Tarixi muhammadiy
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI MO’JIZA
www.ziyouz.com kutubxonasi 310 qilishlik Xudo tarafidan buyurildi. Bu dinning qoida-qonunlarini ochiq bayon qilib, Payg‘ambarimizga Qur’on kitobini tushirdi. Boshqa mo’jizaga hojat qolmay shu kitobning o‘ziyoq Rasulullohning Payg‘ambarligiga eng ulug‘ hujjat bo‘ldi. Shundoqkim, Rasulullohga Payg‘ambarlik vahiyi kelgach, xalq ichiga kirib ochiqdan-ochiq aytdilar: — Bilinglarkim, meni Alloh taolo sizlarga Payg‘ambar qilib yubordi. Yer ustidagi barcha insonlarni Islom diniga da’vat qilurman. Agar menga iymon keltirib qabul qilsangiz, najot topursiz. Yo‘q ersa, abadiy azobga qolursiz. Anda ular: — Senga dalilsiz, hujjatsiz qanday ishongali bo‘lur, bosh-oyog‘i bilinmagan bir so‘z bilan o‘z dinimizni nechuk tashlagaymiz? — deb Rasulullohdan hujjat so‘radilar ersa, darhol Qur’ondan bir qisqaroq sura o‘qib: — Mana menim hujjatim, bu so‘z Allohdan kelmishdur, menim barhaq Payg‘ambarligimga shu o‘qiganlarim dalildur. Bu oyatlar Alloh so‘zidur, maxluq so‘zi emasdur. Alloh so‘zini o‘zga hech kimarsa so‘zlay olmagay. Maxluq so‘zini har kim so‘zlay olgay. Agar menim shu so‘zimga ishonmas ersangiz, Muhammad Qur’onni o‘zi ko‘nglidan to‘qib chiqardi desangiz, qani bo‘lmasa, sizlar ham shunga o‘xshash birorta surani, yoki besh-o‘n oyatni o‘z ko‘nglingizdan to‘qib chiqaringlar-chi! Agar sizlar ham shunga o‘xshash oyat to‘qib chiqarur bo‘lsangiz, ul chog‘da meni yolg‘onchi qilmoqqa, albatta, haqqingiz bordur. Lekin aniq bilurman «Inno a’tayno» kabi qisqacha bir sura keltirmakka ham kuchingiz yetmaydur, bu ishga ojiz erursiz. Yo‘q esa, qani shunga o‘xshash bir sura keltiringlar-chi! Shu bilan osongina ishimiz ayrilsun, o‘rtamizdagi talashgan masalamiz tezroq hal bo‘lsin, — deb ularni qistagali turdilar. Mana shu kunlarda Rasulullohni quvvatlab ushbu oyat Allohdan tushdi: «Qul lainijtama’atil insu val jinnu ala an ya’tu bimisli hazal Qur’ani la ya’tuna bimislihi va lav kana ba’zuhum li ba’zin zahiron». Ya’ni «Aytgil, (ey Muhammad), Qur’onga o‘xshash bir kitob chiqarmoqchi bo‘lib barcha insu jinlar yig‘ilishsalar ham, ular bir-birlariga yordamlashsalar ham, undoq Kitobni chiqarolmagaylar», dedi. Allohning bu degani albatta to‘g‘ridur. Chunki Rasululloh qirq yoshga kirganlarida payg‘ambarlik keldi. Oltmish uch yoshga kirganlarida vafot topdilar. Yigirma uch yil xalqni Islom diniga da’vat qildilar. Shu muddat ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har doim: — Agar Qur’onni inkor qilib, bu kitobni Alloh so‘zi emas, mahluq so‘zidur deb gumon qilsangiz, sizlar degandek bu kitob Alloh so‘zi bo‘lmay, balki men o‘zim chiqargan so‘z bo‘lsa, sizlar ham birorta surani yoki besh-o‘n oyatni Qur’onga o‘xshatib yasab chiqarmoqqa, albatta, qudratingiz yetgay, o‘zingiz o‘ylaganingizcha men aytgan so‘zlarni nechuk siz aytolmagaysiz? Ichingizda necha minglab so‘z ustalari, shoir, xatiblaringiz bordur. Barchalaringiz yig‘ilishib birlashinglar, yordamlashinglar, har qandoq qilib ham bo‘lsa, o‘n oyat to‘qib chiqazib, meni mot qilinglar, — deb har vaqt ularni qistar edilar. Rasulullohdan shunchalik so‘z eshitib xijolatga qolsalar ham hech birlari bu ishning uddasidan chiqa olmadilar. Musaylama Kazzobga o‘xshash shaqovatda qolgan ba’zi birovlari o‘z gumonicha Qur’onga o‘xshatdik, deb besh-o‘n og‘iz so‘z rostlab chiqargan bo‘lsa ham, butun arablar ichida kulgu bo‘ldi, o‘z tarafdorlari oldida sharmanda bo‘lib rasvosi chiqdi. Endi haqiqat izlagan har bir kishi oldida ochiq ma’lum bo‘ldikim, Qur’on Allohning so‘zidur, banda so‘zi emasdur. Agar Qur’on inson so‘zi bo‘lib, Muhammad alayhissalom buni o‘zi ko‘nglida o‘ylab chiqargan bo‘lsa, shunchalik uzun muddatlar o‘tib, nima uchun birorta odam besh-o‘n Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 311 oyat bo‘lsa ham Qur’onga o‘xshash so‘z chiqara olmadi? Albatta, Unga o‘xshash qilib, inson tarafidan chiqarmoq mumkin emasdur. Chunki Alloh taolo azaliydur. Aning so‘zini boshqalar hech bir chiqara olmaydilar. Yana Qur’on Alloh so‘zi ekaniga ikkinchi dalil shulki, o‘tgan zamondagi g‘ayb ishlardan va vahiy tushib turgan vaqtning g‘ayb ishlaridan, kelajakdagi bo‘ladigan bir necha g‘ayb ishlardan Qur’on xabar bermishdur. G‘ayb ishlarni ersa Allohdan o‘zga hech kim bila olmagay. Qur’onda aytilmish g‘ayb xabarlari ersa qandoq aytilgan bo‘lsa, shundoqcha chiqqanligi bugun ummatlariga ma’lumdir. Agar vahiy orqalik Alloh bularni bildirmagan bo‘lsa, Rasululloh bu g‘ayb ishlarni qanday bildirur edilar? Endi Qur’onda aytilgan g‘ayb ishlardan ba’zi birlarini bu o‘rinda keltiramiz. Alardin biri shul erdikim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratdan ilgari Makkada turgan zamonlarida Eron podshosi bilan Rum podshosi orasida urush ochildi. Rum xalqi u zamonda nasoro dinida bo‘lib kitobiy kofir edilar. Eron ahli ersa majusiy dinida bo‘lib, otashparast edilar. Rasululloh zamonlarida Eron bilan Rum oralarida ikki yil urush bo‘lgan edi. Har vaqt bular urush qilsalar, arab mushriklari Eron tarafdori bo‘lib, ularning g‘alabasini tilar edilar. Agar Eron hukumati g‘alaba qozonur ersa arab mushriklari: — Mana bizning tarafdorlarimiz sizlarning tarafdorlaringiz ustidan g‘alaba qildi. Biz bu ishdan fol ko‘rdik, har qachon biz bilan urush qilsangiz, biz g‘alaba qilurmiz, — der edilar. Hijratdan ilgari Eron podshosi Rum ustiga askar yubordi. Ikki qo‘shin Suriya tuprog‘ida to‘qnashdilar. Bu urushda Eron g‘alaba qozondi. Buni anglashib mushriklar bek suyundilar. Musulmonlar ma’yus bo‘ldilar. Bu ish ersa Rasulullohga og‘ir keldi. Ana shu chog‘da Rasulullohga tasalli bermoq uchun Alloh taolodan bu oyat nozil bo‘ldi: «G‘ulibatir-Rumu fi adnal arzi vahum min ba’di g‘alabihim sayag‘libuna fi biz’i siniyna». Ya’ni, «Rum askari Shom yerida Eron askaridan yengildi. Ko‘p uzoq o‘tmay bir necha yil ichida Rum askari Fors askarini yenggaylar» demakdur. Bu oyat tushgandan so‘ngra Hazrati Abu Bakr Siddiq Quraysh majlisiga chiqib: — Ko‘p ortiqcha suyunib ketmanglar. Alloh taolo bizning Payg‘ambarimizga xabar berdi, bu yaqin zamonlarda Rum bilan Fors yana urushgaylar, bu urushda ersa Rum podshosi yengadur, — dedilar. Bu so‘zni anglab Quraysh mushriklarining g‘azabi qo‘zg‘aldi. Ulardan Umiyya ibn Xalaf turib Hazrati Abu Bakrga dashnom berib: — Bu so‘zing yolg‘ondur, — dedi. Anda Hazrati Abu Bakr Siddiq: — Ey Xudo dushmani, sen yolg‘onchi kazzobdursan, — dedi ersa, ul aytdi: — Andoq bo‘lsa o‘rtamizda o‘n tuyadan garov bog‘lashaylik. Kimning so‘zi rost bo‘lsa tuyalar uniki bo‘lsin. Har ikki tomon bu so‘zga kelishib garov bog‘lashdilar. Bu ishga uch yil muddat qo‘ydilar. Rasululloh bu so‘zni anglagach, Abu Bakr Siddiqqa aytdilarkim: — Garov tuyalarini ko‘paytirib, muddatni uzun qo‘ygil. U ersa qaytadan borib tuyani yuzga, muddatini to‘qqiz yilga keltirdi. Shuning bilan bu so‘zdin yetti yil o‘tganda, Rum va Eron qaytadan urush boshladilar. Ammo Qur’on aytgandek, Rum podshosi bu urushda eroniylarni qattiq yengdi. Garovga qo‘ygan yuz tuyani Hazrati Abu Bakr Siddiq oldilar. So‘ngra tuyalarni Rasulullohning buyruqlari bilan Xudo yo‘lida sadaqa qilib, kambag‘allarga ulashib berdilar. Yana Qur’onda aytilgan g‘ayb xabarlarning birisi shuldurki Fath surasida bu oyat keldi: «Liyuzhirahu aladdini kullihi». Ya’ni «Alloh taolo Muhammadni Islom dini bilan dunyoga yubordi. Bu din ersa kelajakda Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 312 barcha dinlarga g‘alaba qiladi», demakdir. Sharqda Xitoy xonligini bo‘ysundirgudek, G‘arbda Andalus, Ispaniya, Portugaliya, yarim Fransa Toriq ibn Ziyod qo‘lida fath bo‘ldi. Usmonli turk sultonlaridan Sulaymon Qonuniy davriga kelganda butun Ovrupo davlatlari buning taxti oldida tiz cho‘kib, bosh egmakka majbur bo‘ldilar. Yuqorigi oyat mazmuniga barchalarini iqror qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaricha, oldimizdagi kunlarning birida Islom dini, inshaalloh, yana bir karra yer yuzini qoplagay. Dinsizlik shumligidan kelib chiqqan xiyonatlar yer ustidan ko‘tarilgay. Aning o‘rniga haqlik, adolatlik hukm surgay, yer osti xazinalari yuzaga chiqarilgay. Ana u chog‘da barcha barobar boy bo‘lib, zakot olg‘udek kambag‘al kishi qolmagay. Bu ishning bo‘lishi hadislarning mazmunicha Hazrati Imom Mahdiy xuruj qilib, Hazrati Iso osmondan tushganda bo‘lg‘ay. Yana Qur’onda kelgan g‘ayb xabarlarning birisi ushbu oyatdur: «Inna nahnu nazzalnazzikra va inna lahu lahafizuna». Ya’ni, «Biz Qur’onni yer ustiga tushirdik, endi uni o‘zimiz saqlaymiz», demakdur. Alloh taolo Qur’onni tushirgandan so‘ngra uni saqlaymiz, deb o‘zi va’da qildi. Alloh aytganidek, shu kungacha Qur’onni o‘zi saqlab keldi. Qur’onning kelganiga bir ming uch yuz sakson yil bo‘lmishdur. Mana shunchalik uzun muddat ichida Qur’ondan bir harf ham bo‘lsin ortiq yoki kam bo‘lmadi. Yo‘q esa, din dushmanlari Qur’onni buzmoqqa ko‘p qasd qilgan edilar, va’dasi bo‘yicha Alloh taolo alarga yo‘l bermadi. Yuqorigi oyatning mazmuni amalga oshdi. O‘tgan Payg‘ambarlarga tushgan Qur’ondan boshqa kitoblar ersa o‘zlaridan keyin ko‘p zamon o‘tmay, ummatlari tomonidan buzilishga turdi. Tavrot, Injil oyatlarini o‘g‘irladilar. Bu kitoblarning ko‘p joylarida o‘zgarishlar bo‘ldi. Chunki bularni saqlash vazifasi har Payg‘ambarning o‘z ummatiga topshirilgan edi. Qur’on Alloh so‘zi ekanligiga ochiqdan-ochiq yana bir dalil shulki, otamiz Odam Safiyullohdan boshlab yigirma sakkiz payg‘ambarning qissalari Qur’onda aytilmishdur. Nuh qavmi to‘fon suvi bilan, Hud qavmi shamol bilan, Samud qavmi qattiq tovush bilan halok bo‘lganliklari Qur’onda bayon qilinmishdur. Bulardan boshqa o‘tgan ummatlar voqealari, Namrud, Fir’avn qissalari keltirilmishdur. O‘shal zamondagi Yahud nasoro olimlari o‘zlari iqror bo‘lib, Qur’onda aytilmish shu qissalarni tasdiq qildilar. Chunki Tavrot, Injil va boshqa samoviy kitoblarda ham bu qissalarning bayoni bor edi. Qur’on xabari to‘g‘ri chiqqach, yolg‘on deyishga yo‘l topolmadilar. Endi o‘ylab qaraylik, agar bu so‘zlar Payg‘ambarimizga Alloh taolodan bildirilmagan bo‘lsa, Rasululloh bularni qaydin bildilar, kimdan o‘rgandilar? O‘zlari o‘qimagan, madrasa ko‘rmagan bo‘lsalar, bunday kishiga bu so‘zlarni bilmak hech mumkin emasdur. So‘z topolmagan dushmanlar yahud, nasoro olimlaridan o‘rganib olib ayturmikin desalar, bu ish aqldan yiroqdur. Chunki umrlari ichida ikki martagina Shom safariga chiqdilar. Birinchisida, o‘n ikki yoshlarida bo‘lib, ikkinchisida, yigirma to‘rt yosh edilar. Keyingi safarlarida Busro shahrida Nasturo rohib Rasulullohni ko‘rdi. Bu kishi ersa Tavrot, Injilda Payg‘ambarimizning sifatlarini o‘qimish edi. Oxirzamon Payg‘ambari Arabistonda Makka shahrida tug‘iladi. Yigitlik vaqtida Shom tuprog‘iga qadami yetgay deb, Rasulullohni ko‘rmakka mushtoq bo‘lib savmasi ustiga chiqib o‘ltirgan edi. Shu chog‘da Quraysh karvoni bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu joyga kirdilar. Nasturo rohib darhol savmasidan chiqib Rasululloh bilan ko‘rishdi. Tavrot va Injilda sifatini ko‘rgan oxirzamon Payg‘ambari aniq shu kishi ekanligini bildi. Bir necha soat suhbatlashgandan so‘ngra Rasulullohga shahar ichiga kirmaslikni tavsiya qildi. Uning maslahatiga kirib, shahar bozoriga bormay, mollarini shu joyda sotib qaytdilar. Mana, Rasulullohning umr ichida qilgan safarlari va din olimlaridan ko‘rgan kishilar shul edi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 313 Endi oqillar oldida bu ochiq masaladurkim, bir necha soat ichida boshqa bir tillik kishidan Qur’onga o‘xshash kitob aytgudek darajada ilm o‘rganish hech bir mumkin emasdur. Aqli o‘zida bor kishilar buni xayoliga ham keltira olmagaylar. Nasturo rohibga o‘xshash bir kishi emas, yana shunga o‘xshash milyonlab olimlar yig‘ilsanlar ham Qur’onning «Inno a’tayno» kabi bir qisqa surasini ham chiqara olmagaylar. Ahli kitob olimlari Rasulullohni sinamoq uchun Tavrot va Injilda yozilmish birmuncha xabarlardan so‘rashdilar. Muso bilan Hizr alayhissalomlarning suhbatlaridan, Yusuf alayhissalom va uning akalari haqidagi voqealaridan, Ashobi Kahf, Zulqarnayn xabarlaridan, inson ruhining haqiqati nima ekanligidan Rasulullohga savol berdilar. Vahiy orqali bu savollar Rasulullohga ma’lum bo‘ldi. So‘ragan savollariga qanoatlantirib javob berdilar. Alar ko‘rdilarkim, Rasulullohning bergan javoblari o‘z kitoblari Tavrot va Injilga to‘g‘ri kelib, tasdiq qilmoqdan o‘zga chora topolmadilar. Muhammad javobi to‘g‘ridur, deb iqror qildilar. Ba’zilari insofga kelib, iymon keltirgan bo‘lsa ham kufr, hasad balchig‘iga botgan bir qanchalari bu ulug‘ ne’matdan quruq qolishdi. Chunki haqiqiy hidoyat Allohdan bo‘lsa ham, hidoyat talab qilmoq bandaning vazifasidur. Talab qilmagan kishilarni hidoyat qilmoqqa qudrati yetsa ham uni ato qilmaydur. Banda o‘z ixtiyoricha kelib tavba eshigini qoqib, Allohdan hidoyat so‘ramog‘i kerakdur. Banda so‘ramaguncha, ul eshikni ochmoq Allohga odat emasdur. Endi Qur’onda xabar berilmish g‘ayb ishlarning hammasini bu o‘rinda yozmoqchi bo‘lsak, bir kitob bo‘lur. Yuqorida yozilgan so‘zlarimiz ersa daryodan bir tomchidur. Yana shuni bilmak kerakkim, Qur’onning mo’jizaligini aql ishlatgan, fikr yurgizgan kishilar boshqalardan yaxshiroq bilgaylar. Islom dinining haqligini bilgudek, haq yo‘lni botil yo‘ldan ajratgudek aqlni Alloh taolo barchaga bermishdur. Shunchalik aqlning bo‘lishi bari insonda barobardur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib: — «Qur’on sening foydangga hujjatdir yoki ziyoningga hujjatdur. Ya’ni, Qur’onga iymon keltirib aning yo‘lida o‘lsa, foydasi uchun hujjat bo‘lgay, yo‘q esa, ziyoni bo‘lib chiqqay. Qur’on Yer ustiga kelgandan keyin unga iymon keltirib amal qilmaganlarning Xudo oldida uzr aytgudek tillari yo‘qdur. O‘tgan payg‘ambarlarga berilgan mo’jizalar ular dunyodan o‘tgandan so‘ngra ummatlari qo‘lida qolgani yo‘qdur. Ammo menga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i Qur’ondur. Buni ummatlarim qo‘lida qoldirdim. Unga amal qilgan kishilar ersa qiyomatgacha haq yo‘ldin adashmagaylar, — dedilar. Qur’onda 114 sura bo‘lib, bir rivoyatda 6666ta oyat bordur. Bundan mingta oyat amrdur, ya’ni Alloh taoloning buyruqlaridurkim, ularni qilmoqqa mo’min bandalarni buyurmishdur. Yana ming oyat nahiydur, ya’ni, mo’min bandalarini qilmanglar, deb qaytargan ishlaridur. «Amr» buyurmoq, «nahiy» qaytarmoqdur. Allohning buyurgan ishlari ersa barchasi yaxshilikdur, aning qaytargan ishlari bari zararlikdur. Demak, Alloh taolo insonlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmish ekandur. Yana ming oyati va’dadur, ya’ni, Alloh taolo Qur’onga amal qilgan bandalariga dunyoda oxiratda yaxshilik berurman, deb shu oyatlarda va’da bermishdur. Yana ming oyati va’iddur, ya’ni, Qur’onga amal qilmaganlarni dunyoda va oxiratda azob qilgayman, deb shu oyatlarda qo‘rqitmishdur. Yana mingta oyat ilgarigi ummatlarning, Payg‘ambarlarning tarixlaridur. Ya’ni, qaysi qavmga qaysi payg‘ambar keldi? Iymon keltirgan, keltirmaganlarning hollari qandoq bo‘ldi? Payg‘ambarga qarshilik qilgan qavmlar boshiga xudo tarafidan qanday balolar keldi? Alarning qaysilari to‘fon suvida g‘arq bo‘lib, ba’zilari g‘azab yeli bilan halok Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 314 bo‘ldilar. Horunni mol-mulki bilan qo‘shib yer yutdi. Muso alayhissalom bilan Fir’avnni, Ibrohim alayhissalom bilan Namrud qissalarini, bulardan boshqa tarixiy voqe’alarni shu oyatlarda bayon qildi. Yana mingta oyat bilan ibrat olurlik har turli misollar, aql o‘rgatgudek hikmatli so‘zlar keltirdi. Besh yuz oyat halol, harom narsalarni ajratmoq uchun keldi. Islom shariatidagi borliq halol harom narsalar shu oyatlar bilan ajradi. Yuz oyat erta-kechda bandaning qanday duo qilishi kerak, Allohga qanday zikr, tasbeh aytishi lozim shularni bildiradi. Qolmish oltmish olti oyat ersa, ularni mansux demishlardur. Buning ma’nosi ersa, bu oltmish olti oyatlarning hukmi vaqtlik yurgizilmish edi. Vaqti yetgan o‘rinlariga boshqa oyatlar tushib, ilgarigi oyat hukmi to‘xtaldi, demakdur. Mana shunday bo‘lganni mansux oyati deb aytilur. Bundog‘ oyatlardan ba’zilarini Alloh taolo butunlay unutdirmish edi. Payg‘ambarimiz boshliq barcha sahobalar unday oyatlarni hech vaqt esga olmaydilar. Ba’zilari esa hukmlari ko‘tarilib, Qur’onda tilovatlari qolmishdur. Masalan, Kofirun surasi shundog‘dir. Qolganlari ersa Qur’onda oyatlari o‘qilib tilovat qilinur. Alloh taolo mansux oyatlarini bayon qilib Baqara surasida bu oyatni kelturdi: «Ma nansax min oyatin av nunsiho na’ti bixayrin minho av misliho alam ta’lam annalloha ala kulli shay’in qodir». Ma’nosi: «Qur’on oyatlaridan hech birining hukmini ko‘tarmadik yoki unuttirmadik. Agar shunday qilgan bo‘lsak andin yaxshiroq, foydaliroqni yo uning o‘xshashini keltirdik», demakdir. Qur’onning boshi Fotiha surasi, oyog‘i An-Nos surasi bo‘lib, uning tuzilish tartibi Lavhul mahfuzning tartibiga to‘g‘ridur. Lavhul mahfuzdagi Qur’on qudrat qalami bilan shu tartibda yozilmish edi. Jabroil alayhissalom Qur’on oyatlarini Lavhul mahfuzga to‘g‘rilab Payg‘ambarimizga o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga buyurib shu kundagi Qur’on tartibicha qilib yozdirdilar. Qur’onning bu tartib yozilishi uning birinchi yozilishidur. Suyaklarga, taxta parchalariga, xat yozgudek har xil toza narsalarga yozib qo‘yilmish edi. Qur’onni butun yod olgan sanoqlik kishilar ham bor edi. Rasulullohning tirik vaqtlaridayoq Qur’on yozilmish ham sahobalar ko‘ngillarida yodlamish edilar. Ammo Qur’onning kitob suratiga keltirib, qog‘oz ustiga yozilishi ersa Hazrati Abu Bakr Siddiq xalifalik davrida butun sahobalarning ittifoqlari bilan amalga oshirilmishdir. Hazrati Usmon davriga kelguncha butun musulmonlar o‘qigan Qur’onlar ersa shu nusxadan olinmish edi. So‘ngra Qur’on qiroatida ixtilof chiqqach, shu nusxadan to‘rt nusxa yozdirib, Islom olamiga tarqatdi. Boshqalarini kuydirishga buyurdi. Bizning shu kunlarda o‘qib yurgan Qur’onimiz o‘shal Hazrati Usmon raziyallohu anhu yozdirgan Qur’on nusxalaridandur. Qur’on «Bo» harfi bilan boshlanib «Sin» harfi bilan tugadi. Bu ikkovi qo‘shilsa, «Bas» bo‘lur. Ya’ni, ikki jahonni topmoqqa Qur’on yetur, demakdur. Bayt: Nechun «bo» birla «sin» kelmishdi Qur’on bosh oyog‘ida, Demak ikki jahonning rahbari chun «bas» demakdur. Ammo Qur’onning dunyoga kelish tartibi esa, yozilish tartibidan butunlay boshqadur. Chunki Qur’onning birinchi vahiyda kelgani Alaq surasi edi, so‘ngra Muddassir, undan keyin Muzzammildur, eng oxirgi sura ersa, Tavba surasi edi. Qur’onning ulug‘ mo‘jiza ekanligini yuqorida aytib o‘tdik. Lekin buning mo’jizaligini bilmak uchun aql yurgizmak, fikr ishlatmak kerakdur. Aql ko‘zi ochiq olimlar oldida Qur’onning mo’jizaligida hech shak yo‘qdur. Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimizga ikki turlik mo‘jiza bermishdur. Birisi aqliy mo‘jiza, ikkinchisi hissiy mo’jizadur. Aqliy mo‘jiza Qur’ondur, hissiy mo‘jiza deb xalqqa Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 315 ko‘rsatib turib, aqldan tashqari, odatdan tashqari bir ish qilg‘anga aytilur. Masalan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Tabuk cho‘lida barmoqlari orasidan ot-ulovi bilan ellik ming kishi ichib qong‘udek suv chiqardilar. Rasulullohning bu mo’jizalari ersa shuncha ko‘p askar ko‘z oldilarida bo‘lganlikdan, uning aniqligida hech gumon yo‘qdur. Unga gumon qilganlar ersa, Makka shahrining borligiga gumon qilgandek bo‘lib, kulguga qolgaylar. Endi biz bu o‘rinda Rasulullohning hissiy mo’jizalarini bayon qilurmiz. Ma’lum bo‘lgaykim, Qur’ondan boshqa Payg‘ambarimiz ko‘rsatgan mo’jizalari ichidagi eng ulug‘rog‘i «Oy yorilishi» mo’jizasidur. Buning voqeasi shunday bo‘lgan edi: Quraysh raislaridan Valid ibn Mug‘iyra, Abu Jahl, Os ibn Voil va bir qancha kishilar bir to‘p bo‘lib, Rasululloh oldilariga kelishdi. So‘ngra alar: — Ey Muhammad, agar sen biz so‘ragan mo’jizani ko‘rsatur bo‘lsang, u chog‘da senga iymon kelturgaymiz. Qani, sen Alloh yuborgan payg‘ambar ekansan, shu ustimizdagi turgan oyga ishorat qil, u ikkiga bo‘linsin. O‘shanda sening so‘zingga ishonurmiz, — dedilar. Shu kechasi o‘n to‘rt kunlik oy to‘lig‘i edi. Ular shu talabni qo‘ygach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyga barmoq ko‘tarib ishorat qildilar ersa, Alloh amri bilan ikkiga bo‘lindi. Bir bo‘lagi o‘z o‘rnida qolib, ikkinchi bo‘lagi Jaro’a tog‘ining to‘g‘risiga kelib turdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Mana, ko‘ringlar, Alloh qudratini, — deb oyga ishora qildilar. Shundog‘ ulug‘ mo’jizani ko‘rib tursalar ham yana iymon keltirishmadi. — Muhammad bizni sehr qildi, ko‘z boyladi, — dedilar. Anda o‘z ichlaridan bir kishi turib: — Atrofdan kelgan yo‘lovchilardan so‘rab ko‘raylik, bizni sehr qilgan bo‘lsa ham, ularni sehr qila olmag‘ay, — dedi. Har tomondan keluvchi kishilardan so‘radilar ersa: — Shu tunda shu soatda biz falon joyda edik. Oy ikki bo‘lak bo‘ldi, ko‘rdik, — deb hammalari guvohlik berdilar. Bu bilan ham tavfiq topmadilar. Ammo mo’minlarning iymonlari yana ham ziyoda bo‘ldi. Baxtsiz kishilarga ersa mundoq ulug‘ ne’matdan zarrachalik ham bahra yetmadi. Bu mo‘jiza hijratdan besh yil ilgari Makka shahrida bo‘lgan edi. Ikki parcha bo‘lib yorilgan oy ersa bir-biriga qo‘shilmay bir-ikki soatcha turib, so‘ngra qo‘shildi. Muni ko‘rdilar ersa yana iymon keltirmadilar, mana shu chog‘da «Iqtarobatis-so’atu vanshaqqal-qamaru» oyati nozil bo‘ldi. Ya’ni, «Qiyomat yaqinlashdi, oy yorildi», demakdur. Bu oyat mazmunidan ma’lum bo‘ldikim, Rasulullohga mo‘jiza bo‘lib, oy yorilmish ersa, bu ham qiyomat alomatidur. Bu mo’jizaga shak keltirmak musulmon kishiga durust emasdur. Chunki bu mo’jizaning haqligi yuqorigi oyat bilan, ham hadis bilan sobit bo‘ldi. Munga inkor qilish Qur’onni inkor qilish, demakdur. IKKINCHI MO’JIZA Raddish-Shams, ya’ni, botib ketgan quyoshni qaytarmoqdur. Bu voqea shundoq erdikim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar urushidan qaytishlarida butun askar bilan Sahbo’ degan joyga kelib tushdilar. Shu yerda Hazrati Alining tizzasiga bosh qo‘yib yotib, ko‘zlari uyquga ketdi. Hazrati Ali ersa asr namozini o‘qimagan edi. Uyqulari buzilmasin deb qimirlamay o‘ltira berdi. Bir vaqtda Rasululloh uyqudan uyg‘ondilar, qarasalar kun botmishdur. — Asr namozini o‘qidingmi? — deb Hazrati Alidan so‘radilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling