Tarixi muhammadiy
QIRQ TO‘QQIZINCHI MO’JIZA
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELLIGINCHI MO’JIZA
- ELLIK IKKINCHI MO’JIZA
QIRQ TO‘QQIZINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 346 Rasulullohning g‘aybdan xabar berishlaridur. G‘ayb ishlarini Allohdan o‘zga hech kim bila olmag‘ay. Agar payg‘ambarlar, avliyolar g‘aybdan so‘z aytgan bo‘lsalar, albatta ularga Xudo tarafidan bildirilgan bo‘lur. Shuning uchun bularning g‘aybdan aytgan so‘zlari hech xato chiqmagay. Bu ersa ularning Xudo yuborgan payg‘ambar ekanliklariga ochiq dalildur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridan keyin keladigan, bo‘ladigan yaxshi- yomon ishlardan xabar berganlar. Hazrati Huzayfa shunday rivoyat qilur: «Bir kuni Rasululloh xutba o‘qib, va’z aytdilar. Qiyomatgacha bo‘lib o‘tadigan ishlardan gapirdilar. U so‘zlarni tutganlar, tutib qoldi, ko‘plari unutib qo‘ydi. Ummatlari ustiga kelgan fitnalar esa Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Qolganlari ham kelasi kunlarda albatta shunday bo‘lg‘usidur. Rasululloh aytgan g‘ayb xabarlarini hadis olimlari o‘z kitoblarida bayon qilibdurlar. Hazrati Umar, Hazrati Usmon, hazrati Ali uchovlari shahodat topishlarini xabar bergan edilar. Rasululoh aytganlaridek, uchovlari ham shahid bo‘ldilar. — Mendan keyin ko‘p zamon o‘tmay ummatlarim Eron, Rum xazinalarini taqsim qilg‘ay, — dedilar. Hazrati Umar xalifalik davrida Islom askari bu ikkala mamlakatlarni fath qilib, xazinalarini Rasululloh aytganlaridek taqsim qildilar. U zamonda Fors (Eron) podshohi Kisro, Rum podshosi Qaysar edi. — Ikkinchi Kisro chiqmagay, Rum qoldig‘i bo‘lg‘ay,— dedilar. Ul zot aytganlaridek, Eron podsholigi yo‘qoldi. Rum podsholigi shu kungacha saqlanadi. — Usmon o‘ldirilsa, fitna qilichi sug‘urilgay, uning qoni Qur’on oyati «Fasayakfiykahumullohu» ustiga to‘kilgay, — dedilar. Rasululloh aytganlaridek fitnachilar Hazrat Usmon uylariga bosib kirib, qilich urganlarida, o‘qib o‘ltirgan Qur’onlari oldilarida edi. Qonlari oyat ustiga to‘kildi. Hazrati Usmon o‘ldirildi ersa, fitna qilichi sug‘urildi. Jamal urushi, Siffin urushlari chiqdi. Sahobalar o‘rtasida ko‘p qonlar to‘kildi. Oxirida hazrati Ali xalifa bo‘lib Ko‘fada qoldi. Muoviya Shomda podsho bo‘lib o‘lturdi. Yana Rasululloh aytgan edilar: — Mendan keyin o‘ttiz yil xalifalik bo‘lg‘ay. Hazrati Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy, hazrati Umar o‘n yilu olti oy, hazrati Usmon o‘n ikki yil, hazrati Ali to‘rt yilu to‘qqiz oy, imom Hasan olti oy xalifa bo‘ldilar. Bu beshovlarining xalifalik davrlari o‘ttiz yil bo‘lib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Rasululloh: Mundin keyin tishlagich podsholar andin so‘ngra zolim podsholar bo‘lg‘ay, qonxo‘rlar chiqqay: deb o‘zlaridan keyin qiyomatgacha chiqadigan fitnalardan xabar berdilar. Fitna boshliqlarining otlarigacha, ularning urug‘-aymoqlarigacha aytdilar. Yana ul zot: — Menim ummatlarim rohatga berilib, o‘limdan qo‘rqib jihodni tashlasalar, Islom birligini buzib o‘zaro ittifoq bo‘lmasalar, boshqalarga yem bo‘lib, och kishilar oldiga qo‘yilgan bir tovoq oshdek bo‘lg‘aylar. Har qaysilari undan to‘yguncha yeyishurlar. Qur’on ko‘rsatgan yo‘llarga qaytmaguncha, menim izimga kelib tushmaguncha bu talon-tarojdan qutulolmay, bu xorlikdan boshlari chiqmagay, — dedilar. Yana bir rivoyatda: — Kofirlar ummatlarimni o‘rtaga olishib talashgaylar. Och bo‘rilar oldiga qo‘yilmish qo‘ydek bo‘lg‘aylar, — demishlar. Anda bir sahoba turib: — Yo Rasululloh, u zamondagi ummatlaringiz ozliklaridan bu xorlikka qolgaylarmu? — dedi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 347 Rasululloh aytdilar: — Andagi ummatlarimning son-sanoqlari ko‘pdir, lekin ittifoqlari, ummatlik sifatlari yo‘qdur. Alar dunyoni sevguvchi, rohatparast bo‘lg‘aylar, o‘limdan qo‘rqib, jihodni tashlagaylar. Shuning uchun ular xorlikka qolg‘aylar. Mana Rasululloh aytmish och bo‘rilar ersa, ilmu hunar quroliga ega bo‘lmish ovrupolilardir. Osiyo, Afriqo musulmonlari 500 yildan beri bular tirnog‘i ostida ezilib kelmoqdadurlar. Sakson-to‘qson milyonlik Indoneziya musulmonlarini olti milyonlik Gollandiya 300 yildan beri mustamlaka qilib kelmoqda. Butun Hindiston xalqi yaqindagi ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakalikdan qutildi. Yana haligacha bu och bo‘rilardan qutula olmagan sharqiy, g‘arbiy musulmonlar ko‘pdir. Lekin ozodlik eshigi ochildi. Butun dunyo xalqiga uyg‘onish davri kelib, qutilish kunlari yaqinlashdi. (Asar 50- yillarda yozilganligini eslatamiz — Muharririyat). Yana Rasululloh: — Mendan keyin o‘ttizga yaqin yolg‘onchi payg‘ambarlar chiqqay. Bular ichida to‘rttasi xotinlardur. Eng so‘ngisi Dajjol Laindur, — dedilar. Rasululloh aytganlaridek, o‘zlaridan so‘ngra arablardan o‘ttizga yaqin kishi payg‘ambarlik da’vosini qildi. Ulardan to‘rttasi xotinlar edi. Yana bir kuni sahobalardan bir qanchalari masjidda o‘ltirishgan edi, alarga qarab Rasululloh aytdilar: — Sizlardan eng keyin o‘lgan kishi o‘tda qolur. Sahobalarga bu so‘zdan qattiq qo‘rqinch tushdi. Payg‘ambarimiz aytgan o‘t tamug‘ o‘ti bo‘lsa kerak, deb qo‘rqinch tushgan edi. Sahobalardan bir nechalari vafot topib oxiri Abu Hurayra, Samura ibn Jundub, Huzayfa uchovlari yolg‘iz qoldilar. So‘ngra Huzayfa ham vafot qilib, Abu Hurayra bilan Samura qoldi. Bu ikkovlari ersa qaysi birimiz keyin o‘lar ekanmiz, deb bek qo‘rqishar edilar. Shu orada Abu Hurayra o‘lib, Samura yolg‘iz qoldi. U qo‘rqinch bilan bir qancha umr kechirdi. Bir kuni o‘choq oldida o‘ltirib olovda isinmoqda edi. Nima bo‘ldiyu olovga yiqilib ketdi. Boshqa kishi bo‘lmagach, turishga darmoni qolmay shu joyda vafot etdi. Shunda bildilarkim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytgan o‘tlari, dunyo o‘ti ekandur. Eng keyin o‘lgan kishi o‘tda qolur deganlari to‘g‘ri keldi. Abu Hurayra rivoyat qiladi: — Sahobalardan bir jamoa odam to‘planishib o‘ltirib edik, ustimizga Rasululloh keldilar. So‘ngra bizga qarab aytdilarkim, shu o‘ltirgan kishilardan birisining tishi do‘zaxda Uhud tog‘idan ulug‘roq bo‘lur. Buni anglab to‘planganlarning bariga qo‘rqinch tushdi. Rasulullohning vafotlaridan keyin arablardan ko‘p qabilalar dindan qaytib murtad bo‘ldilar. Hazrat Abu Bakr Siddiq xalifa bo‘lgandan so‘ngra ularga qarshi askar yubordilar. Shu chog‘da o‘shal jamoatdan ikki kishi bor edik. Qolganlari ersa vafot topmish edilar. Shu askarga qo‘shilib ikkovlari ham bordilar. Rasululloh aytgan so‘zlaridan ko‘ngillarida qattiq qo‘rqinch bor edi. Yamoma degan joyga kelganimizda ikki taraf qo‘shin bir-biriga yo‘liqib, saf tortishib, urush boshlandi. Shu kuni mening yo‘ldoshim murtad bo‘lib, dushman safiga qo‘shilib ketdi va u shu urushda o‘ldirildi. Bundan bir necha yil ilgari Rasulullohning bergan xabarlari shu kishiga to‘g‘ri kelib, alhamdulilloh, men qutulib qoldim. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: — Islom hukumati Quraysh qo‘lida bo‘lg‘ay. Agar Qur’onga amal qilib, dinlarini tuta olsalar, bu davlatdan hech ajramagaylar. Rasululloh aytganlaridek, Quraysh xalqi dunyo rohatiga berilib, dinlarini yaxshi tutolmagach, davlatlari boshqa musulmonlarga o‘tdi. Ayniqsa, turklar Islom xalifaligiga ega bo‘ldilar. Islomning ismi, Qur’onning xatigagina qanoat qilingach, yer ustidagi Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 348 musulmonlar Islom hokimiyatidan butunlay ajradilar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: — Saqif qabilasidan ikki kishi chiqqay: biri yolg‘onchi, ikkinchisi qonxo‘r. Tarix olimlarining aytishicha, Saqif qabilasidan chiqqan bu ikki kishi Muxtor ibn Ubayd, yana biri Hajjoj zolim edi. Rasulullohning aytgan so‘zlariga bu ikkovining qilgan ishlari to‘ppa-to‘g‘ridur. Ansor sahobalardan hazrati Hanzala Uhud urushida shahodat topdi. Shariat hukmida junub bo‘lmasa, shahid bo‘lgan kishi yuvilmas edi. Rasululloh: — Farishtalar Hanzalani bulut ustiga qo‘yib yuvayotganlarini ko‘rdim. Nima ishdur, uning holini xotinidan so‘ranglar-chi, u bilsa kerak, — dedilar. Anda aning xotinidan sababini so‘ragani kelishdi ersa, xotini: — Unga g‘usl lozim bo‘lib, bajarmak uchun o‘rnidan yangi turganida Rasulullohning chorloqchisi keldi. G‘usl qilgunimcha kechikib qolurman, deb shoshilganicha qilichini olib ketgan edi, — dedi. Qarasalar, yangi yuvgandek Hanzalaning sochlaridan suv oqib turibdur. Rasululloh Sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek uni farishtalar yuvgani ma’lum bo‘ldi, qaytadan yuvishga buyurmadilar. Rasululloh: — Oxir zamonda mening olim ummatlarim o‘lib-o‘lib tugagaylar. Din ilmi yerdan ko‘tarilg‘ay, olimlar o‘rinlarida ilmsiz johillar o‘ltirgaylar. Avomlar ersa din yo‘lini shulardan so‘ragaylar. Alarda ilm bo‘lmagach, xato javob berib, o‘zi yo‘ldan ozib, boshqalarni ham yo‘ldan ozdirgaylar. Shu bilan oxiri iymon Madinaga qarab qochar, — dedilar. Mana ko‘p yillardan beri bu ish davom etib kelmoqda. Hozirgi kunlarda esa naq shuning ustida turamiz. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati imom Hasanni yoshligida erkalatib: — Bu mening o‘g‘lim ulug‘ darajalik sayyiddur. Musulmonlar orasida mendan keyin chiqqan fitnani shu o‘g‘lim bosgay. Buning himmati bilan ikki musulmon qo‘shinni qonlari nohaq to‘kilishidan saqlagay, — dedilar. Rasululloh aytganlaridek, hazrati Ali shahodat topgandan keyin, otalari o‘rnida olti oy xalifa bo‘lib turdilar. U kunlar hazrati Muoviya Shom viloyatiga amir edi. Imom Hasandan xalifalikni olish uchun ustiga Shomdan qo‘shin tortib keldi. Eron askarini olib imom Hasan qarshi chiqdilar. Har ikkala tarafdan bir yuz ellik mingdan askar bor edi. Mana shu chog‘da imom Hasan qon to‘kishdan saqlanib, xalifalikni o‘z ixtiyori bilan Muoviyaga topshirdi. ELLIGINCHI MO’JIZA Habashiston podshosi Najoshiy vafot topdi. Bu odam Rasulullohni ko‘rmay turib o‘z yerida iymon keltirgan edi. Madinaga hijrat qilmasdan ilgari sakson necha sahoba Rasululloh amrlari bilan shu yoqqa hijrat qilgan edilar. U yoqqa borgan musulmonlarni o‘z himoyasiga olib, ularga ko‘p yaxshilik qildi. Najoshiyning vafoti Rasulullohga vahiy orqali ma’lum bo‘lmish edi. Sahobalar bilan unga g‘oyibona janoza namozini o‘qidilar. Shuning uchun imom Shofi’iy g‘oyibdan janoza o‘qimoqni sunnat dedilar. Ammo imom A’zam mazhabida g‘oyibga janoza o‘qimoq durust emasdur. Bu ersa Rasulullohga xosdur, dedilar. Chunki boshqalarga mayit g‘oyib bo‘lsa ham, Rasulullohga hozirdur. Oldilariga janoza keltirilgan edi, mayitni ko‘rib turib janoza o‘qidilar. Bu esa Rasulullohning mo’jizalaridan edi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 349 ELLIK BIRINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk g‘azotiga ketayotganlarida ulug‘ sahobalardan Abu Zar G‘iforiyning mingan tuyalari charchab, yurolmay askardan ajrab keyin qolmish edi. Bu to‘g‘rida Rasulullohga xabar qildilar ersa: — Agar uning yaxshilikdan nasibasi bo‘lar ekan, ortimizdan yetib kelgay, — dedilar. Tuyasi yurolmagach, Abu Zar yukini yelkasiga qo‘yib askar ortidan yo‘lga tushdi. Kun issiq, yo‘l yurish qiyin edi. Rasululloh bir manzilga tushib edilar, yiroqdin bir kishi qorasi ko‘rindi: — Abu Zar bo‘lg‘ay, — dedilar. Haqiqatan qarasalar Abu Zar ekan. — Abu Zarni Alloh yorlaqasin, yolg‘iz yurib, yolg‘izlikda o‘lar. Qiyomatda yolg‘iz tirilgay, — dedilar. Hazrat Usmon xalifalik zamonlarida Abu Zar ul kishi bilan kelisha olmaganlikdan Makka bilan Madina oralig‘idagi Rabza degan joyga surgun qilindi. U yerda qo‘shni bo‘lgudek hech bir kishi yo‘q edi. Rasululloh aytganlaridek Abu Zar G‘iforiy shu yerda yolg‘izlikda yashab vafot etdi, raziyallohu anhu. ELLIK IKKINCHI MO’JIZA Yana Rasululloh: — Quddusi sharifni kofirlar bosib olgaylar, u joyga oliy imoratlar solgaylar, bu yerning obod bo‘lishi Madinaning xarobligidur. Madina xarob bo‘ldi ersa dunyo urushi boshlanib, qirg‘in bo‘lur. Buning bo‘lishi ersa, Qunstantaniya fathining alomatidur, — dedilar. Ma’lumdurki, ikkinchi jahon urushidan keyin Quddus shahri yahudlarga o‘tdi. Bu shahar hazrati Umar davrida olingandan beri kofirlar qo‘liga bunday tushmagan edi. Endi Rasulullohning xabar berishlaricha, bu shaharning obod bo‘lishi Madinaning vayronligidir. Boshqalari ham albatta Rasululloh aytganlaridek bo‘lg‘usidur. Chunki ko‘z oldimizdagi bo‘layotgan alomatlar esa buning belgisidur. Bulardan boshqa Rasulullohning shu to‘g‘rida aytgan so‘zlari bek ko‘pdir. Agar ularni qoldirmay yozmoqchi bo‘lar ekanmiz, ul juda katta kitob bo‘lur. Yozg‘onlarimiz ersa boshqa tafsir, hadis kitoblariga qaraganda xirmondan bir hovuch, dengizdan bir cho‘mich olgandek ko‘rinur. Oz bo‘lsa ham ko‘nglida zarrachalik iymon nuri bor kishilar uchun bu so‘zlarimiz yetarlidur. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 350 HAJJATUL VADO' HAJJATUL VADO’ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga to‘lganlarida yer ustidagi barcha insonlarga va ham jinlarga payg‘ambar bo‘ldilar. O‘n uch yil Makkada turgandan so‘ngra bu yerdan Madinaga hijrat qilib ketmakka Allohdan amr bo‘ldi. Makkada turgan muddat ichida kofirlar bilan jihod qilishga Xudodan buyruq bo‘lmagan edi, balki ulardan har qancha kulfat ko‘rsalar ham sabr qilmoqqa buyurilmish edilar. Rasulullohning o‘zlariga va sahobalariga kofirlar tomonidan har qancha jabr-jafo yetsa ham unga sabr qilmoqdan boshqa choralari yo‘q edi. Chunki u chog‘da jihodning vaqti kelmagan, sharoiti to‘lmagan edi. Ularning qiynoqlari ostida o‘lgan kishilar ham bor edi. Ish shu holga yetganda ham kofirlarga qarshi qurol qo‘llanib, ular bilan urushmoqqa ruxsat yo‘q edi. Rasululloh Madinaga hijrat qilib kelishlari bilan ishlar butunlay o‘zgardi. Avvalda ersa kofirlardan kim urushsa, shungagina qarshi jihod qilmoqqa buyurilgan edi. Keyinroq jihod sharoiti to‘liqlashgandan keyin butun kofirlarga qarshi jihod qilmoq musulmonlarga farz bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bosh bo‘lib, yigirma yetti marta jihod safariga chiqdilar. Qolganlariga esa askar yubordilar. Hijratning yettinchi yilida Arabistonga chegaradosh bo‘lgan barcha podsholarga Islomga da’vat qilib noma yozdilar. Sakkizinchi yili Makka fath bo‘lgach, Quraysh mushriklari Islom dinini qabul qildilar va shu yili barcha arab qabilalaridan Rasulullohga elchilar keldi. Bular orqali Islom dini butun Arabistonga tarqaldi. Hijratdan o‘n yil o‘tgandan keyin Alloh amri bilan o‘sha yili haj qilmoqchi bo‘ldilar. Madina atrofidagi musulmonlarni xabarlagach, yuz mingdan ortiq kishi yig‘ildi. Hijratning o‘ninchi yili zulqa’da oyidan olti kun qolganda, payshanba kuni ertalab yo‘lga chiqdilar. Islom dinida haj farz bo‘lgandin keyin Rasulullohning birinchi qilgan hajlari shul edi. Shuning uchun munga «Hajjatul Islom» deb nom qo‘ydilar. Rasululloh shu hajda ummatlari bilan xayrlashganlari, vidolashganlari uchun buni «Hajjatul vido’» deb ham atadilar. Shundan so‘ng haj qilmoqqa umrlari yetmadi. Eng oxirgi qilgan hajlari shul bo‘ldi. Hamma onalarimiz bu safarda birga edilar. Onamiz hazrati Oishaning mingan tuyalari yuradigan, o‘zi yengil, yuki kamroq bo‘lib, Safiyaning mingan tuyasi yuki ko‘proq bo‘lib, askarga yetishib yura olmas edi. Shuning uchun Rasululloh hazrati Oishaga kelib yumshoqlik bilan: — Ey Oisha, sen mingan tuyaning yengil ham o‘zi yuramoldir. Safiyaning mingani esa yuki og‘ir, o‘zi qashang ekan. Askarga yetib yura olmay qoldi, unga qarab qo‘shin yurishi ham sekinlashdi. Shuning uchun yukinglarni almashtirmoqchi bo‘ldik, — dedilar. Oishaning achchig‘i kelib: — Siz o‘zingizni Allohning payg‘ambari bilasiz, na uchun adolat qilmaysiz? — dedi. Hazrati Abu Bakr Siddiq shu yerda bor edi. Bu so‘zga g‘azabi kelib, qizlari Oishaning yuziga bir tarsaki urdilar. Buni Rasululloh og‘ir olib, uni yomonladilar. Anda Abu Bakr Siddiq: — Yo Rasulalloh, buni aytgan so‘zini eshitmadingizmi? — dedilar. — Eshitdim, lekin kundoshlik ustida gapirgan xotinlar esa, so‘zning o‘y-chuquriga qaramaydilar, — dedilar Rasululloh. Bu safarda Rasululloh bilan Abu Bakr Siddiq ikkovlari qo‘shdosh (birga) edilar. Makka yo‘lida Arj degan joyga karvon kelib yetdi. Ertalab turganda qarasalar, oziq-ovqat yuklangan tuyalari yo‘q. Bu tuya esa xizmatchi qulning qo‘lida edi. — Tuyang qani? — deb so‘rasalar: Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 351 — Kechadan beri izlab topolmadim, — dedi. — Bir tuyani kutolmay, yo‘qotib o‘ltirgan qanday kishisan? — deb Abu Bakr Siddiq qulni qamchi bilan urdilar ersa, Rasululloh: — Manovi ehromlik kishining qilayotgan ishini ko‘ringlar? — deb, boshqa gapirmay kulimsirab qo‘yib, haj safaridagi kishilarga bu xildagi ish durust emasligini bildirdilar. Sahobalardan ba’zi birlari eshitib darrov taom tayyorlab, Rasululloh oldilariga keltirishdi. Abu Bakr Siddiq ersalar, tuyalari yo‘qolgani alamiga achchig‘lanib o‘ltirgan edilar: — Ey Abu Bakr, o‘zingni ko‘p koyitma. Har ish sen bilan biz aytgandek bo‘lavermaydi, munga sendan ko‘proq bu o‘g‘il xafadur. U yo‘qolgan taom o‘rniga Xudo undan yaxshirog‘ini yetkizdi, kelgil, — dedilar Rasululloh. Shu orada Safvon ibn Mu’attal yo‘qolgan tuyani yuklari bilan topgan ekan, yetaklab kelib, chodir oldiga cho‘ktirdi. Bu odam askar ortida yuradigan chindovul bo‘lib, esdan chiqqan, qolgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ib yurish uning vazifasi edi. Anda Rasululloh: — Ey Abu Bakr, yuklaringni qarab ko‘rgilchi, yo‘qolgan hech narsa bormi? — dedilar. — Yo Rasulalloh, bari narsamiz tugal ekan, yolg‘iz suv ichib yurgan bir idishimiz yo‘q, — deganida xizmatchi o‘g‘il: — U narsa menda, mana, — deb ko‘rsatdi. Bu yerdan chiqqach, yurib o‘ltirib bir necha kun ichida Makkaga yetib, tushga yaqin shahar ichiga kirdilar. Rasulullohning dastlabki qilgan ishlari Baytullohni tavof qilish bo‘ldi. Ka’bani yetti marta aylanib, tavofni tugatgandan keyin Maqomi Ibrohimda ikki rakat tavof namozini o‘qib, so‘ngra zam-zam qudug‘idan suv ichdilar. Quduqdagi suvga og‘izlarini chayqab, yana uni qaytarib zam-zam qudug‘iga to‘kdilar. Quduqdan suv tortib bergan kishi amakilari hazrati Abbos edi. Anda Rasululloh: — Zam-zam suvini quduqdan o‘zim tortib olmoqchi edim. Mendan keyin ummatlarim quduqdan suv tortib ichishni sunnat deyishib talashib yurmasinlar, deb o‘zim tortmadim, — dedilar. So‘ngra Safo, Marva tog‘lari orasida yurib, u kunning ibodatini qilib tugatdilar. Qurbon oyining sakkizinchi kuni «Yavmu tarviya» deyiladi. Shu kuni Makkadan chiqib Mino tog‘iga borib yotmoq sunnatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulug‘ jamoat bilan Minoga kelib shunda yotdilar. Bomdod namozini o‘qib juma kuni Arafotga qarab yurdilar. Ana shu yili «hajji akbar» bo‘ldi. Hojilar juma kuni Arafotda bo‘lsalar, «hajji akbar»ni topadilar. Arafotda bir azon ikki takbir bilan peshinga asr namozini qo‘shib o‘qidilar. Bu ikki namozni qo‘shib o‘qish shundan beri ummatlariga sunnat bo‘lib qoldi. Rasululloh Qasvo degan tuyalariga minib olti yuz ming chamalik hoji yig‘ilgan Arafot tog‘ida turib xutba o‘qib, uzun bir va’z aytdilar. Bu joyda aytgan eng so‘ngi va’zlari shu edi. Bu yerdan qaytib uch oy o‘tgandan keyin olamdan o‘tdilar. Demak, shu hajlarida hozir bo‘lgan va g‘oyib butun ummatlari bilan xo‘shlashgan edilar. Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning o‘qigan xutbalari va aytgan va’zlarining qisqacha mazmunini bayon qilamiz. «Hamdu-sano Allohga bo‘lsin. Uni ulug‘laymiz, unga hamd aytamiz, undan yordam so‘raymiz va mag‘firat tilaymiz, unga tavba qilamiz, yomon amallarimizdan, o‘z nafsimizning sharridan Alloh panohiga qochamiz. Alloh yo‘lga solganni adashtirguvchi yo‘qdir. Olamni yaratgan u yolg‘iz o‘zidur. Uning sherigi yo‘qdur. Guvohlik beramankim, Muhammad uning quli ham payg‘ambaridir. Ey Xudoning bandalari! Sizlarnng taqvolik bo‘lib, Xudodan qo‘rqishlaringni tilayman. Hammangizni Allohning toat-ibodatiga undayman. Sizlarga nima narsa foydalik bo‘lsa, Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 352 shuni ayturman. Ey odamlar! Mendan shu so‘zlarni aniqlab olinglar. Shu yildan so‘ngra yana bu yerda sizlar bilan ko‘rishmog‘imiz menga ma’lum emasdur. Shuning uchun bu kuni sizlarga ko‘p narsalarni aytib, topshirgayman. Ey odamlar! Sizlarning qoninglar va molinglar bir-biringlarga haromdir. Shu kundan boshlab qiyomatgacha bu hukm o‘zgarmasdur. Shu oyda shu shaharda bu arafa kunining hurmatini saqlagandek, ularning ham hurmatini saqlanglar. Har kimga bir kimsa omonat qo‘ysa, unga hech xiyonat qilmay egasiga topshirsin. Bu kundan keyin hech kim sudxo‘rlik qilmasin. Islom dinida bu ish haromdur. Islomdan ilgari berilgan ijara pullarini yo‘q qildim. Amakim Abbosning ijaraga bergan pullarini yo‘qotish bilan bu ishni boshlayman. Johiliyat zamonida bo‘lgan qon da’volarini yo‘qqa chiqardim. Islom davrida unday da’volar so‘ralmaydur. Dastlab o‘z amakim o‘g‘li Rabi’aning qon da’vosini qoldirdim. Qurol tutib, qasd qilib kishi o‘ldirganni qasos qilib o‘ldirurlar. Qasd qilganligi aniqlanmagan, tayoq-tosh bilan urib o‘ldirganlarga xun baho to‘latib, ulardan yuz tuya olinglar. Ey odamlar! Xotinlarning sizlarda bir qancha haqlari bordur. Alardin biri shulki, to‘shaginglarni boshqaga bostirmasinlar. Erlaridan ruxsatsiz ularning uylariga begonani kirgizmasinlar. Nikoh xiyonatidan o‘zlarini yiroq tutsinlar. Agar shulardan birortasini qilar ekanlar, ularni qiynashga Alloh ruxsat beradi. Shundoqkim, avval ular so‘z bilan o‘kta (nasihat) qilinglar, agar bu bilan tuzalmasalar, o‘rin va to‘shakni boshqa solinglar. Munda ham bo‘lmasa, yormay, ko‘kartmay uringlar. Agar tuzalib to‘g‘ri bo‘lsalar, ularni yedirib-ichirib, butun nafaqasini berib turish sizlarga vojibdur. Ey odamlar! Shuni bilinglarkim, xotinlaringiz sizlarning yordamchilaringizdir. Ularning boshlariga ega bo‘lolmagaysiz. Alloh omonati bilan alarni oldingiz. Alloh amri bilan sizlarga halol bo‘ldilar. Shunday bo‘lgach, xotinlarga zulm qilishdan saqlaninglar! Ey odamlar! Mo’min mo’minning qarindoshi, og‘asidur. Mo’minlar bir-birlariga o‘zlari suyub bermasalar, rizosizlik bilan olgan mollari hamromdur. Mening bu so‘zlarimni angladinglarmi? Ey bor Xudoyo, sening buyruqlaringni bandalaringga yetkazdim, bunga o‘zing guvohdursan. Ey odamlar! Yaratgan Xudoyinglar birdur. Barchanglar bir Allohning bandalaridursiz. Otanglar birdur. Baringlar Odamdan tarqaldinglar. Odam tuproqdan yaratildi. Kim taqvolik bo‘lsa, Xudo oldida qadri shudir. Arabning Ajamdan ortiqligi yo‘qdur. Kim taqvoli ersa, shu ortiqdur. Ey bor Xudoyo, o‘zing guvoh bo‘l, sening amringni bandalaringga yetkazdim. Menim shu so‘zlarimni hozirlar g‘oyiblarga, uqqanlar uqmaganlarga yetkazsinlar. Ey odamlar! Har bir vorisga merosdan tegadigan hissasini Xudo Qur’onda o‘zi taqsim qilib qo‘ymishdir. Merosdan vorisga vasiyat qilish durust emasdur. Xudo bo‘lgan narsani yana bandasi qanday bo‘la oladi? Meros molining uchdan biriga vasiyat yuradi. Har kim o‘z otasini tashlab, boshqaga bola atalsa, yoki o‘zini ozod qilgan xo‘jasidan tonib boshqaga bog‘lansa, unday odamga Allohning, farishtalarning, barcha insonlarning la’nati bo‘lsin! Unday odamning toat-ibodatlari qabul bo‘lmaydi. Ba’zilarning so‘zlaricha, shul arafa kuni ushbu oyat Xudodan keldi: «Al-yavma akmaltu lakum dinaku va atmamtu alaykum ne’matiy va roziytu lakumul isloma dinan». Ya’ni: «Shu kunda dinlaringni kamoliga yetkazdim, diniy ne’matlarimni tamom berdim, sizlar uchun Islom dinini xohlab, uni ato qildim», demakdur. Juma kuni asr namozidan so‘ngra Arafot tog‘ida Qasvo nomli tuyalarini minib turganlarida yuqorigi oyat nozil bo‘ldi. Vahiy og‘irligini ko‘tarolmay oyog‘i sinayozganlikdan tuya darhol cho‘kdi. Ibn Abbos rivoyat qiladi: «Shu Arafotda to‘rt toifa din ahllarining bayramlari bir kunda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling