zingiz uchun, Rabbingiz uchun nima 
tilar bo‘lsangiz, bizlar barchamiz shunga va’da berurmiz, tilaganingizcha siz bizdin ahd 
oling, vafo qilurmiz, dedilar. Anda Payg‘ambarimiz: 
— Rabbim uchun olur ahdim shulki, yolg‘iz Allohga ibodat qilursiz, aning sherigi yo‘q, 
yo‘ldoshi, tengdoshi yo‘q deb bilursiz, ammo o‘zim uchun bo‘lsa, men qachon sizlarga 
borganimda meni dushmanlardin himoya qilishinglarni shart qilurman, o‘z oilangizni 
qandoq saqlar bo‘lsangiz, meni ham shundoq saqlashinglarga sizlardin ahd olurman, — 
dedilar. Bularning ichida qabila raislaridin Abul Haysam ibn Tayyixon otliq bir kishi bor 
edi. Ul turib: 
— Yo Rasulalloh, Quraysh qabilalari bilan oramizda urush-talash qilmaslikka ahdlarimiz 
bordur. Biz bugundin boshlab, alar bilan bo‘lgan ahdimizni uzishimiz kerak edi. Biz 
shundoq qilsak, ish qo‘lga kelgandin so‘ngra, o‘z el-yurtingizni eskarib, bizni tashlab 
ketmaysizmi? — dedi. Anda Payg‘ambarimiz tabassum bilan anga qarab: 
— Balki qonimiz, jonimiz bundin so‘ngra sizlar bilan birgadur, — degan ma’noni ifoda 
qilib, «Addamu, addam al-hadmu, al-had-m» iborasi ila alarni qondirdilar. 
Mana shu so‘zlar so‘ngida bu muborak ulug‘ bay’at boshlandi. Bu o‘rinda birinchi bay’at 
bergan kishi — otiga muvofiq — As’ad ibn Zurora edi. Yana bir rivoyatda aytilur. 
Yuqoridagi so‘zlar o‘tgandin keyin Payg‘ambarimiz bay’at olishga qo‘l cho‘zdilar. Anda 
As’ad ibn Zurora Rasulullohning qo‘llarini to‘sib turib: 
— Ey Yasrib (Madinaning ilgarigi oti) ahli, uzoq o‘ylab, cho‘nqur payqab qaranglar, andin 
so‘ng bu ishga kirishinglar. Allohning haq payg‘ambari deb, biz bu kishiga iymon 
keltirdik, uni butun dushmanlaridin qo‘riqlashga ahd qilmoqchi bo‘ldik, demak, bu 
ishimiz butun arab xalqiga qarshi chiqmoqdur. Oqu qora insonlar bariga maydon 
o‘qimoqdur. Agar bu ish boshlanur ekan, qilichlarimiz qinidin sug‘urilur, urush 
maydonlarida boshliqlarimiz o‘ldirilib, qonlarimiz to‘kilur. Endi oldimizdagi bu qadar 
og‘irchiliklarni ko‘tarib, bularga chiday olsangiz, ul chog‘da Rasululloh qo‘lini olsangiz na 
ulug‘ sharafdur. Agar yuqorigi xatarlardin qo‘rqib, saqlanur ekansiz, u holda bu ishni 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
qoldiring, Alloh oldida uzrimiz qabuldur, — dedi. 
Majlis ahllari bu so‘zlarni onglashlari hamon, har tomondin turib «Ey As’ad, Rasululloh 
qo‘llarini to‘sma, bu to‘g‘rida har qancha og‘irchiliklar ko‘rsak rozidurmiz, bu yo‘limizdin 
sira qaytmaymiz», dedilar va «Agar bu yo‘lda yurib, jon bersak, qandoq daraja 
topgaymiz, yo Rasulalloh?» deb so‘radilar. Anda Payg‘ambarimiz: «Xudo roziligini topib, 
jannatga kirursiz», deganlarida, barchalari barobar: «Bundoq ersa, rozidurmiz, 
qo‘lingizni cho‘zing», deyishib, hammalari bay’at berdilar. Ikki xotundan boshqa yetmish 
uch kishi Payg‘ambarimiz bilan qo‘l tutishgan holda turib, ahd qildilar. Ammo xotunlar 
bay’ati so‘z bilan bo‘ldi. As’ad ibn Zurora bay’at topshirur chog‘ida: «Birinchi Alloh 
taologa, ikkinchi yo Rasululloh Sizga rostlik ila so‘z berurman, shundoqki, bu yo‘lda har 
na bermish va’dalarim, bu haqda qilmish ahdlarimning bariga vafo qilurman. So‘zimning 
rostligini ish ustida bildirurman. Tanamda jonim boricha sizning yordamingizda 
bo‘lurman» dedi. Ikkinchi, Nu’mon ibn Horisa aytdi: «Bay’at berurman Allohga va ham 
aning payg‘ambari sizga, yo Rasulalloh, shu bilankim, Alloh amrini doim olg‘a 
yurgizurman, har ishda Allohning roziligi ila bo‘lurman». Uchinchi, Sa’d ibn Rabi’: 
«Mening ahdim birinchi Allohga, ikkinchi — sizga, yo Rasulalloh, shuldurki, har ishda 
Xudo va Rasul amriga itoat qilurman, butun buyruqlarni jon-dil bilan bajarurman», dedi. 
Qolganlari ham shunga o‘xshash so‘zlar aytib, bay’at berdilar. Muborak bay’at tamom 
bo‘lgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz aytdilar: 
— Muso payg‘ambar o‘z qavmidin o‘n ikki rais saylagan edi. Shunga o‘xshash, men ham 
sizlardin o‘n ikki boshliq saylaydurman. Nega men saylanmadim, bu saylandi, degan so‘z 
ko‘ngilga kelmasun. Chunki bu ish birodarim Jabroil alayhissalom ixtiyori ila bo‘lur, deb 
alardin o‘n ikki kishini rais qildilar. Bularning to‘qqizi Xazrajdin, uchi Avsdin edi. 
Islomiyat olamida eng avval xizmatga saylanmish o‘n ikki raislar shulardir: 
1. Abul Haysam ibn Tayyixon 
2. As’ad ibn Zurora 
3. Usayd ibn Xuzayr 
4. Baro ibn Ma’rur 
5. Rofi’ ibn Molik 
6. Sa’d ibn Abi Haysama 
7. Sa’d ibn Rabi’ 
8. Sa’d ibn Uboda 
9. Abdulloh ibn Ravoha 
10. Abdulloh ibn Amr 
11. Uboda ibn Somit 
12. Munzir ibn Amr. 
Payg‘ambarimiz: «Endi sizlardin har bir kishi o‘z qabilasiga kafildur. Iso alayhissalomga 
havoriylar kafil bo‘lgandek, men ham o‘z qavmimga, ya’ni Makkadin Madinaga hijrat 
qilib boruvchilarga kafil bo‘lurman», dedilar. Bu joyda Payg‘ambarimiz aytgan havoriylar 
esa, alar Iso alayhissalomga dastlab iymon keltirguvchi xos shogirdlari edi. Iso 
payg‘ambar ko‘kka ko‘tarilishi oldida din ishlarini shularga topshirgan edilar. O‘z 
zamonida Iso alayhissalomning dini shu havoriylar orqalik xalqqa tarqaldi. 
Qur’oni karimda YOsin surasining boshrog‘ida, Saf surasining oxirida bularning qissalari 
bayon qilinmushdir. Iso alayhissalomning tarjimai hollari va Injil kitobi shular tomonidan 
yozilmishdur. Yuhanno, Matto nomli Injil yozuvchilari shulardin edi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelsak, endi, bu muborak bay’atni shu yo‘sinda qilib o‘tkazdilar. 
Bunda hozir bo‘lgan baxt-saodatlik odamlarning ko‘ngillarida iymon chirog‘i yonib, 
botinlari aning nuriga to‘ldi. Butun vujudlari ila haqiqatga berildilar. Xudo va Rasuli 
Xudoning ishqi muhabbati alarda jo‘sh urdi. Muhabbat mayining mastligi bilan ichlaridin 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
Abbos ibn Uboda degan kishi: «YO Rasulalloh, ulug‘ Allohning oti bilan qasam qilurman, 
agar ruxsat qilsangiz, butun Mino ahliga, shu ertalab, qilichimiz ila qarshi chiqaylik», 
dedi. Anda Rasululloh: «Men hozir bu ishga buyrulmadim, bu ishning vaqti hali yetmadi, 
har kishi qo‘shxonasiga qaytsun», deb ruxsat qildilar. Yana bir rivoyatda keltiribdur, bu 
bay’at tamom bo‘lishini ko‘rib, Iblis mal’unning joniga o‘t ketdi. Bu ishga chiday olmay, 
bir qattiq va achchiq un bilan qichqirib: «Ey Mino xalqi, ko‘ringlar Muhammadnikim, 
sizlarga urush ochmoqqa yo‘ldoshlari bilan ont ichdi, tutinglar bularni», dedi. Mal’unning 
bu faryodini butun bay’at qilguvchilar ongladilar. Dushmanlarimiz bu ishdin xabar topgan 
ekanlar deb, qurollariga yugurdilar. Anda Rasululloh: «Cho‘chimanglar, bu faryod 
qilguvchi shaytondur. Sizlardin boshqa hech kimsaga buning tovushi eshitilmas. Bu 
ishga chidab turolmay, qo‘rqqanidan faryod qildi. Ey mal’un, sen uchun endi bo‘shandim, 
sening qo‘rqqan kunlaring oldingga kelgusidur», deb unga la’nat o‘qidilar. Shuning bilan 
sahobalarning ko‘ngillari tinchlanib, har qaysilari o‘z qo‘shxonasiga qaytishdi. 
Shundog‘ bo‘lsa ham odam shaytonlari bu ishdin xabar topishgan ekan, xalq ichida bu 
so‘z tarqalib qoldi. Quraysh mushriklari buni eshitgan so‘ngida, alarning raislaridan bir 
nechalari bularga kelib: «Ey Avs, Xazraj, sizning qilmish ishlaringizdin biz xabar topdik. 
Muhammadni bu yerdin olib ketmakka va bizga qarshi urush ochmoqqa qasam 
ichganingizni eshitdik. Xudo haqqi, butun arablar ichida sizlar bilan oramiz buzilib, urush 
chiqqandin yomonroq ko‘rgan narsamiz yo‘q edi», dedilar. Anda bu ishdin xabari yo‘q 
Avs, Xazraj mushriklari: «Hoy, Quraysh sayidlari, bizda bundog‘ ish bo‘lmagan, bo‘lishi 
ham mumkin emasdur. Yo‘q ish, yolg‘on so‘z», deyishib, qasam ichishib, alarni 
qondirdilar. Alarning bu ishdin xabarlari yo‘q bo‘lgani uchun, aytgan so‘zlari to‘g‘ri edi. 
Chunki bu ishni mo’minlardin boshqa hech kim bilmagan edi. Shuning bilan haj mavsumi 
ham tamom bo‘lib, Minodin xalq tarqala boshladi. 
So‘ngra bu so‘zning aniqligi Qurayshga ma’lum bo‘lib, alarning ortidan quvib chiqdilar. 
Orqada qolgan ikki kishiga yetib, tutmoqchi bo‘lganda, birovi qochib qutuldi, ikkinchisi 
tutilib qoldi. Bu ikkovi esa o‘sha bay’at tuni saylangan o‘n ikki naqiblardin bo‘lib, biri Sa’d 
ibn Uboda, ikkinchisi Munzir ibn Amr edi. Sa’d ibn Ubodani tutib olib, qo‘lini bo‘yniga 
boylab, urib-sudragancha Makka shahriga keltirdilar. Katta-kichik kofirlardin ko‘zi 
tushganlari bu kishini urib-so‘kib ozor bermoqda edi. Shu orada bir kishi kelib, 
sekingina: «Quraysh raislaridin kimlarni tanursan? Agar tanishlaring bo‘lsa, shuning otini 
aytib, qichqirgin», dedi. Jubayr ibn Mut’im bilan Horis ibn Harb, bu ikkovi bilan burundin 
tanish bo‘lib, aloqasi bor edi. Alarning otini atab qichqirdi. So‘ngra bu so‘zni o‘rgatgan 
odam u ikkoviga kelib: «Pastki bozorda bir kishi ko‘rdim, xalq tomonidin urilayotibdur, 
ammo ul kishi to‘xtovsiz ikkovinglarni atab qichqirur. Bu kim ekan deb so‘rasam, 
Xazrajlardin Sa’d ibn Uboda nomlik kishi emish», dedi. Bu so‘zni anglashlari bilan: «Hoy, 
ularning bu ishlari yaxshi bo‘lmabdur. Shom tijoratida karvon yurar yo‘limiz Madinadur, 
yo‘l ustidagi Avs, Xazraj kabi kuchlik qabila ila nechuk dushmanlik qilsa bo‘lur?» deb bu 
ikkovi oldirashlik (shoshilinch) bilan borib, u mo’min qulni Alloh asrab, mushriklar 
qo‘lidin qutuldirdilar va ham u sog‘-salomat Madina shahriga keldi. Buni ko‘rgan 
Madinadagi qavmu qarindoshlari boshliq hamma mo’minlar suyundilar. 
Shundoq qilib, ansor sahobalari Makkada bay’at o‘tkazib kelishgandin so‘ngra Islom dini 
Madinada rivojlanishga boshladi. Ba’zi bir mahalla xalqi tamomiy butun oilalari bilan 
Islomga musharraf bo‘ldilar. Madina xonadonlarida iymon kirmagan uy yo‘q edi. Eski 
odatni tashlab, undan ajrashni og‘ir olgan cholu kampirlardin boshqa katta-kichik 
hammalariga Islom ruhi o‘rnashdi. Shuning bilan birga bay’at voqeasidin keyin 
Makkadagi musulmonlarga mushriklar chidab turolmaslik darajada yangidan-yangi 
tajovuz qila boshladilar. Alarga turlik ravishda jabr-zulmlar qilmoqqa kirishdilar. Ularga 
qarshi musulmonlarda sabr qilmoqdin boshqa hech chora yo‘q edi va shu vaqtning holiga 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling