Tarixi va faoliyatining huquqiy asoslari


Download 350.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.09.2023
Hajmi350.42 Kb.
#1674780
  1   2   3   4
Bog'liq
Xasanov Bahodir Baxtiyorovich



SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
205 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL QILINISHI 
TARIXI VA FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI. 
 
Ruzmetov Alisher Maraimovich 
Toshkеnt viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy – 
tеxnika mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash markazi boshlig‘i 
Xasanov Bahodir Baxtiyorovich 
Toshkеnt viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy – 
tеxnika mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash markazi boshlig‘ining tarbiyaviy va 
mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil 
etilishi va uning faoliyatini huquqiy asoslari haqida to`xtalib o`tilgan. 
Kalit so`zlar: Qurolli Kuchlar, milliy armiya, mudofaa, harbiy okrug, umumharbiy 
nizomlar. 
Mustaqillikning birinchi kunlardanoq, davlatni, tabiat in‟om etgan hamda 
mehnatkash xalqimiz tomonidan bunyod etilgan moddiy va ma‟naviy boyliklarni 
himoya qilish, O„zbekiston Respublikasi mudofaasini tashkil etish va armiya 
faoliyatining huquqiy mezonlarini ishlab chiqishga davlat siyosatining bosh 
masalalaridan biri sifatida qaraldi.
Buning sabablari turli etnik va diniy guruhlardan iborat 60 millionga yaqin aholi 
yashaydigan bu mintaqa qurol-aslahalar to„plangan yerga aylandi. Sobiq SSSR 
tarqalgach, harbiy-siyosiy vaziyatda beqarorlik, hamdo„stlik davlatlari chegaralari va 
ular ichida harbiy to„qnashuv, harbiy mojarolarga yaqin vaziyatlar, terrorizm xavfi 
kuchaydi. O„zbekiston janubiy va janubi-g„arbiy tomonida rivojlangan armiyaga ega 
bo„lgan, ichida mintaqaviy va fuqarolar urushi tinimsiz olib borilayotgan Eron, Iroq, 
Afg„oniston, Pokiston singari davlatlar bilan yaqin chegaradoshdir. O„zbekiston 
Respublikasiga turli yo„llar bilan ta‟sir o„tkazishga, uni demokratik, dunyoviy 
rivojlanish yo„lidan qaytarib, diniy davlat tuzishga harakat qiluvchi kuchlar paydo 
bo„la boshladi. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 31 avgustda bo„lib o„tgan 
navbatdan tashqari o„n ikkinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida qabul qilingan 
«O„zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to„g„risida»gi Bayonotida «Davlat 
mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va 
erkinligini himoya qilish maqsadida O„zbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari 
vazirligi va Milliy gvardiya tuzildi. 
1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari to„g„risida»gi Qonunda huquqiy jihatdan mustahkamlandi va 
«O„zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va 



Download 350.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling