Tarixi va faoliyatining huquqiy asoslari
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 350,42 Kb. Pdf ko'rish
|
Xasanov Bahodir Baxtiyorovich
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 207 yaratildi, O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi, Mudofaa doktrinasi, «Mudofaa to„g„risida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to„g„risida»gi Qonunlari, Umumharbiy nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz huquqiy bazasi yaratildi. Mudofaa sohasidagi mavjud va ehtimol tutilgan tahdidlarni tahlil etish mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini samarali hamda ishonchli himoya qilishga qodir bo„lgan tezkor, jangovar qobiliyati yuksak, har jihatdan yaxshi ta‟minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirishni taqozo etdi.Mazkur vazifalarni tezkorlik bilan bajarish, qo„shinlar boshqaruvi samarasini oshirish, jangovarlik qobiliyatini yuksaltirish maqsadida mamlakat hududida harbiy-ma‟muriy birliklar - harbiy okruglar tuzish to„g„risida qaror qabul qilindi. Harbiy okruglar tashkil etilishi bilan qo„shinlar va qismlarni qayta joylashtirish amalga oshirildi. Bu ularni eng muhim strategik yo„nalishlarda jamlashga, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi. Davlatimizning barcha qurolli tuzilmalari o„rtasidagi harakatlar muvofiqlashtirildi va hamkorlik tizimi yo„lga qo„yildi. Turli sharoit va vaziyatlarda (cho„l, tog„, aholi punktlarida) qo„shinlarni boshqarish usuli takomillashtirildi. Harbiy o„quv maskanlarida, jangovar va operativ tayyorgarliklar jarayonida harbiy kadrlarni tayyorlash sifati yaxshilandi. Harbiy hayotda qonun kuchiga ega huquqiy hujjatlardan biri - harbiy xizmatchi QurolliKuchlar safiga kirar ekan, qo„lida qurol bilan Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sodiq bo„lishga tantanali ravishda qabul qiladigan Vatanga qasamyoddir. Qurolli Kuchlar Vatanga qasamyodi har bir jangchining hayot qonuni bo„lib, u Vatan himoyachisiga har qanday vaziyatda, har kuni, doimo dasturilamal sifatida xizmat qiladi. Tarixdan ma‟lumki, buyuk sarkardalar o„z qo„shinlarini idora etishda muayyan qonun - qoidalarni joriy etganlar. Bunga misol qilib, Amir Temurning tuzuklarini ko„rishimiz mumkin. U o„z tuzuklarining ikkinchi qismida sipohiylarni ushlab turish, ularni boshqarish masalalariga alohida e‟tibor bergan. Amir Temurning davlat va armiyani boshqarishdagi tajribalari dunyo mamlakatlarida keng miqyosda foydalanilgan. «Temur tuzuklari»ning 1628 yilda Hindistonda, 1783 yilda Angliyada, 1868 yili Eronda, 1894 yili Rossiyada chop etilishi buning yorqin dalolatidir. «Temur tuzuklari» ko„plab mamlakatlarning armiyalari nizomlariga asos solgan. Harbiy qism hayoti, xizmatni tashkil etishning negizi bo„lgan O„zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari o„tmish tajribasi va tarixiy, milliy-ma‟naviy an‟analarimiz asosida vujudga keldi. Umumharbiy nizomlar «Ichki xizmat nizomi», «Intizom nizomi», «Garnizon va Qorovul xizmatlari nizomi» va «Saf nizomi»dan tashkil topgan. Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari va ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni, ichki tartib qoidalarini belgilab berishda, harbiy qism |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling