Tarixi muhammadiy


RASULULLOHNING TAN TUZILISHLARI


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59

RASULULLOHNING TAN TUZILISHLARI 
Alloh taolo Arshdan tortib Farshgacha barcha yaratgan narsalarni inson uchun 
yaratmishdur. Inson ichidagi eng ulug‘lari ulardan chiqqan payg‘ambarlardur. 
Qaysi zamon, qaysi davrda bir payg‘ambar yubormoqchi bo‘lsa, uni eng yaxshi odamdan 
yuborish Allohning odatidur. Har zamonda payg‘ambar bo‘lgan kishi o‘shal zamonning 
eng olimi, eng aqlli, donosi bo‘lishi ustiga har bir yaxshilik sifatga, eng oliy axloqqa ega 
bo‘lishi shartdur. Lekin bu fazilatlar ularning hammalarida barobar emasdur. 
Har bir yaxshi axloq sifatlarda barcha payg‘ambarlarning ortiqrog‘i bizning 
Payg‘ambarimiz hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Axloq va 
fazilat osmonida Rasululloh go‘yoki quyosh bo‘lsalar, qolgan payg‘ambarlar quyosh 
atrofidagi yulduzlar kabidur. Payg‘ambarimizning sifatlarini Xudodan o‘zga hech kim 
hamma tomonlarini aytib tugata olmaydi. Oy nurni Quyoshdan olgandek, barcha 
payg‘ambarlar ham o‘z nurlarini Rasulullohdan olgandurlar. Qisqasi shulki, barcha 
yaratilmish narsalarning sarasi insondur. Insonning eng ortig‘i payg‘ambarlardur. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
367
Payg‘ambarlar ortig‘i bizning Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi 
vasallamdurlar. 
Payg‘ambarlarning hammalari zohiriy ko‘rinishlarida husn-jamolga, botiniy 
yaratilishlarida oliy axloqqa ega edilar. Payg‘ambarimizning jismoniy tuzilishlari ersa 
hammadan kelishimroq va ham sog‘lom edi. 
Alloh yuborgan barcha payg‘ambarlarning yuzlari chiroylik, qaddi-bastlari ko‘rkam, 
tovushlari yoqimlik edi. Ayniqsa, bizning Payg‘ambarimiz hammalaridan ham chiroylik, 
yaxshi unlik edilar. Bo‘ylari ersa o‘rtachadan ozgina uzunroq edi. Lekin har qanday 
novcha odamlar bilan birga yurganlarida, boshqalar ko‘ziga ulardan egizroq ko‘rinar 
edilar. Yolg‘iz yurganlarida o‘rta bo‘ylik ekanliklari bilinur edi. Boshlari katta, ikki yelka 
oralari va ko‘krak-ko‘ksilari kengroq bo‘lib, sochlari o‘sganda yelkalariga, o‘smaganda 
quloq yumshoqlariga tushar edi. Umrlari ichida to‘rt marta soch oldirib, sochlarini 
sahobalar tabarruk qilib, o‘rtalarida bo‘lishib olganlar. Muborak yuzlari oq bo‘lib, qizil 
bilan sug‘orilgan edi. Manglaylari (peshonalari) keng, qoshlari egilgan, ingichka, orasi 
qo‘shilmagan, burun ustilari egizroq, ham ozgina qangsharlik edi. Muborak yuzlari tekis, 
yuz suyaklarida do‘mboqlik yo‘q edi. Tishlari injudek tizilgan, yaltiroq, soqollari siyrak 
emas, qalinroq, ko‘zlari qora, ham kattaroq edi. Yuzlari kulcha yuzlik, tegarakroq edi. 
Ko‘krak oldilari tekis, qursoqlik (qorinlik) emas, bo‘yinlari uncha uzun emas, o‘rta 
bo‘yinlik edi. 
Abu Hurayra aytdi: 
— Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘rkam, chiroylik kishini men hech 
ko‘rmadim. Yuzlari to‘lin oydek yo quyoshdek, agar kulsalar, tishlaridan chiqqan nur 
shu’lasi devorga tushar edi. Rasulullohni birinchi ko‘rishda har qanday odamni haybatlari 
bosar edi. Ulfat olib o‘rganishgandan so‘ngra Rasulullohga jonfido bo‘lib, muhabbat bilan 
ko‘ngli bog‘lanur edi. Qisqasi shulki, u zotni ko‘rib sifatlarini bilgan kishilar husn-
jamollarining ko‘rkamligida, fe’li-xuylarining yaxshiligida bu zotga o‘xshagan kishini hech 
ko‘rmaganmiz, — der edilar.  
Alloh taolo Rasulullohning ruhlarini qanday pok yaratgan bo‘lsa, tanlarini ham shunday 
yaratmish edi. Payg‘ambarimizning o‘zlariga xoslagan, boshqalarda bo‘lmagan bir necha 
xislatlar bor edi. Shulardan biri, muborak tanlariga kir yuqmas, engil-boshlari kirlamas, 
burga-bitga o‘xshash jonivorlar yaqinlariga kelmas edi. O‘zlari doim tozalik, pokizalikni 
sevar edilar. Bu tabiiy tozalikni shariat pokligi bilan quvvatlab, «Islom dini poklik uzra 
qurilmishdur», deb musulmonlarni tozalikka undar edilar. 
Xush islik narsalardan surtilsin-surtilmasin, doim o‘zlaridan yaxshi hid chiqib turardi. 
Rasulullohning xos xodimlari hazrati Anasning aytishlaricha, mushku anbar, atir-
iyporning isidan Rasulullohning islari yaxshiroq edi. 
Hazrati Jobir ibn Abdulloh: 
— Rasululloh menga muhabbat qilib, yuzimni silab qo‘yib edilar, iypor solgan xaltadan 
qo‘llarini yangi chiqargandek bo‘lib, shundoqqina hamma yog‘im iypor hididan hidlanib 
ketdi. 
Agar Rasululloh biror kishi bilan qo‘l ushlashib ko‘rishgan bo‘lsalar, shu kishining qo‘lidan 
bir kun atir isi ketmas edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yosh bolalarni bek sevar 
edilar. Ayniqsa, yetim bolani ko‘rib qolsalar, uni erkalatib: 
— Men ham yetim edim, yetimni ko‘rsanglar, meni yetimligimni esga olib boshini 
silanglar, ko‘ngillaring yumshaydi, — deb boshini silar edilar. Anda ul bolaning necha 
kungacha boshidan atir hidi ketmas edi. Ko‘p bolalar ichida tursa ham «Muning boshiga 
Rasulullohning qo‘llari tekkan ekan», deb hammalari bilar edilar. 
Agar Rasululloh bir ko‘chadan o‘tib ketgan bo‘lsalar, u ko‘cha atir hidlariga burkanib, 
Rasulullohning o‘tganliklari ma’lum bo‘lur edi. Bu kitobda bizning yozganlarimiz 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
368
boshqalarga qaraganda yuzdan biri ham kelmaydi. Xudoni sifat qilishdan bandalari ojiz 
qolgandek, Rasulullohni sifat qiluvchilar ham ojizdurlar. 
Ko‘zlarining nurini Xudo shundoq quvvatlik qilmish edikim, Me’roj kechasida Xudo 
jamolini ko‘rishga toqat qildilar. Holbuki, Muso alayhissalom Tur tog‘iga tushgan bir 
jilvaga tog‘ singari toqat keltirolmay, behush bo‘lib yiqildilar. 
Alloh taolo Qur’onda «Ma zag‘ol basaru va ma tag‘o» degan oyati bilan Rasulullohni 
sifatladi. Ya’ni, Me’roj kechasida ko‘rgan narsasidan Muhammad ko‘zi qamashmadi. 
Qamashgan ko‘z ersa, ko‘rgan narsasini aniqlay olmaydi. Muhammad ko‘zi Me’roj 
kechasida nima narsani ko‘rdi ersa, aniqlab ko‘rdi, demakdur. 
Rasululloh nimaga qarasalar, o‘shal narsani haqiqati bilan ko‘rar edilar. Kecha-kunduz 
barobar bo‘lib, tun qorong‘usi ko‘z nurlariga to‘sqinlik qilolmas edi. Oldidagi narsani 
qanday ko‘rsalar, orqadagi narsani ham shunday ko‘rar edilar. Ko‘rishda oldi-orqalari 
barobar edi. Imom Buxoriy, imom Muslim har ikkovlaridan bu to‘g‘rida rivoyat bordur. 
Bu ishlar ersa Rasulullohning mo’jizalaridandur. Har qanday ko‘zi o‘tkir odam Hulkarga 
qarasa, besh-olti yulduzdan oshiq ko‘rolmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
undan o‘n yulduz sanar edilar. 
Rasululloh yigirma uch yillik payg‘ambarlik davrlarida Jabroil alayhissalom bilan yigirma 
to‘rt ming marta ko‘rishdilar. Ammo o‘z suratida ikki qayta ko‘rdilar. O‘tgan 
payg‘ambarlarning hech birovlari Jabroil alayhissalomni o‘z suratida ko‘rolmadilar va ular 
oldiga uch mingdan ortiq kelmagan ekanlar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlari uzoqni ko‘rgandek, quloqlari ham 
yiroqdan eshitar edi. Tovushlari ersa uzoqqa yetar edi. Soyalari yerga tushmadi. 
Quyoshda, oydin kechalarda hech ko‘lankalari ko‘rinmas edi. Hojatga o‘ltirsalar oldi va 
orqalaridan chiqqan narsalarini yer yutib, hech kimarsa uni ko‘rolmas edi. 
Rasulullohning otalari Abdullohdan meros qolgan dodaklari Ummu Ayman shundoq 
rivoyat qilur: 
— Bir kecha uyqudan uyg‘onib, ko‘p chanqab ketgan ekanman, qarasam, uy burchagida 
bir ko‘zada suv turgan ekan. Uning xushbo‘y, xushmazaligidan chanqog‘im qongancha 
ichdim. Ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘zani to‘kib qo‘ygil, deb menga 
buyurdilar. 
— Yo Rasulalloh, u nima edi? Men uni ichib qo‘yganman, — dedim. 
Rasululloh kulib: 
— Ey Ummu Ayman, endi umring ichida qorin og‘rig‘i ko‘rmaydursan. Bu kecha turib u 
ko‘zachaga men kichik hojat chiqargan edim, — dedilar. 
Rasululloh aytganlaridek Ummu Ayman qorin og‘rig‘i va boshqa kasallardan umrida kasal 
bo‘lmadi. 
Hazrat Oisha onamiz: 
— Yo Rasulalloh, siz hojatga borasiz, ammo o‘ltirgan joyingizda hech narsa ko‘rmaymiz, 
— dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Yo Oisha, payg‘ambarlardan chiqqan narsa yer ustida qolmaydi, uni yer yutib 
yuboradi, — dedilar. 
Banka qo‘yish, qon olish ilgarigi arablarda ham bor edi. Rasulullohning qonlari 
ko‘payganlikdan boshlari og‘rib edi. Abu Tiyba degan kishi kelib qon oldi. Olib bo‘lgandan 
keyin Payg‘ambarimizning ammalari Safiya o‘g‘li Zubayr ibn Avvomning o‘g‘li Abdulloh 
ibn Zubayr hozir edi. 
— Qonni kishi ko‘rmagan joyga to‘kib kel, — deb unga buyurdilar ersa, Rasululloh 
qonlarini yerga to‘kishga ko‘zi qiymay o‘zi ichdi. 
Rasululloh undan: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
369
— Qonni nima qilding? — deb so‘radilar. 
— Ko‘mib tashlashga ko‘nglim bo‘lmay uni ichdim, yo Rasulalloh, — dedi. 
— Ey Abdulloh, o‘zingga ham qiyin bo‘ldi, kishilarga ham qiyin bo‘ldi, — deb unga ko‘p 
achindilar. 
Rasululloh aytganlaridek, shu qonni ichgandan so‘ngra himmati ko‘tarilib, shijoat-
bahodirligi ko‘paydi. Hazrati Muoviya o‘lgandan keyin Yazidga va boshqalarga itoat 
qilishga himmatlari qo‘ymay o‘zlari xalifa bo‘ldilar: Hijoz, yaman, Iroq, Xuroson 
mamlakatlari bu kishiga bay’at berishib, sakkiz yil xalifalikda turdilar. Ul chog‘da 
Abdulmalik ibn Marvon Shomda podsho edi. Hajjoj qo‘mondasida bu kishiga qarshi askar 
yuborib, har ikki xalifa o‘rtasida urush boshlandi. Shom askari Makkaga kelib, shaharni 
qamal qildilar. Urush uzoqqa cho‘zilib, Makka xalqi olti oy qamal ostida qoldi. Har 
yoqlama qiyinchiliklar bo‘lib, oxiri bu kishining tarafdorlari tarqalib ketdilar. O‘zi yolg‘iz 
qolguncha dushmanga qarshi urushib, eng so‘ngi kungacha chidamlik bilan turib 
shahodat topdi. Raziyallohu anhu. Onasi Asmo Abu Bakr Siddiq qizi, hazrat Oishaning 
opasi edi. 
Shahid bo‘lganida yoshi yetmish ikkida edi. Yetmish uchinchi hijriy tarixida bu voqea 
bo‘ldi. 
RASULULLOHNING AXLOQLARI 
Payg‘ambarimizning axloqlari haqida onamiz Oishadan sahobalar so‘radilar. 
Anda ul muhtarama: 
— Xulqlari Qur’ondir (ya’ni, Qur’on ko‘rsatgan yaxshi axloqlarning hammasi Rasulullohda 
bor edi),— dedilar. 
Alloh taolo Rasulullohni axloqlarini o‘zi maqtab Qur’onda shu oyatni keltirdi: «va innaka 
laala xuluqin azimin», ya’ni: «Sening xulqing ko‘p yaxshi, nihoyat ulug‘dir». Qisqasi 
shulki, Xudo yaratgan insonlardagi yaxshi sifatlarni kamoli bilan Rasulullohga ato qilmish 
edi. Ilmda, sabrda, sahovat, shijoat, adolatda kamoliga yetgan edilar. Shu sifatlardan 
birortasiga kishi ega bo‘lar ekan, uning nomi chiqib olamga mashhur bo‘lmishdur. 
Shundoqki, saxovatda Xotamning, adolatda Nushiravonning nomlari ko‘tarildi. Bulardan 
birisi adolatga, ikkinchisi saxovatga ega bo‘lmish edilar. Ammo Rasululloh Xudo yaratgan 
oliy sifatlarning barchasiga ega edilar. Chunki, Alloh taolo bu zotni butun olamga 
payg‘ambar qildi. Shundoq ulug‘ xizmatni bajarish uchun bu zotni komil qilib yaratdi. 
«Va allamaka ma lam takun ta’lam. Va kana fazlullohi alayka azima», ya’ni: «Bilmagan 
narsalarni Alloh senga bildirdi. Xudoning fazl karami senga nihoyat ulug‘dir». 
Bu oyatning mazmuniga qaralsa, Qur’onga iymon keltirgan har bir odam 
Payg‘ambarimizning daraja va martabalari Xudo oldida qandoq ulug‘ ekaniga yaxshi 
tushunadi. Allohning bandalariga bergan ne’matlari ichida eng ulug‘i aqldur. Bu ulug‘ 
ne’matni Xudo yaratganicha Rasulullohga berib, shu aql ne’mati orqalik butun fazli 
kamolga ega bo‘lib, ikki dunyo davlatiga ummatlarini erishtirmakka yo‘l ko‘rsatdilar. 
Xohi diniy, xohi dunyoviy har bir ishda kishilarning o‘zlariga qarab, aqliga yarasha 
muomala qilar edilar. Alloh taolo xalqni ichki va tashqi sifatlarini qoldirmay Rasulullohga 
bildirgan edi. Shunga ko‘ra ularga tarbiyat berar edilar, chunki bandalarning Xudo 
dargohiga loyiq bo‘lishlari uchun shaytoniy sifatlardan ularni pok qilib, hayvoniy 
sifatlarini isloh qilish lozimdur. Bu illatlarning tabibi, birinchi, payg‘ambardur. Xudo 
tarafidan keltirgan ruhoniy dorilari bilan insonlarning ichki-tashqi kufr, nifoq dardlariga 
davo qila oladilar. Payg‘ambarlardan so‘ngra avliyolar, haqiqiy olimlar bu xizmatni 
bajaradilar. 
Butun insonlarning hayot kechirishlarida ham zohiriy, ham botiniy, axloqlarini tuzatish 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
370
uchun Xudo tarafidan Rasululloh yuborilmish edilar. Shu uchun Alloh taolo xalqning 
ichki-tashqi yomon sifatlaridan Rasulullohni xabardor qilmish edi. Shunga ko‘ra har 
kimning dardiga qarab davoladilar. Muso alayhissalomga Alloh taolo zohiriy ilmini bergan 
edi. Ummatlarining qilgan ishlari shariat zohiriga kelsa, shunga qanoat qilar edilar. Alloh 
taolo Xizr alayhissalomga botin ilmini ato qilib, shunga amal qilishga buyurgan edi. 
Bizning Payg‘ambarimizga Alloh taolo har ikkovini ham berdi, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam xalqning zohiriga va botiniga qarab, muomala qilar edilar. Rasululloh 
muomalasi qo‘pol bo‘lgan a’robiylar bilan suhbatlashsalar, ularga ko‘rsatgan yaxshi 
axloq, yaxshi so‘zlar ta’siridan alar shu majlis o‘tmay turib, ko‘ngillari iymonga moyil 
bo‘lar edi. 
Tavrot olimlaridan Vahb ibn Munabbah aytdi: 
— O‘tgan payg‘ambarlarga Xudo tarafidan berilgan kitoblardan yetmish bittasini o‘qib 
tushirdim. Rasulullohning sifatlarini shularning hammasida ko‘rdim. Xudo tomonidan 
Rasulullohga berilmish aql oldida boshqalarning aqllari daryodan bir tomchi suv misoli, 
deb yozilganini o‘qidim. 
Allohning odati shuldurki, qaysi bandasiga aqlni ko‘proq berar ekan, shunga yarasha 
qolgan yaxshi fe’l-xuylarni ham unga ko‘proq beradi. Kishi xulqining kengligi ham, uning 
aqlining kengligiga yarasha bo‘ladi. Shuning uchun Rasulullohning oldida biror kishini 
maqtasalar, uning aqli qandoq ekan, deb so‘rar edilar. Endi Rasulullohning aqllari 
qandoq kamoliga yetgan bo‘lsa, u zotda bo‘lgan boshqa sifatlari ham shundoq kamolga 
yetgan edi. 
— Kishining iymoni sabr bilan kamolga yetadi. Jasadga bosh qanday zarur bo‘lsa, 
iymonga sabr shunday zarurdir, — dedilar. 
Rasulullohga payg‘ambarlik kelgandan so‘ngra o‘n uch yil Makkada turdilar. Bu muddat 
ichida Makka mushriklari, Quraysh kofirlari Rasulullohga ko‘rsatmagan kulfatlari, 
qilmagan jabr-jafolari qolmadi. Shularning bariga sabr qildilar. Haqiqatda ham o‘tgan 
payg‘ambarlardan hech qaysilari o‘z qavmlaridan Rasulullohdek qattiq aziyatlar 
ko‘rmagan edilar. Ayniqsa, himoyatchi amakilari Abu Tolib, g‘amguzor yori mehribonlari 
onamiz Hadicha ikkovlarining vafotlaridan keyin yeru ko‘k titragudek, yuraklar 
ezilgudek, ko‘zlar qon yig‘lagudek aziyatlar ko‘rib, sabr-sabot bilan barini o‘tkazdilar. 
Bularning har birini o‘rni bilan yuqorida bayon qilib o‘tdik. O‘quvchilarga ma’lumdirkim, 
Uhud tog‘ida bo‘lgan urushda ersa kofirlar muborak boshlarini yorib, tishlarini sindirdilar. 
Butun tanlarida tig‘ tegmagan, jarohat bo‘lmagan joylari qolmagan edi. Hazrati Ali va 
Hazrati Fotima yig‘lab turib bosh ko‘zlaridan qonlarini yuvdilar. Oqqan qonlarini yerga 
tushirmay, o‘zlari artib turdilar: 
— Agar bir qatra qonim yerga tushsa, osmondan azob tushib, hammani halok qilur, — 
dedilar. 
Bu ishga sahobalar chidayolmay: 
— Yo Rasulalloh, duo qiling yer ustida kofirlar qolmay qurisinlar, — dedilar ersa, 
Rasululloh: 
— Men xalqqa Xudodan la’nat yog‘dirishga kelmadim, — deb, alar haqlariga shunday 
duo qildilar: 
— Ey bor Xudoyo, bularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilib, gunohlarini kechirgil. Bular 
bilmaydilar, bu ishni bilmaslikdan qiladilar. 
Rasululloh o‘zlariga tegishlik narsalarda, ya’ni o‘z haqlari bo‘lib, o‘zlarini ranjitib, aziyat 
bergan kishilarning xatolarini afv etib, gunohlarini kechar edilar, ammo Xudo amrini 
buzib, shariat hukmini xor tutgan kishilarga qattiq g‘azablari kelur edi. 
Handaq urushida mushriklar hujum qilib, namoz o‘tashga fursat bermadilar. 
Rasulullohning namozlari shu kuni qazo bo‘ldi. Shunda g‘azablari kelib: «Bular bizni 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
371
namozdan qoldirdi. Alloh ularning qorinlarini, qabrlarini o‘tga to‘lg‘azsin», deb 
qarg‘adilar. Bu g‘azablari ersa o‘zlari uchun emas, balki Xudo uchun edi. Ammo boshlari 
yorilib, tishlarining sinishi o‘z haqlari bo‘lgani uchun uni afv qildilar. 
Shuni ham bilmoq kerakkim, har bir insonning yetmish uchta yaxshi qilig‘i bo‘lib, 
bularga qarshi yana shuncha yomon qilig‘i ham bordur. Farishta, aql, din — bu uch 
narsa insonni doim yaxshilik tomoniga tortadilar. Nafs, shayton, kufr — bular esa doim 
uni yomonlikka boshlaydi. Mo‘min odam doim shu ikki tortishuv orasida turganlikdan 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buni «ulug‘ jihod» deb atadilar. Qachonki 
mo‘min banda bu jihod maydonida g‘alaba qozonib, yetmish uch yomon fe’llarini o‘zidan 
chiqarib tashlab, ulardan ko‘nglini xoli qilsa, ular o‘rniga yetmish uch yaxshi xislatlarni 
o‘rnata olsa, u odamning iymoni komil bo‘la oladi. Inson shul maqomga yetdi ersa, 
avliyolikning birinchi darajasiga qadam qo‘ygan bo‘ladi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam halimliklari shu sifatning eng oliy darajasiga yetgan 
edi. Shundoqki, Rasululloh Zayd ibn Sa’nah degan madinalik yahudiyga xurmo 
bermoqchi bo‘lib undan pul oldilar. Bir necha kunga muhlat bergan edi. Va’dasi to‘lmay 
turib yahudiy xurmo so‘rab keldi. Rasulullohning yoqalaridan ushlab: 
— Ey Muhammad, haqimni shu choqqacha nega bermaysan? Hoshimiylar muomalasi 
yaxshi emas deb eshitgan edim, to‘g‘ri ekandur, — dedi: 
Hazrati Abu Bakr Siddiq boshliq barcha ulug‘ sahobalar shu yerda edilar. Hazrati 
Umarning g‘azablari kelib:  
— Ey Xudo dushmani, sizlar bilan o‘rtamizdagi ahdnomaning buzilishidan qo‘rqmasam 
edi, boshingni hozir kesib tashlar edim, — deb qilichiga qo‘l sundi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kulimsirab: 
— Ey Umar, bu ikkovimizga aytish uchun mundin yaxshiroq so‘z bor edi. Meni yaxshi 
muomala qilib berishga va uni yaxshi gapirib olishga buyurgil. Va’damizga uch-to‘rt kun 
bor edi. Endi, ey Umar, muning haqqini sen berib tugatgil. Uni qo‘rqitganing uchun 
yigirma so’ oshiqcha xurmo qo‘shib ber, — deb buyurdilar. 
Bu so‘zni eshitgach, yahudiy hayron bo‘lib: 
— Ey Muhammad, Tavrot, Injilda oxirzamon payg‘ambari sifatlarini o‘qib edim, ularning 
hammasi senga to‘g‘ri kelgan edi. Sinalmagan yolg‘iz shu ish qolmish edikim, kitobda 
deyilmishdur: «O‘zi uchun g‘azabi kelmagay». Endi buni ham sinab ko‘rdim. Sening 
oxirzamon payg‘ambari ekanligingda hech qanday shubha qolmadi, — deb shu vaqtda 
darhol iymon keltirdi. 
Yana Anas ibn Molik rivoyat qilib aytdi: 
Bir kuni Rasululloh bilan birga borayotib edik. Bir a’robiy ketimizdan kelib
Rasulullohning yoqalaridan tutib qattiq tortdi. Uning silkib tortganidan bo‘yinlaridagi rido 
chetlari botib, izlari tushdi. So‘ngra ul a’robiy: 
— Ey Muhammad! Ikki tuya yuki menga don bergil, uni o‘z molingdan yoki otangdan 
qolgan moldan so‘ramayman. Zakot, sadaqaga yig‘ilgan xudoning molidan so‘rayman, — 
dedi. 
Rasululloh unga kulib: 
— To‘g‘ri aytursan, mendagi mollar hammasi Xudoning molidur. Men Xudoning quli 
erurman, biroq sen qilgandek men ham sening yoqangdan tutib, silkib qasosimni 
olurman, — dedilar ersa, 
A’robiy aytdi: 
— Men bilurman, sen bunday ish qilmagaysan, yomonlik qilgan kishilarga yaxshilik 
qilgaysan. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga bir tuya xurmo, yana bir tuya arpa 
berishga buyurdilar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
372
Onamiz Hazrati Oisha raziyallohu anho aytadurlar: 
Rasululloh o‘zlariga yetgan zulm uchun hech kimdan qasos olmadilar. Balki hammani afv 
qilib, gunohlaridan kechar edilar. O‘z oilalariga, boshqa hech bir odamga til, qo‘llari 
tegmay dunyodan o‘tdilar. Kishilar bilan qilgan muomalalari, ularga qilgan yaxshi 
odatlari hammaga yoqimlik edi. Rasululloh bilan suhbatlashgan kishilar: 
«Rasululloh hech kimni bizdan ortiq yaxshi ko‘rmasalar kerak», deb o‘ylashar edi». 
Sahiyliklari to‘g‘risida hazrati Jobir shunday aytadur: 
«Rasulullohdan kim bir narsa so‘rasa «yo‘q» deganini eshitmas edik. Ayniqsa, Ramazon 
kunlarida boshqa kunlardan ko‘proq Jabroil alayhissalom bilan ko‘rishar edilar. Ana shu 
chog‘da Rasulullohning saxovatlari, shamol esganda barchaga barobar tekkanidek, 
hammaga bir tekis yetib turar edi. 
Bir a’robiy kelib: 
— Yo Rasulalloh, bir tuyaga muhtoj bo‘lib qoldim. Shuni sizdan so‘rab keldim, — dedi. 
Shu kuni unga bergudek hech narsalari yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, yo‘q demasdan: 
— Menim ustimdan o‘zingga yaragudek bir tuya sotib ol. Bahosini men to‘layman, — 
dedilar. 
Anda Hazrati Umar: 
— Yo Rasulalloh, qo‘lda yo‘q narsa bo‘lsa, qarz qilib birovga berishga Xudo 
buyurmagandur, — dedi. 
Rasulullohga bu so‘z yoqmadi. 
Anda ansorlardan biri: 
— Yo Rasulalloh, Xudo yo‘lida ayamay sarf qilabering, Arsh egasi ulug‘ Alloh hech 
qachon sizni unutmaydi, — dedi. 
Muning so‘zini anglab, suyunganlaridan kulib: 
— Alloh meni shunday qilishga buyurgandur, — dedilar. 
Rasululloh collallohu alayhi vasallamning Toif, Hunayn g‘azotlarida tushgan hisobsiz o‘lja 
mollarni taqsim qilishlari, qonlariga tashna bo‘lgan dushman askarlariga ko‘rsatgan 
mehribonchiliklari saxovat va muruvvat bobida qandog‘ ulug‘ darajada ekanliklariga 
ochiq dalildur. Bularning har birini o‘z o‘rnida yozib o‘tganmiz.  
Ammo Rasulullohning shijoat-bahodirliklari bo‘lsa, hammaga ma’lum edi. Bu ulug‘ sifatni 
ham Alloh taolo kamoli bilan Payg‘ambarimizga bermish edi. Xudo yo‘lida bo‘lgan 
urushlarda o‘zlaridan uch-to‘rt barobar ortiq dushman qarshisida tog‘dek tebranmay 
turar edilar. O‘zlari bosh bo‘lib chiqqan urushlarning hech qaysisida bir qadam ham 
orqaga chekinmadilar. Har qanday katta bahodir bo‘lsa ham urush maydonida olg‘a 
intilish, orqaga chekinish bo‘lmasga chora yo‘qdur, yolg‘iz Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hech bir urushda orqaga qaytmadilar. Yo urush o‘rnini saqlab turdilar, yoki 
oldinga qarab qadam qo‘ydilar. 
Hazrati Ali aytur: 
— Urush maydoni qizishib, bahodirlar hayqirishib, qo‘rqoqlar yuragi bo‘g‘ziga tiqilib 
kelgan qo‘rqinchlik chog‘larda hammamiz Rasulullohga qarab qolur edik. Oldimizga 
tushib, dushmanga eng yaqin turar edilar. Biz Rasulullohni pana qilib urushar edik. 
Yana Rasululloh bek hayoli edilar. Hayo iymonning yo‘ldoshi, iymon daraxtining eng 
ulug‘ shoxi erur. Abu Sa’id Hudriy rivoyat qilur: «Pardasidan chiqmagan qizning 
hayosidan ham Rasulullohning hayosi kuchli edi. Ko‘p so‘zlarni kishilar yuziga aytmasdan 
uyalib gapirmasdilar. Agar birorta kishi noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, darhol uni yuziga solib, 
otini aytmas edilar. Balki falon qavm, yo ba’zi kishilar nega shunday qiladilar, degan so‘z 
bilan ul ishning to‘g‘ri emasligini bildirardilar». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyat xushqiliq, istaralari issiq, qarasang 
kulimsirab turgan, so‘zlari silliq, kishiga yoqimlik, ochiq yuzlik, keng ko‘ngillik, chin 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling