Tarixi muhammadiy
Download 5.12 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘N YETTINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com
- O‘N TO‘QQIZINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA BIRINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA IKKINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA UCHINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA TO‘RTINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA BESHINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA OLTINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA YETTINCHI MO’JIZA
- YIGIRMA SAKKIZINCHI MO’JIZA
O‘N OLTINCHI MO’JIZA Ya’lo ibn Murra degan sahobadan rivoyat qilinur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Madina atrofida jihod safariga chiqdik. Yo‘lda ketayotganimizda bir kishi yetaklagan yuklik tuyaga uchradik. U tuya Rasulullohga qarab bo‘ynini tuban solib bir munglig‘ tovush bilan so‘zladi. Rasululloh to‘xtab: — Buning egasi kimdur, chaqiringlar, — deb buyurdilar. Egasi kelgach: — Menga sotgil, — dedilar. Alar aytdi: — Yo Rasulalloh, buni sizga hadya qilur edik, biroq bir oilaning shundan boshqa moli yo‘qdur, shu tuya bilan tirikchilik o‘tkazurlar. Anda Rasululloh aytdilar: — Andog‘ ersa tuya o‘zingizda qolsin. Bu ersa menga shikoyat qildi, ovqatni oz berib yumushni ko‘p qildirur ekansiz. Endi bu tuyaga yaxshilik qilinglar, ishni oz qildirib, ovqatni ko‘p to‘ydirib beringlar. Alar ham; — Shundog‘ qilg‘aymiz, — deb va’da berishdi». O‘N YETTINCHI MO’JIZA Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 324 Imom Dorimiy, Imom Bayhaqiy Hazrati Jobirdan rivoyat qilurlar: «Bir kuni Rasululloh bilan o‘ltirgan edik, yiroqdan bir tuya qochgandek bo‘lib bizga qarab kelaverdi. To‘g‘ri Rasulullohning qarshilariga kelib, cho‘kkalab turib, sajda qildi. Sahobalar hayron bo‘lib qarab qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Bu tuyaning egasi kimdur — deb so‘radilar ersa, ansor sahobalardan bir necha yigit: — Yo Rasulalloh, bu bizning tuyamiz edi, — dedilar. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Tuyangiz sizlardan shikoyat qilur. YOshligimdagi kuchim ketib, qariligim yetganda meni so‘ymoqchi bo‘ldilar, deydur. Buni menga sotinglar, yoki o‘z ajali yetguncha unga yaxshilik qilishga va’da beringlar. Qadrdon xizmatchini shundoq hurmat qilmoq kerak, — dedilar. — Yo Rasulalloh, tuyaning bu aytgan so‘zi to‘g‘ridur. O‘zi o‘lguncha endi unga yaxshilik qilaylik, — deb va’da berdilar. O‘N SAKKIZINCHI MO’JIZA Anas ibn molikdan rivoyat qilinur: «Bir kuni Rasululloh ansoriylardan bir kishining bog‘iga kirdilar. Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar bular ham birga kirishgan edilar. Shu bog‘da yurgan bir qo‘zichoq Rasulullohni ko‘rishi bilan ta’zim qilib, darhol sajdaga bosh qo‘ydi. Buni ko‘rib Hazrati Abu Bakr Siddiq aytdi: — Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, bizlar ham sizga sajda qilaylik, hayvonlardan bu ishga biz haqliroqdurmiz. Anda Rasululloh, Sollallohu alayhi vasallam. — Maxluq holiqdan o‘zga kimarsaga sajda qilmog‘i durust emasdur, — dedilar. O‘N TO‘QQIZINCHI MO’JIZA Imom Ahmad, Imom Termiziy, Abu Said Xudriydan rivoyat qiladur: «Makka, Madina tog‘lari orasidagi badaviylardan bir kishi qo‘y boqib yurgan edi. Bir kuni bo‘ri kelib aning qo‘yiga chovut qildi va qo‘ylardan birini olib qochdi, egasi orqasidan quvlab borib, bo‘ri og‘zidan qo‘yni ajratib olgach, bo‘ri besh-o‘n qadam yerga borib, cho‘kkayib o‘ltirdi. So‘ngra Xudo qudrati bilan ul bo‘ri tilga kirdi va: — Xudodan qo‘rqmasmusan, Xudo yetkizgan rizqimni og‘zimdan tortib olding?, — dedi. Anda cho‘pon bu ishga hayron qolib: — Bu qandoq ajab ishdurkim, bo‘ri odamdek bo‘lib so‘zlaydur, — dedi. — Sening ishing bundan ham ajabliroq erurkim, oxirzamon payg‘ambari Muhammad alayhissalom Madinaga keldi. Xudo oldida bundan ulug‘ darajali payg‘ambar yo‘qdur. Butun xalqni haq yo‘lga chaqirur. Sakkiz jannat eshiklari uning yuziga ochilmishdur. U bilan sening orangda ul tog‘dan boshqa hech narsa yo‘qdur. Shundog‘ ulug‘ ishni tashlab, sen bu yerda qo‘y boqib yurursan. Dunyoda bundan ham ajabliroq hech ish bo‘lurmi? Agar sen bormoqchi ersang, qo‘ylaringni menga omonat topshir, kelguningcha boqib berurman, — dedi bo‘ri. Bu karomatni ko‘rib, qo‘ylarni bo‘riga topshirdi. O‘zi Madinaga kelib, Rasululloh bilan ko‘rishib iymon keltirdi. Bu mo’jizani barcha sahobalar eshitdilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytmoqqa ruxsat berdilar. Kelib qarasa, bo‘ri cho‘ponlik qilib yuribdur. Qo‘ylariga hech qanday ziyon yetkazmabdur. Buni ko‘rib darhol bir qo‘yni bo‘g‘izlab bo‘rini ziyofat qildi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 325 YIGIRMANCHI MO’JIZA Voqea shuldurkim, Xaybar shahrini fath qilgandan so‘ngra yahudlardan ko‘p mol o‘lja oldilar. Rasulullohga tushgan mollarda bir qora eshak ham bor edi. Kishi bilan so‘zlagandek aning bilan Rasululloh so‘zlashdilar. — Noming nimadur? — deb so‘radilar. — Yo Rasulalloh, nomim Yazid ibn Shahob. Alloh taolo mening bobom naslidin oltmish atog‘liq eshak chiqarmishdur. Ularning hech birini payg‘ambarlardan boshqa kishilar minmagan ekandur. Meni ham oxirzamon payg‘ambari minsa kerak deb umid qilar edim. Aning uchunkim, endi dunyoga sizdan o‘zga payg‘ambar kelishi yo‘qdur. Menim bobom naslidan ersa mendan boshqa qolmagandur. Sizdan ilgari menga bir yahud ega bo‘lmish edi. Ul meni qachon minar ersa, jo‘rttaga qoqilib yiqilur erdim. U ham meni urib so‘kib, och qo‘yib ishlatur erdi, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aning otini Ya’fur qo‘ydilar. Sahobalardan kishi chaqirmoq bo‘lsalar, uni yuborur edilar. Ul boshi bilan eshikni qoqib, Rasulullohning chorlaganini ishorat bilan bildirur edi. Rasululloh vafotlaridan Ya’fur qattiq qayg‘urdi. Judolikka chidayolmay, o‘zini bir quduqqa tashlab halok bo‘ldi. Bu so‘zni ulug‘ muarrihlardan Ibn Asokir degan kishi Ibn Munzir degan sahobadan rivoyat qilmishdur. YIGIRMA BIRINCHI MO’JIZA Hadis olimlaridan Imom Bayhaqiy, Imom Tabaroniy, Dora Qutniy ibn Umardan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelgandan so‘ngra bir kuni sahobalar bilan majlis qurib o‘ltirmish edilar. Shu chog‘da Bani Salim qabilasidan bir kishi o‘tib borayotib to‘planib o‘ltirgan sahobalarga ko‘zi tushdi. Alar ichida o‘ltirgan Rasulullohni ko‘rib: — Bu kishi kim bo‘lur? — deb so‘radi. — Quraysh qabilasidan chiqqan Abdulmuttalib o‘g‘li Muhammad, butun dunyo xalqiga Xudo tarafidan payg‘ambar bo‘lib kelmishdur, — dedilar. — Andoq ersa uning so‘zini anglamoq kerak ekan,— deb Rasulullohning majlislariga kelib o‘ltirdi. Rasululloh ul majlisda Islomdan, arasot, qiyomatdan so‘zlar edilar. Bularni anglagach, boyagi kishi o‘rnidan sakrab turib: — Ey Muhammad, insonlar ichida sendek yolg‘onchini ko‘rganim yo‘q. Sening bu so‘zlaringga qandoq ishongali bo‘lur? Ayniqsa, o‘lgandan keyin chirib tuproq bo‘lib ketgan kishi qaytadan tirilur, degan so‘zing shaksiz yolg‘ondur. Meni shoshqaloq kishi ekan deb arablar ayb qilishidan qo‘rqmasam erdi, shu hozirdayoq seni o‘ldirib butun xalqni rozi qilur edim, — dedi. Buni anglagach, Hazrati Umarning g‘azabi qo‘zg‘alib: — Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, buning boshini kesib tashlayin, — deb o‘rnidan tura keldi. Anda Rasululloh: — Ey Umar, bilurmisan bosiq kishining darajasi payg‘ambar darajasiga yaqindur, og‘ir bo‘l, — dedilar. So‘ngra ul a’robiy yeng ichidan bir jonivor chiqarib, o‘rtaga tashladi. Arablar uni zab deb ayturlar. Forscha «susmor», turkcha «erbaliq», «qumbaliq», deyilur. Arabistonning Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 326 qumlik cho‘llarida ko‘p bo‘lib, arablar uni ovlab baliq o‘rnida yeydilar. A’robiy yo‘ldan buni ov qilib olmish edi. Uyiga ketayotganida Rasulullohga yo‘liqib, bu voqea bo‘ldi. Bu jonivorni o‘rtaga tashlagach, Lot, Manot butlari bilan qasam qilib: — Ey Muhammad, sening haq payg‘ambarligingga agar shu hayvon guvohlik berur ersa, senga iymon keltirurman. Yo‘q ersa, iymon keltirmagayman, — dedi. Rasulullohdan shu mo’jizani ul a’robiy xalq ichida talab qildi. Mana shundoq vaqtda payg‘ambarlarga mo‘jiza ko‘rsatmoq lozim bo‘lur. Ayni shu paytda qudrat ko‘rsatmoq esa, Alloh taoloning odatidur. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Ey zab, — deb uni chaqirdilar. Erbaliq darhol tilga kirdi, ochiq arabcha so‘z bilan javob qaytarib: — Labbayka va sa’dayka, yo Rasululloh, — dedi. Majlisda o‘ltirgan butun xalq buning tovushini eshitib, so‘zini angladilar. Anda Rasululloh: — Ey zab, kimga ibodat qilursan? — dedilar. Ul: — Yeru-ko‘kda hukmi bor, do‘zaxda qahri bor, ulug‘ qudratlik Allohga ibodat qilurman, — dedi. — Ey zab, men kim bo‘lurman? — dedilar. — Barcha olamni yaratgan parvardigori Allohning haq payg‘ambari, barcha anbiyolar sarvari erursiz. Sizga iymon keltirganlar ikki dunyoda jannat topgaylar. Sizdan yuz o‘girganlar abadiy azobga qolgaylar, — dedi. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rib a’robiy darhol iymon keltirdi. — Allohning payg‘ambari ekansiz, aniq bildim, oldin ko‘rganimda sizni hammadan ko‘proq dushman tutgan edim. Endi ersa chin ko‘nglim bilan sizga iymon keltirdim, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamdu sano aytgach: — Bu ulug‘ ne’matni Alloh senga nasib qilib Islom diniga kirding, endi har dinni yoritgudek, Islom dinining chirog‘i namozdur. Namozsiz dinni Xudo qabul qilmagay, — deb a’robiyga Fotiha va Ixlos surasini o‘rgatdilar. A’robiy Rasululloh oldidan chiqqach, o‘z joyiga qaytdi ersa, yo‘lda kelayotgan qurollik qalin askarga yo‘liqdi. Qarasa, o‘z qabilasidan ming kishi Rasulullohga qarshi urushmoqqa kelmish edi. A’robiy ularni ko‘rgach, to‘sib yo‘ldan qaytardi. Rasulullohdan ko‘rgan mo’jizasini aytib berdi. Barchalari kalima keltirib iymonlik bo‘ldilar. So‘ngra shu joydan to‘g‘ri Madinaga kelishib, Rasululloh bilan ko‘rishdilar. Har birlari shahodat aytib, tutgan joylarini, muborak qo‘l-oyoqlarini o‘pishur edilar. Bundoq ko‘pchilik xalqning birdaniga iymon keltirishi ersa, hech ko‘rilmagan ish edi. Shuning uchun Rasululloh va barcha sahobalar bu ishga ko‘p suyundilar. Bu qabila ersa Rasulullohdan xizmat talab qilib edilar, ul zot askarlik xizmatida Holid ibn Validning bayrog‘i ostida turmoqlarini buyurmishdur. YIGIRMA IKKINCHI MO’JIZA Anas ibn Molik va onamiz hazrati Ummu Salama— ikkovlari rivoyat qilurlar: «Bir kuni Rasululloh Makka shahridan tashqari sahroga chiqdilar. Yo‘lda ketayotganlarida: «YO Rasululloh» deb uch qayta chaqirgan tovush eshitildi. Qarasalar, bo‘ynidan bog‘langan bir kiyik turibdur. Aning oldida bir a’robiy boshini burkab uxlab yotibdur. Rasululloh kiyikka qarab: Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 327 — Nima hojating bor? — deb so‘radilar. Anda kiyik: — Yo Rasulalloh, shul yotgan a’robiy meni ov qilib oldi, emizib turgan ikki bolam bor edi, ular shul tog‘ ichida qoldi. Meni bo‘shatib qo‘ysangiz, ularni emizib darhol qaytib kelurman. Agar qaytib kelmas ersam, Alloh taolo zolimlar azobidek meni azob qilsin, — dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rahmlari kelib, kiyikni bo‘shatib yuborib, qarab turdilar. Xiyol o‘tmay kiyik qaytib keldi. Rasululloh uni burungidek qilib bog‘layotganlarida ovchi a’robiy uyg‘onib qoldi. Qarasa, Rasululloh kiyik oldida turibdurlar. Bu a’robiy iymon keltirgan kishilardan edi. Anda ul hayron bo‘lib: — Yo Rasulalloh, biror hojatingiz bormidur, bu joyga kelib qolibsiz, — dedi. Anda Rasululloh: — Ushbu kiyikni ozod qilib yuborur ersang, mening hojatim shuldur, — dedilar. A’robiy bu so‘zni anglashi bilan darrov turib kiyikni bo‘shatib yubordi. Aning qo‘lidan bo‘shangan bu kiyik ochiq til bilan: «La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh», deb qayta-qayta takrorlaganicha chopib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bu mo’jizani rivoyat qiluvchi Zayd ibn Arqam shunday aytur: — Alloh oti birla qasam qilurmankim, o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, shu qulog‘im bilan eshitdim, bu kiyik sahroda chopganicha shu kalimani to‘xtamay aytdi». YIGIRMA UCHINCHI MO’JIZA Ulug‘ sahobalardan Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladi: «Hudaybiya g‘azotida suvsizlikdan askarga chanqoqlik paydo bo‘ldi. Rasululloh namozga tahorat olmoqchi bo‘ldilar. Kosadan kattaroq bir idishda suv bor edi, shu suvdan tahorat oldilar. Anda sahobalar Rasululloh huzurlariga kelib: — Yo Rasulalloh, chanqoqlik butun askarni qopladi. Ichmakka va tahorat qilmoqqa oldingizdagi shul suvdan boshqa suv qolmadi, — deyishdi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qutlug‘ qo‘llarini shu idishdagi suvga soldilar. Shunda muborak barmoq oralaridan buloqdek suv qaynab chiqqani turdi. Butun askar ot-ulovlari bilan shu suvdan ichib qondilar: Hazrati Jobir aytishicha, bu qo‘shinda bir ming to‘rt yuz kishi bor edi. Agar yuz ming kishi bo‘lur ersa dag‘i bu suvning yetishiga shak yo‘q edi. Mundan boshqa bir necha joylarda ham shunga o‘xshash mo’jizalar bo‘ldi. Tabuk g‘azotida ko‘rilgan mo’jizalarni ersa, yuqorida aytib o‘tdik. YIGIRMA TO‘RTINCHI MO’JIZA Imom Buxoriy va imom Muslim «Sahih» kitoblarida shundog‘ keltiribdur: «Rasululloh g‘azot uchun bir safarga chiqdilar. Yurgan yo‘llari cho‘l bo‘lib, suvsizlikdan butun askar chanqoqlikda qoldi. Anda Rasululloh Hazrati Ali, Hazrati Zubayr ikkovlariga buyurdilar: — Falon joyga boringlar. Yo‘lda tuya mingan bir xotun sizlarga yo‘liqqay. Ortingan ikki sanoch suvi bor, shuni keltiringlar. Shundoq deb ul zot g‘aybdan xabar berdilar. Bu ikkovlari chopganlaricha shu joyga borsalar, Rasululloh deganlaridek, ikki sanoch suv ortgan tuyalik xotunga yo‘liqishdi. Uni Rasulullohga keltirdilar ersa, u suvdan bir idishga ozroq to‘kib muborak qo‘llarini unga solishlari bilan barmoq oralaridan buluqlab suv qaynab chiqqani turdi. Chanqab turgan butun askar ot-ulovlari bilan bu suvdan ichib Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 328 qondilar. Ul xotun ersa bunga hayron bo‘lib qarab turdi. Butun askar borliq idishlarini shu suvdan to‘ldirib oldilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotunni xursand qilish uchun askardan bir muncha oziq-ovqat yig‘dirib berib: — Endi borgil, biz sening suvingdan ichmadik. Alloh o‘z suvidan bizni qondirdi. Shu bilan bu xotun Rasululloh oldidan chiqib o‘z yeriga keldi. Anda ul xotundan qavmi: — Nechuk kech qolding? — deb so‘radilar. Ul xotun: — Bu kelishimda ajab bir qiziq ishga yo‘liqdim. Yo‘lda kelayotganimda qarshimdan ikki kishi chiqib, meni qo‘ymay bir odam qoshiga eltdilar. U ersa yangi bir din keltirgan odam emishdur. Ko‘z oldimda shunday-shunday ishlarni qildi. Bu kishi o‘tkir sehrchi bo‘lishi kerak yoki o‘zi aytgandek, Allohning payg‘ambaridur. So‘ngra shu xotun so‘zi sabab bo‘lib, Rasululloh bilan ko‘rishmasdanoq barchalari iymon keltirishdi». YIGIRMA BESHINCHI MO’JIZA Jobir ibn Abdulloh shundoq rivoyat qilur: «Quraysh boshliq Makka va Madina atrofidagi arab qabilalari birlashib, Abu Sufyon qo‘mondasida Madinaga hujum qilmoqchi bo‘ldi. Bu xabar eshitilgach, Rasululloh urush maydoni atrofiga o‘ra (handaq) qazishni buyurdilar. Bu ishga Salmon Forsiy maslahat bermish edi. Rasululloh boshliq barcha sahobalar bir oy chamalik bu ishda bo‘ldilar. Shul yillarda bir oz qahatchilik ham bor edi. Bir kuni ko‘rsam, ochlik Rasulullohning yuzlaridan bilinib turar edi. Ul zotga ichim og‘rib uyga keldim. Borliq ovqatim bir so’a, (ya’ni sakkiz qadoq) arpa, bir ulog‘im bor edi. Arpani un qil, deb xotunimga buyurdim, uloqni so‘yib qozonga soldim. Taom pishguncha Rasulullohni chorlab kelmakchi bo‘ldim. Anda xotunim: — Rasululloh oldida meni uyatga qo‘ymagil, bu ersa yetti-sakkiz kishilik ovqatdir, undan ortiq odam chaqirma, — dedi. Shu bilan Rasululloh qoshiga kelib yashirincha: — Yo Rasulalloh, bir uloq so‘yib, bir so’a arpa unni xamir etib, taom pishirib sizni chaqirgali keldim, besh-olti kishiga yetarlikdur, — dedim. Rasululloh bu so‘zni anglab: — Ey xandaq ahli, Jobir sizlar uchun osh pishirmishdur, qani yuringlar! — deb qichqirdilar. Ansor-muhojirin boshliq butun xalq Rasululloh ortidan uyima qarab yurdilar. Buni ko‘rib chopganimcha el oldida kelib xotunimga xabar qildim: — Uyatga qoldim, butun xalqni olib, mana Rasululloh kelib qoldilar. Anda xotuni: — Qanchalik oshimiz borligini Rasululloh anglamish ersalar, inshaalloh, bizga uyat bo‘lg‘udek ish yo‘qdur. Buning sirini Alloh payg‘ambari o‘zi bilur, — dedi. Rasululloh ham shu orada ilgariroq kelib qoldilar. Xotinim bir so’a undan qilingan xamirni keltirdi. Anga va qaynab yotgan qozonga qarab: — Ey bor Xudoyo, bu taomga baraka bergil, — deb duo qildilar. So‘ngra ul zot kelganlar o‘n kishidan bo‘lib o‘ltirmoqlarini buyurdilar. Anda uyimga kelmish kishilar ulug‘ qudratlik Alloh oti bilan qasam qilurmankim, mingdan ortiq edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ovqatni «Bismillah» deb o‘zlari suzdilar. Butun kelmish kishilar bir qozon oshdan yeb to‘yib tarqashdi. El ketgandan so‘ngra qarasam, qozonda osh boyagidek to‘liq turibdur. Bir uloq va bir so’a arpa unidan bo‘lgan osh ming Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 329 kishini to‘ydirib, yana shunday qolibdur. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xotunimga: — Bu ovqatdan o‘zinglar yeb, boshqalarga ham hadya qilinglar, — dedilar. Shu kuni kechgacha qo‘ni-qo‘shnilarga shu qozondan osh ulashdik». Endi shuni bilmoq kerakkim, mo‘jiza demak odatdan tashqari Alloh qudrati bilan bo‘ladigan bir ishdur. Bir kishilik oshni ming yoki milyon kishiga yetqizmoq Alloh qudratiga osondur. Odatdagi bo‘ladigan ishlar ersa, albatta, bir sababga bog‘liqdur. Sababsiz paydo bo‘lmish ishlarda Alloh taolo o‘z qudratini ko‘rsatmish bo‘lur. Dunyoda bor barcha ishlarning aqlga siqqudek biror sababi bo‘lishi, albatta, lozimdur. Ammo oxiratda bo‘ladigan ahvollar, o‘lgandan keyin bo‘ladirgan ishlar ersa, ularning haqiqatiga inson aqli bu dunyoda yeta olmaydi. Xudoning qudratiga qarab, din ishlaridagi aqli yetmagan so‘zlarga oyat, hadisdan olingan bo‘lsa, taslim qilish farzdur. Negakim, din ishlarida aqlning dinga bo‘ysunishi lozimdur. Yo‘q esa dinsizlik ofatidan kishi qutula olmaydi. Chunki insonning aqli dunyoda bor bo‘lgan narsalarning borligi uchun uning sababini axtarur. Qaysi narsaning sabablarini topa olmas ersa, unga inkor qilib qarshilik ko‘rsatur. Haqiqatda esa inson aqliga sig‘maydigan ko‘p ishlar bordurkim, u narsa Alloh qudratiga osondur. Buni bilish uchun dinga ishonmoq kerakdur. Din ushlashning asosi Allohning borligiga inonmoqdur. Hazrati Ali karamallohu vajha: — Qiyomat bo‘lib, jannat va do‘zaxni ko‘rganimdagi iymonim, shu kundagi iymonimdan kuchlik bo‘lmaydi. Ko‘rmay turib ishonganim, ko‘rgan kabidur, — dedilar. Barcha yaratilmish narsalar, bularning turlik-tuman bo‘lishlari, insonlarning tillari o‘ngi- tushi bir-birlariga o‘xshamasligi Allohning ulug‘ qudratiga ochiq dalildur. Shundoq bo‘lsa ham yana insonlar xayol qo-rong‘uligida qolib haqiqat yo‘lida adashib, armonda qolmagaylar, deb qancha ming payg‘ambarlarini o‘z tomonidan vakil qilib yubordi. Alar xalqqa kelgan Xudoning vakillaridur. Alloh odil erur. Zulmini o‘ziga va barcha bandalariga harom qilmishdur. Payg‘ambar yubormasdan ilgari hech kimni azob qilmagay. Allohning odati avval payg‘ambar yuborgay, ular kelib xalqqa Alloh amrini yetkurgaylar. Ularga iymon keltirib, ko‘rsatgan yo‘llariga kirar ekanlar, ikki jahon davlatiga ega bo‘lgaylar. Yo‘q esa, Xudo oldida uzr aytishga tillari yo‘qdur. Agar qiyomatda abadiy azobga qolsalar, o‘zlaridan ko‘rsinlar. Chunki payg‘ambarlar haqiqatni aytib, bu kunning bo‘lishini bildirmish edilar. «Va ma kunna muazzibina hatto naba’asa rasulan». Ya’ni «Payg‘ambar yubormaguncha hech bir qavmni azob qilmaymiz», degan bu oyat yuqorida aytilgan so‘zga ochiq dalildur. YIGIRMA OLTINCHI MO’JIZA Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan hijrat qilib Madinaga yangidan kelgan kunlarida Hazrati Abu Ayyub Ansoriy ikki kishilik taom qilib, Rasululloh bilan Hazrati Abu Bakrni uyiga chaqirdi. Uning uyiga kirganlaridan so‘ngra: — Ansor sahobalarning ulug‘laridan yana o‘ttiz odam chaqir, — deb buyurdilar. O‘ttiz kishi kelib, shu ikki kishilik taomdan to‘ygunlaricha yedilar, undan so‘ngra taom ular yemagandek ortib qoldi. Yana oltmish odamni aytib kelishni buyurdilar. Bular ham kelib to‘ygunlaricha yeyishdi. Qarasalar, kishi qo‘l urmagandek ko‘rinur edi. — Yana yetmish kishi chaqirgil, — dedilar. Bu yo‘li kelganlar ham burungilardek yeb to‘ydilar. Dastlabda bu taomning cho‘g‘i qandoq turdi ersa, yana shundog‘icha turmish edi. Abu Ayyub Ansoriy raziyallohu anhu: — Rasulullohga atab qilingan ikki kishilik ovqatga bir yuz sakson kishi yeb to‘ydilar. Bu Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 330 mo’jizani ko‘rgan mo’minlarning iymonlari tog‘dek bo‘ldi, chin ko‘ngillari bilan hammalari iymon keltirib, Islom yo‘lida mol-jonlarini ayamaslikka bay’at berdilar,— dedi. YIGIRMA YETTINCHI MO’JIZA Samura ibn Jundub rivoyat qilur: «Bir kuni ertalab Rasulullohga pishgan bir tovuq go‘shtini hadya qildim. Shu tovuq go‘sht bilan sahobalarni ziyofat qildilar. Shundoqki, ulardan bir to‘plari kelib yeb to‘ygandan keyin o‘rinlariga yana bir to‘plari kelishur edi. Shu kuni kechgacha kelgan kishilar shu bir tovuq go‘shtidan yedilar». Anda bul mo‘jiza ustida bo‘lmagan bir kishi ajablanib Hazrati Samuraga: — Shuncha ko‘p kishilarni to‘ydirish uchun muncha ko‘p taomni qaydan olding? Bu taom qaydan keldi ekan?— degan ekan. Anda Hazrati Samura: — Hoy kishi, buyoqdan boshqa qayoqdan kelur deb o‘ylaysan? Hamma ish bu tomondan bo‘lur, — deb osmonni ko‘rsatdi. YIGIRMA SAKKIZINCHI MO’JIZA Hazrati Salmon Forsiy Islom davridan ilgari haq din izlab, o‘z vatani Eronni tashlab chiqqan edi. U vaqtda Eron xalqi otashparast edi. Erondan chiqib Rum viloyatiga keldi. Bu ersa butun nasoro diniga markaz sanalur edi. Bu yerga kelgach, shu dinni qabul qilib, muning asosini o‘rganmish edi. U bir ulug‘ rohib (din boshlig‘i) xizmatiga kirdi. Muning xizmatida bir necha yil turdi, so‘ngra rohib vafot etdi. O‘lar chog‘ida Hazrati Salmonni yana bir rohibga topshirib, anga xizmat qilmoqqa vasiyat qildi. Muning xizmatida ham bir necha yillab turdi. So‘ngra buni ham ajali yaqinlashib o‘lim to‘shagida yotdi ersa, undan Salmon Forsiy vasiyat talab qilib: — Sizdan keyin kimning xizmatida bo‘lg‘ayman? — dedi. — Falon rohibning xizmatida bo‘lg‘aysan, — deb uchinchi bir rohibning suhbatini topmoqqa ul buyurdi. Shunday qilib, buning xizmatida ham bir necha yil yurdi. O‘shal davrda Tavrot, Injil o‘qigan ulamolar ichida bundan olimroq kishi yo‘q edi. Muni ham ajali yetib, o‘limga tayyor bo‘ldi. Anda Hazrati Salmon: — Ey ustoz, vasiyat qiling, sizdan keyin kimning suhbatida bo‘lg‘ayman? Anda ul rohib: — Ey Salmon, shuni bilgilkim, endi butun yer ustida suhbatidan senga yaxshilik yetgudek hech kim qolmadi. Barcha olam xalqi haq yo‘ldan adashdilar. Shu kunda ersa, haq dinni tutguvchi bir kishi ham yo‘qdur. Lekin oxirzamon payg‘ambarining chiqar vaqti yaqinlashdi. U ersa, Makkada tug‘ilur, dushmanlari uni vatanidan chiqargaylar. Qalin xurmozorlik ikki toshloq orasidagi bir shaharga hijrat qilib kelgay. Uning alomati shulkim, ikki yelkasining orasida payg‘ambarlik muhri bordur. Hadya keltirur bo‘lsang qabul qilur, sadaqa, zakot mollaridan o‘zi yemagay. Ularni yig‘ib, faqir-miskin, muhtojlarga bergay. Endi menim senga nasihatim, men o‘lgandan keyin o‘shal payg‘ambarni topib uning xizmatida bo‘lgil. Bu so‘zni anglagach, Salmon Forsiy Arabistonga safar qildi. Yo‘lda arab avboshlariga uchrab qolib, ani qul qilib asir oldilar. So‘ngra yordamchisi yo‘q yolg‘iz kishi bo‘lganligidan uni qul qilib sotib yubordilar. Qo‘ldan-qo‘lga sotilib yurib, oxirida madinalik bir yahudiyga sotildi. Shu orada Rasululloh ham Makkadan hijrat qilib Madinaga kelib, yarim toshcha yiroqlikdagi Qubo degan qishloqqa tushgan edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling