Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)
Download 6.26 Mb.
|
9 o\'zbek мщ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amiroiimxon
- Amir Olimxonning yoshligi
- Buxoro
buxoroliklar biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo‘ldi. Bi-
rinchisi — Buxoroning siyosiy hayotini demokra- tik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or mamlakat- lar qatoriga ko‘tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxoroliklar. ikkinchisi - diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan toifa vakillari edi. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat ko‘rsata boshladilar. Ular Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyan- dalari (Abdulvohid Burhonov, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzul- la Xo‘jayev, Usmon Xo‘ja, Abduqodir Muhitdinov, Musojon Sayidjonov va boshqalar) bo‘lib, Buxoroni mustabid amir hukmronligidan qutqarib, respublika tuzumini o‘matishga harakat qildilar. Yosh buxoroliklar Bu- xoroda yangi usul maktablarini tashkil qildilar. Bu maktablar uchun turli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yozildi. «Buxoroi sharif» va «Turon» gazetalari nashr qilindi. Ushbu nashrlar xalqni jaholatdan uyg‘otish va ma’rifatga da’vat etish bilan birgalikda milliy-ozodlik va mustaqillik g‘oyalarini ham ko‘tarib chiqdi. Amir Olimxon islohotlari Amir'oiimxon Amir Abdulahaddan so‘ng Buxoro taxtini uning islohotlari Sayid Olimxon (1910-1920) egalladi. Uni — 1893-yilda otasi Peterburgga o‘qishga jo‘natdi. Bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish asoslarini o‘rgandi. Amirlik taxtiga o‘tirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asosla- ri va diniy tizimni o‘zgartirish taraddudida bo‘lmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va amirlikning o‘zidagi muxolafatchi harakatlar uni chora-tadbirlar ko‘rishga va Yosh ; buxoroliklarning (jadidlar) mamlakatni demok- ratlashtirish va islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi talablariga yon berishga majbur qildi. 1917-yil Rossiyadagi fevral voqealari va u tufayli Buxoro siyosiy hayotidagi jonlanish, si- yosiy o‘zgarishlarning Buxoro amirligida ham takrorlanishidan saqlanish amirni ayrim islohot- ^ larni amalga oshirishga undadi. 1917-yil baho- " rida bosh qozi amir qabulxonasida mamlakatda Amir Olimxonning yoshligi islohotlar o‘tkazish haqida va’da berdi. U amirning mavjud tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalq- ning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini o‘qib eshittirdi. Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa so- liqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish haqida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlantirishga ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yu- zasidan vazifalami ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning o‘rniga davlat Buxoro amiri Olimxon tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis etildi. «So‘ngra biz tomonimizdan, - deyiladi farmonda, - xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘- batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi». Shuningdek, amir o‘z xazinasidan tashqari alohida davlat xazinasini ta’sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisob- lab boruvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Farmonda bosma- xona ochish, mahbuslami zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham modjallangan edi. Farmon katta va’dalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, jadidlarda u shub- ha uyg‘otdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo‘mita Yosh buxoroliklar qo ‘mitasi deb atalgan) o‘zlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka erisha olmadilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vaz- min, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘Isa, radikal harakat tarafdorlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar. 1917-yil 8-aprelda jadidlar ICarki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazish- di. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qa- torida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkkacha yetib kelishganida amir sarbozlari ularni to‘xtatishga buyruq oldi. 200 ta piyoda va 300 ta otliq sarbozdan iborat amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. Bundan tashqari Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan 7 mingdan ziyod ancha uyushgan mullalar guruhi egallab oldi. Mullalar Arkka yaqin kelishga botingan bar qanday kishini oddirish bilan tahdid qildilar. Namoyishchilarga toshlar yog‘dirilib, ularni do‘pposlay va ha- qoratlay boshlashdi. 30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, ko‘plariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib qolgan namoyishchilar boshqa shaharlar- ga qochib jon saqlashdi. Buxorodagi voqealar jadidlarni sergaklantirdi. Ma’rifatli hukmdor ta- riqasida namoyon bodgan Sayid Olimxonning xalq orasida hurmati qol- madi. Download 6.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling