Tarixi[tahrir
Download 33.61 Kb.
|
Soliq
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur. Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur. Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan: — obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; — soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish; — soliq darajasi stavkasini pasaytirish; — soliq olinadigan summadan chegirish; — soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish).va uni hizmat qiladi Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete“-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy taʼminlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlari jamgʻarmalarini toʻplash va sarflash shaklidir. Byudjet defitsiti daromadlarni oshib ketganda va mamlakatning moliyaviy sog'lig'ini ko'rsatganda paydo bo'ladi. Hukumat odatda byudjet tanqisligi so'zlarini tadbirkorlik yoki jismoniy shaxslarga emas, balki xarajatlarni nazarda tutadi. Hisoblangan defitsitlar davlat qarzini shakllantiradi. Byudjet defitsitining asosiy xavf-xatarlaridan biri inflyatsiya bo'lib, u narx darajasining doimiy o'sishi hisoblanadi. Qo'shma Shtatlarda byudjet taqchilligi Federal Rezervning inflyatsiya darajasini pasaytiradigan iqtisodiyotga ko'proq pul tushirishiga olib kelishi mumkin. Natijada, iqtisodiy faoliyatning kamida olti oy davom etadigan pasayishini anglatadigan turg'unlik yuz beradi. Byudjet tanqisligining davom etishi inflyatsiyaga uchragan pul-kredit siyosatiga olib kelishi mumkin Taʼrif[tahrir | manbasini tahrirlash] davlat budjeti — moliyaviy rejalar tizimida etakchi oʻrinda turadi va davlatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi: davlat budjeti — moliya tizimining barcha asosiy moliya institutlari — daromadlar, xarajatlar, davlat qarzlari birlashadigan va oʻzaro bogʻlanadigan markaziy boʻgʻini hisoblanadi; davlat budjeti — davlatning soliqlar yordamida jamlanadigan eng yirik markazlashtirilgan pul jamgʻarmasidir. Davlat budjeti davlat tomonidan oʻz funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish yoʻlida sarflanadi. Tasdiqlangan budjet qonun kuchiga ega. Davlat budjetining mohiyati[tahrir | manbasini tahrirlash] davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi; budjet iqtisodiy kategoriya sifatida oʻzining tegishli moddiy ifodasiga ega boʻladi. Budjet munosabatlari davlatning markazlashtirilgan pul mablagʻlari jamgʻarmasida moddiylashadi. Bu jamgʻarma taqsim qilinishi sababli uning shakllanishi va sarflanishi qiymat xarakati orqali ifoda etiladi. Bu jarayon davlat tomonidan yigʻiladigan va sarflanadigan pul resurslari oqimlari kurinishiga ega boʻladi. Oʻz iqtisodiy mohiyatiga koʻra davlat budjeti — bu iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaa va davlat boshqaruvi extiyojlarini moliyalashga moʻljallangan budjet jamgʻarmasini shakllantirish hamda, undan foydalanish masalalarida milliy daromadni qisman milliy boylikni ham qayta taqsimlash borasida davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan pul munosabatlaridir. Byudjet (ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi. Oʻzbekiston Respublikasining B. tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslari, davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish, ijro etish tartibi va boshqa masalalar Oʻzbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000-yil 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Download 33.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling