Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri tarixiy geografiyasi


Download 159.5 Kb.
bet16/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri tarixiy geografiyasi .
XV asrning 20-yillaridan boshlab Dashti qipchoq erlarini Abulxayrxon birlashtiradi va ko`chmanchи o`zbeklar davlatiga asos soladi (Jo`jining beshinchi o`g'li Shaybon naslidan) Abulxayrxon davlatining kuchayishi temuriylarning inqiroz davriga to`g'ri keladi. 1440 yillarda
Abulxayrxon Dashti qipchoq vа Movarounnahr o`rtasida savdo yo`llari chorrahasi hisoblangan Sig'noq, Oq qo`rg'on, Arquq, Smuzoq va O`zgand shaharlarini bosib oladi. 1948 yili Samarqandga yurish qilib uni talaydi. Dashti qipchoq vа Movarounnahr tarixiga oid muhim davr bu Muhammad Shayboniyxon bilan bog'liq. U 1480 yili ilgarigi o`zbeklar davlati shuhratini tikladi. 1499 yil Movarounnahrni zabt etishni boshladi. 1500 y Samarqand, 1503 yili Toshkent va Shohruxiya, 1504 yili Farg'ona, 1505 yili Urganch, 1506 yili Balx egallanib 1507-1509 yillar Xuroson egallandi. Shayboniy Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni egallagan ulkan davlatga asos soldi. Shayboniyxon o`z davlati hududlarini udel (syurg'ol) tizimiga bo`lib boshqardi. Xonning harbiy yurishlariga katta yordam bergan qabila boshliqlari - sultonlar sovg'a sifatida erlar olgan (syurg'ol). Hirot - Jonvafbiyga, Hisor - Madhi va Xamza sultonlarga, Marv - qo`biz, Naymanga, balx - Sultonshohga, qunduz - Ahmad Sultonga, Toshkent - Sultonhojaga, Turkiston - Ko`chkunjixonga, Andijon - Mahmud Sultonga, Xorazm - Kepakbiy qushchiga, Buxoro va qorako`l - Mahmud Sultonga, Samarqand va Kesh - Muhammad Temurga syurg'ol qilib berilgan edi. Bunday er egalari yurish paytida xon atrofida birlashgan bo`lsalarda aslida mustaqil siyosat olib borilar edi. Keyinroq ular markazga bo`ysunishdan bosh torta boshladilar.
Markazlashtirish uchun xon Kuchkinchi sultondan Turkistonni, Ubaydullodan Buxoroni, madhi Sulton va Hamza Sultonlardan Hisorni tortib olgan bo`lsada umumiy holda udel tizimini yo`q qilmadi. Markazlashtirish uchun kurash uning dushmanlarini ko`paytirdi.
Dashti qipchoq aholisining katta qismini ko`chmanchi va yarim ko`chmanchilar tashkil etganligi uchun ham xo`jalikning asosiy tarmog'i chorvachilik va ovchilik bo`lgan. B.Ahmedovning ma`lumot berishicha, daryo va ko`l yoqalarida istiqomat qiluvchi aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, saroy Berka, O`rdubozor, Sig'noq, Arquq va h.k)dagi aholi hunarmandchilik bilan shug'ullangan. O`rta Osiyo istilo qilingach Movarounnahr va Xurosonning eng yaxshi erlari Shayboniyxon qabilalari qo`liga berildi. Ko`chmanchi o`zbeklarning Movarounnahr va Xurosonga kirib kelishi iqtisod va madaniyatni o`zgartirib yubordi, deb aytish qiyin. Urushlar natijasida erlar, sug'orish inshootlari va shaharlar vayron bo`ldi. Lekin shayboniylarning xo`jalik rivojlanishiga hissasi ham etarli darajada bo`ldi. Masalan, Shayboniyxon og'ir soliqlar va feodallar zulmidan er-suvini tashlab ketgan xo`jaliklar erlarini ishga tushirish masalasini ko`rib chiqdi. 1502 yili Zarafshonning Oqdaryo va qoradaryoga ayriladigan joyida suv ayirg'ichi qurdirdi. Uning avlodlari davrida Keshda 10 lab kanallar, Abdullaxon II davrida Zarafshon daryosida Karmana, mehtar qosim, Choharmikor, jondor suvayirg'ichlari, Nurota tog'ida Oqchob, Murg'ob vohasida Xovuzixon suv omborlari qurildi (1556-1585). Yana Zarafshon daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini o`zlashtirish uchun Xoja Ka`ab, Afshona kanallari, Amudaryodan Chorjuyga, Murg'obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga kanallar qazildi.



Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling