Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
Buni anglagach, barchalariga bu maslahat ma’qul tushdi. Mundoq xayrixohlik qilgani 
uchun u kishiga ko‘p tashakkur qildilar 
Shu bilan bular ichiga shundoq qo‘zg‘olon solib qo‘yib, sekingina yashirincha Abu Sufyon 
qoshiga keldi. Qarasa, bir qancha askar boshliqlari bilan o‘ltiribdur ekan. Hammalari 
xush kelding, deb qarshi oldilar. So‘ngra alarga qarab: 
— Ey Quraysh xalqi, sizlarga menim qandoq do‘stligim borligini yaxshi bilursiz, 
yomonlikdin Xudo saqlasin, yaxshilikka tilakdoshdurmiz. Bir shum xabar anglab, sizlarga 
do‘stlik yuzasidan eshittirib qo‘ygali keldim. O‘zingizga ma’lumdurki, yahud qavmining 
qilg‘on va’dasida vafo yo‘qdur. Alar o‘z qilg‘on ishlari — Muhammad bilan o‘rtalarida 
tuzilgan ahdlarini buzg‘onlariga endi o‘kinishibdur. Bu to‘g‘rida orag‘a kishi qo‘yib 
Muhammad bilan qaytadan kelishibdurlar. Uni o‘zlaridin rozi qilmoq uchun Quraysh va 
G‘atafon raislaridan yetmish kishini Muhammadga tutib bermoqchi bo‘lishibdur. Buning 
evaziga Muhammad ham o‘tgan yillar haydalgan yahud qabilalarini o‘z joylariga 
qaytarmoqchi bo‘lubdir. Mana ish shu holga yetibdur. Endigi maslahat shuldurki, agar 
yahudlar biror turlik bahona bilan sizlardin kishi so‘rab qolur bo‘lsalar, zinhor beruvchi 
bo‘lmanglar. Menim bilishimcha, endi alarg‘a ishonib bo‘lmaydur. Har holda qattiq 
saqlanish kerak, bu sirni boshqalar anglashib qolmasun, — dedi. 
Shuning bilan Quraysh qabilasi ichiga ham g‘ul-g‘ula tushdi. So‘ngra bulardin chiqib, 
G‘atafon qabilasiga keldi. Va: 
— Ey G‘atafon qavmi, boshqa qabilalardin sizlarning qarindoshchiligingiz menga 
yaqindur, boshqalardin ko‘ra so‘zim sizlarga ishonchli bo‘lur, deb o‘ylayman, — dedi. 
Alar ham: 
— To‘g‘ri aytursan, sen aytg‘on so‘zdan hech vaqt xilof chiqmagan, ishonchlik kishi 
erursan, — dedilar. 
Bularga ham yuqoridagi so‘zlarni aytib, ko‘ngillariga tashvish soldi. Uning bu qilgan 
tadbiri bilan dushman ichi ola-bula bo‘ldi. 
Shundoqki, ertasi shanba oqshomi Quraysh raisi Abu Sufyon G‘atfon qabilasining 
boshliqlari bilan kengashgandan so‘ngra Abu Jahl o‘g‘li Ikrimani Bani Qurayza 
yahudlariga yuborib: 
— Urush maydoni esa, turish joyi emasdur. Bu ishimiz bo‘lsa uzoqqa cho‘zilgani turdi, 
ot-hayvonlarimiz ozib-oriqlab, oziq-ovqatimiz ham kamayib qoldi. Endi bu joyda shundin 
uzunroq turishni vaqtimiz ko‘tarmas, tayyorlik ko‘rib turinglar, shanba kuni erta bilan 
hujum boshlaymiz, — dedi. 
Buni anglagach, alar: 
— Biz yahud xalqi shanba kuni har qandoq zarur bo‘lsa ham ish qilmag‘aymiz, bu 
kunning hurmatini saqlamoq bizlarga farzdir. Muning hurmatini buzg‘on kishilar qattiq 
azobga qoladilar. Bu bo‘lsa sizlarga ham ma’lumdir. Yana shulki, bu urushda maqsadga 
yetish uchun eng so‘ngi g‘alabani qozongunchalik barchamiz birlikda bo‘lishimiz kerak. 
Agar bu urushimiz uzoqqa cho‘zilar ekan, Muhammadga bizni yolg‘iz qoldirib ketib 
qolishlaringizdan qo‘rqamiz. Shuning uchun yetmish kishi kelib, bizning ichimizda 
tursinlar, ko‘nglimiz to‘q bo‘lsin, biz urushga tayyormiz, — dedi. 
Abu Sufyon boshliq kengash bu so‘zni anglagach: 
— Nuaym ibn Mas’ud aytqon so‘z to‘g‘ri ekan. Ular Muhammad bilan o‘zaro kelishganga 
o‘xshaydi, — deb bir-birlariga ishonishmay, ittifoqlari bo‘shashdi. 
Buning ustiga Alloh taolo tarafidan yordam yetib, kun chiqish tomonidan qattiq shamol 
turib, bo‘ron boshlandi. Bo‘ron o‘tlarni o‘chirib, chodirlarni uchirib ketdi, qaynab turgan 
qozonlarni ag‘darib tashladi, tosh-kesaklarni uchirib, idish-tovoqlarni sindirdi. Bo‘ron 
boshlanishi bilan suv muzlaydigan darajada sovuq ham boshlandi. Kechasi shunday 
qorong‘ulik bo‘ldikim, hech kim yonidagi yo‘ldoshi kim ekanini bilolmas edi. O‘t yoqib 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
yorug‘ qilish, qozon qaynatib osh qilishning iloji yo‘q edi. Hech qachon shundoq qattiq 
to‘polon ko‘rmagan askarlar bunday ahvolni ko‘rib aqldan adashdilar. «Muhammad sehr 
qilib bo‘ron chiqazdi, endi ustimizga hujum qilur», deb askarga qo‘rqinch tushganlikdan 
har kishi jon vahimasida qoldi. Rasulullohga qo‘shilgan Madina munofiqlariga bu bahona 
bo‘lib, ruxsatsiz uylariga qaytgali turishdi. Havoning sovuqligi, qorinning ochligi, 
kiyimning yo‘qligi, kechaning qorong‘uligi bo‘lib musulmonlar ham bek g‘am yedilar. Shu 
kecha har ikki taraf askarlari yuqorigi sabablardan o‘zlari bilan o‘zlari ovora bo‘lib 
qoldilar. 
Rasululloh bu holni ko‘rgach sahobalarga qarab: «Bir kishi bormidurmikim, dushman 
qo‘shiniga borib, alardin bizga xabar keltira olg‘ay?» deb uch marta qayta aytdilar. Har 
bir aytganlarida Hazrati Zubayr o‘rnidan turib: «YO Rasulalloh, bu ishga men borayin», 
dedilar. 
Anda Rasululloh aytdilar: «Har bir payg‘ambarning o‘ziga maxsus yordamchisi bo‘lur, 
mening ham o‘zimga xos yordamchim Zubayr», deb iltifot qildilar. Ammo u kishini bu 
xizmatga buyurmadilar. 
Chunki u kishida bahodirlik, o‘tkirlik bor edi. Dushmandin xabar olish ustiga yana bir ish 
qilib qo‘ymasin deb, uni yuborishni loyiq topmadilar. Chunki har ishni o‘z ahliga 
topshirish lozimdur. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Huzayfa, bu xizmatga sen borg‘il», 
deb buyurdilar. 
Anda Hazrati Huzayfa: «Yo Rasulalloh, Alloh haqqi bu xizmatni bajarib kelishga kuchim 
yetmaydur. Ochlikdan, sovuqdan yurishga quvvatim yo‘qdur. O‘limdan qo‘rqmasman. 
Lekin kofirlar qo‘liga asir tushib qolishdan qo‘rqaman», dedi. Anda Rasululloh aytdilar: 
«Alloh taolo seni to‘rt tomoningdan saqlaydi, borgil, bu xizmatga seni buyurdim». Buni 
anglab Hazrati Huzayfa sakrab o‘rnidan turdi. Qarasa, avval o‘zida sezilmagan bir quvvat 
paydo bo‘libdur. Vujudidagi borliq og‘irchiliklar andin ko‘tarilibdur. Avvalda sovqotib 
turgan bo‘lsa ham, Rasululloh bu xizmatga buyurganlaridan so‘ngra, o‘zini hammom 
ichida o‘lturg‘on odamdek sezdi. 
So‘ngra xandaqdin o‘tib, qorong‘ulik ichida dushmanning qalin askariga borib qo‘shildi. U 
chog‘da «yilt» etgan yorug‘, dushman askari ichida yo‘q edi. Yurgan-turganlarning 
sharpasidan boshqa maydon ichida hech bir jon ko‘rinmas edi. Timiskilanib yurib-o‘ltirib, 
askar boshlig‘i Abu Sufyon to‘piga kelib yetdi. Shu chog‘da Abu Sufyon o‘z askariga 
qarab aytdikim: 
— Ey Quraysh xalqi, butun jahonni qorong‘ulik bosdi. Har kishi o‘z yo‘ldoshini yaxshi 
tanib, soqlik bilan tursun, kecha qorong‘uligidan foydalanib, yana Muhammad josuslari 
kelgan bo‘lmasun. Bu chiqqan bo‘ron — shamolning qachon to‘xtashini bilmaymiz. 
Qurayza yahudlari bo‘lsa, va’dalarini buzganlikdan oramizda ishonmaslik tug‘ildi. O‘zimiz 
ot-uloqlarimiz uchun oziq-ovqatdin siqildik. Shuning uchun hozirgi bu urushni qo‘yib, 
uyga qaytishni to‘g‘ri topdik. Bir turlik boshqa ko‘ngilsiz ish kelib chiqmasdin ilgariroq 
ketganimiz yaxshiroqdur. Men buyruq qildim, qani endi ko‘chinglar, — deb sakrab 
tuyasiga mindi. Tuya yurmagani uchun, nima bo‘ldi deb qarasa, tushovini yechmagan 
ekan. Abu Jahl o‘g‘li Ikrima buni ko‘rib: 
— Ey Abu Sufyon, sen xalq boshlig‘i, askar qo‘mondoni erursan, hammadin ilgari tuyaga 
minib, hammadin oldin qayoqqa qochmoqchidursan? — dedi. 
Uning bu so‘zidan uyalib, darhol o‘zini tuyadan tashladi. Tuyasini yetaklaganicha askar 
oralab «ko‘chinglar, ko‘chinglar» deb qichqirur edi. Yana shu to‘polonchilikda orqa 
hujumidan saqlanish uchun Xolid ibn Valid qo‘mondasida ikki yuz otliq askar chiqarib, 
alarni chindovullikka, ya’ni orqa safga qo‘ydi. Shundoq bo‘lsa ham qattiq qo‘rqinchilik 
qoplog‘on dushman qo‘shini bosh-oyog‘iga qaramay, tartibsiz ravishda qaytdilar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
Dushman ichida oralab yurgan Rasululloh tingchisi Abu Huzayfa aytur: 
— Xabar bilishdin boshqa hech ish qilmasga Rasululloh mendin ahd olg‘on edilar. Yo‘q 
esa Abu Sufyonni o‘ldirish payti kelgan edi. Lekin Rasululloh buyrug‘ini ushlab, u ishdin 
o‘zimni saqladim. 
Mana shundoq bo‘lib, o‘n mingdan ortiq dushman qo‘shini o‘zaro buzulishib, Madina 
ustidan ko‘tarildilar. Alarning ziyon-zahmatidan musulmonlar qutuldilar. 
«Sahih Buxoriy» kitobida aytubdirkim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xandaq 
urushida ushbu duoni o‘qur edilar: «Allohumma munzilal kitabi, sari’al hisabi ixzimil 
ahzoba. Allohumma ihzimhum va zalzilhum». Ya’ni «Ey bor Xudoyo, barcha 
payg‘ambarlarga kitob tushirguvchi O‘zingsan, oxirat kunida hammadan tezlik bilan 
Hisob oluvchidursan. Qudrating ulug‘dir. Bu kelgan ko‘pchilik dushmanlarni O‘zing 
tarqatgil», demakdir. 
«Urush kunlarida alar chidamsiz bo‘lsinlar», deb duo qildilar. 
Shu holda duolari qabul bo‘ldi. Qattiq shamol — bo‘ron turib, ularg‘a qo‘rqinchlik soldi. 
Shu orqaliq mo‘minlarga Allohdin yordam yetdi. Kofirlarning barcha qilg‘on ishlari 
foydasiz bo‘lib chiqdi. Bu ersa Xudo tarafidin shundoq og‘irchilik kunlarda erishgan bir 
ulug‘ ne’mat erdi. 
Shuning uchun Alloh taolo mo‘minlarga bu ne’matni eslatib, Ahzob surasida bu oyatni 
endirdi: «YO ayyuhallazina amanuz-kuruv ne’matallohi alaykum izjoatkum junudun, 
faarsalno alayhim riyhan va junudan lam taravho va kanallohu bima ta’maluna basiro. Iz 
jouvkum min favqikum va min asfala minkum va iz zog‘atil absoru va balag‘atil qulubul 
hanajira va tazunnuna billahiz zununa». 
Ma’nosi: «Ey mo‘minlar, Allohning sizlarga bergan ulug‘ ne’matini eslanglar, dushman 
askari ustinglarga kelgan chog‘da alarga qattiq sovuq bo‘ron yubordik va sizlarga 
yordam uchun ko‘zga ko‘rinmagan farishtalardin askar tushirdik, hamma qilgan 
ishlaringizni Alloh ko‘rib turadur. Ustinglardin, ostinglardin dushmanlar o‘rab kelishdi, 
shu chog‘da qo‘rqqinchlikdan (qo‘rquvdan) ko‘zlar ag‘darildi, o‘pka-yuraklar bo‘g‘izga 
tiqildi. Alloh haqida har turlik gumonga tushdinglar. Shu o‘rinda mo‘minlar sinaldi. Chin 
musulmonlar yolg‘on musulmonlardan ajradi», demakdir. 
Shundoq bo‘lib Quraysh, G‘atafon boshliq bir qancha qabiladan tuzilgan ko‘pchilik 
dushmanlar hujumi Allohning yordami bilan musulmonlar foydasiga hal bo‘lib chiqdi. 
BANI QURAYZA G‘AZOTI 
Bani Qurayza bo‘lsa, Madina atrofida o‘rnashgan yahudlardan edilar. Ahzob askari buzilib 
qaytqondan so‘ngra ahdlarini buzib, Rasulullohga qarshi ish qilganlariga qattiq 
qayg‘urishib, bular ham o‘z joylariga qaytdilar. O‘zaro bir-birini malomat qilishur edilar. 
Ammo na choradurki, ish vaqtidin o‘tgan edi. Boshqa ilojlari yo‘qligidan boshlariga 
keladirgan qattiqchiliklardan qo‘rqishib, jon talvasasida o‘zlarini qo‘rg‘on ichiga oldilar. 
Dushman qaytgandan keyin Rasululloh ham urush joyidan qaytib, Madinaga kirdilar. 
Qurollarini qo‘yar-qo‘ymas Bani Qurayza yahudlarining ustiga yurmak uchun Allohdan 
vahiy keldi. Yaqin bir oy Xandaq qamali ostida eng og‘ir kunlar kechirgan bo‘lsalar ham, 
bu ishni kechiktirmaslikka Allohdan amr bo‘ldi. Hazrati Ali boshliq bir to‘p askar tezlik 
bilan yo‘lga tushdilar. Peshin namozi Madinada o‘qilgan edi. Rasululloh: «Asr namozini 
Bani Qurayzada o‘qinglar», deb buyurdilar. 
Xandaq urushida hozir bo‘lg‘on kishilardin bu safarga chiqmagan hech kim qolmadi. 
Chunki xalq g‘azabi bularga qarshi qo‘zg‘algan edi. Yangi qurilayotgan Islom davlatining 
markazi Madina shahri va’dasida vafo yo‘q, so‘ziga ishonch yo‘q, bunday hasadxo‘r 
dushmanlardan albatta tozalanmog‘i lozim edi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
Hukamolar demishlarkim: «Uch narsa uch narsaga qo‘shilur ersa, uning davosi yo‘qdur. 
Ular ushbulardir: qarilikka kasallik qo‘shilsa; dushman hasadxo‘r bo‘lsa; kambag‘al 
dangasa bo‘lsa. Mana bularning iloji topilmagay». 
Bu g‘azotdagi Islom askarining soni uch mingga yaqin edi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam askariga asr namozini Qurayzaga borib o‘qinglar deganlari uchun ba’zi askar 
namoz qazo bo‘lsa ham, manzilga yetib o‘qidi. Qolg‘onlari esa, namozni qazo qilmay 
yo‘lda o‘qidilar. Rasululloh buni anglagan so‘ngida, hech qaysisini xato demadilar, chunki 
bu ikki firqaning birisi Rasululloh so‘zlarining asliga tushundi, ikkinchisi zohiriga amal 
qildi. Har ikkovining ham niyati to‘g‘ri edi. 
Shundoq bo‘lib, barchadan ilgari Hazrati Ali askarlari bilan dushman ustiga yetib 
bordilar. Qarasalar, dushman qal’a ichiga qamalib mudofaaga hozirlanmishdir. 
Sapil ustiga tug‘ tikib, qamal qilishga kirishdilar. Buni ko‘rishib yahudlarning g‘azablari 
qo‘zg‘aldi. Rasululloh sha’nilariga adabdan tashqari behuda so‘zlar aytqani turishdi. Shu 
orada Rasululloh ham qolmish askarlar bilan yetib keldilar. Hazrati Ali qarshi olib: 
— Yo Rasulalloh, bu mal’unlar yaqiniga bormaganingiz yaxshiroqdir. Chunki adabdan 
tashqari yomon so‘zlarni aytqoni turdilar, — dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Sizlarga qilgan adabsiz so‘zlarini menga ayta olmaslar, — deb alarning yaqinida turib 
qichqirib:— Ey Xudoning g‘azabiga qolgan to‘ng‘izsifatlar! Ey payg‘ambarlarning ahdini 
buzgan maymunsiyratlar! Bu qilgan xiyonatlaring jazosini Alloh endi sizlarga ko‘rsatgay. 
Xudoning la’nat azobi ustinglarga tushgay,— dedilar. 
Ammo ularning bunga qarshi tillari tutilib, hech qanday yomon so‘z ayta olmadilar. 
Ansor sahobalarning raislaridan Usayd ibn Huzayr qattiq tovush bilan alarg‘a qarab: 
— Ey Xudo dushmanlari, mal’unlar! Qal’a ichiga qamalib, endi ochlikdan o‘ldinglar, 
yo‘lbarsdan qochib, inida qoplanib qolgan tulkidek bo‘ldinglar, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bularni yigirma besh kun qattiq qamal 
ostiga oldilar. Har ikki tomondin uzilmay o‘qlar otilib turdi. Qamal qattiqlig‘idan alarg‘a 
qo‘rqinchlik tushdi. Qal’ani olmasdan Rasulullohning qaytmasligini aniq bildilar. 
Buni ko‘rib yahudlar raislari Ka’b ibn Asad shunday so‘z aytdi: 
— Ey yahud qavmi, boshimizga kelgan katta balo mana ko‘z oldimizda turibdur. 
O‘zimizdin o‘tdi, endilikdagi pushaymondin foyda yo‘qdir. Men endi sizlarga uch ishni 
keltirib qo‘yarman, shulardan birini albatta qabul qilishinglar kerak. Birinchisi shuldirki, 
bu kishiga iymon keltirib, tobe’ bo‘lmak. Alloh haqqi ayturmankim, buning oxir zamon 
payg‘ambarligi hammamizga ma’lumdir. Tavrot, Injil kitoblarida sifati yozilmish odam 
shul kishi bo‘lishida hech shak yo‘qdur. Agar shundoq qilsak, mol-jonimiz, xotun-
bolalarimiz omon topgay va o‘zimiz ham haq ishni qabul qilgan bo‘lurmiz. Bizni iymon 
keltirishdan to‘sib turgan narsa yolg‘izgina hasaddur. Bu kishi haqida boshqa nima 
shakimiz bordur? Bilur edingiz, Muhammad bilan o‘rtamizda tuzilgan ahdnomani 
buzmoqqa mening hech roziligim yo‘q edi. Bu dahshatlik baloni boshimizga kelishi shu 
o‘ltirgan shum kishining sababidan bo‘ldi, — deb yahud raislaridan bo‘lgan Hay ibn 
Axtabni ko‘rsatdi. — Tavrot o‘qigan olimimiz Ibn Harosh Madinaga kelganda uning 
aytgan so‘zlari yodinglarda bormidur? U aytgan erdi: «Bu shahardan payg‘ambar 
chiqqay. Ey yahud qavmi, sizlar hammadan ilgariroq shul payg‘ambarga iymon 
keltiringlar, uning haqligiga ishonib, har ishda unga yordamda bo‘linglar, Agar shundoq 
qilar ekansizlar, ikki kitobga iymon keltirgan bo‘lib, ikki dinning savobini olursizlar», 
degan edi. Agar iymon keltirsak, bizni qoplagan qorong‘u jahon birdamda yorug‘ bo‘lgay, 
— dedi. Anda yahudlar aytdi: 
— Tavrot hukmidan hech ajralmaymiz, boshqa dinni xohlamaymiz! Ka’b aytdi: 
— Andoq ersa, kelinglar, boshlab xotin-bolalarimizni o‘zimiz o‘ldiraylik. So‘ngra jondan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
kechib, yalang‘och qilich bilan Muhammad ustiga qattiq hujum qilaylik. Agar bu urushda 
qirilar ekanmiz, qayg‘urgudek hech ishimiz yo‘qdur. Agar dushmanni yengar bo‘lsak, har 
joyda xotin-bola topilur, — dedi. 
Anda yahudlar: 
— Ul bechoralarni o‘z qo‘limiz bilan qanday o‘ldira olamiz, alar so‘ngida qolib, qandoq 
tirikchilik qilurmiz? — dedilar. 
Buni anglagach, Ka’b yana: 
— Endi qolgan bir ish shuldirki, bu kechasi shanba kunining kechasidur. Shanbaning kuni 
tunida bizning hech qanday ish qilmasligimizni arablar yaxshi bilurlar. Biz alarni g‘aflatda 
qoldirib, to‘satdan ustilariga bir hujum qilaylik. Agar olsak yoki oldirsak ham bir ish 
qilgan bo‘lurmiz, — dedi. 
Qurol ko‘tarib shanba kuni hurmatini xor qilgan bo‘lurmiz, deyishib buni ham qabul 
qilmadilar. 
Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy: 
— Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga 
iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin 
buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi. 
Anda yahudlar aytdi: 
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan 
o‘lganimiz yaxshiroqdir. 
Anda ul aytdi: 
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu 
ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi. 
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni 
to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi. 
Rasululloh kelmasdan ilgari bu kishi: 
— Ey Qurayza yahudlari, bilursizkim, biz uchun ibrat olgudek oldimizda ko‘p ishlar o‘tdi, 
bularning hech biridan ibrat olmadinglar. Muhammadga bergan ahdlaringni nohaq 
buzdinglar. Ahd buzmoq Tavrot hukmida harom edi-ku! Bu harom ishni ko‘ra bilaturib 
qildinglar, hali ham bo‘lsa askar ustimizga yetib kelmasdan, buning chorasini ko‘raylik. 
Qarindoshlarimiz Bani Nazir, Bani Qaynuqo’ yahudlarining ko‘rgan kunlari ko‘z oldimizda 
bizga ibratdur. Muhammadning oxirzamon payg‘ambarligi haqdur, buning haqlig‘iga 
barcha ulamolarimiz, kitoblarimiz guvohdurlar. Kelinglar, hammalarimiz unga iymon 
keltirib, ikki dinning sharafini topaylik. Muso payg‘ambarga Tur tog‘ida Tavrot tushirgan 
Xudo haqqida qasam qilurmankim, bu Muhammadga iymon keltirib, unga tobe bo‘lsak, 
dunyo-oxiratlik izzat-hurmatimizni shunda topgaymiz, — deb nasihat qilganida, yahudlar 
qabul qilmagan edilar. 
So‘ngra qamalning qattiqligi, oziq-ovqat ozligidan yahudlar qo‘rqinchlikka tushdilar. 
Nochor Nabosh ibn Qays degan kishini Rasululloh oldiga yuborishdi. Shundoqki, butunlay 
qurol-jabduq, qo‘ra-joylarini tashlab, oilalari bilan bir tuya yuk mol olib, Madina 
tuprog‘idan chiqib ketmakka roziliklarini bildirdilar. 
Rasululloh buni qabul qilmadilar. 
Cho‘rilaridan, bola-chaqalaridan boshqa hech bir narsa olmasdan, butun mol-dunyolarini 
tashlab, Rasulullohga qarashlik yerdan chiqib ketmakni so‘rashib, ikkinchi marta elchi 
chiqarishdi. 
Anda Rasululloh: 
— Shartsiz o‘z hukmimga tushib, taslim bo‘lmoqdan boshqa hech ishni qabul qilmasman, 
— dedilar. 
O‘rtadagi elchi qaytib borib, Rasulullohning so‘zini alarga yetkazdi. Sahobalar ichida Abu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
Luboba degan bir kishi bor edi. Qurayza yahudlari bilan ul kishi ilgaridan beri aloqalik 
edi. Yahudlar shul kishini so‘rashib, Rasulullohga yana kishi yubordilar. 
Bu ishga Rasululloh ruxsat qilgandan so‘ngra, uni (Abu Lubobani) ko‘rishib xotun-bolalari 
ovoz chiqarib yig‘lay boshladilar. Alarg‘a bek og‘rinib rahmi keldi. So‘ngra Abu 
Lubobadan yahudlar maslahat so‘rashib aytdilarkim: 
— Ey Abu Luboba, Muhammadning hukmiga shartsiz tushib borsak qandoq bo‘lur ekan? 
— Ha, yaxshi bo‘lur, — deb u qo‘lini bo‘g‘ziga qo‘yib, o‘limga ishorat qildi. Ya’ni, 
Rasulullohning hukmiga shartsiz taslim bo‘lib, tushar bo‘lsangiz, barchangizni o‘limga 
hukm qilg‘ay degan mazmunni anglatdi. Bu esa Xudo va aning Rasuliga xiyonat qilmoq 
edi. Bu haqda o‘zi uchun oyat nozil bo‘lishidan qo‘rqib, Rasulullohga ko‘rinmay qochib, 
Madinaga keldi. 
Masjid ustunlaridan biriga o‘zini mahkam bog‘latib, qo‘l-oyoqlariga zanjir soldirdi. YOz 
mavsumi bo‘lib, kunning nihoyat isigan vaqti edi. Tavbasi qabul bo‘lgunchalik yemasga, 
ichmasga va shu azob bilan o‘lishga deb qattiq qasam qildi. 
Bu ishdan Rasulullohning xabarlari yo‘q edi. Keyin xabar topib aytdilarkim: «Agar to‘g‘ri 
oldimga kelgan bo‘lsa, Xudodan tilab gunohini kechirar edim. Endi o‘zicha bu ishni 
qilmishdur, tavbasi qabul bo‘lib, Xudodan ruxsat kelmaguncha unin qo‘l-oyog‘ini 
yechmagayman». 
Shunday bo‘lib, Abu Luboba olti kecha-kunduz masjid ustunida bog‘lanib yotdi. Har 
namoz vaqti kirdi ersa, xotini kelib, qo‘l-oyog‘ini bo‘shatur edi. Namozdan keyin yana 
burungidek bog‘lab ketar edi. Kunning issig‘ligi, o‘zi bog‘langan bo‘lib, ochlik-chan-
qoqlik, uyqusizlikdan oxiri esi og‘ib, yiqildi. Shu chog‘da oyat nozil bo‘ldi va aning 
tavbasi qabul bo‘ldi. 
«Asallohu an yatuba alayhim, innalloha g‘afurur rahiym», ya’ni: «Alloh taolo alarning 
tavbalarini qabul qilar vaqti yetdi, albatta, Alloh taolo bandalarining gunohlarini 
Kechirguvchi va alarga Mehribondur», demakdur. 
Bu oyat nozil bo‘lgan chog‘da, sahar vaqti edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
onamiz Ummu Salamaning uyida edilar. Rasululloh suyunganlaridan kuldilar. Onamiz 
Ummu Salama: 
— Yo Rasulalloh, Xudo sizni kuldirdi, nimaga kulursiz? 
Anda Rasululloh: 
— Abu Lubobaning tavbasi qabul bo‘ldi, shunga suyunganimdan kulurman, — dedilar. 
Anda onamiz Ummu Salama: 
— Yo Rasulalloh, andoq ersa, Abu Lubobaga suyunchilik bu xabarni yetkazaylik, — 
dedilar. 
— Ha, tezroq yetkizgil, mo‘minni suyuntirmak yaxshi ishdur, — dedilar Payg‘ambarimiz. 
Suyungudek ishlar bo‘lsa, mo‘minlar bir-birlarini suyuntirmoq, suyunchilamoq mana 
shundan qoldi. 
So‘ngra onamiz Ummu Salama: 
— Ey Abu Luboba, senga muborak bo‘lsin, tavbang qabul bo‘ldi, — deb qichqirdilar. Buni 
anglagan sahobalar har tomondin yugurishib kelib, qo‘l-oyog‘ini bo‘shatmoqchi 
bo‘lganlarida, ul: 
— Rasulullohdin boshqa kishi meni yechmagay, — deb qasam qildi. Buni anglab, 
Payg‘ambarimiz o‘zlari kelib bo‘shatdilar. 
Shundoq bo‘lib, Qurayza qal’asining qamali bir oycha cho‘zildi. Qo‘rg‘on tagida birinchi 
safda Hazrati Ali, Zubayr ibn Avvom boshliq bir bo‘luk jonfido mo‘minlar hujumga 
hozirlanmoqda edilar. Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim: 
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat 
sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
175
Bu so‘zni anglashib, yahudlarga bir vahima qo‘rqinch tushdi. Nima qilishlarini bilmasdan, 
nochor shartsiz Rasulullohning hukmiga taslim bo‘ldilar. Qurol ko‘tarishga yarashlik 
kishilarning soni bularning ichida olti yuzga yaqin bor edi. Bulardan xotun-bolalarni 
ajratib, boshqa joyga chiqarib, bularning ustiga Abdulloh ibn Salomni qorovul qo‘ydilar. 
Bu kishi ersa, yahudlar ichida eng buyuk olimlardan hisoblanar edi. Bu kishining qandoq 
iymon keltirganliklari yuqorida yozilib o‘tilgandir. 
Madinalik Ansor sahobalari ikki urug‘ bo‘lib, birinchisi Avs, ikkinchisi Xazraj deb atalur 
edi. Islomiyatdan ilgari bu ikki urug‘ orasida yuz yillab urush-talash, qon to‘kishlar bo‘lib 
o‘tgan edi. Ana shu chog‘larda Madina yahudlari ham har ikki tarafga qo‘shilib urushga 
qatnashur edilar. 
Bani Qaynuqo’ yahudlari Xazraj ittifoqdoshlari edi. Bularning voqealari esa yuqorida 
bayon qilindi. Xazraj raisi Abdulloh ibn Ubay bularning gunohini Rasulullohdin tilab 
yengillashtirgan edi. 
Qurayza yahudlari bo‘lsa, Avs tarafdorlari edilar. Bular ham o‘z tarafdorlarini himoya 
qilmoqchi bo‘lib, Rasulullohga arz qilishdi. 
Alar aytdilarkim: 
— Yo Rasulalloh, Xazraj birodarlarimizning so‘raganlarini berdingiz. Biz ham bularning 
gunohlarini so‘raymiz. 
Anda Rasululloh: 
— Agar shundoq qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z raisingiz Sa’d ibn Mu’ozni hakam qilaylik, ul 
kishi nimani hukm chiqarsa, barchangiz rozi bo‘lursiz, — dedilar. 
Bu ishga hammalari roziliklarini bildirdilar. Sa’d ibn Mu’oz Xandaq urushida iligidagi 
yo‘g‘on tomiridan o‘q yeb, qattiq yarador bo‘lgan edi. Ul kishini yotgan yeridan eshakka 
mindirib Rasululloh oldilariga keltirdilar. Yo‘lda kelayotganida unga: «Rasululloh seni 
bularga hakam qildi. Bular ustidan hukm chiqarur bo‘lsang, yaxshilik tarafini o‘ylab 
hukm chiqargil. Xazraj raisi Abdulloh ibn Ubay o‘z ittifoqdoshlari Qaynuqo’ yahudlariga 
qandoq yordam yetkazdi. Shuni yodingdan chiqarma. Butun qavmingning talablari ham 
shundog‘dur, — deyishib qulog‘iga quyib keldilar. 
Muhojiru ansor sahobalar Rasulullohni o‘rashib o‘ltirishgan edilar. Sa’d ibn Mu’ozni eshak 
ustida kelayotganini ko‘rib: «Turinglar, mana, sayidingiz keldi», dedilar. Barilari oyoq 
uzra turishib, hurmat bilan uni qarshi olishgandan so‘ngra, to‘g‘ri Rasululloh yonlariga 
o‘ltirdi. Anda Rasululloh aytdilar: 
— Ey Sa’d, Allohning amri shuldir, Quraya yahudlari ustidan bir hukm chiqargaysan. 
Sa’d aytdi: 
— Yo Rasululloh, hukm qilish Allohning va payg‘ambarning haqqi erdi, endi bu ishni 
menga buyurar bo‘lsangiz, menim chiqargan hukmimni bu o‘ltirganlar qabul 
qilg‘aylarmu, hukmim hukm bo‘lg‘aymi? — deb alarga qaradi. 
O‘ltirgan odamlar hammalari tovush berib: 
— Albatta, shundoq bo‘lur. Sening hukming to‘xtovsiz o‘tkazilur, — dedilar. 
So‘ngra Sa’d: 
— Andoq ersa, bular haqida menim hukmim shulki, erkaklari qoldirilmay tamom 
o‘ldirilsin! Mol-dunyolari askarga taqsim bo‘lsin. Xotin va bolalari asir olinsin. Qo‘ra-
joylari muhojirlarga berilsin. Menim hukmim shuldur», — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Sa’d, sening bu hukming yetti qat osmon ustida qilingan Allohning hukmiga to‘g‘ri 
keldi, — dedilar. 
Shu bilan Qurayza yahudlarining ishi tamom bo‘lib, qilg‘on xiyonatlarining jazosini 
tortdilar. 
Qal’a ichida bir ming besh yuz qilich, ikki yuz nayza, besh yuz qalqon, uch yuz sovut, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling