Tarixi va faoliyatining huquqiy asoslari
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 350.42 Kb. Pdf ko'rish
|
Xasanov Bahodir Baxtiyorovich
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 206 noharbiy (muqobil) xizmatni tuzish huquqiga ega», deb belgilandi. Bu amalda yosh respublikaga harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini berdi. O„zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov «Milliy armiyamiz - mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» asarida ta‟kidlaganidek, 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O„zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to„g„risida»gi tarixiy Qonunning 6-moddasiga binoan davlatimiz, xalqaro huquq sub‟ekti sifatida, o„z Qurolli Kuchlarini tashkil etish huquqiga ega bo„lgani va bu huquqni izchil amalga oshira boshlaganidan dalolat berar edi. Mudofaa ishlari vazirligining tashkil etilishi bilan mamlakat hududidagi davlat harbiy mashinasi barbod bo„lishining oldi olindi, yangi vujudga kelgan davlat xavfsizligi himoyasi ta‟minlandi, turli millatga mansub bo„lgan harbiy xizmatchilarning fuqarolik huquqlari kafolatlandi. O„zbekiston Respublikasi o„z Qurolli Kuchlarini tuzishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining huquqiy me‟yorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo„yicha Xelsinki yakunlovchi akti kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qildi. Respublika tasarrufiga olingan harbiy tuzilmalarga rahbarlik qilish O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992 yil 20 fevraldagi farmoniga binoan Mudofaa ishlari vazirligi zimmasiga yuklatildi. O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo„lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek, O„zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992 yil 14 yanvardan respublika yurisdiksiyasiga o„tkazilganligini inobatga olib, O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining1993 yil 29 yanvardagi «O„zbekiston Respublikasining Vatan himoyachilari kunini belgilash to„g„risida»gi Qonuniga binoan 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni, deb e‟lon qilindi. O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilishdan iborat bo„ldi. Bunda avvalo e‟tibor qo„shinlarni qo„llanishining strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, mamlakatni himoya qilishga qodir qo„shinlar turlarini tuzishga qaratildi hamda har bir qo„shin turining aniq vazifalari belgilandi. O„tgan davr mobaynida Qurolli Kuchlar tashkiliy - shtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy qismlar, muassasalar va harbiy o„quv yurtlari isloh qilindi, harbiy bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar Akademiyasini barpo etish hisobiga milliy harbiy kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi, Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan harbiy xizmatchilar barcha toifasining ta‟lim jarayoni yaxshilandi, mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy - siyosiy holat hisobga olinib, qo„shinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi, qo„shinlarni barqaror boshqarishning zamon talabiga javob bera oladigan tizimi barpo etildi, harbiy xizmatni tashkil etishning infratuzilmasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling