Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy kadriyatlari Jamiyat va tarix falsafasi Reja


Download 152.37 Kb.
bet2/13
Sana31.01.2024
Hajmi152.37 Kb.
#1819499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy kadriyatlari J-fayllar.org

2-MASALA. Jamhon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keiyn o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega bo’ldi.
Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida yo’qotishlar ro’y beradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o’tish, jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarish jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o’tish jarayonida islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida odatda ikki yo’ldan – inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (yevolyusion) taraqqiyoti barqaror – tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatadi. O’zbekistonning BIRINChI Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyusion yo’li bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. .. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilish lozim bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog’liqdir».3
O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
– davlatning bosh islohotchi ekanligi;
– qonun ustuvorligi;
– kuchli ijtimoiy himoyalash;
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish;
o’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi hamda inson huquqlarining kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jaoatchiligi tomonidan e’tirof qilindi. O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va uni o’rganishga bo’lgan qizikish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshirishda, ma’naviyat, ma’rivat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, yni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyatimiz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning madaniy darajasi ayol va oiladagi ahvol, mavqyei bilan belgilanishini alohida ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi jihatdan ayolning ma’anviy salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.
Oila muammolari ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish ,ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o’tishga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, mahalla o’mitalari av boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Demokratik jamiyatda davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshladi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 152.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling