Tarixi muhammadiy


QIRQ TO‘QQIZINCHI MO’JIZA


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59

QIRQ TO‘QQIZINCHI MO’JIZA 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
346
Rasulullohning g‘aybdan xabar berishlaridur. G‘ayb ishlarini Allohdan o‘zga hech kim bila 
olmag‘ay. Agar payg‘ambarlar, avliyolar g‘aybdan so‘z aytgan bo‘lsalar, albatta ularga 
Xudo tarafidan bildirilgan bo‘lur. Shuning uchun bularning g‘aybdan aytgan so‘zlari hech 
xato chiqmagay. Bu ersa ularning Xudo yuborgan payg‘ambar ekanliklariga ochiq 
dalildur. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridan keyin keladigan, bo‘ladigan yaxshi-
yomon ishlardan xabar berganlar.  
Hazrati Huzayfa shunday rivoyat qilur: 
«Bir kuni Rasululloh xutba o‘qib, va’z aytdilar. Qiyomatgacha bo‘lib o‘tadigan ishlardan 
gapirdilar. U so‘zlarni tutganlar, tutib qoldi, ko‘plari unutib qo‘ydi. Ummatlari ustiga 
kelgan fitnalar esa Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Qolganlari ham kelasi kunlarda 
albatta shunday bo‘lg‘usidur. Rasululloh aytgan g‘ayb xabarlarini hadis olimlari o‘z 
kitoblarida bayon qilibdurlar. 
Hazrati Umar, Hazrati Usmon, hazrati Ali uchovlari shahodat topishlarini xabar bergan 
edilar. Rasululoh aytganlaridek, uchovlari ham shahid bo‘ldilar. 
— Mendan keyin ko‘p zamon o‘tmay ummatlarim Eron, Rum xazinalarini taqsim qilg‘ay, 
— dedilar. 
Hazrati Umar xalifalik davrida Islom askari bu ikkala mamlakatlarni fath qilib, 
xazinalarini Rasululloh aytganlaridek taqsim qildilar. U zamonda Fors (Eron) podshohi 
Kisro, Rum podshosi Qaysar edi. 
— Ikkinchi Kisro chiqmagay, Rum qoldig‘i bo‘lg‘ay,— dedilar. 
Ul zot aytganlaridek, Eron podsholigi yo‘qoldi. Rum podsholigi shu kungacha saqlanadi. 
— Usmon o‘ldirilsa, fitna qilichi sug‘urilgay, uning qoni Qur’on oyati 
«Fasayakfiykahumullohu» ustiga to‘kilgay, — dedilar. 
Rasululloh aytganlaridek fitnachilar Hazrat Usmon uylariga bosib kirib, qilich urganlarida, 
o‘qib o‘ltirgan Qur’onlari oldilarida edi. Qonlari oyat ustiga to‘kildi. Hazrati Usmon 
o‘ldirildi ersa, fitna qilichi sug‘urildi. Jamal urushi, Siffin urushlari chiqdi. Sahobalar 
o‘rtasida ko‘p qonlar to‘kildi. Oxirida hazrati Ali xalifa bo‘lib Ko‘fada qoldi. Muoviya 
Shomda podsho bo‘lib o‘lturdi. 
Yana Rasululloh aytgan edilar: 
— Mendan keyin o‘ttiz yil xalifalik bo‘lg‘ay. 
Hazrati Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy, hazrati Umar o‘n yilu olti oy, hazrati Usmon o‘n 
ikki yil, hazrati Ali to‘rt yilu to‘qqiz oy, imom Hasan olti oy xalifa bo‘ldilar. Bu 
beshovlarining xalifalik davrlari o‘ttiz yil bo‘lib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. 
Rasululloh: Mundin keyin tishlagich podsholar andin so‘ngra zolim podsholar bo‘lg‘ay, 
qonxo‘rlar chiqqay: deb o‘zlaridan keyin qiyomatgacha chiqadigan fitnalardan xabar 
berdilar. Fitna boshliqlarining otlarigacha, ularning urug‘-aymoqlarigacha aytdilar. 
Yana ul zot: 
— Menim ummatlarim rohatga berilib, o‘limdan qo‘rqib jihodni tashlasalar, Islom birligini 
buzib o‘zaro ittifoq bo‘lmasalar, boshqalarga yem bo‘lib, och kishilar oldiga qo‘yilgan bir 
tovoq oshdek bo‘lg‘aylar. Har qaysilari undan to‘yguncha yeyishurlar. Qur’on ko‘rsatgan 
yo‘llarga qaytmaguncha, menim izimga kelib tushmaguncha bu talon-tarojdan 
qutulolmay, bu xorlikdan boshlari chiqmagay, — dedilar. 
Yana bir rivoyatda: 
— Kofirlar ummatlarimni o‘rtaga olishib talashgaylar. Och bo‘rilar oldiga qo‘yilmish 
qo‘ydek bo‘lg‘aylar, — demishlar. 
Anda bir sahoba turib: 
— Yo Rasululloh, u zamondagi ummatlaringiz ozliklaridan bu xorlikka qolgaylarmu? — 
dedi. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
347
Rasululloh aytdilar: 
— Andagi ummatlarimning son-sanoqlari ko‘pdir, lekin ittifoqlari, ummatlik sifatlari 
yo‘qdur. Alar dunyoni sevguvchi, rohatparast bo‘lg‘aylar, o‘limdan qo‘rqib, jihodni 
tashlagaylar. Shuning uchun ular xorlikka qolg‘aylar. 
Mana Rasululloh aytmish och bo‘rilar ersa, ilmu hunar quroliga ega bo‘lmish 
ovrupolilardir. Osiyo, Afriqo musulmonlari 500 yildan beri bular tirnog‘i ostida ezilib 
kelmoqdadurlar. Sakson-to‘qson milyonlik Indoneziya musulmonlarini olti milyonlik 
Gollandiya 300 yildan beri mustamlaka qilib kelmoqda. Butun Hindiston xalqi yaqindagi 
ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakalikdan qutildi. Yana haligacha bu och 
bo‘rilardan qutula olmagan sharqiy, g‘arbiy musulmonlar ko‘pdir. Lekin ozodlik eshigi 
ochildi. Butun dunyo xalqiga uyg‘onish davri kelib, qutilish kunlari yaqinlashdi. (Asar 50-
yillarda yozilganligini eslatamiz — Muharririyat). 
Yana Rasululloh: 
— Mendan keyin o‘ttizga yaqin yolg‘onchi payg‘ambarlar chiqqay. Bular ichida to‘rttasi 
xotinlardur. Eng so‘ngisi Dajjol Laindur, — dedilar. 
Rasululloh aytganlaridek, o‘zlaridan so‘ngra arablardan o‘ttizga yaqin kishi payg‘ambarlik 
da’vosini qildi. Ulardan to‘rttasi xotinlar edi. 
Yana bir kuni sahobalardan bir qanchalari masjidda o‘ltirishgan edi, alarga qarab 
Rasululloh aytdilar: 
— Sizlardan eng keyin o‘lgan kishi o‘tda qolur. 
Sahobalarga bu so‘zdan qattiq qo‘rqinch tushdi. Payg‘ambarimiz aytgan o‘t tamug‘ o‘ti 
bo‘lsa kerak, deb qo‘rqinch tushgan edi. Sahobalardan bir nechalari vafot topib oxiri Abu 
Hurayra, Samura ibn Jundub, Huzayfa uchovlari yolg‘iz qoldilar. So‘ngra Huzayfa ham 
vafot qilib, Abu Hurayra bilan Samura qoldi. Bu ikkovlari ersa qaysi birimiz keyin o‘lar 
ekanmiz, deb bek qo‘rqishar edilar. Shu orada Abu Hurayra o‘lib, Samura yolg‘iz qoldi. U 
qo‘rqinch bilan bir qancha umr kechirdi. Bir kuni o‘choq oldida o‘ltirib olovda isinmoqda 
edi. Nima bo‘ldiyu olovga yiqilib ketdi. Boshqa kishi bo‘lmagach, turishga darmoni 
qolmay shu joyda vafot etdi. Shunda bildilarkim, Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamning aytgan o‘tlari, dunyo o‘ti ekandur. Eng keyin o‘lgan kishi o‘tda qolur 
deganlari to‘g‘ri keldi.  
Abu Hurayra rivoyat qiladi: 
— Sahobalardan bir jamoa odam to‘planishib o‘ltirib edik, ustimizga Rasululloh keldilar. 
So‘ngra bizga qarab aytdilarkim, shu o‘ltirgan kishilardan birisining tishi do‘zaxda Uhud 
tog‘idan ulug‘roq bo‘lur. 
Buni anglab to‘planganlarning bariga qo‘rqinch tushdi. Rasulullohning vafotlaridan keyin 
arablardan ko‘p qabilalar dindan qaytib murtad bo‘ldilar. Hazrat Abu Bakr Siddiq xalifa 
bo‘lgandan so‘ngra ularga qarshi askar yubordilar. Shu chog‘da o‘shal jamoatdan ikki 
kishi bor edik. Qolganlari ersa vafot topmish edilar. Shu askarga qo‘shilib ikkovlari ham 
bordilar. Rasululloh aytgan so‘zlaridan ko‘ngillarida qattiq qo‘rqinch bor edi. Yamoma 
degan joyga kelganimizda ikki taraf qo‘shin bir-biriga yo‘liqib, saf tortishib, urush 
boshlandi. Shu kuni mening yo‘ldoshim murtad bo‘lib, dushman safiga qo‘shilib ketdi va 
u shu urushda o‘ldirildi. Bundan bir necha yil ilgari Rasulullohning bergan xabarlari shu 
kishiga to‘g‘ri kelib, alhamdulilloh, men qutulib qoldim. 
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
— Islom hukumati Quraysh qo‘lida bo‘lg‘ay. Agar Qur’onga amal qilib, dinlarini tuta 
olsalar, bu davlatdan hech ajramagaylar. 
Rasululloh aytganlaridek, Quraysh xalqi dunyo rohatiga berilib, dinlarini yaxshi 
tutolmagach, davlatlari boshqa musulmonlarga o‘tdi. Ayniqsa, turklar Islom xalifaligiga 
ega bo‘ldilar. Islomning ismi, Qur’onning xatigagina qanoat qilingach, yer ustidagi 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
348
musulmonlar Islom hokimiyatidan butunlay ajradilar. 
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 
— Saqif qabilasidan ikki kishi chiqqay: biri yolg‘onchi, ikkinchisi qonxo‘r. 
Tarix olimlarining aytishicha, Saqif qabilasidan chiqqan bu ikki kishi Muxtor ibn Ubayd, 
yana biri Hajjoj zolim edi. Rasulullohning aytgan so‘zlariga bu ikkovining qilgan ishlari 
to‘ppa-to‘g‘ridur. 
Ansor sahobalardan hazrati Hanzala Uhud urushida shahodat topdi. Shariat hukmida 
junub bo‘lmasa, shahid bo‘lgan kishi yuvilmas edi.  
Rasululloh: 
— Farishtalar Hanzalani bulut ustiga qo‘yib yuvayotganlarini ko‘rdim. Nima ishdur, uning 
holini xotinidan so‘ranglar-chi, u bilsa kerak, — dedilar. 
Anda aning xotinidan sababini so‘ragani kelishdi ersa, xotini: 
— Unga g‘usl lozim bo‘lib, bajarmak uchun o‘rnidan yangi turganida Rasulullohning 
chorloqchisi keldi. G‘usl qilgunimcha kechikib qolurman, deb shoshilganicha qilichini olib 
ketgan edi, — dedi. 
Qarasalar, yangi yuvgandek Hanzalaning sochlaridan suv oqib turibdur. Rasululloh 
Sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek uni farishtalar yuvgani ma’lum bo‘ldi, qaytadan 
yuvishga buyurmadilar.  
Rasululloh: 
— Oxir zamonda mening olim ummatlarim o‘lib-o‘lib tugagaylar. Din ilmi yerdan 
ko‘tarilg‘ay, olimlar o‘rinlarida ilmsiz johillar o‘ltirgaylar. Avomlar ersa din yo‘lini 
shulardan so‘ragaylar. Alarda ilm bo‘lmagach, xato javob berib, o‘zi yo‘ldan ozib, 
boshqalarni ham yo‘ldan ozdirgaylar. Shu bilan oxiri iymon Madinaga qarab qochar, — 
dedilar. 
Mana ko‘p yillardan beri bu ish davom etib kelmoqda. Hozirgi kunlarda esa naq shuning 
ustida turamiz. 
Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati imom Hasanni yoshligida erkalatib: 
— Bu mening o‘g‘lim ulug‘ darajalik sayyiddur. Musulmonlar orasida mendan keyin 
chiqqan fitnani shu o‘g‘lim bosgay. Buning himmati bilan ikki musulmon qo‘shinni qonlari 
nohaq to‘kilishidan saqlagay, — dedilar. 
Rasululloh aytganlaridek, hazrati Ali shahodat topgandan keyin, otalari o‘rnida olti oy 
xalifa bo‘lib turdilar. U kunlar hazrati Muoviya Shom viloyatiga amir edi. Imom Hasandan 
xalifalikni olish uchun ustiga Shomdan qo‘shin tortib keldi. Eron askarini olib imom 
Hasan qarshi chiqdilar. Har ikkala tarafdan bir yuz ellik mingdan askar bor edi. Mana shu 
chog‘da imom Hasan qon to‘kishdan saqlanib, xalifalikni o‘z ixtiyori bilan Muoviyaga 
topshirdi.  
ELLIGINCHI MO’JIZA 
Habashiston podshosi Najoshiy vafot topdi. Bu odam Rasulullohni ko‘rmay turib o‘z 
yerida iymon keltirgan edi. Madinaga hijrat qilmasdan ilgari sakson necha sahoba 
Rasululloh amrlari bilan shu yoqqa hijrat qilgan edilar. U yoqqa borgan musulmonlarni 
o‘z himoyasiga olib, ularga ko‘p yaxshilik qildi. Najoshiyning vafoti Rasulullohga vahiy 
orqali ma’lum bo‘lmish edi. Sahobalar bilan unga g‘oyibona janoza namozini o‘qidilar. 
Shuning uchun imom Shofi’iy g‘oyibdan janoza o‘qimoqni sunnat dedilar. Ammo imom 
A’zam mazhabida g‘oyibga janoza o‘qimoq durust emasdur. Bu ersa Rasulullohga 
xosdur, dedilar. Chunki boshqalarga mayit g‘oyib bo‘lsa ham, Rasulullohga hozirdur. 
Oldilariga janoza keltirilgan edi, mayitni ko‘rib turib janoza o‘qidilar. Bu esa 
Rasulullohning mo’jizalaridan edi.  

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
349
ELLIK BIRINCHI MO’JIZA 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk g‘azotiga ketayotganlarida ulug‘ 
sahobalardan Abu Zar G‘iforiyning mingan tuyalari charchab, yurolmay askardan ajrab 
keyin qolmish edi. Bu to‘g‘rida Rasulullohga xabar qildilar ersa: 
— Agar uning yaxshilikdan nasibasi bo‘lar ekan, ortimizdan yetib kelgay, — dedilar. 
Tuyasi yurolmagach, Abu Zar yukini yelkasiga qo‘yib askar ortidan yo‘lga tushdi. Kun 
issiq, yo‘l yurish qiyin edi. Rasululloh bir manzilga tushib edilar, yiroqdin bir kishi qorasi 
ko‘rindi: 
— Abu Zar bo‘lg‘ay, — dedilar. 
Haqiqatan qarasalar Abu Zar ekan. 
— Abu Zarni Alloh yorlaqasin, yolg‘iz yurib, yolg‘izlikda o‘lar. Qiyomatda yolg‘iz tirilgay, 
— dedilar. 
Hazrat Usmon xalifalik zamonlarida Abu Zar ul kishi bilan kelisha olmaganlikdan Makka 
bilan Madina oralig‘idagi Rabza degan joyga surgun qilindi. U yerda qo‘shni bo‘lgudek 
hech bir kishi yo‘q edi. 
Rasululloh aytganlaridek Abu Zar G‘iforiy shu yerda yolg‘izlikda yashab vafot etdi, 
raziyallohu anhu. 
ELLIK IKKINCHI MO’JIZA 
Yana Rasululloh: 
— Quddusi sharifni kofirlar bosib olgaylar, u joyga oliy imoratlar solgaylar, bu yerning 
obod bo‘lishi Madinaning xarobligidur. Madina xarob bo‘ldi ersa dunyo urushi boshlanib, 
qirg‘in bo‘lur. Buning bo‘lishi ersa, Qunstantaniya fathining alomatidur, — dedilar. 
Ma’lumdurki, ikkinchi jahon urushidan keyin Quddus shahri yahudlarga o‘tdi. Bu shahar 
hazrati Umar davrida olingandan beri kofirlar qo‘liga bunday tushmagan edi. Endi 
Rasulullohning xabar berishlaricha, bu shaharning obod bo‘lishi Madinaning vayronligidir. 
Boshqalari ham albatta Rasululloh aytganlaridek bo‘lg‘usidur. Chunki ko‘z oldimizdagi 
bo‘layotgan alomatlar esa buning belgisidur. Bulardan boshqa Rasulullohning shu 
to‘g‘rida aytgan so‘zlari bek ko‘pdir. Agar ularni qoldirmay yozmoqchi bo‘lar ekanmiz, ul 
juda katta kitob bo‘lur. Yozg‘onlarimiz ersa boshqa tafsir, hadis kitoblariga qaraganda 
xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich olgandek ko‘rinur. Oz bo‘lsa ham 
ko‘nglida zarrachalik iymon nuri bor kishilar uchun bu so‘zlarimiz yetarlidur. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
350
HAJJATUL VADO' 
 
HAJJATUL VADO’ 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga to‘lganlarida yer ustidagi barcha 
insonlarga va ham jinlarga payg‘ambar bo‘ldilar. O‘n uch yil Makkada turgandan so‘ngra 
bu yerdan Madinaga hijrat qilib ketmakka Allohdan amr bo‘ldi. Makkada turgan muddat 
ichida kofirlar bilan jihod qilishga Xudodan buyruq bo‘lmagan edi, balki ulardan har 
qancha kulfat ko‘rsalar ham sabr qilmoqqa buyurilmish edilar. Rasulullohning o‘zlariga 
va sahobalariga kofirlar tomonidan har qancha jabr-jafo yetsa ham unga sabr qilmoqdan 
boshqa choralari yo‘q edi. Chunki u chog‘da jihodning vaqti kelmagan, sharoiti to‘lmagan 
edi. Ularning qiynoqlari ostida o‘lgan kishilar ham bor edi. Ish shu holga yetganda ham 
kofirlarga qarshi qurol qo‘llanib, ular bilan urushmoqqa ruxsat yo‘q edi. 
Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelishlari bilan ishlar butunlay o‘zgardi. Avvalda ersa 
kofirlardan kim urushsa, shungagina qarshi jihod qilmoqqa buyurilgan edi. Keyinroq 
jihod sharoiti to‘liqlashgandan keyin butun kofirlarga qarshi jihod qilmoq musulmonlarga 
farz bo‘ldi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bosh bo‘lib, yigirma yetti marta jihod 
safariga chiqdilar. Qolganlariga esa askar yubordilar. Hijratning yettinchi yilida 
Arabistonga chegaradosh bo‘lgan barcha podsholarga Islomga da’vat qilib noma 
yozdilar. Sakkizinchi yili Makka fath bo‘lgach, Quraysh mushriklari Islom dinini qabul 
qildilar va shu yili barcha arab qabilalaridan Rasulullohga elchilar keldi. Bular orqali 
Islom dini butun Arabistonga tarqaldi. 
Hijratdan o‘n yil o‘tgandan keyin Alloh amri bilan o‘sha yili haj qilmoqchi bo‘ldilar. 
Madina atrofidagi musulmonlarni xabarlagach, yuz mingdan ortiq kishi yig‘ildi. Hijratning 
o‘ninchi yili zulqa’da oyidan olti kun qolganda, payshanba kuni ertalab yo‘lga chiqdilar. 
Islom dinida haj farz bo‘lgandin keyin Rasulullohning birinchi qilgan hajlari shul edi. 
Shuning uchun munga «Hajjatul Islom» deb nom qo‘ydilar. Rasululloh shu hajda 
ummatlari bilan xayrlashganlari, vidolashganlari uchun buni «Hajjatul vido’» deb ham 
atadilar. Shundan so‘ng haj qilmoqqa umrlari yetmadi. Eng oxirgi qilgan hajlari shul 
bo‘ldi. Hamma onalarimiz bu safarda birga edilar. Onamiz hazrati Oishaning mingan 
tuyalari yuradigan, o‘zi yengil, yuki kamroq bo‘lib, Safiyaning mingan tuyasi yuki ko‘proq 
bo‘lib, askarga yetishib yura olmas edi. Shuning uchun Rasululloh hazrati Oishaga kelib 
yumshoqlik bilan: 
Ey Oisha, sen mingan tuyaning yengil ham o‘zi yuramoldir. Safiyaning mingani esa 
yuki og‘ir, o‘zi qashang ekan. Askarga yetib yura olmay qoldi, unga qarab qo‘shin yurishi 
ham sekinlashdi. Shuning uchun yukinglarni almashtirmoqchi bo‘ldik, — dedilar.  
Oishaning achchig‘i kelib: 
— Siz o‘zingizni Allohning payg‘ambari bilasiz, na uchun adolat qilmaysiz? — dedi. 
Hazrati Abu Bakr Siddiq shu yerda bor edi. Bu so‘zga g‘azabi kelib, qizlari Oishaning 
yuziga bir tarsaki urdilar. Buni Rasululloh og‘ir olib, uni yomonladilar.  
Anda Abu Bakr Siddiq: 
— Yo Rasulalloh, buni aytgan so‘zini eshitmadingizmi? — dedilar. 
— Eshitdim, lekin kundoshlik ustida gapirgan xotinlar esa, so‘zning o‘y-chuquriga 
qaramaydilar, — dedilar Rasululloh. 
Bu safarda Rasululloh bilan Abu Bakr Siddiq ikkovlari qo‘shdosh (birga) edilar. Makka 
yo‘lida Arj degan joyga karvon kelib yetdi. Ertalab turganda qarasalar, oziq-ovqat 
yuklangan tuyalari yo‘q. Bu tuya esa xizmatchi qulning qo‘lida edi. 
— Tuyang qani? — deb so‘rasalar: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
351
— Kechadan beri izlab topolmadim, — dedi. 
— Bir tuyani kutolmay, yo‘qotib o‘ltirgan qanday kishisan? — deb Abu Bakr Siddiq qulni 
qamchi bilan urdilar ersa, Rasululloh: 
— Manovi ehromlik kishining qilayotgan ishini ko‘ringlar? — deb, boshqa gapirmay 
kulimsirab qo‘yib, haj safaridagi kishilarga bu xildagi ish durust emasligini bildirdilar. 
Sahobalardan ba’zi birlari eshitib darrov taom tayyorlab, Rasululloh oldilariga keltirishdi. 
Abu Bakr Siddiq ersalar, tuyalari yo‘qolgani alamiga achchig‘lanib o‘ltirgan edilar: 
— Ey Abu Bakr, o‘zingni ko‘p koyitma. Har ish sen bilan biz aytgandek bo‘lavermaydi, 
munga sendan ko‘proq bu o‘g‘il xafadur. U yo‘qolgan taom o‘rniga Xudo undan 
yaxshirog‘ini yetkizdi, kelgil, — dedilar Rasululloh. 
Shu orada Safvon ibn Mu’attal yo‘qolgan tuyani yuklari bilan topgan ekan, yetaklab 
kelib, chodir oldiga cho‘ktirdi. Bu odam askar ortida yuradigan chindovul bo‘lib, esdan 
chiqqan, qolgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ib yurish uning vazifasi edi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Abu Bakr, yuklaringni qarab ko‘rgilchi, yo‘qolgan hech narsa bormi? — dedilar. 
— Yo Rasulalloh, bari narsamiz tugal ekan, yolg‘iz suv ichib yurgan bir idishimiz yo‘q, — 
deganida xizmatchi o‘g‘il: 
— U narsa menda, mana, — deb ko‘rsatdi. 
Bu yerdan chiqqach, yurib o‘ltirib bir necha kun ichida Makkaga yetib, tushga yaqin 
shahar ichiga kirdilar. Rasulullohning dastlabki qilgan ishlari Baytullohni tavof qilish 
bo‘ldi. Ka’bani yetti marta aylanib, tavofni tugatgandan keyin Maqomi Ibrohimda ikki 
rakat tavof namozini o‘qib, so‘ngra zam-zam qudug‘idan suv ichdilar. Quduqdagi suvga 
og‘izlarini chayqab, yana uni qaytarib zam-zam qudug‘iga to‘kdilar. Quduqdan suv tortib 
bergan kishi amakilari hazrati Abbos edi. 
Anda Rasululloh: 
— Zam-zam suvini quduqdan o‘zim tortib olmoqchi edim. Mendan keyin ummatlarim 
quduqdan suv tortib ichishni sunnat deyishib talashib yurmasinlar, deb o‘zim tortmadim, 
— dedilar. 
So‘ngra Safo, Marva tog‘lari orasida yurib, u kunning ibodatini qilib tugatdilar. 
Qurbon oyining sakkizinchi kuni «Yavmu tarviya» deyiladi. Shu kuni Makkadan chiqib 
Mino tog‘iga borib yotmoq sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulug‘ jamoat 
bilan Minoga kelib shunda yotdilar. Bomdod namozini o‘qib juma kuni Arafotga qarab 
yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo‘ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo‘lsalar, «hajji 
akbar»ni topadilar. Arafotda bir azon ikki takbir bilan peshinga asr namozini qo‘shib 
o‘qidilar. Bu ikki namozni qo‘shib o‘qish shundan beri ummatlariga sunnat bo‘lib qoldi. 
Rasululloh Qasvo degan tuyalariga minib olti yuz ming chamalik hoji yig‘ilgan Arafot 
tog‘ida turib xutba o‘qib, uzun bir va’z aytdilar. 
Bu joyda aytgan eng so‘ngi va’zlari shu edi. Bu yerdan qaytib uch oy o‘tgandan keyin 
olamdan o‘tdilar. Demak, shu hajlarida hozir bo‘lgan va g‘oyib butun ummatlari bilan 
xo‘shlashgan edilar. 
Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning o‘qigan xutbalari va aytgan va’zlarining qisqacha 
mazmunini bayon qilamiz. 
«Hamdu-sano Allohga bo‘lsin. Uni ulug‘laymiz, unga hamd aytamiz, undan yordam 
so‘raymiz va mag‘firat tilaymiz, unga tavba qilamiz, yomon amallarimizdan, o‘z 
nafsimizning sharridan Alloh panohiga qochamiz. Alloh yo‘lga solganni adashtirguvchi 
yo‘qdir. Olamni yaratgan u yolg‘iz o‘zidur. Uning sherigi yo‘qdur. Guvohlik beramankim, 
Muhammad uning quli ham payg‘ambaridir. Ey Xudoning bandalari! Sizlarnng taqvolik 
bo‘lib, Xudodan qo‘rqishlaringni tilayman. 
Hammangizni Allohning toat-ibodatiga undayman. Sizlarga nima narsa foydalik bo‘lsa, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
352
shuni ayturman. Ey odamlar! Mendan shu so‘zlarni aniqlab olinglar. Shu yildan so‘ngra 
yana bu yerda sizlar bilan ko‘rishmog‘imiz menga ma’lum emasdur. Shuning uchun bu 
kuni sizlarga ko‘p narsalarni aytib, topshirgayman. 
Ey odamlar! Sizlarning qoninglar va molinglar bir-biringlarga haromdir. Shu kundan 
boshlab qiyomatgacha bu hukm o‘zgarmasdur. Shu oyda shu shaharda bu arafa 
kunining hurmatini saqlagandek, ularning ham hurmatini saqlanglar. Har kimga bir 
kimsa omonat qo‘ysa, unga hech xiyonat qilmay egasiga topshirsin. Bu kundan keyin 
hech kim sudxo‘rlik qilmasin. Islom dinida bu ish haromdur. Islomdan ilgari berilgan 
ijara pullarini yo‘q qildim. Amakim Abbosning ijaraga bergan pullarini yo‘qotish bilan bu 
ishni boshlayman. Johiliyat zamonida bo‘lgan qon da’volarini yo‘qqa chiqardim. Islom 
davrida unday da’volar so‘ralmaydur. Dastlab o‘z amakim o‘g‘li Rabi’aning qon da’vosini 
qoldirdim. 
Qurol tutib, qasd qilib kishi o‘ldirganni qasos qilib o‘ldirurlar. Qasd qilganligi 
aniqlanmagan, tayoq-tosh bilan urib o‘ldirganlarga xun baho to‘latib, ulardan yuz tuya 
olinglar. 
Ey odamlar! Xotinlarning sizlarda bir qancha haqlari bordur. Alardin biri shulki, 
to‘shaginglarni boshqaga bostirmasinlar. Erlaridan ruxsatsiz ularning uylariga begonani 
kirgizmasinlar. Nikoh xiyonatidan o‘zlarini yiroq tutsinlar. Agar shulardan birortasini qilar 
ekanlar, ularni qiynashga Alloh ruxsat beradi. Shundoqkim, avval ular so‘z bilan o‘kta 
(nasihat) qilinglar, agar bu bilan tuzalmasalar, o‘rin va to‘shakni boshqa solinglar. 
Munda ham bo‘lmasa, yormay, ko‘kartmay uringlar. Agar tuzalib to‘g‘ri bo‘lsalar, ularni 
yedirib-ichirib, butun nafaqasini berib turish sizlarga vojibdur. 
Ey odamlar! Shuni bilinglarkim, xotinlaringiz sizlarning yordamchilaringizdir. Ularning 
boshlariga ega bo‘lolmagaysiz. Alloh omonati bilan alarni oldingiz. Alloh amri bilan 
sizlarga halol bo‘ldilar. Shunday bo‘lgach, xotinlarga zulm qilishdan saqlaninglar! 
Ey odamlar! Mo’min mo’minning qarindoshi, og‘asidur. Mo’minlar bir-birlariga o‘zlari 
suyub bermasalar, rizosizlik bilan olgan mollari hamromdur. Mening bu so‘zlarimni 
angladinglarmi? Ey bor Xudoyo, sening buyruqlaringni bandalaringga yetkazdim, bunga 
o‘zing guvohdursan. 
Ey odamlar! Yaratgan Xudoyinglar birdur. Barchanglar bir Allohning bandalaridursiz. 
Otanglar birdur. Baringlar Odamdan tarqaldinglar. Odam tuproqdan yaratildi. Kim 
taqvolik bo‘lsa, Xudo oldida qadri shudir. Arabning Ajamdan ortiqligi yo‘qdur. Kim taqvoli 
ersa, shu ortiqdur. Ey bor Xudoyo, o‘zing guvoh bo‘l, sening amringni bandalaringga 
yetkazdim. Menim shu so‘zlarimni hozirlar g‘oyiblarga, uqqanlar uqmaganlarga 
yetkazsinlar. 
Ey odamlar! Har bir vorisga merosdan tegadigan hissasini Xudo Qur’onda o‘zi taqsim 
qilib qo‘ymishdir. Merosdan vorisga vasiyat qilish durust emasdur. Xudo bo‘lgan narsani 
yana bandasi qanday bo‘la oladi? Meros molining uchdan biriga vasiyat yuradi. Har kim 
o‘z otasini tashlab, boshqaga bola atalsa, yoki o‘zini ozod qilgan xo‘jasidan tonib 
boshqaga bog‘lansa, unday odamga Allohning, farishtalarning, barcha insonlarning 
la’nati bo‘lsin! Unday odamning toat-ibodatlari qabul bo‘lmaydi. 
Ba’zilarning so‘zlaricha, shul arafa kuni ushbu oyat Xudodan keldi: «Al-yavma akmaltu 
lakum dinaku va atmamtu alaykum ne’matiy va roziytu lakumul isloma dinan». Ya’ni: 
«Shu kunda dinlaringni kamoliga yetkazdim, diniy ne’matlarimni tamom berdim, sizlar 
uchun Islom dinini xohlab, uni ato qildim», demakdur. 
Juma kuni asr namozidan so‘ngra Arafot tog‘ida Qasvo nomli tuyalarini minib 
turganlarida yuqorigi oyat nozil bo‘ldi. Vahiy og‘irligini ko‘tarolmay oyog‘i 
sinayozganlikdan tuya darhol cho‘kdi. 
Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Shu Arafotda to‘rt toifa din ahllarining bayramlari bir kunda 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling