BBRossiyahududi.
И 1868-yil, Buxoro. И 1873-yil, Xiva.
Bosib olingan yerlar.
1895-yilda Rossiya chegarasi.
■ ■ = Astrobod E R'O N Mashh
0‘rta Osiyo XIX asr oxirida
♦ Rossiya qal’alari (asos solingan yil).
Harbiy yurisMar:
1860-1866,1876-yil<(
1866-1868-yillar. к
1873-yil. 1
1877-1881-yillar. Bosib olingan yerlar: “
■I 1860-yilgacha. n 1860-1870-yillar. И1873-1879-уШаг.
И 1871-1885-yillar. ■ 1895-yil.
General M. Skobelev boshchiligidagi qo‘shin fevral oyiga kelibgina harbiy qurol ustunligi bilan g‘alabaga erishdi. Po‘latxon va uning tarafdor- lari qatl qilindi.
1876-yil 19-fevralda podsho hukumatining Qo‘qon xonligining tu- gatilganligi to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi. Shu tariqa Qo‘qon xon- ligi hududi o‘rnida Turkiston general-gubematorligi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati tashkil qilindi. Viloyatga Qo‘qon xonligini bosib olish- dagi harbiy yurishlarga rahbarlik qilgan general M. Skobelev harbiy gu- bernator etib tayinlandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining 0‘rta Osiyo- da olib borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo‘qon xonligi Buxoro va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay tugatildi. Uning o‘rnida mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan an’anaviy turmush tarziga mos ma’muriy boshqaruv tizimi va hududiy birliklari tugatilib, imperiya manfaatlariga mos keladigan, ayni paytda mahalliy aholini boshqarishi uchun mustamlaka ma’muriyatga qulay bo‘lgan yan- gi boshqaruv tizimi qaror topdi.
Farg‘ona vodiysining bo‘ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasining 0‘rta Osiyoga istilochilik yurishining uchinchi bosqichi (1873-1879) nihoyasiga yetdi. Bu yurishlar natijasida 0‘rta Osiyoning katta hududi bosib olinib, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |