Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, O‘zbegim ( 6-sinf, ii-chorak) Darsning mavzusi
Download 1.25 Mb.
|
Ochiq dars 6-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. 0‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 2-zina.
- III. Yangi mavzu bayoni. 3-zina. O‘qituvchi oquvchilarga E.Vohidovning “0‘zbegim” qasidasini ifodali tarzda o‘qib beradi. O‘qituvchi
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Guruhlararo faollikni oshirish maqsadida ikkala jamoa vakillari bir-birlariga savollar berishadi: “Olimlar” guruhi
- Shoirlar” guruhi
- V. Baholash va rag‘batlantirish. Dars yakunida golib guruh aniqlanadi va faol oquvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa.
TARIXINGDIR MING ASRLAR ICHRA PINHON, O‘ZBEGIM ( 6-sinf, II-chorak) Darsning mavzusi: Erkin Vohidovning “O'zbegim" qasidasini o’rganish. Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o'quvchilarga “O’zbegim" qasi- dasi haqida ma'lumot berish; o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyati, og’zaki va yozma nutqini o'stirish; tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ona yurtga mu- habbat ruhida larbiyalash. mardlik, sadoqat, ezgulik, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish; d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish. Dars turi: o'quvchilarga yangi bilim beruvchi. Dasrda foydalaniladigan usullar: “Narvon", savol- javob, test, sayohat usuli. Darsda foydalaniladigan jihozlar: Erkin Vohidovning portreti, to'plamlari, kompyuter, proyektor Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Dastlab o’quvchilar "Olimlar" va “Shoirlar" guruhiga bolinadi. O‘qituvchi: Hurmatli o‘quvchilar, bugungi dar- simizning kalit so’zi “Narvon" bo’lib, u “Bilim narvoni" ma'nosini anglatadi. Biz ushbu darsimizda mana shu zinalardan bosqichma-bosqich tepaga ko’tanlishimiz lozim. Biroq bu buyuk ajdodlarimizdan qolgan tarixiy narvon bo’lganligi uchun uning qay holda saqlanishi sizning bilimingizga bog’liq. Bor kuch-tafakkuringizni ishga solsangiz, u yanada mustahkamlanib, yangilanib boraveradi. Agar savollarimizga sust javob bersangiz, u holda bilim narvonimiz mo’rtlashib qolishi mumkin. Shunday ekan, ajdodlarimizdan meros ushbu bilim nar- vonini yanada mustahkamlab, ma naviy yuksalaylik. 1-zina. Dars o’quvchilarni kotarinki kayfiyatda adabiyot faniga moslashtiruvchi bilim bilan boshlanadi: Garchi shuncha mag’rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? Kamtarin bo'l, hatto bir qadam O’tma g’urur ostonasidan Piyolani inson shuning-chun О`par doim peshonasidan O’quvchilarning ushbu she’rdan qanday xulosa chiqarganliklari savol-javob orqali aniqlanadi: 1. Kamtarlik deganda nimani tushunasiz? 2 Mag`rur, manmanlik tushunchalanni qanday izohlaysiz? 3. Ushbu she`rda shoir choynak va payola obrazlari orqali nima demoqchi? 4. Kamtarlik haqida maqol va hikmatli so'zlardan misollar keltiring. O'quvchilarning javoblari umumlashtirilib, kamtarlik inson uchun ulug’ fazilat ekanligi uqtiriladi. II. 0‘tilgan mavzuni mustahkamlash. 2-zina. Har bir guruhga Erkin Vohidov hayoti va ijodiga oid test materiallari tarqatiladi. Belgilangan muddatda javoblar yozilib, o'qituvchiga taqdim etilishi lozim. Har bir to'g'ri javob uchun 0,5 balldan qo'yilib, o'quvchilarning diqqati monitorga qaratilgan holda o'tgan mavzu mustahkamlanadi: III. Yangi mavzu bayoni. 3-zina. O‘qituvchi o'quvchilarga E.Vohidovning “0‘zbegim” qasidasini ifodali tarzda o‘qib beradi. O‘qituvchi: Hurmatli o‘quvchilar, sharq mumtoz she’riyatida qasidalar, asosan, podshohlar, amir-u xonlarni madh etish, sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilgan. Erkin Vohidov esa ona xalqi - o'zbegimga qasida bag'ishladi. Linda xalqimizning shavkatli tarixiga sayohat qilinadi. O‘z o'tmishi, ota-bobolari merosini o’rganish millatga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Uni o'zligini tanish, haqT huquqini anglash darajasiga olib chiqadi. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Guruhlararo faollikni oshirish maqsadida ikkala jamoa vakillari bir-birlariga savollar berishadi: “Olimlar” guruhi: “O‘zbegim”ning buyuk mutafakkirlari kimiar? Al-Beruniy, al-xorazmiy, al-farobiy, Mirzo Ulug'bek. “Shoirlar” guruhi: “O‘zbegim”ning buyuk shoirlari? Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Mashrab, Muqimiy. “Olimlar” guruhi: “O‘zbegim” she’rida tilga olingan bosqinchilar kimiar? Chingizxon, Botuxon. “Shoirlar” guruhi: Qasidada ilgari surilgan g‘oya? Insonparvarlik, odamiylik. 4-zina. Qasidada tilga olingan buyuk zotlarning qaysi fanlarga hissa qo'shganligi muhokama qilinadi. 1. Al-Beruniy - geografiya, matematika, tilshunoslik fanlariga hissa qo'shgan, birinchi bolib globusni yaratgan olim. 2. Al-Farobiy - matematika, tilshunoslik sohasi rivojiga hissa qo'shgan olim. 3. Al-Xorazmiy - algebra faniga asos solgan olim. 4. Mirzo Ulug'bek- astronomiya, yulduzlar jadvalini tuzgan olim. 5. Alisher Navoiy - o’zbek adabiyoti fani rivojiga hissa qo'shgan mutafakkir. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur - “Boburnoma” asarida geografik joy nomlari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o'tgan buyuk shoh va shoir. V. Baholash va rag‘batlantirish. Dars yakunida g'olib guruh aniqlanadi va faol o'quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa. Qasidani yod olish. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling