Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari
Mo’g’ullarning O’rta Osiyoni istiloq qilishi. Mo’g’ul uluslari davrida O’rta Osiyo. Temur va temuriylar tarixiy geografiyasi
Download 159.5 Kb.
|
24 talik.doc yangisi
16.Mo’g’ullarning O’rta Osiyoni istiloq qilishi. Mo’g’ul uluslari davrida O’rta Osiyo. Temur va temuriylar tarixiy geografiyasi
Markaziy Osiyo va O’rta sharq mamlakatlarining XII-XIII asrlardagi tarixiy davrni yoritishda ilmiy manba xizmatini o’taydigan talaygina tarixiy asarlarning mavjudligi tadqiqotchilarga allaqachon ma’lum.Ulardan biri Mirzo Ulug’bek qalamiga mansub,1425-yilda yozilgan «Tarix-i Arba’ Ulus» (To’rt ulus tarixi) asaridir. Asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XII-XIII asrlardagi tarixi hamda Mug’ullar imperiyasining to’liq tarixi yoritilgan. Ushbu mavzuga oid yana bir muhim manba oliy nasab va toju taxt sohibi, yirik olim Abulgʼozixonning «Shajarayi turk» asaridir.Bu asar 1663-1664 yillarda yozilgan bo’lib, kirish va 9 bobdan iborat. Asarda Odam Atodan to turklarni qadimgi xonlaridan Mo’g’ul xongacha kechgan xodisalar zikri, Mo’g’ul xondan-Chingizxongacha bo’lgan tarix, Chingizxonning tug’ilganidan to vafotigacha tarixi va uning o’g’illri podsholik qilgan davr hamda Shayboniylar tarixi keng yoritilgan.Ulardan tashqari bu mavzuga oid yana bir muhim manba Herman Vamberining «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» asaridir. Asarning «Mug’ullar istilosi» Xijriyning 615-624 yillari (1218-1226) bo’limida Chingizxonning Movarounnahrga qilgan istilochilik harakatlari bayon etilgan. V.G.Yanning «Chingizxan» (Nukus, 1981), «Batыy» (Nukus, 1982) va M.Ivaninning «Ikki buyuk sarkarda. Chingizxon va Amir Temur» (Toshkent; fan, 1994 yil) asarlari bu mavzuni o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Markaziy Osiyoda tashkil topgan Xorazmshoxlar davlati 1017 yilda Maxmud G’aznaviy boshchilik G’azniviylar davlatiga 1044 yildan Saljuqiylar davlatiga qaram bo’ldi.Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan boshlandi.Bu harakat xorazmshox Otsiz (1127-1156) davrida boshlanib,Alouddin Takash (1172-1200) davrida nihoyasiga yetdi.Takash davrida Xorazm davlati mustaqillikga erishdi,mamlakat xududlari ikki baravar kengaydi. Natijada Old va O’rta Osiyoda yirik va qudratli feodal davlati tashkil topdi.Alouddin Takash vafotidan so’ng taxtga uning ug’li Sulton Muhammad (1200-1220) utirdi. Uning davrida mehnatkash aholining ahvoli og’irlashdi,maxalliy hukumdorlarning talon-tarojlar avjiga chiqdi, tuxtovsiz urushlar halq xo’jaligini xonavayron qildi, mamlakatda ichki ziddiyatlar keskinlashdi.Bu shubxasiz shahar va qishloq mehnatkashlarining xorazmshoxlarga qarshi noroziligini oshirdi.Natijada 1210 yilda O’trorda,1212 yil Samarqandda yirik halq harakatlari bo’lib o’tdi.Xorazmshoxlar davlatidagi bunday ichki ziddiyatlar,uning sharqdagi dushmani mo’ng’ullarga ayni muddat edi.Mo’ng’ullar XII asrda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda Markaziy Osiyoda eng qoloq aholi edi.Ular asosan chorvachilik bilan shug’ullanuvchi ko’chmanchi aholi edi.XII asrdan boshlab ularning hayotida urug’chilik munosabatlari yemirilib,sinfiy tabaqalanish boshlanadi.XII asrning oxiridan boshlab hozirgi Mug’iliston xududida bir-biri bilan kelisha olmaydigan tatar,nayman,merket kabi o’nlab qabilalar yashab kelishgan,ammo ular bilan hamjins bo’lgan turklar bir-necha asrlar mobaynida G’arbiy Osiyoning hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatib kelgan. Chingizxon Xitoyni bosib olgach,o’z madaniyati,boyligi, buyukligi bilan shuxrat qozongan – Xorazmshoxlar davlatiga yo’l ochildi.Chingizxon 1218-1219 yillarda sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talofatsiz egalladi.Endi uning chegaralari Sulton Muxammad Xorazmshox saltanatini chegarasiga tutashib ketgan edi.Shraqning bu ikki buyuk davlati bir-birini kuch qudratini,harbiy ma’lumotlar to’plash uchun elchilik munosabatlarini yo’lga qo’ygan. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling