Tarixi muhammadiy
Download 5,12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIRQ BESHINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com
- QIRQ SAKKIZINCHI MO’JIZA
QIRQ BIRINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilmasdan ilgari bir qizlari amakilari Abu Lahab o‘g‘li Utaybaning nikohida edi. Rasulullohga payg‘ambarlik vahiysi kelgandan so‘ng dastlab Quraysh xalqini dinga da’vat qildilar. Ular borliq kuchlari bilan qarshilik qildilar. Ayniqsa, o‘z amakilari Abu Lahab bu Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 339 ishda birinchilikni olgan edi. Buning haqqida Masad surasi tushgandan so‘ngra uning dushmanligi ilgarigidan ham ortiqroq bo‘ldi. Abu Lahab boshliq Quraysh raislari Utaybaga Rasululloh qizlariga taloq berib, o‘zlariga aziyat yetkizmog‘ini buyurdilar. Bu ham dushmanlikda otasi Abu Lahabdan qolishmas edi. Shu orada ota-bola tijorat uchun Shom safariga chiqmoqchi bo‘ldilar. Ketar chog‘ida Utayba Rasululloh qoshiga kelib: — Ey Muhammad, sening keltirgan dining, so‘zlaring — hammasi yolg‘ondur. Kofirligimga qasam qilurmanki, qizingni taloq qildim, — dedi. Bu qilgan so‘ziga qanoat qilmasdan yana Rasululloh yuzlariga qarab: — «Tuf» senga! — dedi. Bu baxtsiz kishi shundog‘ ulug‘ adabsizlikka jur’at qilib, qarindoshlik haqqini saqlamadi. Uning so‘zidan Rasulullohning ko‘ngillari qattiq ranjidi. Aning uchun: — «Allohumma sallit alayhi kalban min qilobika», ya’ni «Ey bor Xudoyo, itlaringdan bir itni bularga yuborgil, — deb uni qarg‘adilar. Bu so‘zdan uning ko‘ngliga qattiq qo‘rqinch tushdi. Shu bilan karvonga qo‘shilib Shom safariga chiqdi. Otasi Abu Lahab ham birga edi. Arab tuprog‘idan chiqqach yo‘lda bir manzilga yetdilar. Bu joyda nasoro rohiblarining ibodatxonalari bor edi. Alardan birovi kelib: — Ey karvon ahli, bu yerda yirtqich hayvonlar ko‘pdir, hushyor bo‘lib yotinglar, — dedi. Bolasi haqida Rasulullohning qarg‘ishlarini Abu Lahab ham eshitgan edi. Uning ustiga rohib so‘zi qo‘shimcha bo‘ldi, bolasidan qattiq qo‘rqinchga qolib: — Ey karvon ahli, bolamga qilgan Muhammadning qarg‘ishidan qo‘rqaman, bu kecha soqchilik qilib bolamni kuzatib beringlar, — deb ulardan o‘tindi. Uning so‘zini anglagach, karvon ahli yuklarini qo‘rg‘on qilib, ortidan tuyalarini cho‘ktirib, Abu Lahab o‘g‘lini o‘rtaga olib yotdilar. Yana bir necha joyga qorovul ham qo‘yilmish edi. Shunchalik hushyorlik bilan tursalar ham Allohdan amr bo‘lgach, barchalari uxlab qoldilar. Osmondan tushgandek shu kecha bir arslon karvon qo‘rg‘oni ichiga kirdi. Uyquda yotgan kishilar yuzini iskab yurib, qazodan qochgan Utaybani topdi ersa, po‘lat changalini uning yuziga botirib parchalab tashladi. Rasulullohning yuzlariga qilgan adabsizligi o‘z yuziga urdi. QIRQ IKKINCHI MO’JIZA Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga: — Bu kecha iymon uchun yer ustidagi har turlik jinlardan elchilar kelur. Alar bilan suhbat qilgayman. Men bilan shu kecha kim birga bo‘lur? — dedilar. Anda Ibn Mas’ud: — Men borurman, yo Rasulalloh, — deb o‘rnidan turdi. So‘ngra har ikkovlari Makka shahrining yuqori yog‘iga qarab ketdilar. Bir yerga kelgach, Rasululloh aylantirib chiziq qilib, Ibn Ma’sudga: — Bu chiziq ichida o‘lturgin. Mundan tashqari chiqa ko‘rma. Allohni ko‘nglingda yod qilgil, hech bir narsadin qo‘rquvchi bo‘lma. Turli suratdagi jinlar ko‘zingga ko‘ringaylar. Alarga gapirma. Chiziq ichiga kirolmagaylar. Agar bu chiziq tashqarisiga chiqar ersang, qiyomatgacha seni topolmagaymiz, — dedilar. So‘ngra Rasululloh alar majlisiga bordilar ersa, to‘rt yoqdan turli suratdagi jin elchilari kelishgali turdi. Bular ichida arslon suratlik, burgut suratliklari ham bor edi. Shunday qilib yer-ko‘k bularga to‘ldi. Ibn Mas’ud ko‘rib, hayron qolib o‘ltirdi. Lekin hech birovlari chiziqqa yaqinlashmas edilar. Rasulullohni o‘rab o‘ltirishib, ilgari iymon keltirganlari ersa, Qur’on o‘qib, shariat Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 340 o‘rganishur edi. Yangidan kelishganlari bo‘lsalar iymon aytib dinga kirishur edi. Shundoq qilib, tong otguncha Rasululloh bilan o‘ltirib ular suhbat o‘tkazdilar. Majlis tugar chog‘ida: — YO Rasulalloh, Qur’ondan tilovat qilib bersangiz, bizlar ham o‘z og‘zingizdan Xudo so‘zini eshitsak,— dedilar. Anda Rasululloh ularga «Ar-rahmon» surasini o‘qib berdilar. Bu surada o‘ttiz joyda «Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» kelur. Bu oyatning ma’nosi: «Alloh sizlarga bergan ne’matlarining qaysi birini yolg‘on deb ayta olasiz?» Bu ersa insu jinga qarata Allohning aytgan so‘zidur. Rasululloh shu oyatni har o‘qiganlarida jinlar: — Hech birini yolg‘on deya olmaymiz, yo Rabb, — deyishib, javob berib turdilar. Bu so‘zlari Rasulullohga ko‘p xush keldi. Tilovat tamom bo‘lgach, elchi jinlar Rasulullohdan sovg‘a so‘radilar. Anda Rasululloh: — Menim ummatlarimning qiyomatgacha yegan go‘shtlarining suyaklari ilgarigidek go‘shtlik bo‘lib sizlarga taom bo‘lsin va alarning mingan otlarining tezaklari ersa sizlarning otinglarga yem bo‘lsin. Mana shu narsani sizlarga tuhfa qildim, — dedilar. Go‘shtini yeb qoldirgan bizning suyaklarimiz va otlarimizning tezaklari jin birodarlarimizga tuhfa bo‘ldi. Shuning uchun shariatda bu narsalar bilan kishi o‘zini tozalab, istinjo qilishi durust emasdur. Rasululloh bundan qaytardilar. So‘ngra Rasululloh qaytib kelganlarida bu voqeani sahobalarga gapirdilar. Anda sahobalar: — Bizga ham o‘qib bering shu surani, yo Rasulalloh,— deyishdi. Bularga ham tilovat qilib Ar-rahmon surasini tamom o‘qidilar. Sura tamom bo‘lguncha sahobalar sukutda bo‘lishib o‘ltirdilar. Anda Rasululloh: — So‘z maromini sizlardan jin birodarlaringiz yaxshiroq bilur ekan. Ular har bir «Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban»ni o‘qiganimda javob qaytarib turishdi, — deb marhamat qildilar. Shuning uchun bu sura o‘qilsa, har bir «Fabiayyi alai rabbikuma tukazziban» deganda jinlardek javob aytib turmoq eshituvchilarga sunnat bo‘ldi. QIRQ UCHINCHI MO’JIZA Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Bir joyga borurmiz, yurgil, — deb qo‘limdan tutdilar. Shu yurganimizcha shahar tashqarisiga chiqdik. So‘ngra meni bir yerga o‘lturg‘izib atrofimga xat chizdilar va: — Bu xat ichidan zinhor tashqari chiqmagin, sening oldinga turli suratda kishilar kelgaylar. Alarga sen gapirmagin va kelgunimcha shu darajadan chiqmay o‘ltirgil, — dedilar. Rasululloh ketdilar ersa, aytganlaridek, har yoqdan turli xil kishilar kelgani turishdi. Hech biri chiziqqa yaqinlashmasdan Rasululloh turgan joyga borishur edi. Shundog‘ bo‘lib kechaning oxirida Rasululloh u joydan qaytib keldilar ersa, tizzamga bosh qo‘yib, ko‘zlari uyquga ketdi. Qarasam, oq libos kiygan bir qancha odamlar osmondan tushgali turdilar. Bularning husni-jamollaridan, kiygan liboslaridan ko‘z qamashur, aqllar lol bo‘lur edi. Bularning qaysilari Rasulullohning bosh-oyoqlariga, qaysi birlari ersa oyoq tomonlariga kelishib o‘ltirar edilar. So‘ngra, o‘zaro so‘zlab turib: — Bu kishiga Xudo tarafidan berilgan ne’mat, hech bir odamga berilmagandur. Mundog‘ Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 341 ulug‘ darajalik inson hech qachon ko‘rilmagan. Uni qaranglar-chi, ko‘zi uxloq ko‘ngli uyg‘oqdir. Buning misoli shuldurkim, bir podsho eng chiroyli bir saroy solmishdir. Uning ichini yasab, har turlik ne’matlar bilan to‘ldirmishdur. So‘ngra u podsho elchilar, jarchilar yuborib yorliq qilmishkim, hech kim qolmay mening saroyimga kirib ular uchun tayyorlangan cheksiz ne’matlarimdan xohlaganlaricha yesinlar, men ulardan rozi bo‘lurman. Agar jarchilar so‘zlariga quloq solmay menim saroyimga kelmasalar, ularga qahr qilurman, demishdur. Mana bu podsho Allohdur. Yasalmish nozu-ne’matga to‘lmish saroy ersa Allohning jannatidur, xalqni chaqirmoq uchun yuborgan elchisi Muhammaddur. Kim Muhammadning so‘ziga kirib, uning chaqirig‘ini qabul qilmas ekan. Tangrining qahriga qolib abadiy azobga yo‘liqqay, — dedilar. So‘ngra ular yana ko‘kka ko‘tarilib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Shu orada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqudan uyg‘onib: — Ey Ibn Mas’ud, bular so‘zlarini angladingmi? Ularning kimlar ekanini bildingmi? Bular ersa Allohdan kelgan farishtalardurlar, — dedilar». QIRQ TO‘RTINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zotur Riqo’ g‘azotidan qaytib kelayotganlarida Subayh degan kishi Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishgali keldi. Bu ersa Bani Muhorib qabilasining raisi edi. Bir otga minib, bir tuyani yetaklagan holda Rasululloh qoshig‘a kelib: — Ey Muhammad, sen Xudodan kelgan payg‘ambar emishsan. Agar shu so‘zing chin bo‘lsa, bu minib turgan biyamning qornidagi quluni erkakmi, urg‘ochimi, aytib ber, — dedi. — G‘aybni Alloh bilur, — dedilar. — Muni bilmas ersang, yomg‘ir qachon yog‘ar, men ertaga nima ish qilurman, qaysi yerda o‘lurman — shulardan menga xabar bergil, — dedi. Shu chog‘da Allohdan bu oyat keldi: — «Innalloha indahu ilmus-so’ati va yunazzilul g‘oysa va ya’lamu ma fil arhomi va ma tadriy nafsun maza taksibu g‘odan va ma tadriy nafsun biayyi arzin tamut». Ya’ni, «Qiyomat qachon bo‘lishini Alloh biladi. O‘zi xohlagan chog‘da yomg‘ir yog‘dirur, hayvon yotqusida (bachadonda) nima bor, o‘zi bilur, ertaga nima ish bo‘lishini, qaysi joyda o‘lishini hech kim bila olmas», demakdur. Buni anglagach, ul adabsiz: — Ey Muhammad, sening Xudoyingdan menga bu tuyam yaxshiroqdur. Anda Rasululloh: — Menim Parvardigorim o‘zimdan, jonimdan, bola-chaqalarimdan menga sevikliroqdur, — deb darhol boshlarini sajdaga qo‘ydilar. So‘ngra boshlarini sajdadan ko‘tarib unga: — Ey Muhorib, Alloh taolo menga shundog‘ xabar berdikim, sening yuzingga bir yomon yara chiqib, po‘st go‘shtlaringni oqizib tushirgay. Ko‘p azob tortib shundan o‘lursan, so‘ngra do‘zaxga ketursan, — dedilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Rasululloh aytganlaridek, uning yuziga bir yomon yara chiqib, yuz-ko‘zlari oqib to‘kildi. Uning sassig‘idan kishilar qochib, yoniga yaqinlashmaydigan bo‘ldilar. Muhammad bir so‘z demish edi, uning aytganidek bo‘ldi, degan bo‘lsa ham, tavba qilib iymon keltirmadi va dunyodan shunday o‘tdi. QIRQ BESHINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 342 Abu Hurayra rivoyat qilur: «Sadaqa, zakotga kelgan bir qancha xurmo yig‘ilmish edi. Rasululloh meni unga qorovul qilib qo‘ydilar. Qarab o‘ltirsam, kechasi bir kishi kelib, xurmodan o‘g‘irlagani turdi. Uni ushlab olib, Rasulullohga keltirmoqchi bo‘ldim. — Muhtojligimdan bu ishni qildim, endi ikkinchi qilmayman, — deb ko‘p yolvordi. Rahmim kelib, qo‘yib yubordim. Ertalab Rasululloh qoshlariga keldim ersa, salomdin so‘ngra: — Ey Abu Hurayra, bu kecha tutmish asiring qani, uni nima qilding? — dedilar. Xudo haqqi, o‘zimdan boshqa bu ishni hech kim bilmagan edi. — Otam-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasululloh, u ko‘p yolvordi, ikkinchi qilmasga ahd qilgach, rahmim kelib qo‘yvordim, — dedim. Anda Rasululloh: — Ul yolg‘on aytadur, bu kecha yana kelgusidur, — dedilar. Muni anglab o‘ltirdim. Rasululloh aytqonlaridek u yana keldi. Uni tutib olib keldim, ko‘p yalindi, ikkinchi qilmasga ahd berib qo‘limdan yana bo‘shandi. Ertalab Rasululloh oldilariga keldim. Meni ko‘rgach: — Ey Abu Hurayra, u yolg‘onchi seni aldab, bu gal ham qutilib ketibdur. Qarab turgil, bu kecha yana kelur, — dedilar. Ani poylab o‘ltirib, yana ushlab oldim. — Endi seni Rasululloh oldig‘a olib borgayman, boshqa hech iloji yo‘qdur, — deb qattiq turdim ersa, ul aytdi: — Men bo‘shatur ersang, senga bir narsa o‘rgantaykim, undan ko‘p foyda ko‘rgaysan. — Qani aytgil-chi, ko‘rayin, — dedim. — Har kechasi yotar chog‘ingda «Oyatal kursi»ni bir yo‘la o‘qir bo‘lsang, tong otguncha bir farishta seni saqlar. Shaytonni senga yaqinlashtirmagay, — dedi. Uni bo‘shatib yuborib, Rasululloh huzuriga keldim ersa, uni so‘radilar. Aning aytgan so‘zini aytib edim: — U yolg‘onchidur, lekin «Oyatal kursi» to‘g‘risida to‘g‘ri so‘zlamishdur, u shayton erdi, — dedilar». QIRQ OLTINCHI MO’JIZA Bir kuni Rasulullohning xodimlari hazrati Anasning onasi Payg‘ambarimiz huzurlariga kelib: — YO Rasulalloh, xizmatchingiz o‘g‘lim Anasning haqqiga duo qiling, — dedi. Rasululloh duo qilib: — Ey bor Xudoyo, Anasning mol-dunyosi ko‘paysin, bola-chaqasi o‘sib-unsin, unga bergan ne’matlaring ersa barakotlik bo‘lsin, — dedilar. Hazrat Anas: — Rasulullohning duolari qabul bo‘ldi, shu zamonning boylaridan bo‘ldim. Tirikligimda mendin tarqalgan bolalarim ersa yuzdan ortiq bo‘ldilar. O‘lganlari ham bundin oz emas edi. Ko‘rgan ne’matlarim barchasi barakotlik bo‘ldi. Ko‘rib turasiz shu kunlarda mendan rohatlik boy kishi yo‘qdur, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hazrati Anas haqida qilgan duolari ichida unga bergan ne’matlaring barakotlik bo‘lsin, deb edilar. Endi shuni bilmoq kerakkim, odamning mol-dunyosi ko‘payib, boshqalar ko‘ziga boy ko‘ringani bilan, agar barakasi bo‘lmasa, undog‘ boylikning dunyo-oxiratda hech kimga foydasi yo‘qdur. Balki ikki dunyoda ham undin ziyon ko‘rgaylar. Shunga o‘xshash agar bir kishi yuz yil umr ko‘rsa yoki yetmish turli ilm-hunar o‘rgansa, agar unga baraka berilmasa, umrining uzunligidan Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 343 oxiri xorlikka qolib, bezor bo‘lg‘ay. Ilm-hunarning ko‘pligidan boshqalar bu yoqda, o‘zi qong‘udek ham foyda ololmagay. Endi baraka degan narsa nimadur? Har ishning igililigi, har ishdan chiqqan yaxshilik natijasidur. Bu ersa Xudo tomonidan bo‘lur. Iymonlik kishilargina munga ishonurlar. «Umringdan baraka topgur», deb duo qilish eng ulug‘ olqishdur. Baraka Xudo tomonidan bo‘lur dedik. Muning ma’nosi shuldurkim, har qanday inson bir ishga kirishmoqchi bo‘lsa, eng avval shariat buyurgancha o‘z niyatini to‘g‘rilashi farzdur. Agar din ilmini o‘qimoqchi ekan, bilganiga birinchi o‘zi amal qilsin, bilmaganini so‘rasin, bilganlarini o‘rgatishga niyat qilsin. O‘qishi va o‘rgatishi Xudo uchun bo‘lsin. Bu to‘g‘rida hech kimdan ta’ma qilmasin. Birovning yelkasiga yuk bo‘lish emas, balki birovning yukini yengillatish ko‘yini tutsin, qisqasi shulkim, qaysi fanni bilsa, qanday hunarni o‘rgansa, boshqalarga yordam yetkazish, inson olamiga bir ulush foyda kirgizishni o‘ylasin. YOlg‘iz o‘zi ko‘rib, o‘z foydasinigina kuzatish esa, islomiyatga ochiq xiyonat, insoniyatga ulug‘ jinoyatdur. Agar kishi Rasululloh aytganlaridek, ish boshida niyatini to‘g‘rilab, xalq foydasini kutmas ekan, yetmish turlik ilm-fan bilgani bilan o‘la-o‘lguncha ishdan qo‘li bo‘shamaydi, ko‘ngli g‘am-qayg‘udan chiqmaydi. Agar barakalik bo‘lur ekan, ishi oz bo‘lsa ham unumlik bo‘lib, aning yaxshiligi o‘zidan oshib boshqalarga ham yetadi. Inson olami yaratilgandan boshlab shunday barakalik kishilardan butun xalq foydalanib kelmoqdadur. QIRQ YETTINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimning haqida nima degan bo‘lsalar, qanday duo qilsalar, xuddi shunday bo‘lur edi. Muhojir sahobalarning kattalaridan Abdurahmon ibn Avf bir xizmat bajarib kelganida, Rasululloh uning haqida «Ishlaring barakalik bo‘lsin», deb duo qildilar. So‘ngra nima ish qildi ersa, undan baraka chiqaverdi. Bu kishi aytdi: — Shunday bo‘ldikim, agar yerdin bir tosh olur bo‘lsam, ostidan oltin chiqqay. Abdurahmon ibn Avf vafot bo‘lgach, meros qolgan oltinlarini oilasi kuraklab bo‘lib oldilar. Nikohida to‘rt xotini bor edi. Meros molning sakkizidan birini shariat bo‘yincha bular bo‘lib olg‘aylar. Har biriga yuz ming tilladan meros tegdi. Boshqalarga qancha tekkanligi ersa shundan ma’lumdir. O‘lish oldida, ellik ming tilla faqir-miskin va yetimlarga vasiyat qildi. Tirikligida qilgan xayr-ehsonlari ersa hisobsiz edi. Bir kun ichida o‘ttizlab-qirqlab qul ozod qilgan chog‘lari ham bor edi. Yetti ming tuyalik bir karvonni butunlay ustiga ortilgan oziq-ovqati, turli mollari bilan sadaqa qilib faqir-miskinlarga tarqatganligi mashhur hadislarda yozilmishdur. Islom yangidan boshlanishida har tomondan yetishmasliklari ko‘p edi. Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boy kishilarni sadaqa qilmoqqa qattiq tashviq qildilar ersa, sahobalardan Abdurahmon ibn Avf to‘rt yuz tanga sadaqa keltirib: — Yo Rasulalloh, sakkiz yuz tanga sarmoyam bor edi, to‘rt yuzini oilam uchun qoldirdim, — dedi. Anda Rasululloh: — Keltirganingga va qoldirganingga Alloh barakot bersin, — dedilar. Mana shu kundan boshlab u kishini baraka bosib, mol-dunyosi ko‘paygani turdi. Yana sahobalardan Abu Qatoda degan kishi bir xizmatni bajarib kelganida undan rozi bo‘lib: — Yuzingni Alloh barakotlik qilsun, — deb duo qildilar. Bu kishi ersa yetmish yoshga kirganida ham, soch-soqollaridan bir tola tuki oqarmadi. Yuz-ko‘zlari o‘n besh yashar boladek ko‘rinur edi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 344 Yana Nabig‘a degan shoir kelib, arablar odatlaricha Rasulullohni maqtab, Islom dinini sifatlab, uzun she’r o‘qidi. Uning ko‘nglini ko‘tarib: — Ovozing o‘zgarmasin, tishlaring tushmasin, — dedilar. Bu shoirning yoshi yuzga yetdi ersa ham bir dona tishi tushmagan edi. Abdulloh ibni Ja’far, bu kishi ersa Hazrati Alining akasi Ja’far ibn Abu Tolibning o‘g‘lidur. Buning haqqiga ham savdo ishlaring barakali bo‘lg‘ay, deb duo qildilar. Shundan keyin bu kishi qaysi bozorga borsa, o‘ttiz-qirq ming tanga foyda topmasdin chiqmas erdi. Yana sahobalardan G‘arqad degan kishining tuyasi qochib, hech bir hiyla bilan uni ushlayolmadilar. Rasulullohga kelib aytdi ersa, duo qildilar. Xiyol o‘tmay qattiq shamol tuyani haydab keltirdi. Ani ushlab egasiga topshirdilar. Yana bir kuni Hazrati Alini g‘azot uchun safar qilishga buyurdilar. Kun sovuq bo‘lib, kiygudek choponlari yo‘q edi. — Issiq-sovuq senga o‘tmasin, — deb duo qildilar. Shu duodan so‘ng Hazrati Aliga qish va yozning farqi yo‘q edi. Rasulullohning qizlari Fotima huzurlariga ochlikdan shikoyat qilib keldi. Anda Rasululloh: — Alloh seni och qo‘ymasin, — dedilar. Shundan beri yesin-emasin ochlikni bilmadi. Tufayl ibn Amr ulug‘ bir qabila raisi edi. Iymon keltirib qaytar chog‘ida qavmiga hujjat bo‘lgudek Rasulullohdan bir nishona berishlarini so‘radi. Duo qildilar ersa, manglayiga bir nur paydo bo‘ldi. Anda: — Yo Rasulalloh, dushmanlarim Muhammad oldiga borib yuzi o‘zgarib kelmishdur demasinlar, — deyishi bilan u nur qamchisi uchiga tushdi. Qorong‘u kechani yoritur edi. Hijratning sakkizinchi yili atrofdagi podsholarni Islom diniga da’vat qilib noma yozdilar. Eron podshosi Xisrav Parviz Rasululloh nomalarini o‘qib ko‘rmasdan, yirtib tashladi. Rasulullohning muborak nomlari nomada ilgari yozilgani uchun g‘azabi kelib, shu adabsizlikni qildi. Rasululloh uni anglab, uning ham davlati yirtilsin, deb duo qildilar. Hazrati Umar xalifalik davrlarida butun Eron fath qilinib, Rasululloh aytganlaridek bo‘ldi. Ammo Rum podshosi Qaysar Hirakl o‘zi iymon keltirmagan bo‘lsa ham, Rasulullohning nomalarini hurmatlab oltin qutichaga solib xazinada saqladi. Rasulullohga ko‘p hadyalar berib nomalariga javob yozib, elchilarni yaxshi kutib qaytardi. Rasululloh aytganlaridek, shu kungacha G‘arbiy Rum, ya’ni Italiyada ularning hukumati saqlanib qoldi. Yana Quraysh raislaridan Hakam ibn Abu al-Os iymon keltirmasidan ilgari, Rasululloh so‘zlasalar og‘iz-burnini qing‘ir-qiyshiq qilib boshqalarga ko‘rsatib, Payg‘ambarimizni masxara qilib o‘ltirar edi. Bir kuni uning shu adabsizlik ishiga ko‘zlari tushib qolib: — Shundog‘ bo‘lib qolsin, — deyishlari bilanoq, yuz-ko‘zlari qing‘ir-qiyshiq bo‘lib tortishgani turdi. Keyingi kunlarda iymon keltirgan bo‘lsa ham o‘lgunicha bu illatdan qutila olmadi. Chunki boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun shunday bo‘lishi lozim edi. Yana ibn Ra’iy degan kishining chap qo‘li bilan taom yeb turganini ko‘rib: — Hoy kishi, o‘ng qo‘ling bilan yegil, — dedilar. — Bu qo‘lim bilan yeyolmayman, — deb Rasululloh so‘zlarini og‘ir oldi. — Yolg‘on bo‘lsa, shunday bo‘lg‘ay! — dedilar. Ul ersa bu so‘zni yolg‘on aytmish edi, so‘ngra umri bo‘yi qo‘li og‘ziga yetmadi. Yana Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir bo‘luk askarni g‘azot uchun bir qabila ustiga yubordilar. Omir ibn Azbat degan kishini askar boshlig‘i qilmish edilar. Bular Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 345 ichida Muhlim ibn Jusoma degan bir kishi eskidan qolgan dushmanligi uchun Rasululloh qo‘ygan askar boshlig‘ini kechasi uyquda yotganida o‘ldirib qochdi. Rasululloh buni anglab qattiq qayg‘urib, o‘ldirguvchini qarg‘adilar ersa, yetti kunga yetmay u ham o‘ldi. Qabrga qo‘ysalar, go‘r qabul qilmadi. Necha qayta qo‘ydilar, tashqari chiqarib tashlayverdi. Buni Rasululloh anglab: — Undan yomonlarni ham go‘r qabul qilur erdi. Sizlarga ibrat uchun Alloh buni ko‘rsatdi, — dedilar-da, so‘ngra uni bir chuqurga tashlab, ustiga tosh uyib qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir odam otini sotib edi, so‘ngra sotganim yo‘q, deb so‘zidan tondi. — Rasululloh bu otni sotib oldilar, — deb sahobalardan hazrati Huzayma guvohlik berdi. Lekin o‘zi ko‘rmagan edi. Anda Rasululloh: — Ey Huzayma, ko‘rmagan ishga qandoq guvohlik berursan? — dedilar. — Arsh ustidan keltirgan har bir so‘zingizga ishonurmiz. Endi yer ustida aytgan so‘zingizga nechun ishonmaymiz? — dedi Huzayma. Bu so‘zi ersa Allohga xush kelib uning guvohligini ikki guvoh o‘rniga oldilar. Shunday bo‘lsa ham, ul otni olmay, egasiga qaytarib berdilar: — So‘zi yolg‘on bo‘lsa, undan barakot topmas, — dedilar. Ertalab qarasalar, ot oyog‘ini yerga qo‘yolmay cho‘loq bo‘lib qolmish edi. Rasululloh aytganlaridek, yolg‘onning shumligidan o‘ziga ham ot asqotmadi. Payg‘ambarik davri yigirma uch yil ichida shunga o‘xshash ishlar hisobsiz ko‘pdir. Bular ham Rasulullohning mo’jizalaridan sanalg‘usidir. Sallallohu alayhi vasallam. QIRQ SAKKIZINCHI MO’JIZA Rasululloh muborak og‘izlaridan nima so‘z chiqdi ersa, o‘shandoq bo‘lur yoki qutlug‘ qo‘llari bilan har qanday kasal odamni silasalar, darhol kasaldan tuzalar edi. Bir kuni Madina atrofidagi iymonga kirmagan qabilalardan bir qancha kishilar zakotga yig‘ilgan chorva mollarini talamoqchi bo‘lib, bosmachilikka keldilar. Buning xabari Madinaga yetishi bilan hammadan ilgari Abu Talhaning otini minib yovga qarab choptirdilar. Bu ot ersa qashanglig‘i ustiga mudrovchi ham edi. Rasululloh minganlaridan keyin bu jonivorga chopqirlik paydo bo‘ldi, boshqa otlar unga yetolmay orqada qoldilar. YOvni qochirib qaytgandan keyin Rasululloh Abu Talhani ko‘rib; — Sening bu oting mavj urgan daryodek chopar ekan, — dedilar. Bu so‘zdan so‘ngra chopqirlikda uning oldiga hech bir ot tushmadi. Yana bir safarda hazrati Jobirning mingan tuyasi charchab yurolmay qolib edi. Rasululloh buni ko‘rib qo‘llaridagi tayoqchalari bilan tuyaning biqiniga: «Turgil!» deb nuqib qo‘ydilar ersa, unga shundoq kuch paydo bo‘ldikim, hazrati Jobir uning boshiga ega bo‘lolmay qoldi. Shunga o‘xshash yana bir g‘azotda hazrati Juaylning mingan oti charchaganlikdan yurolmay qoldi. Rasululloh kelib: «Tur, barakalloh», deb qamchilari bilan sekingina urib qo‘ydilar ersa, ot irg‘ib turib, yurib ketdi. Shundan so‘ng uning tezligidan egasi tizginini tortolmas edi. Bu otga baraka qo‘nib, muning bolalaridan sotib egasi o‘n ikki ming tilla foyda topdi. Mana bu ishlarning barisi Rasulullohning mo’jizalari erdi. Download 5,12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling